Homila ichidagi infeksiyalar homiladorlik davomida onaning va homilaning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu infeksiyalar homilaning organ va tizimlarining normal rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi, xususan, homiladagi buyrak usti bezlari (adrenal bezlar)da morfologik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Homila ichidagi infektsiyalar, masalan, sitomegalovirus, toksoplazma, sifilis va boshqa kasalliklar, buyrak usti bezlarining tuzilishini o‘zgartiradi, ularning gormonlar ishlab chiqarish imkoniyatini kamaytiradi va organlarning normal funksiyasini buzadi. Maqolada homila ichidagi infeksiyalar bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak usti bezidagi morfologik o‘zgarishlar va bu o‘zgarishlarning klinik ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Abstract views:
Downloads:
hh-index
Citations
inLibrary — is a scientific electronic library built on the paradigm of open science (Open Science), the main tasks of which are the popularization of science and scientific activities, public quality control of scientific publications, the development of interdisciplinary research, a modern institute of scientific review, increasing the citation of Uzbek science and building a knowledge infrastructure.
CONTACTS:
Republic of Uzbekistan, Tashkent, Parkent street 51, floor 2