NIYOZIY ASARLARIDA MAKTUBNING AHAMIYATI (“ZAHARLI HAYOT YOHUD ISHQ QURBONLARI” DRAMASI MISOLIDA)

Аннотация

Ushbu maqolada Hamza hakimzoda Niyoziy qalamiga mansub bo‘lgan “Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari” daramasidagi makubning asar qurilishida, ma’no-mazmunida qanchalik muhim ekani, Maryamxonning Mahmudxonga yozgan maktubining asl mohiyati haqida so‘z yuritiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
25-28
11

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Boltayeva , I. (2025). NIYOZIY ASARLARIDA MAKTUBNING AHAMIYATI (“ZAHARLI HAYOT YOHUD ISHQ QURBONLARI” DRAMASI MISOLIDA). Академические исследования в современной науке, 4(30), 25–28. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/101655
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Hamza hakimzoda Niyoziy qalamiga mansub bo‘lgan “Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari” daramasidagi makubning asar qurilishida, ma’no-mazmunida qanchalik muhim ekani, Maryamxonning Mahmudxonga yozgan maktubining asl mohiyati haqida so‘z yuritiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

25

NIYOZIY ASARLARIDA MAKTUBNING AHAMIYATI (“ZAHARLI

HAYOT YOHUD ISHQ QURBONLARI” DRAMASI MISOLIDA)

Boltayeva Iroda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti

o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15572002

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Hamza hakimzoda Niyoziy qalamiga

mansub bo‘lgan “Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari” daramasidagi makubning
asar qurilishida, ma’no-mazmunida qanchalik muhim ekani, Maryamxonning
Mahmudxonga yozgan maktubining asl mohiyati haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

maktub, g‘unchayi muhabbat, faqira, qorong‘u vatan, qizlar

maktabi, millat quyoshi. millat mohitoboni

Annotation:

This article discusses the importance of the letter in the drama

"Poisonous Life or Victims of Love" by Hamza Khakimzoda Niyozi in the
construction of the work, its meaning and content, and the true essence of
Maryamkhan's letter to Mahmudkhan.

Keywords:

letter, budding love, poverty, dark homeland, girls’ school, the

sun of the nation. national magazine

Аннотация:

В данной статье рассматривается значение макуба в

сборнике «Зехарли хаёт яхуд ишк курбуллари» (Ядовитая жизнь или
жертвы любви) Хамзы Хакимзода Ниязи, а также истинная суть письма
Марьямхан Махмудхану.

Ключевые слова:

письмо, зарождающаяся любовь, бедность, темная

родина, женская школа, солнце нации. государственный гимн

XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Hamza Hakimzoda

Niyoziy adabiyot tarixida o‘zining millatparvar asarlari bilan munosib o‘ringa
ega. Chunki u dunyo ko‘rgan, turli mamlakatlarning madaniyati bilan tanishib,
o‘zbek xalqining savodli bo‘lishi uchun harakat qilgan. O‘sha davr maktablari
uchun “Yengil adabiyot”, “O‘qish kitobi”, “Qiroat kitobi” kabi darsliklar yaratgan.
Marg‘ilonda “G‘ayrat” kutubxonasini ochadi Har doim xalqni ma’rifatga, ilimga
chorlaguvchilar sho‘rolar tuzumi davrida har doim ham yaxshi
baholanavermagan. Hamza ham ularning tayziq va tuhmatlariga uchragan
jonkuyar, millatparvar jadidlardan bo‘lgan. Uning bizgacha yetib kelgan
asarlaring barchasi millatni uyg‘oqlikka, ma’rifatparvarlikka chorlaydi. Aynan
shuning uchun ham sho‘rolar uni xavfli joylarga, qaltis ishlarga safarbar etadi.
Hamza Hakimzoda Niyoziydan boshqa hech bir jadid ijodi hayotlik vaqtida
o‘rganilmagan. Chunki Niyoziy to‘g‘iso‘z bo‘lgan. 1929-yilda Shohimardonda
vaxshiyona tarzda ya’ni toshbo‘ron qilinib o‘ldiriladi. Bunday vaxshiy va qonxo‘r


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

26

insonlar Niyoziyning jasadinigina yo‘q qila olishdi. Uning bizga qoldirgan adabiy
me’rosi niyoziyning oramizda barhayot yashashini ko‘rsatadi.

Niyoziy faqat nasriy asarlar yaratish bilan cheklanib qolmasdan

dramaturgiyasi bilan ham adabiytimiz tarixida o‘chmas iz qoldirishga muaffaq
bo‘lgan. U asosan Qo‘qon teatr guruppasi uchun sahna ko‘rinishlar yaratgan.
1915-yilda yozilgan “Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari” dramasi Hamzaning
bu sohadagi birinchi harakati edi. Undan so‘ng “O‘ch”, “Muxtoriyat yoki
avtonomiya”, “Kim to‘g‘ri?”, “Boy ila xizmatchi” kabi sahna asarlari yaratgan.
“Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari” dramasi to‘rt pardadan tashkil topgan.
Niyoziy asarning janrini “Turkiston maishatidan qiz va kuyov fojiasi” deb
belgilaydi asarning bosh qahramonlari Mahmudxon va Maryamxonim qismati
orqali o‘sha davrdagi ma’rifatsiz, boylikka o‘ch insonlarning naqadar razil kimsa
bo‘lishganinini ochib beradi. Asarning asl mohiyatini ochib berish uchun
Maryamxonning Mahmudxonga yozgan maktubidan bilib olishimoz mumkin. U
quyidagicha: “G‘unchayi muhabbatim, suyukli Mahmudxon! Men sizga naqadar
muhabbatni da’vosindan yozmayki, vaqtingiz muosida o‘lasin uchun so‘zni
qisqartub, maqsadgagina qalam yurutdim… ikkovimiz elimizni, zulmatda qolgan
bu millatni, Siz quyoshi bo‘lganda, men mohtobi bo‘lib, qorong‘u vatanni
yoritaylik, Siz-da, erlarimizning holindan men mazluma oilalarimizning holindan
gazetalarga yozishib, bir-birimizni ogohlantiraylik” Bu yerda namoyon
bo‘lishicha, Maryamxon muhabbatinigina izhor qilib qolmasdan shu el-yurtdagi
insonlarning taqdirini o‘ylagani holda yozmoqda, ya’ni zulmatta qolgan millatni
yoritishni ilgari surmoqda. Maktubning keying misralarida Maryamxonning
naqadar millat uchun kuyib-pishishi, Mahmudxon va Maryamxonlarning orzu-
o‘ylari aks etadi. “Garchi Siz tijoratda bo‘lsangiz-da, chin maqsudingiz bo‘lgan
qizlar maktabini ochaylik: men ma’naviy. Siz moddiy xizmatda bo‘ling, chin
yashaylik, kelajakdagi avlodlarimizni mozorimizga borib, erlari Sizga, qizlari
bizning qabrimiz uzasina, oq, qizil gular sochib ruhlarimiz olqishlarlik darajada
bir xizmatlarni maydonga qo‘yaylik…” Mening o‘ylashimcha, Ushbu asarda
Mahmudxon qiyofasi orqali Niyoziy o‘zini nazarda tutgan. Negaki U ham maktab
ochib qizlarni o‘qitish, ularni ma’rifatli qilish, qizlarni ham jamiyatdagi o‘rnini
topishi uchun juda ham ko‘p sa’y-harakatlar qilgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy
Maryamxon obrazi orqali xotin-qizlarning ham qo‘lidan nimadir kelishini
isbotlaydi. Maryamni ota-onasi majburlab eshonga uzatishsa ham u o‘zini
eshondan, ya’ni Xudo bexabar, bema’rifat, zolim kimsaning qo‘lidan qutqarib
oladi. Biz yana bua sarda tabaqalashtirishni ham ko‘ramiz. Mahmudxonning
otasi Hamdamboy Maryamdek ilmli, ma’rifatli qizni oddiy kosibning qizi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

27

bo‘lganligi uchun Mahmudxonga munosib deb ko‘rmaydi. Oxir oqibat zulmga
qarshi kurashayotgan sevishganlar halok bo‘lishadi. Yuqoridagi maktubda esa
ularning maqsadi nima ekanini ko‘rib chiqqan edik. Mahmudxon drama
davomida Maryamxonga nisbatan ancha sust, Maryamxon uni kurash
maydoniga chorlovchi kuch sifatida gavdalanadi. Bu bilan muallif ayol
kishilarning ham nimagadir turtki vazifasini bajara olishini namoyon etgan.
Maryamxon zahar ichib halok bo‘lganidan so‘ng Mahmudxon uning qabri yoniga
birib aytgan monologi shu darajada kuchliki tinglovchini qalbini larzaga soladi.
Mahmudxonning o‘lim oldidagi monologi fojianing asl mohiyatini yanada
ochishga xiamat qiladi.: “Maryam, Maryamxonim, man dunyoda yashamam!..
Kecha oqshom Maryamxon muhabbat qurboni edi, biz bugun insoniyat, millat
qurboni! Mundog‘ jaholat, mundog‘ ilmsizlik… islomiyatni qo‘yib, dunyo yo‘liga
qadam bosuvchi diyonatsiz qora xalq orasinda tiriklikdan, albatta, o‘lim yaxshi,
O‘lim!.”

Xulosa o‘rida shuni aytish joizki, Niyoziy nafaqat millatni yuksaltirish balki,

Sho‘rolar tuzumidan qutulib, xalq ozodligi va farovonliki yo‘lida kurashish
g‘oyasini ilgari surgan. Uning har bir asari jaholatga qarshi kurashish,
ilmsizlikdan qutilish uchun yozilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Zaharli hayot
yohud ishq qurbonlari” dramasi ham aynan shu ruhda yozilgan asarlar sirasiga
kiradi. Maryamxon va Mahmudxon obrazlari orqali o‘zinging g‘oyalarini
ko‘rsatib berishga muaffaq bo‘lgan. Niyoziy nega aynan maktub orqali ularning
asl maqsadini ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin degan savol paydo bo‘lishi tabiiy
albatta. Men bu savolga quyidagicha javob topdim: badiy adabiyotda xatning
o‘rni beqiyosdir. Chunki inson yuzma-yuz kelgan vaqtida aytolmagan gaplarini
aynan xat orqali to‘liq ochib berishga muaffaq bo‘la oladi. Xatni o‘qiyotgan inson
ham aynan uning nima demoqchi bo‘lganini anglay olishi oson bo‘ladi.
Ikkinchidan oshiq o‘zining yorini yoniga borganida unga nima demoqchi ekani
aniq ayta olmaydi. Unda fikrlar tarqoqligi bo‘lishi mumkin. Yana bir jihatdan bu
milliy qadriyatlarimizga borib aqaladi. Ayol kishining erkak kishi yoniga borib,
tik ko‘ziga boqib gapirishi tugul unga gapirishi ham o‘zbekchilikka to‘g‘ri
kelmaydi va bunga ayniqsa o‘sha davrlarda alohida e’tibor berishgan. Balki, bu
ham bir sabab bo‘la olar. Lekin Niyoziy maktubni faqat Mahmudxonga emas, bu
maktubni o‘qigan har bir shaxsga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Jadid
adabiyotida shuni uchratamizki, har bir jadid o‘zi ilgari surayotgan g‘oyani asar
qahramonlari tilidan yetkazib berishga qaratilgan, xoh u ayol obrazi xoh erkak
bu ahamiyatsiz muhimi o‘sha g‘oyani yetkazib berish va millatni uyg‘oqlikka


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

28

chaqirishdan iborat bo‘lgan. Umuman olganda Hamza Hakimzoda Niyoziyning
qaysi asarini o‘qimaylik albatta bu narsaga duch kelamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug‘bek Dolimov, Shuhrat Rizayev,

Sunnat Ahmedov Milliy uyg‘onish o‘zbek adabiyoti Toshkent-2004
2.

Hamza hakimzoda Niyoziy Saylanmasi G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va

san’at nashriyoti Toshkent – 1979
3.

7-sinf Adabiyoti “ShARQ” NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK

KAMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT-2017
4.

https://jadid.uz/

Библиографические ссылки

Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug‘bek Dolimov, Shuhrat Rizayev, Sunnat Ahmedov Milliy uyg‘onish o‘zbek adabiyoti Toshkent-2004

Hamza hakimzoda Niyoziy Saylanmasi G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti Toshkent – 1979

-sinf Adabiyoti “ShARQ” NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KAMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT-2017

https://jadid.uz/