“OMMAVIY DIPLOMATIYA”DA JANUBIY KOREYANING O’ZIGA XOS YONDASHUVI

Аннотация

Xalqaro munosabatlar tizimida diplomatiya xalqaro aloqalarni, ittifoqlar, shartnomalar va kelishuvlar tuzishni amalga oshirish san’ati yoki amaliyotini anglatib, buni ko‘p hollarda tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘laymiz. Lekin diplomatiyaning ikkinchi ta’rifi ham mavjud bo‘lib, bu “odamlar bilan muomala qilishda muloyimlik va mahorat”dir. Aynan shu ikkinchi ta’rif “ommaviy diplomatiya” yoki “xalq diplomatiyasi” atamasi bilan ifodalanib, bu atama yaqin tariximiz, ya’ni XX asrning 60-yillarida paydo bo‘lgan, ungacha bu atama “targ‘ibot” sifatida ishlatilib kelingan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
52-54
32

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Narziyeva, R. (2025). “OMMAVIY DIPLOMATIYA”DA JANUBIY KOREYANING O’ZIGA XOS YONDASHUVI. Академические исследования в современной науке, 4(2), 52–54. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/62153
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Xalqaro munosabatlar tizimida diplomatiya xalqaro aloqalarni, ittifoqlar, shartnomalar va kelishuvlar tuzishni amalga oshirish san’ati yoki amaliyotini anglatib, buni ko‘p hollarda tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘laymiz. Lekin diplomatiyaning ikkinchi ta’rifi ham mavjud bo‘lib, bu “odamlar bilan muomala qilishda muloyimlik va mahorat”dir. Aynan shu ikkinchi ta’rif “ommaviy diplomatiya” yoki “xalq diplomatiyasi” atamasi bilan ifodalanib, bu atama yaqin tariximiz, ya’ni XX asrning 60-yillarida paydo bo‘lgan, ungacha bu atama “targ‘ibot” sifatida ishlatilib kelingan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

52

“OMMAVIY DIPLOMATIYA”DA JANUBIY KOREYANING O’ZIGA XOS

YONDASHUVI

Narziyeva Rayxon Ramazonovna

BuxDU Tarix (yo’nalishlar va faoliyat turlari bo’yicha)

yo’nalishi 2-kurs magistranti

Telefon: +998936531191

E-mail: rayxonnarziyeva98@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14644437

Xalqaro munosabatlar tizimida diplomatiya xalqaro aloqalarni, ittifoqlar,

shartnomalar va kelishuvlar tuzishni amalga oshirish san’ati yoki amaliyotini
anglatib, buni ko‘p hollarda tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘laymiz. Lekin
diplomatiyaning ikkinchi ta’rifi ham mavjud bo‘lib, bu “odamlar bilan muomala
qilishda muloyimlik va mahorat”dir. Aynan shu ikkinchi ta’rif “ommaviy
diplomatiya” yoki “xalq diplomatiyasi” atamasi bilan ifodalanib, bu atama yaqin
tariximiz, ya’ni XX asrning 60-yillarida paydo bo‘lgan, ungacha bu atama
“targ‘ibot” sifatida ishlatilib kelingan.

Janubiy Koreya ommaviy diplomatiya sohasida kech kelgan

mamlakatlardan biri hisoblanib, 2010-yilda bu soha rasman boshlandi va unga
2013-yildan boshlab ko‘proq e’tibor qaratildi. Ommaviy diplomatiyaning vatani
AQSH va boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi Koreyada ham targ‘ibot, milliy
brendlash va madaniy diplomatiya kabi tushunchalar ishlatilgan, ammo ular
biroz farqlangan. Koreya jamg‘armasi ommaviy diplomatiyani mustahkamlash
maqsadida rasmiy diplomatiyani qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratdi va
Koreyaning nodavlat diplomatiya tashkilotlari bilan hamkorlik qildi. O‘shandan
beri Koreya Milliy Diplomatik Akademiyasi ommaviy diplomatiyani
rivojlantirishda akademik munozara va tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun
yetakchi tashkilotlardan biriga aylandi.

Janubiy Koreyada “palli-palli” madaniyati deb ataladigan tushuncha

mavjud bo‘lib, bu aynan harakatga nisbatan ishlatilib, “tez-tez” ma’nosini
anglatadi. Koreya ommaviy diplomatiyasi siyosatining tarixi ham ushbu
madaniyatini aks ettiradi. Xususan, Janubiy Koreya 2010-yilda ommaviy
diplomatiya siyosatini rasman boshlashda juda kechikkan bo‘lishiga qaramay,
bu sohadagi eng so‘nggi tendensiyalarni tezda quvib yetishdagi yutuqlari
diqqatga sazovor. 2016-yil Koreyaning ommaviy diplomatiyasi uchun muhim yil
bo‘lib, shu yili “Ommaviy Diplomatiya to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Janubiy Koreyaning ommaviy diplomatiyasida uning madaniy o‘ziga xosligi

va bu madaniyatning butun dunyo bo‘ylab yoyishga harakat qilishi o‘ziga xosdir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

53

Madaniy sanoatni rivojlantirishni milliy maqsad sifatida e’lon qilgan birinchi
rahbar bu Prezident Kim De Jung bo‘lib, aynan u Yaponiya madaniyatining
import qilinishiga ruxsat berdi va shu orqali ikki mamlakat o‘rtasida ijodiy
kontent almashinuvi uchun hissa qo‘shdi.

Tan olish kerakki, so‘nggi yigirma yil davomida Janubiy Koreyaning

madaniy kontent sohasi sezilarli darajada rivojlandi. Bu rivojlanishga bozorni
liberallashtirish, globallashuv, hukumat subsidiyalari va siyosiy choralari kabi
omillar sabab bo‘ldi. Janubiy Koreyaning ommaviy kontenti nafaqat milliard
dollarlik soha darajasiga yetdi, balki u Janubiy Koreya milliy chegaralaridan
tashqariga chiqib, xorijiy auditoriya orasida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Koreya ommaviy madaniyatining globallashuvi “hallyu” ya’ni “koreys to‘lqini”
deb atalib, bu odatda koreys madaniy mahsulotlarining chet elda ommalashuvi
sifatida tushuniladi.

“Koreys to‘lqini”ning muvaffaqiyati ichki va tashqi omillarga bog‘liq

bo‘lib, ichki omillardan Koreya ommaviy madaniyati iqtisodiy imkoniyatlarning
yaxshilanishi va shunga mos ravishda yashash standartlarining oshishi bilan
qo‘llab-quvvatlanishi edi. Madaniy mahsulotlarga bo‘lgan talabning ortishi yirik
koreys korporatsiyalari tomonidan katta sarmoyalar va intellektual mulk
huquqlarining mustahkamlanishi bilan ta’minlandi. Shuningdek, AQSH ta’siri
koreys va amerika musiqasining mahalliy va xorijiy auditoriyalar tomonidan
ijobiy qabul qilingan holda uyg‘unlashishiga yordam berdi.

2008-yilda prezident Li Myong Bak Janubiy Koreyaning global imiji va

milliy brendi uning milliy kuchiga mos kelmayotganini tushungan holda
Koreyaning xalqaro mavqei va brend imidjini yaxshilash maqsadida “Global
Korea” shiori ostida yangi tashqi siyosat tashabbuslarini amalga oshirdi. Ushbu
tashabbuslarni muvofiqlashtirish uchun prezident Li Milliy brendlash bo‘yicha
Prezident Kengashini tashkil etdi va Koreya o‘zining brend imijini yaxshilashni,
Millatlar Brendi Indeksiga kirgan 190 mamlakat ichida 33-o‘rindan 2013-yilga
kelib 15-o‘ringa ko‘tarilishni maqsad qilganini e’lon qildi. Shu munosabat bilan,
2009-yilda kengash 10 bandlik harakatlar rejasi ishlab chiqdi, shundan biri chet
ellik talabalarga Koreyaning imidjini yaxshilashga yordam berish uchun
mo‘ljallangan Global Korea Scholarship ya’ni GKS grant dasturi bo‘lib, bu dastur
Ta’lim vazirligi qoshidagi Milliy Xalqaro Ta’lim Instituti tomonidan boshqarilishi
belgilandi.

Janubiy Koreyada ommaviy diplomatiya va madaniy diplomatiya so‘nggi o‘n

yillikda ko‘proq e’tibor va tan olinishga sazovor bo‘ldgan bo‘lsa-da, Koreya
hukumati bu sohada hali to‘liq tushuncha va amaliy doiradagi siyosiy dasturni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

54

ishlab chiqmagan. Birinchidan, bugungi kunda Koreyadagi ommaviy diplomatiya
oldidagi asosiy muammo siyosiy qarorlar uzluksizligining yetishmasligidir.
Chunki ommaviy diplomatiya uzoq muddatli istiqbol bilan amalga oshiriladigan
jarayon bo‘lib, uning foydasi darhol ko‘rinmaydi. Shuning uchun hukumat
siyosatning samarali bo‘lishi uchun ular uzoq muddat davomida amalga
oshirilishini ta’minlashi kerak.

Xulosa o‘rnida aytish lozimki, bugungi kunda hali “ommaviy diplomatiya”

tushunchasi ko‘p davlatlarga yetib bormagan bir sharoitda Janubiy Koreyaning
bu sohadagi islohot va sa’y-harakatlari diqqatga sazovordir. Hukumatning
“koreys to‘lqini”ning butun dunyoga yoyilishi, koreys madaniyati va tilining
ahamiyatini oshirish uchun qilgan islohotlari garchand kutish pozitsiyasini talab
qilsa-da, buning ijobiy natijasi ham iqtisodiyotning, ham madaniyatning, ham
milliy brendning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Janubiy Koreyaning
ommaviy diplomatiyasi unga xalqaro maydonda keng ta’sir kuchiga ega bo‘lish
imkonini berdi. Oxirgi yillarda esa “xalq diplomatiyasi”dagi strategiyalarning
asosi “Koreyaning jozibasini butun dunyoga yoyish” maqsadi bilan amalga
oshirilmoqda Mamlakat nafaqat iqtisodiy va texnologik jihatdan rivojlangan
davlat sifatida, balki boy madaniyat va barqaror rivojlanish tarafdori sifatida
ham o‘zini ko‘rsatmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Charles K.Armstrong. The Koreas. – New York: Routledge, 2014. – 132 p.
2. Эргашев. Ш. Жаҳон тарихи (Энг янги давр. IV қисм). – Т.: Ўзбекистон,
2019. – 672 б.
3. Jae-Jung S., Kim M. Challenges of modernization and governance in South
Korea. – New York: Palgrave Macmillan, 2017. – 227 p.
4. Ki-baik Lee. A new history of Korea. – Seoul:Ilchokak publishers, 2017. – 476
p.
5. Kadir Ayhan. Korea’s soft power and public diplomacy. – Seoul: Hangang
Network, 2017. – 255 p.
6. Kwang-jin Choi. The Republic of Korea’s public diplomacy strategy: history
and current status. – Los Angeles: Figueroa Press, 2019. – 58 p.
7. Michael J.Seth. A concise history of Korea. – London: Rowman and Littlefield,
2020. – 595 p.
8. Park Gil-Sung. Development and globalization in South Korea. – Seoul: Korea
University press, 2022. – 248 p.

Библиографические ссылки

Charles K.Armstrong. The Koreas. – New York: Routledge, 2014. – 132 p.

Эргашев. Ш. Жаҳон тарихи (Энг янги давр. IV қисм). – Т.: Ўзбекистон, 2019. – 672 б.

Jae-Jung S., Kim M. Challenges of modernization and governance in South Korea. – New York: Palgrave Macmillan, 2017. – 227 p.

Ki-baik Lee. A new history of Korea. – Seoul:Ilchokak publishers, 2017. – 476 p.

Kadir Ayhan. Korea’s soft power and public diplomacy. – Seoul: Hangang Network, 2017. – 255 p.

Kwang-jin Choi. The Republic of Korea’s public diplomacy strategy: history and current status. – Los Angeles: Figueroa Press, 2019. – 58 p.

Michael J.Seth. A concise history of Korea. – London: Rowman and Littlefield, 2020. – 595 p.

Park Gil-Sung. Development and globalization in South Korea. – Seoul: Korea University press, 2022. – 248 p.