ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
85
BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI ROLLI O'YINLAR
ORQALI O'RGATISH METODIKASI: NAZARIYA VA AMALIYOT.
Murtazoyeva Mehribon Ulug'bek qizi
NTM Bolajon polvonjon boshlang'ich maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14800969
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilariga ingliz tilini
qiziqarli, turli xil o'yinlar jumaladan: harakatli, rolli o'yinlar bilan o`qitish
metodlari. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining qiziqishlari inobatga olingan holda
dars o`tish usullari bilan tanishishingiz mumkin.
Kalit so'zlar:
metod, o’yinli texnologiya, so‘z o‘yinlari, lug‘at o‘yinlari, rolli
o'yinlar, "Quvnoq topishmoqlar” “Tezkor javob” “Pantomima”
Abstract
In this article, methods of teaching English to elementary school students
with interesting, various games, including: action, role-playing games. You can
get acquainted with the methods of teaching taking into account the interests of
elementary school students.
Key words:
method, playful technology, word games, vocabulary games,
role playing games, "Merry riddles", "Quick answers", "Pantomime".
Hozirgi kunga kelib, ingliz tilini o‘qitishda turli xil texnologiyalar va
metodlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Ulardan biri
o‘yinlar, interfaol metodlardir. O‘yinlar, ayniqsa, rolli o'yinlar bolalarni til
o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali tashkil qiladi. Ushbu maqolada ingliz
tilini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalarning samarali usullari va ularning ta’lim
jarayonidagi ahamiyati, dars jarayonida qo'llash haqida so‘z yuritiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oʼyin oʼquvchilаrning oʼzaro va oʼqituvchi bilan muloqotga kirishishga
boʼlgan qiziqishlarini faollashtiradi, nutqiy hamkorlikka boʼlgan tenglikni yaratib
beradi, xamda ular oʼrtasidagi anʼanaviy psixolоgik toʼsiqni olib tashlashga
imkon beradi. Rolli oʼyinlar oʼquvchidagi uyatchanlik, oʼziga ishonchsizlik
xissiyotlariustidan gʼolib chiqish, shu bilan birga oʼzida ingliz tilida so‘zlashish
qobiliyati borligiga ishonch hоsil qilishga imkon beradi.
Ikkinchidan, oddiy suhbat va munozaralarda koʼproq tilni yaxshi biladigan
oʼquvchilar faol ishtirok etadi. Uyatchan oʼquvchilar esa suhbatga aralashmay
oʼzlаrini chetga tortadilar. Rolli oʼyinlarda har bir oʼquvchiga rollar boʼlib
berilаdi va nutqiy muloqotda har birining faol ishtirok etishi talab etiladi.
Аmаlda rolli oʼyinlarda barcha oʼqitish jarayonlari nutqiy faoliyatga qaratilgan
boladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
86
Uchinchidan, bu o'yinlar nafaqat so‘zlayotgan, balki uni tinglayotgan
oʼquvchining ham faol boʼlishi, yaʼni oʼz suhbatdoshini tushuna olishi va uning
savoliga toʼgʼri javob bera olishini talab qiladi.
To'rtinchidan, o‘yinlar yordamida yangi so‘zlarni va grammatik qoidalarni
eslab qolish osonroq bo‘ladi. O‘yinli texnologiyalar orqali o‘rganish jarayoni
tabiiy va intuitiv bo‘lib, o‘quvchilarga yangi bilimlarni osonroq eslab qolishlariga
yordam beradi.
O‘yinli texnologiyalarni o‘rganish samaradorligi bo‘yicha bir qancha olimlar
tomonida turli tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, ular o‘yinli texnologiyalarning
o‘quv jarayonidagi samaradorligini tasdiqlaydi. Masalan, Oxford universiteti
tadqiqotchilari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda, o‘quvchilar o‘yinlar orqali
yangi so‘zlarni eslab qolish darajasi an’anaviy o‘qitish metodlaridan 20% yuqori
ekanligi aniqlangan. Boshqa bir tadqiqotda esa, "Kahoot!" platformasidan
foydalanish o‘quvchilarning darsga qiziqishini va ishtirokini sezilarli darajada
oshirganligi ko‘rsatilgan.
Ko'pgina kitoblarda ham o'yinli metodlarga alohida urg'u berilgan.
Jumaladan, James Paul Gee (2007) o‘zining “What Video Games Have to Teach Us
About Learning and Literacy” asarida o‘yinlarning ta’lim jarayoniga ijobiy ta’siri
haqida so‘z yuritadi. Uning tadqiqotlariga ko‘ra, video o‘yinlar o‘quvchilarning
mantiqiy fikrlashini, muammo hal qilish ko‘nikmalarini va yangi bilimlarni
o‘zlashtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Jan L. Plass, Bruce D. Homer va Charles K.
Kinzer (2015) “Educational Psychologist” jurnalida chop etilgan maqolalarida,
o‘yinli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganganlar.
Ularning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘yinli texnologiyalar o‘quvchilarning
darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va ularga murakkab mavzularni
o‘zlashtirishda yordam beradi.
Sebastian Deterding, Dan Dixon, Rilla Khaled va Lennart Nacke (2011)
“From Game Design Elements to Gamefulness: Defining ‘Gamification’” asarida
gamifikatsiya tushunchasini yoritadi va uning ta’limdagi qo‘llanilishiga e’tibor
qaratadi. Ularning tadqiqotlari o‘yin elementlarini o‘quv jarayoniga kiritish
o‘quvchilarni rag‘batlantirishda katta rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Oxford
University Press (2020) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda, raqamli o‘yinlarning
til o‘rganishga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli
o‘yinlar orqali o‘quvchilar yangi so‘zlarni an’anaviymetodlarga qaraganda tezroq
va samaraliroq o‘rganadilar.
Turli xildagi rolli o'yinlar, masalan sinfxonada bozor muhitini yaratib,
o'quvchilarni savdogar va xaridor yoki o'quv xonasida oshxona muhitini
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
87
tashkillashtirib, bolalarni oshpaz va xo'randa roliga kirgizib, dars davomida ko'p
yangi so'zlar va grammatik qoidalarni o'rgatishimiz mumkin. Bundan tashqarida
bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Shtatlari, Angliya
pedagoglari tajribasiga tayangan holda, quyidagi innovatsion metodlardan
foydalanib kelmoqda:
“Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles) o’quvchilarga topishmoqlar
o’rgatish. Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish
bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar.
“Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda
yordam beradi.
“Chigil yozdi” (Warm-up exercises) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun
sinfda har xil o’yinlardan foydalanish.
“Pantomima” (Pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi
kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, o’quvchilar charchagan
paytda foydalanilsa bo’ladi.
“Hikoya zanjiri” (A chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini
oshirishda va xotirani mustahkamlashda yordam beradi.
“Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib,
ingliz tilini o’rgatishda, o’quvchilarning o’g’zaki nutqini rivojlantirishda yordam
beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim.
“Kviz kartochkalari” (Quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar
9 datarqatiladi va hamma o’quvchilar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini
beradi bu esa vaqtni tejaydi.
“So'z o'rnini top” o'yinida so'zlarning o'rni almashtirib qo'yiladi hamda
so'zlarni o'z o'rniga to'g'ri qo'yish orqali gap hosil qilinadi.
XULOSA
Ingliz tilini o'qitishda o'yinli texnologiyalar bilan birga milliy o‘yinlar,
ularning tarixi haqida suhbatlashish o‘quvchilarning madaniy bilimlarini ham
oshirishga yordam beradi. Bu usul orqali o‘quvchilar nafaqat ingliz tilini, balki
o‘z milliy meroslarini ham chuqurroq o‘rganadilar. Bu texnologiyalar o‘quv
jarayonini qiziqarli, samarali va interaktiv qiladi. O‘yinli texnologiyalar
yordamida o‘quvchilar nafaqat yangi bilimlarni egallaydilar, balki ularni amalda
qo‘llash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradilar. Maktab va bog'cha yoshdagi
o’quvchilarniikkinchi tilni o’rganishga qiziqtirish va imkoniyat yaratish yaxshi
kadrlarni yetishib chiqishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (references):
1. Gee, J. P. (2007). “What Video Games Have to Teach Us About Learning and
Literacy.” New York: Palgrave Macmillan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
88
2. Plass, J. L., Homer, B. D., & Kinzer, C. K. (2015). “Foundations of GameBased
Learning.” Educational Psychologist, 50(4), 258-283.
3. Deterding, S., Dixon, D., Khaled, R., & Nacke, L. (2011). “From Game Design
Elements to Gamefulness: Defining 'Gamification'.” Proceedings of the 15th
International Academic MindTrek Conference: Envisioning Future Media
Environments.
4. Oxford University Press (2020). “The impact of digital games on language
learning: A study by Oxford University.”
5.
https://cyberleninka.ru/article/n/ingliz-tilini-o-qitishda-o-yinli-
texnologiyalardan-samarali-foydalanish-usullari
6. https://cyberleninka.ru/article/n/til-o-qitishda-o-yin-metodidan-foydalanish
7. https://uzresearchers.com/index.php/ijrs/article/download/668/613/1243
8. https://hasanboy.uz/ingliz-tili-darslarida-qiziqarli-oyinlar.
