ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
96
O’RTA OSIYONING ILMIY-MADANIY UYG’ONISHI: IX–XI
ASRLARDAGI TARAQQIYOT OMILLARI.
Boygaziyev Tulqin Inatullayevich
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
katta o‘qituvchisi
E-mail: bojgazievtulkin@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15592863
Annotatsiya
Ushbu maqolada Yunon falsafiy merosining Yaqin va O’rta Sharqdagi
musulmon mutafakkirlar tafakkuriga ko’rsatgan kuchli ta’siri, antik
mualliflarning
asarlarini
arab tiliga
tarjima
qilishda
Bag’doddagi
“Donishmandlar uyi” (Bayt al-Hikma) va boshqa ilmiy markazlarning o’rni
yoritilgan. Tarjima faoliyatining IX asrda yuqori darajaga ko’tarilgani va bu
orqali yunon falsafasi, mantig’i, tabiatshunosligi islomiy ilm-fanning ajralmas
qismiga aylangani ta’kidlangan.
Kalit so’zlar:
ilm-fan, madaniyat, uyg'onish, falsafa, ilmiy tarjima,
gumanizm, islom madaniyati, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, arab xalifaligi,
mustaqillik, yunon falsafasi.
Аннотация
В этой статье освещается сильное влияние греческого философского
наследия на мышление мусульманских мыслителей на Ближнем и
Среднем Востоке, роль Багдадского “дома мудрости” (Байт аль-Хикма) и
других научных центров в переводе трудов античных авторов на арабский
язык. Отмечается, что переводческая деятельность достигла высокого
уровня в девятом веке, благодаря чему греческая философия, логика,
естествознание стали неотъемлемой частью исламской науки.
Ключевые слова:
наука, культура, Ренессанс, философия, научный
перевод, гуманизм, исламская культура, Фараби, ибн Сина, Беруни,
арабский халифат, независимость, греческая философия.
Annotation
This article highlights the strong influence of Greek philosophical heritage
on the thought of Muslim thinkers in the near and Middle East, the role of the
“House of Wise Men” (Beit al-Hikma) and other scientific centers in Baghdad in
translating the works of ancient authors into Arabic. It is noted that translation
activity rose to a high level in the 9th century, through which Greek philosophy,
logic, natural science became an integral part of Islamic Science.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
97
Keywords:
science, culture, Renaissance, philosophy, scientific translation,
humanism, Islamic culture, Farabi, Ibn Sina, Beruni, Arab Caliphate,
independence, Greek philosophy.
Ma’lumki, o’rta asrlarda ilm-fan, madaniyat gullab yashnagan davr
hisoblanadi. Xalqning mustaqillik uchun kurashi natijasida IX asrning oxirlarida
O’rta Osiyoda yerli Somoniylar davlati vujudga keldi, bu – arab xalifaligiga
qaramlikdan qutulish, mustaqillikni qo’lga kiritish edi. Lekin boy-feodallar,
qabila boshliqlar o’rtasida ahillik, birlik, kelishuvning yo’qligi tufayli o’zaro nizo,
kurashlar avj oldi, 3-4 asr davomida Somoniylardan tashqari yana Qoraxoniylar,
G’aznaviylar, Xorazmshoxlar va boshqa davlatlar vujudga keldi, ular uzoq umr
ko’rmay yo’q bo’lib ketdi. Shu bilan bir qatorda Yaqin va O’rta Sharqda yangi
shakllangan musulmon o’lkalari o’rtasida iqtisodiy-madaniy aloqalar avj oldi.
Madaniyat namunalari bilan almashuv, o’zaro ma’naviy ta’sir kuchaydi. Qadimgi
hind, eron, yunon madaniy boyliklari qorishib, adabiyotlarda “musulmon
madaniyati” deb nom olgan yangi madaniy qatlam vujudga keldi.
Qadimgi madaniyat an’analariga nihoyatda boy bo’lgan O’rta Osiyoda
mustaqillikka erishgan xalq bu davr ichida o’z madaniyatini yuksaklikka ko’tara
oldi. Shaharlar, shahar madaniyatining tez rivoji hamda madaniy aloqalarning
kuchayishi samarasi bo’lgan Uyg’onish, Renessans shu davrda boshlandi, O’rta
Osiyo ilm-fan, ma’naviyat tarixda misli ko’rilmagan namunalar yaratdi.
Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy kabilar shu davr madaniy yuksalishining
qoyalari, cho’qqilaridir. Hattoki arab xalifasi Ma’mun O’rta Osiyo olimlarini
xalifalikning markaziga olib ketgani va ular Bog’dod akademiyasining ko’rki
bo’lib, ilm uchun xizmat qilganliklari tarixdan ma’lum, Muhammad Xorazmiy,
Ahmad Farg’oniy, Javhariy, ibn Mansur Marvarudiy kabi olimlar shular
jumlasidandir.
Xalifa al-Mutavakkil davrida yashagan, arab badiiy nasri va ritorikasining
atoqli vakili Amr ibn Baxr al-Jahaz “So’z san’ati” va “Kitob al-buxalo” (Baxillar
haqida) asarlarida Qur’on oyatlari va hadisdan foydalanib, benihoya erkin fikr
yuritadi. Qur’on oyatlari va hadislarning o’zida erkinlik, hurfikrlilik uchun
asoslar mavjud. Qur’onda va hadislarda adolat, sahovat, mehr-shavqat, ezgu
ishlar maqtaladi, gunoh ishlar, jabr-zulm, bahillik birovning haqqiga ko’z
olaytirish, tekinxo’rlik qoralanadi. “Ota-onangizga hamda qarindosh qo’shni va
begona qo’shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo’lovchi musofirga va
qo’llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta Alloh baxillik qiladigan
va o’zgalarni ham baxillikka chaqiradigan hamda Alloh fazlu karamidan
beradigan ne’matlarni yashiradigan, mutakabbir va maqtanchoq bo’lgan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
98
kimsalarni sevmaydi… Shubhasiz, Alloh birovga zarracha zulm qilmas. Agar
zarracha yaxshilik qilinsa, unga bir necha baravar qaytarilur va o’z huzurida
ulug’ ajr ato qilur.
Hadisi shariflarda ham bunday deyiladi: “Iymonning afzali – sabr (tez janjal
ko’tarmaslik) va keng qalbli bo’lishdir. Odamlarga taom yediringlar va shirinso’z
bo’linglar. Ochlarga ovqat bering, bemorlarni borib ko’ring va hojatmand
(qiynalib qolgan, muhtoj odamning) hojatini chiqaring. Garchi Xitoyda bo’lsa
ham ilmga intiling, chunki ilm olishga intilish har bir mo’minga farzdir.
Mo’minlarning afzali – xulq, atvori yaxshilaridir. Tangri avf etuvchidir va avf
etuvchilarni yaxshi ko’radi. Alloh go’zaldir va go’zallikni yaxshi ko’radi”. So’nggi
hadisda odamning tashqi go’zalligi emas, ruhiy, ma’naviy olamining go’zalligi
nazarda tutiladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, donishmand, faylasuf olimlar
islom qoidalarida mavjud bo’lgan ba’zi imkoniyatlardan foydalangan holda
ilmiy-gumanistik falsafiy nazariyani ilgari surdilar. Ma’lumki, islom dinining
asoschisi payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) turli masalalar yuzasidan
gapirganda, Alloh va inson haqidagi ilm haqida qat’iy turib gapirgan: Qur’onning
o’zida aqlga taaluqli so’zlar, refren (naqorat) 13 karra, ilm o’zagi 750 marta
uchraydi. Alloh haqidagi bilim xudoning yagonaligi va qudrati haqidagi barcha
inson bilimlari ikki xil ma’noda – oddiy, dunyo haqidagi hamda diniy e’tiqod
haqidagi bilimlar sifatida beriladi. Qur’on tafsirchilari ilmning mazmunini: 1)
Islom an’analarini egallash; 2) mistik yorqinlashuv, nurga, yog’duga erishish; 3)
mantiqiy mulohaza, fikr orqali tushunish; 4) ensiklopedik, qomusiy bilim kabi
yo’nalishlarga bo’ladilar.
Forobiy asarlaridagi etuk yuksak jamoa va komil insonlar haqidagi fikr-
xayollar shu davr mahsulotidir. O’rta Osiyoda bu davrda uch tilda: arab, fors,
turkiy tillarda ijod etildi, tafakkur mevalari yozuvlariga muhrlanib Sharqning
turli burchaklarigacha yetib bordi.
Bu davr madaniyati o’zining kuchli gumanistik ruhi, insonparvarlik nafasi,
odamlarning o’zaro do’stlikka chaqirishi, aqlni ezozlashi bilan umuminsoniy
qadriyatlar yuksakligiga ko’tarila oldi.
O’rta Osiyo madaniyati tarixida Uyg’onish, birinchi navbatda, qaramlikdan
qutulish, mustaqil tafakkur, mustaqil ijod, mustaqil ma’naviylik –
mustaqillikning samarasi bo’ldi.
Qadimgi Yunon falsafiy merosining Yaqin va O’rta Sharqdagi turli g’oyaviy-
falsafiy oqimlarning shakllanishi va rivojlanishiga ko’rsatgan sezilarli ta’siri
ayniqsa, Sharq mutafakkirlarining falsafiy va mantiqiy ta’limotlarida yaqqol
namoyon bo’ldi. Yaqin va O’rta Sharq mutafakkirlari arab islom dunyosi siyosiy
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
99
istilolari tugar-tugatmas yunon madaniyati, tabiatshunosligi va falsafasini qunt
bilan o’zlashtirishga kirishdi. U davrda ko’plab ilmiy va falsafiy asarlar tarjima
qilinib, ularga sharhlar yozildi.
Antik davr faylasuflari asarlarining yunonchadan suryon tiliga tarjima
qilinishi V asrga to’g’ri keladi. 457 yilda yashab o’tgan Ibasu Porfiriyning
“Vvedeniye” (“Kirish”) asari tarjima qilindi. VIII asrga kelib yunon
mutafakkirlarining asarlari suryondan arabchaga tarjima qilina boshlandi. IX
asrdan boshlab Aristotel va boshqa Yunon mualliflarining ilmiy asarlari Suriya
tilidan, shuningdek yunoncha asl nusxasidan arab tiliga tarjima qilish ishlari
jadallashdi.
IX asr ilmiy tarjima faoliyatining eng yuksak davri hisoblanadi. Arab tili
barcha sohalarda - fan, falsafa va huquqshunoslikda mustahkam o’rin egallaydi.
Xalifa al-Ma’mun davrida Bag’dodda va xalifalikini boshqa shaharlarida yunonlar
ilmiy-falsafiy marosimi o’rganishga qiziqish yanada ortdi, ilmiy muassasalar,
xususan donishmandlar uyi, ilmiy kutubxona, rasadxonalar qurildi. Xalifa
Ma’mun davrida ilmiy va tarjimonlik faoliyati ayniqsa gullab-yashnadi. Xususan
Evklid, Aristotel, Gippokrat, Arximed, Appoloniy, Galen kabi yunon olimlarining
tibbiyot va tarixga oid qator kitoblari tarjima qilindi.
Xulosa qilib aytganda, O’rta asrlar Sharqi, o’rta Osiyo, insoniyat tarixida ilm-
fan va madaniyatning yuksalgan, uyg’onish va erkin tafakkur asosida
shakllangan betakror davrlaridan birini ifodalaydi. IX asr oxirlarida Somoniylar
davlatining tashkil topishi bilan bu hudud arab xalifaligidan siyosiy va madaniy
mustaqillikka erishdi. Bu mustaqillik xalq tafakkurining ochilishi uchun muhim
zamin bo’lib xizmat qildi. Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Xorazmshohlar kabi
davlatlar ham bu jarayonning davomchilari sifatida qisqa muddatda bo’lsa-da,
madaniy taraqqiyotga o’z hissalarini qo’shdilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Axloq-odobga oid hadis namunalari. -T. Fan, 1990, 32-40 b.
2.
Sultonov T. Islom falsafasida aql-zakovat talqini. “Sino” jurnali, 2008 qish,
2009 bahor, T. 5-78 b.
3.
Xayrullayev M.M. Uyg’onish davri va Sharq mutafakkirlari. -T, O’zbekiston,
1971, 86-87 b.
4.
Xayrullayev M.M. O’rta Osiyoda ilk uyg’onish davri madaniyati. Toshkent:
Fan, 1994. 25-b.
5.
Fadyeyev F.T. Antichnoye filosofskoe naslediye v araboyazichnoy nauke
IX-XI vv.: Diss….kand. fil. nauk. -T., 1993
6.
Тулкин, Бойгазиев. "Форобий фалсафасида билимларнинг турларга
ажратилиши." Философия и право 25.2 (2023): 150-154.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
100
7.
Boygaziyev, T., and A. Ochilov. "ABU NASR FOROBIYNING BOSHLANG‘ICH
BILIMLAR HAQIDAGI QARASHLARI." Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences 3.5 (2023): 39-43.
8.
Pardayev, Ismatullayevich, and Tulqin Boygaziyev Inatullayevich. "Views
of Abu Nasr Farabi on the Interaction Between the Human Spirit and the Body."
JournalNX 7.04: 374-376.
9.
Boygaziyev, Tulqin. "Форобийнинг ақл, билиш ва илм ҳақидаги
таълимоти (таҳлил ва талқин)." Молодые ученые 2.17 (2024): 23-27