ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
164
O‘QUVCHILARNING DARSDAN TASHQARI TARBIYAVIY
JARAYONLARDA MA’NAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH
Deykanova Ra’no Bakirovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15182444
Annotatsiya:
Ushbu maqola Boshlang‘ich ta’limda tahsil oluvchi
talabalarga yangi va zamonaviy bilimlar berish, ularni kelajakda namunali kadr
bo‘lib yetishishlarini hisobga olgan holda ularga bilim berish.
Kalit so‘zlar:
Boshlang‘ich ta’lim, zamonaviy ta’lim, pedagogik yondashuv,
kompetensiya, bilim, pedagogik texnologiya
Bugungi kunda ta’lim tizimida faqat bilim berish emas, balki yosh avlodni
barkamol inson qilib tarbiyalash eng asosiy vazifalardan biridir. Shu nuqtayi
nazardan maktablarda o‘quvchilarning darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatlarini
tashkil etish va bu jarayonlarda ma’naviy ishlarga alohida e’tibor qaratish
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ma’naviy tarbiya - bu inson qalbida
ezgulik, halollik, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, odob-axloq kabi
yuksak fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. O‘quvchilarning ma’naviy olamini
boyitish uchun faqat dars jarayonlari yetarli emas. Darsdan tashqari vaqt bu
borada juda katta imkoniyatlarni yaratadi.
Ta’lim – bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini
hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta’lim jarayonida ma’lumot
olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta’lim tor ma’noda o‘qitish tushunchasini
anglatadi.Lekin u faqat turli tipdagi o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini emas,
oila, ishlab chiqarish.va boshqa sohalarda ma’lumot berish jarayonini ham
bildiradi.
Tarbiya - insonda ish-hunar, odob-axloq va sh.k.ni shakllantirish,
rivojlantirishga, uning jamiyatda yashashi uchun kerak o‘lgan xislatlarga ega
bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan ish-amallar majmui va shu yo‘l bilan
singdirilgan odob-axloq, xislat, fazilat kabilarning o‘zi.
Milliy
- biror millatning, xalqning o‘ziga xos bo‘lgan, uning xususiyatlarini
ifodalovchi tushuncha
Qadriyat
— voqelikdagi muayyan hodisalarning umum insoniy, ijtimoiy
axloqiy, madaniy ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan
tushuncha.
Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, erkinlik,
tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, go‘zallik, moddiy va
ma’naviy boyliklar, an’ana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
165
Milliy qadriyatlar—millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan
jihat
va xususiyatlardir.
O‘zbekistonda ta’lim va tarbiyarivojlanishi milliy va umumbashariy
qadriyatlarga asoslanadi. Vatanimiz madaniyatida umuminsoniy qadriyatlar
ustuvor mavqeni egallaydi. Umuminsoniy g‘oyalar va qadriyatlarning
shakllanishi milliy madaniyatlarning rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘liq. Bu
borada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Biz
o‘z taraqqiyotimizni o‘zga mamlakatlar taraqqiyotidan ayri tasavvur eta
olmaymiz va hamma narsa biz o‘zimizga bog‘liq bo‘lib qolavermaydi». Bu o‘rinda
aynan umuminsoniy qadriyatlarga urg‘u berilgan. Negaki, umuminsoniy
qadriyatlar bilan milliy qadriyatlar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi va bir-birini to‘ldirib,
boyitib boradi. Umuminsoniy qadriyatlar insonni e’zozlash, hayotni sevish,
burch, sadoqat, ajdodlarga hurmat, vatanparvarlik, adolat, ma’rifatparvarlik,
tinchlik, totuvlik, do‘stlik, hamkorlik singari fazilatlarni ifoda etadi.
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar orqali o‘quvchilar turli ijtimoiy, madaniy,
ma’naviy faoliyatlarga jalb qilinadi. Ular orqli o‘z iste’dodlarini namoyon etadi,
mustaqil fikrlashga, madaniyatli bo‘lishga, axloqiy mezonlarga amal qilishga
o‘rganadi.
Ma’naviy tarbiyani darsdan tashqari faoliyatlarda quyidagi shakllarda
amalga oshirish mumkin:
1.
Turli to‘garaklar tashkil etish: she’riyat, teatr, musiqa, rasm, kitobxonlik
to‘garaklari orqali o‘quvchilarda san’atga, adabiyotga, madaniyatga bo‘lgan mehr
uyg‘otiladi.
2.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar: Ona tiliga bag‘ishlangan kechalar, buyuk
allomalar tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar, Vatan himoyachilari kuniga doir
suhbatlar, xotira tadbirlari o‘tkaziladi.
3.
Kitobxonlik musobaqalari: O‘quvchilar orasida eng ko‘p kitob o‘qigan,
eng yaxshi kitob tahlili qilgan, o‘qigan kitobi asosida taqdimot qilganlar
aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
4.
Axloqiy suhbatlar va ochiq darslar: Ota-onalar, diniy ulamolar, mahalla
faollari ishtirokida o‘tkazilgan suhbatlar o‘quvchilarga yaxshi va yomon xatti-
harakatlarni ajratib olishda yordam beradi.
5.
Mehnat va ekologiya tadbirlari: Hududni obodonlashtirish, daraxt ekish,
gul ekish, maktab atrofiga g‘amxo‘rlik qilish orqali o‘quvchilarda
mehnatsevarlik, tabiatga mehr tuyg‘usi shakllanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
166
6.
Sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari: Turli sport musobaqalari, yugurish,
jismoniy mashg‘ulotlar ham bolalarning nafaqat sog‘lig‘ini mustahkamlash, balki
ularni maqsad sari intiluvchanlik, jamoaviylik, birdamlikka o‘rgatadi.
7. Teatr tomoshalari va ekskursiyalar: Tarixiy joylarga, muzeylarga, teatr va
galereyalarga tashrif o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va ularning
ma’naviy olamiga ijobiy ta’sir qiladi.
Bunday faoliyatlar orqali o‘quvchilar hayotda ko‘proq ijobiy fazilatlarni
o‘zlashtiradi, salbiy odatlardan yiroq bo‘lishga harakat qiladi. Ayniqsa, bugungi
globallashuv davrida yoshlar ongini turli yot g‘oyalardan himoya qilish, ularni
milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash juda muhim.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, o‘quvchilarning darsdan tashqari
faoliyatlarida ma’naviy ishlarni samarali tashkil etish orqali biz nafaqat bilimli,
balki komil insonlarni tarbiyalaymiz. Bunda ota-onalar, o‘qituvchilar, mahalla
faollari, diniy ulamolar va keng jamoatchilik birgalikda ishlashi zarur. Har bir
o‘quvchining qalbiga ezgulik urug‘ini ekish – bu kelajakda yurtimizni yuksak
ma’naviyatli avlodlar bilan to‘ldirish demakdir. Shunday ekan, maktab jamoasi
bu boradagi faoliyatni yanada kuchaytirishi, yangicha yondashuvlar bilan
ma’naviy-ma’rifiy ishlarga yondashishi zarur. Zero, ma’naviy yetuk jamiyat -
taraqqiyot garovi sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T.: Ma’naviyat, 2008.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – T.: Adolat,
2021.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-4779-sonli Qarori. – T., 2020.
4.
To‘xtasinov R. “Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish metodikasi”. – T.: Fan,
2020.
5.
Musurmonova, O. (1999). Family spirituality-national pride. Tashkent:
Teacher.
6.
Mahmudjonovna, A. M. (2024). Marifatparvar Ajdodlarimiz Merosi-Milliy
Ta Lim-Tarbiya Asosi. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments,
2(2), 60-66.
7.
Мусурманова, А. (2011). Формирование духовных основ социальной
защиты молодежи в процессе профессионального образования.
Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах
устойчивого развития, (9), 282-284.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
167
8.
Qudratova, S., & Tilovboyeva, S. (2024). BOSHLANGʻICH TA’LIMDA TAHSIL
OLUVCHI TALABALARGA ZAMONAVIY BILIMLAR BERISH. Modern Science and
Research, 3(12), 378-382.