ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
75
MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARNING BESH RIVOJLANISH
SOHALARI BO‘YICHA BILIMLARINING O‘ZLASHTIRILISHI
Муртазаева Дилфуза Муротовна
Халқаро Нордик университети магистранти;
Лутфуллаева Нигора Халимбаевна
Илмий раҳбар: псих.ф.н., доц.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14800900
Annotatsiya:
mazkur maqolada maktabgacha ta’limda o‘quv-tarbiya
jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlanish sohalarda olib borilgan
tajriba-sinovlar va mashg’ulotlar mobaynida o’tkazilgan metodlarning bolalar
shaxsiy sifatlarini rivojlanishiga, mustaqil fikrlashga ta’siri va ijodiy faoliyatga
jalb etish imkoniyatlarini kengaytirishi haqida ma’lumot keltirilgan.
Kalit so’zlar:
tajriba, intellektual salohiyat, integratsiya, innovatsiya,
multimediya, xususiyatlar, kasbiy faoliyat, perseptiv qobiliyat, faollik,
muvaffaqiyat, bilim, malaka.
Аннотация:
в данной статье представлена информация о том, как
методы, применяемые в ходе экспериментов и занятий, направленных на
развитие образовательно-воспитательного процесса в дошкольном
образовании на основе современных подходов, влияют на развитие
личностных качеств детей, на самостоятельное мышление и расширяют
возможности вовлечения в творческую деятельность.
Ключевые слова:
опыт, интеллектуальный потенциал, интеграция,
инновации,
мультимедиа,
характеристики,
профессиональная
деятельность, познавательные способности, активность, успешность,
знания, компетентность.
Abstract:
This article provides information on how the methods used in
the course of experiments and classes aimed at developing the educational
process in preschool education based on modern approaches affect the
development of children's personal qualities, independent thinking and expand
the possibilities of involvement in creative activities.
Keywords:
experience, intellectual potential, integration, innovation,
multimedia, characteristics, professional activity, perceptive abilities, activity,
success, knowledge, skills.
Bugungi kunda mamlakatimimizda ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida
ulkan islohatlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, mamlakat kelajagi uchun muhim
o’rin egallagan maktabgacha ta’lim sohasida bir qancha ijobiy o’zgarishlar sodir
bo’moqda. Jumladan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifati va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
76
samaradorligini oshirish, qulay shart - sharoitlarning yaratilishi, ya’ni ta’limiy
rivojlantiruvchi muhit yaratilishiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim
tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnika bazasini
yaxshilash, malakali, kasbiy salohiyatli pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-
tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va zamonaviy ta’lim
dasturlari tatbiq etish, bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash, bolalarni har
tomonlama bilimli, immuniteti mustahkam, intellektual salohiyatli, o‘zini
anglagan, tanqidiy fiklash qobiliyatiga ega, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlantirish uchun etarlicha shart - sharoitlar, ta’limiy muhit yaratishga muhim
masala sifatida diqqat qaratilmoqda.
Asosiy qism.
Maktabgacha ta’limda har doim bolaning rivojlanishi muhim
hisoblanadi. O’tgan yillar mobaynida maktabgacha yoshdagi bolalarni
tarbiyalashda zamonaviy yondashuvlar innavatsion pedagogik texnologiyalarga
e’tibor yanada kuchaytirildi. Shuningdek zamonaviy yondashuv bolalarni
izlanish, kashfiyotlar va tajribalarni rag’batlantiradigan o’quv muhitlari yaratildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni yaratish va undagi
ta’lim-tarbiya jarayonlarini sifatli tashkil etish va ushbu jarayonlarni o’yin
faoliyati tarzida olib borish. Faoliyatdagi xilma-xillik o’sish sur’atlarini maksimal
darajada amalga oshirish ishlari maqsadli yo’lga qo’yildi.
Magistrlik dissertatsiya ishimizda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
zamonaviy yondashuvni samarali yo’lga qo’yish masalalari ilgari surildi.
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha tajriba – sinov ishlari Buxoro viloyat Vobkent
tuman 17 - Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib borildi. Ushbu tajriba
sinov jarayonida bir qancha ijobiy natijalarga erishildi. Tajriba - sinov ishlari
Katta 1 va Katta 2 guruhlarda amalga oshirildi. Bolalar o’yin va metotlar orqali
mustaqil fikrlab, nutqining rivojlanishiga da’vat etiladi. Ijtimoiy-emotsional
rivojlanish zamonaviy yondashuvning bir qismi bo’lib,bolalar o’z his-tuyg’ularini
boshqarishga, ularni empatiyasini rivojlantirib, tendoshlari bilan ijobiy
munosabatlarini o’rnatishni o’rgatadi.
Ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirishda tajriba - sinov ishlariga DMTTdan
jami 52 nafar bola jalb еtildi. Bolalarning dastlabki holatini aniqlash uchun,
davlat talablarining beshta rivojlanish sohalari bo‘yicha yosh doirasida sinov
o‘tkazildi. Sinov bolalarning mashg‘ulot jarayonlarida, erkin faoliyat davrlarida,
sayr faoliyatlarida, umuman olganda ikki oy davomidagi barcha faoliyat turlari
davomida kuzatilib, belgilab olindi. Bolalar tasodifiy tanlash usuli bilan bizga
kerak bo‘lgan tajriba va nazorat guruhlariga biriktirilib, ajratib olindilar.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
77
Tajriba guruhlarida mashg‘ulotlar loyihali ta’lim asosida ya’ni, yangi
pedagogik texnologiyalar, turli xildagi yuqorida aytib o‘tilgan maxsus ishlab
chiqilgan metodlar, multimediyalar va eng muhimi yuqori talab darajasida
jihozlangan rivojlanish markazlarida olib borildi. Bola shaxsida qaratilgan
yondashuvli va faol integratsiyalashgan faoliyat olib borildi. Tajriba guruhlarida
beshta faollik markazlaridan tashqari turli xil yo‘nalishdagi burchaklar o‘rin
egallagan.
Bolalarga mahoratli pedagoglar va o’zim tomonimdan ta’lim-tarbiya ishlari
olib borildi. Tajriba-sinov ishlari yakunida quyidagicha yutuqlarga erishildi.
Har ikkala guruh bolalari davlat talablarining beshta rivojlanish sohalari
bo‘yicha, rеyting nazorati talabiga muvofiq baholandi, ya’ni:
1.
55 - 70 ball - 3 baho
2.
71 -89 ball - 4 baho
3.
90 - 100 ball - 5 baho.
1
Tajriba-sinovni boshlashdan oldin dastlab 2 ta katta guruh tajriba guruhi va
nazorat guruhiga ajratilib davlat talablarining beshta rivojlanish sohalari
bo‘yicha bolalar bilimini aniqlashtirish maqsadida o‘tkazildi.
Tajriba guruhi - katta 1 guruhida 26 nafar tarbiyalanuvchisi bor. Unda
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanishi 60 %, ijtimoiy-
hissiy rivojlanish 55%, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari 55%, bilish
jarayonining rivojlanishi 60%, ijodiy rivojlanish esa 55% tashkil etdi.
Nazorat guruhi sifatida esa katta 2 guruhi olindi. Bunda quyidagicha
holatlar namoyon bo’ldi. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini
shakllanishi 60 %, ijtimoiy-hissiy rivojlanish 50%, nutq, muloqot, o‘qish va
yozish malakalari 50%, bilish jarayonining rivojlanishi 50%, ijodiy rivojlanish
esa 55% tashkil etdi. O`rtacha qiymat chiqarish uchun biz ularni shartli ravishda
“yuqori”, “o`rta”, “quyi” darajalarga ajratdik. Tajriba-sinov natijalari shundan
dalolat bеradiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhit
bolalarning samarali faoliyati uchun dolzarbligi asoslandi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida ta’limiy shlarni yuqori saviyada rejalashtirish, rivojlantiruvchi
muhit negizidagi rivojlantiruvchi markazlardagi ta’limiy jarayonlarda zamonaviy
yondashuvlar, ta’limning interfaol, samarali usullari hamda innovatsion
pedagogik texnologiyalardan, yangicha metodlardan, bolalarning yosh
xususiyatlari, imkoniyatlari va rivojlantirishga oid jihatlarni anglagan holda, bola
shaxsiga individual yondashish, uning har tomonlama rivojlanishida xizmat
qilishini isbotladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
78
Xulosa.
Tajriba guruhidagi bolalar jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush
tarzini shakllanishi bo‘yicha 20 %, ijtimoiy-hissiy rivojlanish bo‘yicha 20 %,
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari bo‘yicha 25 %, bilish jarayonining
rivojlanishi bo‘yicha 20 %, ijodiy rivojlanish bo‘yicha 30 % ijobiy natijaga
erishganligini guvohi bo‘ldik. Maktabgacha ta’lim tashkilorlarida bolalarni har
tomonlama kamol topishi uchun xizmat qiluvchi rivojlantiruvchi pedagogik
muhiti kelajagimiz poydevori bo‘lmish yosh avlodni yetuk shaxs sifatida
shakllanishi uchun zarur bo‘lgan barcha manbaalarni o‘z ichiga oluvchi, bola
shaxsini to‘laqonli rivojlantirishni ta’minlovchi yaxlit bir tizim sanaladi. Unda
bola o‘sadi, ulg‘ayadi, o‘rganadi, his etadi, o‘rgangan bilimlarini amaliyotda
qo‘llab ko‘radi, olam, atrof-muhit haqida bilimga ega bo‘ladi, hamkorlik, ixtirolar,
ijobiy munosabat kabi fazilatlar takomillashib boradi.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rоʻyxаti:
1. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, N.Kayumova, M.A’zamova. “Maktabgacha
pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2019 y.- 688 b
2. N.M.Qayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashriyoti T:. 2013 y. -
183
3. M.E.Axmedova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. (Pedagogika tarixi). O‘quv
qo‘llanma. O‘zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - T.: Tafakkur bo‘stoni,
2011y. -128 bet.
4. K.Turg‘unboyev, M.Tolipov, I.Oxunov “Ijtimoiy pedagogika asoslari” O‘quv
qo‘llanma. Toshkent “Fan va texnologiya” 2008 y.
5. N.T.Omonov, N.X.Xo‘jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov. Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. – T.: “Iqtisod-moliya” 2009 y. –
240 bet
6. Raxmonova S.M. “Preparing the graduate students of primary education for
innovative professional activity”. Web of Scientist: International Scientific
Research Journal (WoS) ISSN: 2776-0979, Volume 4, Issue 8, August, 2023 y. P
288-293.
7. Raxmonova S.M. .“In improving the innovative professional activity of future
pedagogues, problem-based learning the most effective method of teaching”.
Science and technologies. 2023 y. № 3 (1). P 107-112.
8. Evstaf’yeva L, Nabixanova Sh, Pak S.I va boshqalar “Maktabgacha ta’lim
muassasasida ta’lim-tarbiya faoliyatini mavzuli rejalashtirish” Tayyorlov guruhi.
“Ilk qadam ” dasturiga ilova Toshkent. 2018 yil.
