ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
182
BEZORILIK JINOYATLARINI TUSHUNCHASI VA O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Oripov Temurmalik Baxtiyor o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o‘qituvchisi
Avezov Asilbek Akmalovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 1-kurs kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15632971
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakatimizda guruhiy bezorilik
jinoyatlarining sodir etilish tendensiyasi, dinamikasi va o‘ziga hos jihatlari
statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan bo‘lib, unda bezorilik harakatlariga
huquqiy baho berishda jamoat joyi tushunchasining jinoiy-huuqiy asoslari,
kriminalistik jihatlari, shu bilan birga mazkur jinoyatlarni fosh etishda vujudga
kelayotgan muammolar va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish
jihatlari tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar:
guruhiy bezorilik, jamoat joyi, tan jarohati, jinoyat ishi, sud,
moddiy zarar, jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalari.
Dunyoda jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi turli
ko‘rinishdagi harakatlar va axborot urushi avj olib bormoqda. Bunda jamiyatda
o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini mensimaslikda ifodalangan guruhiy
bezorilik jinoyatlarining yangi turlari ommalashib borayotganligini mazkur
jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazish taktikasini yanada
takomillashtirish masalalarini tadqiq qilish lozimligini anglatadi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda sud-huquq sohasidagi islohotlarga alohida
e’tibor qaratilayotganligi, xususan ayrim jinoyatlarni dekriminallashtirish,
ma’muriy kvalifikatsiya ishlarini rivojlantirish zarurati ushbu islohotlarning
alohida muhim qismini tashkil etmoqda.
Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortishda inson qadrini ta’minlash
bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “2022–
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”ning
14-maqsadida, «Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash
hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash»[1]
ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huquqiy statistika va tezkor ma’lumotlar
boshqarmasi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda
bezorilik fakti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan va hisobga qo‘yilgan jinoyatlar soni jami 3
024 ta bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020-yilda 1 565 tani tashkil etgan va o‘sish
sur’ati 1 459 taga yoki 93,2 foizga oshib ketgan. Ushbu ko‘rsatkich eng ko‘p
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
183
Toshkent shaxar (728 ta), Namangan viloyati (455 ta), Toshkent viloyati (395
ta) va Surxondaryo viloyati (383 ta)da qayd etilgan[2]. Bugungi kunda mazkur
jinoyatlarning tahlili, 2021 yilda Respublika bo‘yicha har 100 ming aholiga 8,8
tani tashkil etmoqda.
Yuqoridagi statistik ma’lumotlar, bezorilik jumladan, guruhiy bezorilik
jinoyatlarini ortib borayotganligi, yillar kesimida keskin ortganiga va aholi
ulushiga nisbatan ko‘rsatkichning yuqoriligicha qolayotganligini bildiradi.
Shuningdek, bezorilik jinoyatlarini fosh etilishi ko‘rsatkichlari bo‘yicha
tahlillarga e’tibor qaratsak, jumladan, 2021-yilning 12 oyi davomida Respublika
bo‘yicha jami 48 ta bezorilik bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha
ayblanuvchi tariqasida ishda jalb etilishi lozim bo‘lgan shaxslar aniqlanmasdan
qolgan. Eng ko‘p fosh etilmagan bezorilik jinoyatlari ulushi Toshkent viloyatiga
to‘g‘ri keladi 13 ta, keyingi o‘rinda Toshkent shahri 11 ta va Namangan
viloyatida 7 tani tashkil etmoqda.
Mazkur tahlillar asosan bezorilik jinoyatlari qayd etilishi bo‘yicha yetakchi
bo‘lgan mazkur viloyatlarda bezorilik jinoyatlarining fosh etilish darajasi ham
tushib ketganligini ko‘rsatadi.
Bezorilik jinoyatlarini tergov qilishda avvalo bezorilik qilmishini jinoiy-
huquqiy kvalifikatsiya qilishni talab etadi va mazkur normaning tahlili mavzuni
yoritishda birlamchi ahamiyat kasb etadi.
Bezorilik harakatlari o‘zining ijtimoiy xavfliligi nuqtai nazaridan
javobgarlikning ma’muriy va jinoiy turi bilan farqlanadi. Shu bois dastavval,
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-
moddasida nazarda tutilgan mayda bezorilik huquqbuzarligini yoritish lozim
bo‘ladi. Normaga ko‘ra, jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish,
fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va
fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xattiharakatlarda
ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik – mayda
bezorilik huquqbuzarligi tarkibini tashkil qiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Jinoyat
kodeksining
277-moddasi
dispozitsiyasida bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan
mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing
mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq
holda sodir etilsa deya belgilangan.
Yuqoridagi normalarning huquqiy tahlili mazkur qilmishlarni qay biri
huquqbuzarlik va qay biri jinoiy qilmish ekanligi borasidagi aniq chegarani
belgilashga xizmat qiladi. Bugungi kunda amaliyotchilarni bezorilik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
184
harakatlariga huquqiy baho berishda mavjud eng katta muammo sifatida
mazkur aniq tahlilning mavjud emasligidir. Sababi mayda bezorilik
huquqbuzarligi va bezorilik jinoyatlari o‘zaro o‘xshash harakatlarni nazarda
tutadi hamda qilmishga huquqiy baho berishda mazkur o‘xshashlik
kvalifikatsion adashishlarni keltirib chiqaradi.
Bezorilik jinoyatlarini tergov qilishda avvalo bezorilik harakatlari bevosita
jamoat joylarida sodir etilishi bilan bog‘liq bo‘lganligi va qasd avvalo jamoat
tartibi hamda jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalari sanalganligi bois
jamoat joyi va jamiyatda o‘rnatilgan yurish turish qoidalariga qo‘shimcha
tushintirishlar berish maqsadga muvofiq. Mazkur tushuntirishlar huquqni
qo‘llovchilar orasida keng tarqalishi yoki Oliy sud Plenumi qarori sifatida
mustahkamlanishi albatta bu borada ishlarni to‘g‘ri hal etilishiga xizmat qiladi
deb o‘ylaymiz.
2021-yilda qayd etilgan bezorilik jinoyatlarining 1 856 tasi jamoat
joylarida sodir etilgan bo‘lib, shundan 767 tasi ko‘cha, maydon va istirohat
bog‘larida sodir etilgan[2].
Yuqoridagi tahlillardan ma’lum bo‘ladiki, huquqni qo‘llovchi subyektlar
tomonidan jamoat joyida sodir etilgan aksariyat tan jarohati yetkazish bilan
bog‘liq jinoyatlar bezorilik jinoyati sifatida kvalifikatsiya qilinmoqda. Bu esa o‘z
navbatida mazkur turdagi jinoyatlarni sonini ortib ketishiga olib kelmoqda.
M.X.Rustambayev bezorilik jinoyatlarini kvalifikatsiya qilishning eng muhim
sharti sifatida jinoyatning subyektiv tomonida ekanligini bildirib, bunda qasd
aynan jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalariga hurmatsiz munosabatda
bo‘lish ekanligini bildiradi[3].
Yuqoridagi fikrlar juda o‘rinli ekanligini bildirib, yanada aniqroq tushunish
maqsadida jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalari sifatida aynan qanday
me’zonlar tushunilishi borasida olimlarning fikrlari tahlil qilinadi.
M.X.Rustambayev “Jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik
deganda, qonunlarga, axloq-odob normalariga, jamiyatda mavjud bo‘lgan urf-
odat va an’analarga hurmatsizlik tushuniladi”, – deb ta’kidlaydi[3].
O‘z navbatida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik,
urish-do‘pposlash, yengil tan jarohati yetkazish yoki mulkka ancha miqdorda
shikast yetkazish yoxud nobud qilish deganda nimani tushunish lozimligini bilib
olishimiz zarur.
Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik deganda,
normativ-huquqiy hujjatlar, odob va axloq normalari, urf-odat, an’analar bilan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
185
belgilangan jamoat tartibini (odamlararo munosabatlar, yurish-turish qoidalari,
shakllangan ijtimoiy turmush tarzini) qo‘pol tarzda buzish tushuniladi.
A.A.Xudoyberdiyevning fikriga ko‘ra, Jamiyatda yurish-turish qoidalarini
mensimaslik bilan bog‘liq harakatlarning batafsil va qat’iy ro‘yxatini berish
mushkul bo‘lib, bu ishning xususiyatidan kelib chiqib baholashni talab etadigan
jarayon hisoblanadi[4].
Urish-do‘pposlash deganda, aybdor tomonidan jamiyatda yurish-turish
qoidalarini qasddan buzib, shaxsning badaniga shikast yetkazmagan holda bir
necha zarba berish tushuniladi.
Mazkur turdagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda eng ko‘p duch
kelinayotgan xatolardan biri – bu amaliyotchilar nuqtai nazarida mayda
bezorilik huquqbuzarligida ham shaxs urish-do‘pposlash kabi harakatlarini
sodir etishi mumkin degan tushunchaning mavjudligidir.
Bu borada qonunchilik aniq ta’rifni nazarda tutmaganligi sababli
amaliyotchilar o‘rtasidagi turli xildagi bahs-munozaralarga va subyektiv
kvalifikatsiyalarga sabab bo‘lmoqda.
Bezorilik jinoyatlariga huquqiy baho berishda yana bir e’tibor berish lozim
bo‘lgan jihat mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi
uchinchi qism “g” bandida bezorilik: jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib
turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik
harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik
ko‘rsatib sodir etilgan bo‘lsa uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi nazarda
tutilgan.
Amaliyotda bezorilik jinoyatlarini tergov qilish jarayonida holatga
yuqoridagi band bilan huquqiy baho berish kelib chiqayotgan bir qator
xatoliklar uchraydi.
Jumladan: Sirdaryo viloyati Yangiyer shaxar A.Jomiy MFY A.Jomiy
ko‘chasida joylashgan do‘kondan A. ismli shaxs bir baklashka pivo olib do‘kon
egasiga pulini to‘lamasdan do‘konni tark etishga harakat qiladi va unga qarshilik
qilgan B. ismli sotuvchiga hech bir sababsiz qo‘llari bilan bir necha zarba beradi.
Bu vaqtda do‘konda bo‘lgan V. ismli shaxs ularni ajratishga harakat qiladi, biroq
A.ismli shaxs V. ismli shaxsga hech qanday tan jarohati yetkazmasdan B. ismli
sotuvchiga yana bir necha zarba berib voqea joyidan yashirinadi. Shunday
bo‘lsada, Yangiyer shaxar IIB huzuridagi tergov guruhi tergovchisi mazkur
holatni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi uchinchi
qism “g” bandi bilan malakalaydi[5].
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
186
“Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Sudi Plenumining Qarori 10-bandida Bezorilik harakatlari
davomida aybdor jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat
yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish
(to‘xtatish) chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga faol qarshilik ko‘rsatsa, shu
jumladan, ularga nisbatan o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish darajasida zo‘rlik
ishlatsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining «g» bandi
bilan to‘liq qamrab olinadi va Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan
qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.” deya belgilangan[6].
M.X.Rustambayev bu borada “Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish –
qasddan urish, yengil yoki og‘ir tan jarohati, jismoniy og‘riq yetkazishda
ifodalanadigan faol harakatlardir.
Jamoat tartibini qo‘riqlash vazifasini bajaruvchi hokimiyat vakili yoki
jamoatchilik yoxud bezorilik harakatiga qarshilik qilgan fuqaro badaniga
o‘rtacha shikast yetkazishni keltirib chiqargan qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq
bo‘lishi lozim.” deb ta’kidlaydi[7].
2021-yilda bezorilik fakti bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarining 2 076
tasida mazkur jinoyatlarni sodir etgan shaxslar aniq bo‘lgan va bu bo‘yicha
tergov va surishtiruv yakunlanib, tegishli sudlarga yuborilgan, biroq 2021 yilda
jami 191 ta bezorilik jinoyatlari shaxsi noma’lum holatida surishtiruv va
dastlabki tergovga kirishilgan bo‘lib, shundan 48 tasi fosh etilmasdan qolgan va
bu jami qayd etilgan jinoyatlarning 1.77 % ulushiga to‘g‘ri keladi.
2021-yilda qayd etilgan 3 024 ta bezorilik jinoyatlari bo‘yicha jami 3 893
nafar shaxs javobgarlikka tortilgan[2]. 2002-yil 14-iyundagi “Bezorilikka oid
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi
Plenumining 9-son Qaroriga muvofiq, mayda bezorilik harakatlari davom etib,
aybdorning keyingi harakatlari shaxsni urish-do‘pposlash, unga yengil tan
jarohati yetkazish yoki mulkka ancha miqdorda shikast yetkazish yoxud nobud
qilish bilan sodir etilgan bo‘lsa, shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilmasdan,
faqat jinoiy javobgarlikka tortiladi deb belgilab qo‘yilgan[8].
Ya’ni, Oliy sud shaxs bezorilik harakatlarini sodir eta turib,
jabrlanuvchining badaniga sud tibbiy nuqtai nazardan baholanishi mumkin
bo‘lgan aynan qanday tan jarohatini yetkazishi javobgarlikni keltirib chiqarishi
borasida tushuntirish bermagan.
Shu
sababli,
Sudlar
mayda
bezorilik
hisoblangan
ma’muriy
huquqbuzarlikni bezorilik jinoyatidan farqlovchi Plenum qarori qayta qabul
qilishi va bu borada barcha nazariya va amaliyotda mavjud muammolar bo‘yicha
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
187
tushuntirishlar berib o‘tishlari maqsadga muvofiq. Qolaversa “Bezorilikka oid
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi
Plenumining 9-son Qarori 2002-yil 14-iyundan buyon amalda ekanligi va o‘tgan
davr mobaynida mazkur holatlarga oid ijtimoiy munosabatlar o‘zgarganligi
hamda yangicha vaziyatlar bu borada ilmiy tadqiqotlarni oli borishni taqozo
etishini unutmaslik lozim.
2021-yilda bezorilik jinoyatlarini sodir etgan shaxslarning tahlili shuni
ko‘rsatadiki, ushbu davr oralig‘ida qayd etilgan jami 3 024 ta jinoyatlarda 173
nafar voyaga yetmagan shaxslar (2020-yilda – 87 nafar), 253 nafar muqaddam
sudlangan shaxslar tomonidan (2020-yilda – 154 nafar), 202 nafar ayollar
tomonidan (2020-yilda – 99 nafar), 674 tasi guruh tarkibida (2020-yilda – 341
nafar), 374 tasi spirtli ichimlik yoki giyoxvand modda ta’siri ostidagi shaxslar
tomonidan (2020- yilda – 265 nafar) va 510 nafari ish va mashg‘ulot turiga ega
bo‘lmagan shaxslar tomonidan (2020- yilda – 198 nafar) sodir etilgan[2].
Yuqoridagi tahlillarga xulosa o‘laroq, huquqbuzarlik va jinoyat o‘rtasidagi
kvalifikatsion chegarani aniq qayd etish va bu borada izlanishlarni davom
ettirish muhim hisoblanadi. Chunki mamlakatimiz jinoiyhuquqiy sohada bir
necha yillardan buyon ilg‘or islohotlar yo‘lidan bormoqda, bu esa bugungi kun
talabi bo‘lgan – inson qadrini ulug‘lash va mazkur jarayonning bosh mezoni
sifatida aynan inson qadrini belgilash kabi vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni
//www.lex.uz. murojaat sanasi 22.02.2022 yil
2. O‘zbekiston Respublikasi IIV huquqiy statistika va tezkor-hisobot ma’lumotlar
markazining 2017- 2021 yillardagi jinoyatchilik dinamikasi bo‘yicha
ma’lumotnomasi.
3. M.X.Rustambayev O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-huquq kursi V tom Maxsus
qism // Darslik. – T.,– 2018 B.207-209
4. Xudayberdiyev Abdurashid Abdirasulovich Jamoat joylarida sodir etiladigan
bezorilik huquqbuzarliklarining kriminologik tavsifi // Development of
pedagogical technologies in modern sciences International scientific-online
conference – T.,– 2022
5. Jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti obzori. Jinoyatni kvalifikatsiya qilish
masalalari. 5-348-18- sonli ajrim https://sud.uz/
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining Qarori Bezorilikka oid ishlar
bo‘yicha sud amaliyoti haqida 2002-yil 14-iyun, 9-son
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
188
7. Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 2. Jazo
haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan. – T.: O‘zbekiston
Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 272 bet 8.
“Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 9-son Qarori 2002-yil 14-iyun Toshkent
shahri
