ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
116
NISHONLANGAN SANOATBOP TUT IPAK QURTI DURAGAYLARINI
YARATISHNING ILMIY ASOSLARINI O’RGANISH
Nortosheva Nozima Abror qizi
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13770593
Annotatsiya
Ipakchilik
ilmiy-tadqiqot
institutining
ipak
qurtining
jahon
kolleksiyasidagi, jinsi bo‘yicha nishonlangan zotlarning mahsuldorlik
ko‘rsatkichlarini tahlili, tanlangan zotlarlarning ayrim qimmatli ko‘rsatkichlarini
yaxshilash, jinsi bo‘yicha nishonlangan zotlarda pillardan kapalaklarning
chiqmaslik muammosi, jins bo‘yicha nishonlangan zotlar orasida duragay
kombinatsiyalarni yaratish, yaratilgan duragaylarni laboratoriyada va ishlab
chiqarish sharoitida sinovdan o‘tkazish jarayonlari keltirilgan.
Абстрактный
Анализ показателей продуктивности полмаркированных пород
мировой коллекции тутовых шелкопрядов НИИ шелководства, улучшение
некоторых ценных показателей отобранных пород, проблема невыхода
бабочек из коконов у полмаркированных пород, гибридизация среди
полмаркированных пород. селекции, представлены процессы создания
комбинаций, испытания созданных гибридов в лабораторных и
производственных условиях.
Abstract
Analysis of productivity indicators of half-marked breeds of the world collection
of silkworms of the Sericulture Research Institute, improvement of some
valuable indicators of selected breeds, the problem of butterflies not emerging
from cocoons in half-marked breeds, hybridization among half-marked breeds.
selection, the processes of creating combinations, testing the created hybrids in
laboratory and production conditions are presented.
Kalit so‘zlar:
tut ipak qurti, tut bargi, tuxum, embrion, lichinka, g‘umbak,
dasta, g‘ana, pilla, kapalak, zot, duragay, geterozis, urg‘ochi, erkak, jins bo‘yicha
nishonlangan.
Keyingi yillarda pillachilikni rivojlantirish, sifatli ipak xomashyosini
tayyorlash bo‘yicha bir qancha qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “O‘zbekipaksanoat”
uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2856-sonli,
2018 yil 20 martdagi “Pillachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3616-sonli, 2018 yil 4 dekabrdagi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
117
“Respublikada pillachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4047 sonli, 2020 yil 17
yanvardagi “Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4567-sonli hamda 2020 yil 2
sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish
qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4817-sonli qarorlarida ipak
qurti seleksiyasi yutuqlarini keng sinovdan o‘tkazish, tut ipak qurti zot va
duragaylarining birlamchi urug‘chiligini rivojlantirish, hududlar tabiiy iqlim
sharoitini hisobga olgan holda, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv
agrotexnologiyalarni ishlab chiqish orqali xalqaro standartlarga mos zot va
duragaylarni yaratish, mahalliy ipak qurtlari va pilla ishlab chiqarishni oshirish,
ularning sifatini yaxshilash yo‘li bilan ipakchilik sanoati eksport imkoniyatlarini
kengaytirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu vazifalarni bajarishda mamlakatimizda pilla yetishtirish va pilla
ipining texnologik xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan yangi seleksiya
usullarini ishlab chiqish borasida istiqbolli ilmiy izlanishlarni olib borish
zarurdir.
O‘zbekiston iqlim sharoitida, faqat keskin iqlim sharoiti o‘zgarishiga,
quruq, issiq va chang havoga, namligi past tut bargiga, mahalliy mikrofloraga
genetik jihatdan moslashgan tut ipak qurti zotlarigina yaxshi rivojlanib, yuqori
hosil berishi mumkin. Bunday talablarga jinsi bo‘yicha genetik jihatdan
modifikatsiya qilingan, O‘zbekistonda yaratilgan zotlar javob beradi.
Tadqiqot uslublari
IITI ning jahon kolleksiyasidagi zotlardan tadqiqot uchun jinsiy W
xromosomaga W
2
W
2
, W
3
W
3
, W
5
W
5
genlar translokatsiya qilingan, tut ipak
qurtining 12 ta zoti tanlanib olindi. Ushbu zotlar genetik modifikatsiyasiga ko‘ra,
tuxumlar rangiga qarab, erkak (rangi oqish) va urg‘ochi (rangi qoramtir)
jinslarga bo‘linadi. Bular S-5, S-5pr.g., S-6, S-10, S-12, S-13, S-14, Belokokonnaya
1, Belokokonnaya 2, SANISh 8, SANISh 9 zotlaridir. Tuxum bosqichida jinsi
bo‘yicha belgilangan zotlar haqidagi ma’lumotlar katalogdan olingan.
Jinsi bo‘yicha tuxum bosqichida belgilangan zotlar bilan seleksiya ishlari
“Tut ipak qurti bilan naslchilik ishlari olib borishining asosiy uslubiy
qo‘llanmasi”ga ko‘ra olib borildi. Unga, jinsi bo‘yicha belgilangan zotlarning
genetik xususiyatlarini hisobga olib, bir oz o‘zgartirishlar kiritildi. Jinsi bo‘yicha
tuxum bosqichida belgilangan zotlar oilalari, jinslar bo‘yicha alohida inkubatsiya
qilindi. Tuxum bosqichida oilalar, past reproduktiv ko‘rsatkichlari, jinslar
nisbatining notoo‘gg‘riligi va tuxumlar jonlanish foizining pastligi bo‘yicha
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
118
ajratib, saralandi. Qurtlarning ikkinchi yoshida boqish uchun, har bir oiladan
110 ta erkak va 110 ta urg‘ochi (qoramtir, oqish) tuhumlar sanab olinib, ular
birgalikda boqildi, laboratoriya sinovlari uchun mo‘ljallangan duragaylardan
150 tadan (3 qaytarilishda) qurtlar sanab olindi.
Qurt bosqichida, rivojlanishi bir-xil bo‘lmagan va hayotchanligi past bo‘lgan
qurtlar olib tashlandi. Oilalarning tahlili 50 dona pilla namunasi bo‘yicha
o‘tkazildi (25 dona urg‘ochi va 25 dona erkak). Ipakchanligi, pilla va qobiq
massasi juda past bo‘lgan oilalar ajratilib, olib tashlandi.
1-rasm. Qurtlik bosqichida nishonlangan duragaylar
Har qaysi zot bo‘yicha pillalarni tahlil qilish erkak va urg‘ochi jinslarda
alohida-alohida o‘tkazildi. Oilalar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, yirik
qobiqli yuqori ipakchan va shakli hamda donadorligi bo‘yicha pilla zotlariga mos
bo‘lgan pillalr, boshlang‘ich material quymasini tayyorlash uchun tanlab olindi.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi
Hozirgi vaqtda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida ipak qurti tuxumlarini
rangiga qarab ajratuvchi apparat yaratilmoqda. Shunga ko‘ra, 100% toza
duragaylar tayyorlash uchun jinsi bo‘yicha tuxum bosqichida belgilangan
zotlardan foydalanish, dolzarb masala hisoblanadi.
Tadqiqotlar uchun tanlangan jinsi bo‘yicha belgilangan zotlar
xususiyatlariga ob’ektiv baho berish uchun, nazorat sifatida, Respublikamizdada
keng rayonlashtirilgan Ipakchi 1 zoti tanlandi.
Ipak qurtlarida geterozis ta’sirini maksimal darajaga yetkazish uchun har
bir zotning morfologik, biologik va texnologik ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri baholash
kerak.
1-jadval
S-5, S-10, S-12, S-13, S-14 zotlarining morfologik ko‘rsatkichlari
T/r Zotlarning
Tuxumning rangi
Pillalarning rangi va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
119
nomi
shakli
1
S-5 W
2
W
2
Urg‘ochi tuxum-qora, erkak-
och sariq
Oq,
uzunchoq
beli
ingichchka
2
S-10 W
3
W
3
Urg‘ochi tuxum-qora, erkak-
qora to‘q jigarrang
Oq,
uzunchoq
beli
ingichchka
3
S-12 W
5
W
5
Urg‘ochi tuxum-qora, erkak-
qo‘ng‘ir
Oq, oval-yumaloq
4
S-13 W
2
W
2
Urg‘ochi tuxum-qora, erkak- oq
sariq
Oq, oval-yumaloq
5
S-14 W
3
W
3
Urg‘ochi tuxum-qora, erkak-
qora-qo‘ng‘ir
Oq,
uzunchoq
beli
ingichchka
6
Ipakchi 1 (q)
Qo‘ng‘ir kulrang
Oq, oval aylana
Jadvalda, ipak qurti zoti bilan birga, tuxumlar rangini namoyon etuvchi
genlarning belgilari ham ko‘rsatilgan
W
2
W
2
geni erkak tuxumlarning och sariq rangini yuzaga keltiradi, W
3
W
3
-
gen esa qora-qo‘ng‘ir rangni, W
5
W
5
gen esa qo‘ng‘ir rang chaqiradi. To‘xumlarni
ko‘z bilan rangi bo‘yicha ajratishda, rangning ahamiyati katta, chunki, erkak
tuxumlar rangi qanchalik yorqin bo‘lsa, ularni ajratish shunchalik oson va aniq
bo‘ladi. Bu holda, erkak tuxumining rangi och-sariq bo‘lgan C-5 W
2
W
2
va C-13
W
2
W
2
-zotlarini ajratish osonroq bo‘ladi. Lekin, tuxumlarning rangiga qarab
ajratuvchi maxsus aparat yaratilsa, bunda rangning qanchalik och yoki to‘q
bo‘lishining ahamiyati bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra duragaylashda barcha tanlangan
zotlardan foydalanish mumkin. Tadqiq etilayotgan ipak qurti zotlarining
biologik va ayrim texnologik ko‘rsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
S-5, S-10, S-12, S-13 va S-14 zotlarining asosiy biologik va texnologik
ko‘rsatkichlari
№
t/r
Zotlar
nomi
tuxumla
r jonla-
nishi, %
Qurt-lar
hayotchanlig
i, %
O‘rtacha
og‘irlik
Pilla
ipak-
chanligi,
%
Pilla
ipining
metrik
nomeri,
m/g
pilla,
g
qobi
qmg
1
S-5
95,7
84,4
1,64 392
23,9
3055
2
S-10
93,5
82,6
1,43 329
23,0
3436
3
S-12
96,1
88,5
1,53 362
23,7
3412
4
S-13
94,6
88,9
1,44 328
22,8
3548
5
S-14
93,7
88,2
1,46 341
23,4
3073
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
120
6
Ipakchi 1
(nazorat)
95,5
92,8
2,0
421
21,0
3247
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tuxum bosqichida jinsi
bo‘yicha belgilangan zotlarning ayrim ko‘rsatkichlari nazorat vpriantidan bir
muncha past. Masalan, o‘rganilayotgan zotlarda tuxumlar jonlanishi 93,5-96,1%
orasida, nazoratda 95,5 %; qurtlar hayotchanligi 82,6-88,9%, nazoratda 92,8%;
pilla massasi 1,43-1,64 g, nazorratda 2,0 g ni tashkil etadi.
Buning sababi shundaki, C-5, C-10, C-12, C-13, C-14 zotlari genomlaridagi
xromosomalar
o‘zgarishlarga
uchragan,
genetik
jihatdan
modifikatsiyalantirilgan zotlar hisoblanadi. Lekin, bu zotlar pillarining
ipakchanligi, nazorat variantidagi Ipakchi 1 zot pillalirining ipakliligidan ancha
yuqori bo‘lib, 22,8-23,9 %, orasida nazoratda esa 21,0 %, pilla ipining
ingichkaligi, nazorat varianti bilan bir xil bo‘lib 3055-3548 m/g orasida
nazoratda esa 3247 m/g ni tashkil etadi.
Butun dunyoda, sifatli ipak qurti tuxumlarini yetishtirish va pilla hosildorligini
oshirishga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri ipak qurtlarining kasaliklari
hisoblanadi. Buning uchun, jinsi bo‘yicha tuxum bosqichida belgilangan zotlarni
kasalliklarga chidamliligini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarni o‘rgandik.
Bu tadqiqot natijalariga ko‘ra, sinab ko‘rilgan 6 ta jinsi bo‘yicha belgilangan
zotlardan 2 tasi ya’ni S-13, S-14 zotlari pebrina va sariq kasalliklariga eng
chidamli deb topilgan. demak ular kasalliklarga yetarlicha chidamli sanaladi.
Bundan tashqari ma’lumki, hayotchanlik, geterozis va partenogenezga
moyillik, asosan bir xil genlar bilan nazorat qilinadi. Bu ko‘rsatkichlarning
bittasin oshirish uchun qilingan seleksiya ishlari, boshqa ko‘rsatkichlarni ham
parallel ravishda oshiradi [14]. Shu sababli jinsi bo‘yicha belgilangan zotlarning
partenogenezga moyilligi ilgari sinab ko‘rilgan. Jinsi bo‘yicha belgilangan
zotlardan, partenogenetik qurtlarning chiqishi 2,1-3,0% ni tashkil qilib, bu
ko‘rsatkich yetarlicha yuqoridir.
Xulosa
Respublikamiz o‘ziga xos bo‘lgan iqlim sharoitiga ega bo‘lib, u
Sharqiy va Janubiy-Sharqiy xududlarida joylashgan yuqori harorat va past
namlikka ega mamlakatlar iqlimidan farq qiladi. Shuning uchun, ipak qurtlarini
boqishda, tutlarning samarali navlarini tanlash, maxsus qurtxonalarni alohida
tayyorlash va ularda zarur harorat va namlikni taminlab berishga katta
ahamiyat berish zarur.
Shunday qilib, yuqoridagi bayon qilinganlarga asoslanib, tadqiq etilayotgan
zotlardan duragaylashda foydalanish mumkin. Tuxum rangi bo‘yicha jinsi
belgilangan S-5, S-10, S-12, S-13 va S-14 zotlarining biologik ko‘rsatkichlari
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
121
nazorat varianti ko‘rsatkichlari bilan deyarli bir xil darajada turadi. Eng muxumi,
yuqoridagi, jinsi bo‘yicha belgilangan zotlarning duragaylashda ishtirok etishi,
100% toza duragaylar tayyorlashga imkon yaratadi geterozisning maksimal
namoyon bo‘lishiga olib keladi. Ipak qurti tuxumlarini tayyorlash jarayonlarini
soddalashtiradi va pilla hosildorligini sezilarli ortishiga sabab bo‘ladi.
Jinsi bo‘yicha belgilangan zotlar asosida yaratilgan yangi duragaylardan sanoat
ipakchiligida foydalanish, sezilarli ravishda iqtisodiy samara beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 yanvardagi
“Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4567-sonli qarori. - Toshkent, 2020.
1-5-b.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 sentabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4817-sonli qarori. - Toshkent, 2020. 1-
4-b.
3.
Larkina E.A., Mirzakhodjaev B.A., Mirzakhodjaev A., Abdukayumova N. and
Akbarova F. Genetically Modified Silkworm Breeds (Bombyx mori L.) with
Sexual Dimorphism at the Initial Stage of Ontogenesis. //Journal of Agriculture
and Ecology Research International 23(6):167-175, 2022; Article no JAERI.
94106.ISSN:2394-1073.
4.
Larkina E.A., Mirzakhodjaev B.A., Mirzakhodjaev A., Daniyarov U.T., and
Radzhabov I.B. The Use of Parthenogenetic Clones to Create Highly
Heterogeneous Hybrids of the Silkworm (Bombyx mori L.). //Asian Research
Journal of Agriculture. 11.2022. P.227-237.
5.
Dolgikh V.V, Senderskiy I.V, Zhuravlyov V.S, Ignatieva A.N, Mirzakhodjaev
B. A. Molecular analysis of the microsporidia Vairimorpha ceranae and Nosema
bombycis growth in the lepidoptera Sf9 cell culture. // J. Protistology, 2022, №1,
Vol. 16, P.
6.
Daniyarov U.T., Navruzov S. Selektion of partenogenetic clones for mixing
with fine silkworm breeds in the conditions of Uzbekistan. //Sustainable
Managrement of Earth Resoutoes and Biodiviversty. IOP Conf Series Earth and
Environmental Science. 09.2022. P.1-6.
7.
Larkina Ye.A., Akilov U.X., Daniyarov U.T., Abdukayumova N.K.
Dvigatelnaya aktivnost tutovogo shelkopryada (Bombyx mori L.) kak faktor
sinxronizatsiya razvitiya populyatsii. // Agrarnaya nauka, №1, 2022 –S.64-70.
8.
Larkina Ye.A., Akilov U.X., Tuychiev J.Sh., Asronov E.K., Solieva M.B.,
Abdukayumova N.K.Ispolzovanie sposobov upravleniya razmnojeniem tutovogo
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
122
shelkopryada (Bombyx mori L.) v prakticheskom shelkovodstve. // Agrarnaya
nauka, №7-8, 2022 –S.114-121.
9.
Abdukayumova N.K., Larkina Ye.A. Ipak qurtining tuxumlik davrida ranggi
bo‘yicha jinslarga ajraluvchi yangi zotlari va ularning genetik imkoniyatilari.
//«Research and education» Scientific Research Center. Internationfl conference
on learning and teaching, July, 2022. P.33-37.
10.
Yakubov A.B., Larkina Ye.A., Akilov A.U., Ergasheva Sh., Sultonmurodov S.
Klonirovanie v seleksii tutovogo shelkopryada (Bombyx mori L.).
//International Conferencee on Developments in Education. Hosted from Saint
Petersburg, Russia. Oct. 24th 2022. pg 34-40.
11.
Larkina Ye.A., Akilov U.X., Asronov E.K. Tut ipak qurtining mahsuldor
zotlari reproduktiv ko‘rsatkichlari. // Chorvachilik va naslchilik ishi. Toshkent,
№3. 2022, 47 b.
