Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining leksik-semantik va struktur tahlili

Annotasiya

“O'zbckiston Xitoy timsolida mamlakatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ishonchli, buyuk qo'shni va hamkorni ko‘radi”ri1. XXR iqtisodiy va harbiy salohiyatining rivojlanishi va tinchliksevarlikka asoslangan tashqi siyosati uning xalqaro aloqalardagi obro'-e’tiborining kuchayib borishida muhim omil bo'lmoqda. Mamlakatlarimiz o'rtasida 2006 yili do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi davlatlararo Shartnomaning imzolangani ikki tomonlama aloqalar tarixida muhim voqea bo‘ldi. Ushbu Shartnoma hamkorlikni uzoq muddatli asosda rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi va 16 yil mobaynida imzolangan 200dan ziyod o'zbek-xitoy shartnomalarini izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, xitoy tili diplomatiya sohasidagi maxsus leksikani tilshunoslik nuqtai nazaridan chuqur ilmiy va nazariy tahlil etish ehtiyoji tug'ilmoqda. Qolaversa, xitoy tilidagi diplomatik Icksika va ularning morfologik xususiyatlari monografik planda tadqiq etilmagan. Mazkur disscrtatsiya hozirgi zamon xitoy tilidagi diplomatik tcrminlarning leksiksemantik va struktur xususiyatlarini, diplomatiya sohasida so'nggi 16 yil ichida keng qo'llanilayotgan leksik qatlamni o‘rganishga, uning diaxronik va sinxronik tomonlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Mavzuning dolzarbligi, shuningdek, diplomatiya sohasiga oid hujjatlar va muzokaralar ahamiyatining o‘sib borishi bilan ham bog‘liq.
Tadqiqotning maqsadi. Ilmiy ishdan ko'zlangan asosiy maqsad hozirgi zamon xitoy tili diplomatiya terminologik sistemasini maxsus mustaqil terminologik tizim sifatida o'rganish va lingvistik nuqtai nazardan tahlil etishdir. Mazkur maqsad o‘z ichiga hozirgi zamon xitoy tili diplomatik tcrminlarini diaxronik va sinxronik tahlil ctish, diplomatik tcrminlarning yasalish va leksik-semantik xususiyatlarini o'rganish, diplomatik terminlar, so‘z birikmalari, hujjatlaming ilmiy kompetensiyasini yoritish kabi quyi maqsadlarni qamrab olgan. Shuningdek, muallif o‘z oldiga ilmiy tadqiqot natijalari asosida tavsiyanomalar ishlab chiqish, ushbu mavzuning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash vazifasini ham qo'ygan.
Ishning ilmiy yangiligi.
-Birinchi marta xitoy tili diplomatik tcrminlarining leksik-semantik va struktur tahlili amalga oshirildi. Xitoy tilidagi “diplomatiya” terminining ma’nosi etimologik jihatdan o'rganildi.
-Diplomatik tcrminlarning paradigmatik va sintagmatik jihatdan leksik-semantik turlari va hosil bo'lish usullari tahliliy, statistik, kognitiv metodlar asosida tadqiq etildi.
-Diplomatik hujjatlarning leksik-semantik xususiyatlari o'rganildi, keng qo‘llaniluvchi semantik konstruksiyalar, protokol formulalari, neologizmlar va turg'un birikmalarning ahamiyati va o‘rni tahlil qilindi.
- Abbreviatsiya usulining mavjud hecheng “sintetik” turi modellarining tahlili natijasida kognitiv metod asosida sonlar bilan bog'liq yangi model belgilandi.
-Maxsus til umumiy tilning quyi sistemasi ekanligi xitoy tili diplomatiya tcrminologiyasi asosida isbotlandi. Bu sistemada ham umumiy tilda bo‘lganidek ierarxik tarzda tashkil qilingan tuzilma faoliyat ko'rsatishi, uning elementlari o‘zaro paradigmatik va sintagmatik munosabatda bo‘lishi aniqlandi.
Ilmiy ishning amaliy natijasi o'laroq “jJJ■SjfJJj^HziSJfthan wu e waijiao cidian” “Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha diplomatik terminlar lug'ati” (XXR, 2004) 0‘zbekistonda va Xitoyda nashr etildi. Lug'at xitoy ilmiy jamoatchiligi tomonidan ijobiy qarshi olindi. Pekindagi Xitoy Millatlar Universitetining Kexue yanjiu dongnian” (XXR, 2005 yil, № 1. B.77) va
Gonkongda nashr etiluvehi “Chinese language review” (Gonkong, 2006 yil, aprel, № 83. B.71-73) ilmiy jurnallarida mazkur kitob haqida ilmiy taqrizlar chop etildi hamda ilmiy yangilik sifatida e’tirof qilindi.
XULOSA
Tahlillar quyidagi asosiy xulosalarni chiqarishga imkon bcrdi:
1. Tarixiy manbalar asosida Qadimgi Xitoyda diplomatiya terminining ma’nosini ifodalovchi ikki termin ^l-^waishi va f^Jjfineishi mavjudligi aniqlandi. Jj-Ffwaishi tashqi aloqalar, /’ЎЖ neishi ichki ishlar diplomatiyasi ma’nosida qo’llanilganligi ma’lum bo'ldi. waijiao diplomatiya termini Qadimgi Xitoyda “xufyona aloqalar”, “xizmatkorning sotqinligi” ma’nolarida ishlatilganligi, bu termin ijobiy ma’nosida faqat yaqin vaqtlardan beri qo'llana boshlanganligi faktik matcriallar asosida isbotlandi.
2. Diplomatik tcrminlarni leksik-semantik guruhlarga ajratish ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bcrdi: a) diplomatikxodimlar turkumidagi tcrminlarda W'Sz.Kwaijiaoren diplomat termini dominant hisoblanadi; b) diplomatik guruhlarga oid terminlar o'rtasida “ierarxik” munosabatlar mavjud; v) diplomatik hujjatlar guruhida bir sinonimik qatorni tashkil etuvehi terminlar ko‘p uchraydi. Sinonimiya hodisasining diplomatiya sohasida, ayniqsa, diplomatik hujjatlarning nomlanishida keng qo‘llanilishi salbiy oqibatlarga olib kelishi amalda kuzatilgan. Shu bois hujjatlar imzolanishidan oldin sinologlar tomonidan sinchkovlik bilan tahlil etilishi zarur.
3. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminologiyasining leksik-semantik va struktur tahlili natijalari kognitiv lingvistikada hosil bo’lgan tushunchaning aniqligini yana bir bor tasdiqlaydi: freym uch tomonlama namoyon bo‘ladi: a) ontologik nuqtai nazardan - freym konkret turdagi ilmiy-amaliy harakatning, munosabatlarning tuzilishini ko'rsatadi; b) gnoseologik nuqtai nazardan - mazkur harakatning namoyandasi sifatida harakatning mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi, ya’ni freym ilmiy-amaliy harakatni tushunish natijasi sifatida gavdalanadi; v) kognitiv nuqtai nazardan - freym inson ongida shakllangan bilimlarning formallashgan tuzilmasi sifatida gavdalanadi.
4. Diplomatik terminlaming struktur tahlili natijasida ulaming 77% ini ikki bo’g'inli qo‘shma terminlar, 17% ini ikki va undan ortiq bo‘g‘inli qo‘shma terminlar va 6% inigina bir bo‘g‘inli sodda terminlar tashkil etishi ma’lum bo‘Idi.
5. Hozirgi zamon xitoy tilidagi diplomatik terminlaming hosil bo‘lishi nuqtai nazaridan tahlili ulaming aksariyat qismi kompozisiya usuli orqali hosil bo'lganligini ko'rsatdi:
a) atributiv model asosida tuzilgan diplomatik terminlar tarkibidagi hokim negizning 13 xil jihati tobe negiz orqali tavsif etildi va natijada bu modclning hozirgi zamon xitoy tili diplomatik tcrminlarining yasalishida faol ishtirok etishi ko‘rsatildi;
b) kopulyativ modeldagi sinonimik negizlardan hosil bo’lgan fe’l turkumidagi diplomatik terminlar, shuningdek, ot so‘z turkumi vazifasida ham qo‘llanilishi ma’lum bo'ldi;
v) fe’l-ob’ektli model bo’yicha tuzilgan diplomatik terminlaming asosiy qismi fe’l so‘z turkumiga oidligi, ular tarkibidagi fe’lli negiz ot turkumidagi negiz ustidan nazorat qilishi aniqlandi.
6. O'zlashtirish usulining semantik kalka turi yangi diplomatik terminlar yasalishida faol ishtirok etishi, fonetik kalka usuli orqali ko‘proq BMT va xalqaro tashkilotlar guruhidagi terminlar hosil bo'lishi aniqlandi. Chunki aynan shu guruhda atoqli nomlar ko‘p qo‘llanilib, ularni ifodalashda fonetik kalka usuli qulay. Qolgan guruhlarda asosan semantik kalka usuli keng qo'llaniladi. Xitoy tilidagi bo'g'inlarning morfologik (semantik) ma’noga ega ekanligi bu tilga fonetik o'zlashmalaming kirib kelishiga to'sqinlik qiladi.
7. Abbreviatsiya usuli yordamida hosil bo'lgan terminlaming ko'pi BMT va xalqaro tashkilotlar leksik guruhiga tegishli ekanligi aniqlandi. Aynan shu guruh diplomatik tcrminlarining yasalishida kognitiv usulning alohida ta’siri kuzatildi. Abbreviaturalami tushunish jamiyatni, til ichidagi «tilni» tushunish va uni ishlata bilishni anglatadi.
Abbreviatsiya usuVin'mg/effffijiancheng “oddiy” va a'fic hecheng “sintetik” turlari tahlili uning oddiy turi yordamida hosil bo‘lgan diplomatik terminlar soni ko'pligini ko'rsatdi. Chunki abbreviatsiyaning sintetik turi orqali terminlar hosil bo'lishi uchun so'z birikmasi tarkibidagi har bir komponent umumiy, jamlovchi komponentga ega bo'lishi shaft. Bu esa barcha so'z birikmalari tarkibida uchramaydi. Abbreviatsiyaning oddiy turi bo'yicha bir nechta modellar aniqlandi va formulalari ishlab chiqildi. Kognitiv metod asosida сТ/Й hecheng “sintetik” turining sonlar bilan bog'liq yangi modeli belgilandi.
8. Hozirgi zamon xitoy tilida affiksal so'z yasalishining suffiksatsiya, yarimsuffiksatsiya va prefiksatsiya usullari diplomatik personal, diplomatik faoliyat leksik guruhlarida faol ishtirok etishi aniqlandi. Tahlillar diplomatik terminlar yasalishida prefikslar soni ortiq bo‘Isa-da, yarimsuffikslarning mahsuldorlik ko'rsatkiehi (6.2%) prefikslar ko’rsatkichi (2.68%) dan ancha yuqori ekanligini ko’rsatdi.
9. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining hujjatlarda qo‘llanilishi bo‘yicha olib borilgan tahlil natijalari quyidagilardan iborat:
9.1. Diplomatik hujjatlarda bir bo‘g‘inli semantik komponentlar qatorida qolipli birikma ko'rmishidagi semantik komponentlar ham nisbatan keng ishlatilishi kuzatildi. Semantik komponentlarning qo‘llanilishida sinonimiya hodisasi uchraydi. Ma’lum bir semantik komponent turli so’zlar bilan birikib, bir vaqtning o’zida bir necha ma’no ifodalashi diplomatik hujjatlarni tarjima qilish jarayonida qiyinchiliklar tug'diradi.
Xitoy tilida yozilgan diplomatik hujjat tarkibida bir nechta semantik komponentning qo‘llanilishi hujjatga tantanavorlik va ekspressivizm bag‘ishlaydi. Semantik komponentlarning noo‘rin ishlatilishi hujjat mazmunining tubdan o’zgarishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun ularni o’rganish hujjatlarni tarjima qilishda ba’zi kamchiliklarning oldini olishga yordam beradi.
9.2. Diplomatik hujjatlarda qo'llaniluvchi asosiy protokol formulalari uch guruhga bo'lingan holda tahlil etildi: 1) murojaat so'zlari; 2) hurmat ma’nosidagi so'zlar; 3) mulozamat so'zlari.
Buning tahlili natijasida quyidagilar ma’lum bo'ldi:
1. Diplomatik hujjatlarda qo'llaniluvchi murojaat so'zlarining har bir turi o‘z ma’nosiga va qo'llanilish doirasiga ega. Ma’lum bir murojaat so‘zining noo'rin ishlatilishi suhbatdoshlar o'rtasida tushunmovchilik keltirib chiqarishi mumkin.
2. Hurmat ma’nosidagi so'z ko'pincha murojaat so'zlari bilan birga qo'llanadi. Turli toifadagi insonlar uchun turli xil hurmat ma’nosidagi so'zlardan foydalaniladi.
3. Diplomatik hujjatlaming yakuniy qismida qo'llaniluvchi mulozamat so'zlari - komplimentar so'zlar ikki turga bo'linadi:
a) rasmiy hujjatning boshlanish qismida yoziladigan salomlashuv so'zlari;
b) rasmiy hujjat yakunida imzodan oldin yoziladigan hurmat-ehtirom ma’nosidagi mulozamat so'zlari.
Birinchi tur mulozamat so'zlari tarkibida mulozamat ma’nosidagi bir necha turg'un iboralaming qo' llanilishi kuzatildi. Ma’lum bir xushomad ma’nosidagi turg'un iboralar G'arb mamlakatlarining qarshilik mazmunidagi notalarida qo'llanilsa, Sharq mamlakatlarining bunday notalarida ulaming tushirib qoldirilishi aniqlandi.
10. Tadqiqot davomida turg'un birikmalar tarkibida so'zlarning o'zaro qo'shilishi kuzatildi (morfcmalarning cmas). Rasmiy hujjatlarda doimiy tipdagi matn mavjudligi bois, ularda tayyor turg'un birikmalar - klishelaming ko'p ishlatilishi misollar yordamida yoritildi.

Manba turi: Tezislar
Yildan beri qamrab olingan yillar 1992
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
CC BY f
1-17
88

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nosirova, S. (2023). Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining leksik-semantik va struktur tahlili. Avtoreferat Katalogi, 1(1), 1–17. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/autoabstract/article/view/37317
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

“O'zbckiston Xitoy timsolida mamlakatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ishonchli, buyuk qo'shni va hamkorni ko‘radi”ri1. XXR iqtisodiy va harbiy salohiyatining rivojlanishi va tinchliksevarlikka asoslangan tashqi siyosati uning xalqaro aloqalardagi obro'-e’tiborining kuchayib borishida muhim omil bo'lmoqda. Mamlakatlarimiz o'rtasida 2006 yili do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi davlatlararo Shartnomaning imzolangani ikki tomonlama aloqalar tarixida muhim voqea bo‘ldi. Ushbu Shartnoma hamkorlikni uzoq muddatli asosda rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi va 16 yil mobaynida imzolangan 200dan ziyod o'zbek-xitoy shartnomalarini izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, xitoy tili diplomatiya sohasidagi maxsus leksikani tilshunoslik nuqtai nazaridan chuqur ilmiy va nazariy tahlil etish ehtiyoji tug'ilmoqda. Qolaversa, xitoy tilidagi diplomatik Icksika va ularning morfologik xususiyatlari monografik planda tadqiq etilmagan. Mazkur disscrtatsiya hozirgi zamon xitoy tilidagi diplomatik tcrminlarning leksiksemantik va struktur xususiyatlarini, diplomatiya sohasida so'nggi 16 yil ichida keng qo'llanilayotgan leksik qatlamni o‘rganishga, uning diaxronik va sinxronik tomonlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Mavzuning dolzarbligi, shuningdek, diplomatiya sohasiga oid hujjatlar va muzokaralar ahamiyatining o‘sib borishi bilan ham bog‘liq.
Tadqiqotning maqsadi. Ilmiy ishdan ko'zlangan asosiy maqsad hozirgi zamon xitoy tili diplomatiya terminologik sistemasini maxsus mustaqil terminologik tizim sifatida o'rganish va lingvistik nuqtai nazardan tahlil etishdir. Mazkur maqsad o‘z ichiga hozirgi zamon xitoy tili diplomatik tcrminlarini diaxronik va sinxronik tahlil ctish, diplomatik tcrminlarning yasalish va leksik-semantik xususiyatlarini o'rganish, diplomatik terminlar, so‘z birikmalari, hujjatlaming ilmiy kompetensiyasini yoritish kabi quyi maqsadlarni qamrab olgan. Shuningdek, muallif o‘z oldiga ilmiy tadqiqot natijalari asosida tavsiyanomalar ishlab chiqish, ushbu mavzuning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash vazifasini ham qo'ygan.
Ishning ilmiy yangiligi.
-Birinchi marta xitoy tili diplomatik tcrminlarining leksik-semantik va struktur tahlili amalga oshirildi. Xitoy tilidagi “diplomatiya” terminining ma’nosi etimologik jihatdan o'rganildi.
-Diplomatik tcrminlarning paradigmatik va sintagmatik jihatdan leksik-semantik turlari va hosil bo'lish usullari tahliliy, statistik, kognitiv metodlar asosida tadqiq etildi.
-Diplomatik hujjatlarning leksik-semantik xususiyatlari o'rganildi, keng qo‘llaniluvchi semantik konstruksiyalar, protokol formulalari, neologizmlar va turg'un birikmalarning ahamiyati va o‘rni tahlil qilindi.
- Abbreviatsiya usulining mavjud hecheng “sintetik” turi modellarining tahlili natijasida kognitiv metod asosida sonlar bilan bog'liq yangi model belgilandi.
-Maxsus til umumiy tilning quyi sistemasi ekanligi xitoy tili diplomatiya tcrminologiyasi asosida isbotlandi. Bu sistemada ham umumiy tilda bo‘lganidek ierarxik tarzda tashkil qilingan tuzilma faoliyat ko'rsatishi, uning elementlari o‘zaro paradigmatik va sintagmatik munosabatda bo‘lishi aniqlandi.
Ilmiy ishning amaliy natijasi o'laroq “jJJ■SjfJJj^HziSJfthan wu e waijiao cidian” “Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha diplomatik terminlar lug'ati” (XXR, 2004) 0‘zbekistonda va Xitoyda nashr etildi. Lug'at xitoy ilmiy jamoatchiligi tomonidan ijobiy qarshi olindi. Pekindagi Xitoy Millatlar Universitetining Kexue yanjiu dongnian” (XXR, 2005 yil, № 1. B.77) va
Gonkongda nashr etiluvehi “Chinese language review” (Gonkong, 2006 yil, aprel, № 83. B.71-73) ilmiy jurnallarida mazkur kitob haqida ilmiy taqrizlar chop etildi hamda ilmiy yangilik sifatida e’tirof qilindi.
XULOSA
Tahlillar quyidagi asosiy xulosalarni chiqarishga imkon bcrdi:
1. Tarixiy manbalar asosida Qadimgi Xitoyda diplomatiya terminining ma’nosini ifodalovchi ikki termin ^l-^waishi va f^Jjfineishi mavjudligi aniqlandi. Jj-Ffwaishi tashqi aloqalar, /’ЎЖ neishi ichki ishlar diplomatiyasi ma’nosida qo’llanilganligi ma’lum bo'ldi. waijiao diplomatiya termini Qadimgi Xitoyda “xufyona aloqalar”, “xizmatkorning sotqinligi” ma’nolarida ishlatilganligi, bu termin ijobiy ma’nosida faqat yaqin vaqtlardan beri qo'llana boshlanganligi faktik matcriallar asosida isbotlandi.
2. Diplomatik tcrminlarni leksik-semantik guruhlarga ajratish ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bcrdi: a) diplomatikxodimlar turkumidagi tcrminlarda W'Sz.Kwaijiaoren diplomat termini dominant hisoblanadi; b) diplomatik guruhlarga oid terminlar o'rtasida “ierarxik” munosabatlar mavjud; v) diplomatik hujjatlar guruhida bir sinonimik qatorni tashkil etuvehi terminlar ko‘p uchraydi. Sinonimiya hodisasining diplomatiya sohasida, ayniqsa, diplomatik hujjatlarning nomlanishida keng qo‘llanilishi salbiy oqibatlarga olib kelishi amalda kuzatilgan. Shu bois hujjatlar imzolanishidan oldin sinologlar tomonidan sinchkovlik bilan tahlil etilishi zarur.
3. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminologiyasining leksik-semantik va struktur tahlili natijalari kognitiv lingvistikada hosil bo’lgan tushunchaning aniqligini yana bir bor tasdiqlaydi: freym uch tomonlama namoyon bo‘ladi: a) ontologik nuqtai nazardan - freym konkret turdagi ilmiy-amaliy harakatning, munosabatlarning tuzilishini ko'rsatadi; b) gnoseologik nuqtai nazardan - mazkur harakatning namoyandasi sifatida harakatning mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi, ya’ni freym ilmiy-amaliy harakatni tushunish natijasi sifatida gavdalanadi; v) kognitiv nuqtai nazardan - freym inson ongida shakllangan bilimlarning formallashgan tuzilmasi sifatida gavdalanadi.
4. Diplomatik terminlaming struktur tahlili natijasida ulaming 77% ini ikki bo’g'inli qo‘shma terminlar, 17% ini ikki va undan ortiq bo‘g‘inli qo‘shma terminlar va 6% inigina bir bo‘g‘inli sodda terminlar tashkil etishi ma’lum bo‘Idi.
5. Hozirgi zamon xitoy tilidagi diplomatik terminlaming hosil bo‘lishi nuqtai nazaridan tahlili ulaming aksariyat qismi kompozisiya usuli orqali hosil bo'lganligini ko'rsatdi:
a) atributiv model asosida tuzilgan diplomatik terminlar tarkibidagi hokim negizning 13 xil jihati tobe negiz orqali tavsif etildi va natijada bu modclning hozirgi zamon xitoy tili diplomatik tcrminlarining yasalishida faol ishtirok etishi ko‘rsatildi;
b) kopulyativ modeldagi sinonimik negizlardan hosil bo’lgan fe’l turkumidagi diplomatik terminlar, shuningdek, ot so‘z turkumi vazifasida ham qo‘llanilishi ma’lum bo'ldi;
v) fe’l-ob’ektli model bo’yicha tuzilgan diplomatik terminlaming asosiy qismi fe’l so‘z turkumiga oidligi, ular tarkibidagi fe’lli negiz ot turkumidagi negiz ustidan nazorat qilishi aniqlandi.
6. O'zlashtirish usulining semantik kalka turi yangi diplomatik terminlar yasalishida faol ishtirok etishi, fonetik kalka usuli orqali ko‘proq BMT va xalqaro tashkilotlar guruhidagi terminlar hosil bo'lishi aniqlandi. Chunki aynan shu guruhda atoqli nomlar ko‘p qo‘llanilib, ularni ifodalashda fonetik kalka usuli qulay. Qolgan guruhlarda asosan semantik kalka usuli keng qo'llaniladi. Xitoy tilidagi bo'g'inlarning morfologik (semantik) ma’noga ega ekanligi bu tilga fonetik o'zlashmalaming kirib kelishiga to'sqinlik qiladi.
7. Abbreviatsiya usuli yordamida hosil bo'lgan terminlaming ko'pi BMT va xalqaro tashkilotlar leksik guruhiga tegishli ekanligi aniqlandi. Aynan shu guruh diplomatik tcrminlarining yasalishida kognitiv usulning alohida ta’siri kuzatildi. Abbreviaturalami tushunish jamiyatni, til ichidagi «tilni» tushunish va uni ishlata bilishni anglatadi.
Abbreviatsiya usuVin'mg/effffijiancheng “oddiy” va a'fic hecheng “sintetik” turlari tahlili uning oddiy turi yordamida hosil bo‘lgan diplomatik terminlar soni ko'pligini ko'rsatdi. Chunki abbreviatsiyaning sintetik turi orqali terminlar hosil bo'lishi uchun so'z birikmasi tarkibidagi har bir komponent umumiy, jamlovchi komponentga ega bo'lishi shaft. Bu esa barcha so'z birikmalari tarkibida uchramaydi. Abbreviatsiyaning oddiy turi bo'yicha bir nechta modellar aniqlandi va formulalari ishlab chiqildi. Kognitiv metod asosida сТ/Й hecheng “sintetik” turining sonlar bilan bog'liq yangi modeli belgilandi.
8. Hozirgi zamon xitoy tilida affiksal so'z yasalishining suffiksatsiya, yarimsuffiksatsiya va prefiksatsiya usullari diplomatik personal, diplomatik faoliyat leksik guruhlarida faol ishtirok etishi aniqlandi. Tahlillar diplomatik terminlar yasalishida prefikslar soni ortiq bo‘Isa-da, yarimsuffikslarning mahsuldorlik ko'rsatkiehi (6.2%) prefikslar ko’rsatkichi (2.68%) dan ancha yuqori ekanligini ko’rsatdi.
9. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining hujjatlarda qo‘llanilishi bo‘yicha olib borilgan tahlil natijalari quyidagilardan iborat:
9.1. Diplomatik hujjatlarda bir bo‘g‘inli semantik komponentlar qatorida qolipli birikma ko'rmishidagi semantik komponentlar ham nisbatan keng ishlatilishi kuzatildi. Semantik komponentlarning qo‘llanilishida sinonimiya hodisasi uchraydi. Ma’lum bir semantik komponent turli so’zlar bilan birikib, bir vaqtning o’zida bir necha ma’no ifodalashi diplomatik hujjatlarni tarjima qilish jarayonida qiyinchiliklar tug'diradi.
Xitoy tilida yozilgan diplomatik hujjat tarkibida bir nechta semantik komponentning qo‘llanilishi hujjatga tantanavorlik va ekspressivizm bag‘ishlaydi. Semantik komponentlarning noo‘rin ishlatilishi hujjat mazmunining tubdan o’zgarishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun ularni o’rganish hujjatlarni tarjima qilishda ba’zi kamchiliklarning oldini olishga yordam beradi.
9.2. Diplomatik hujjatlarda qo'llaniluvchi asosiy protokol formulalari uch guruhga bo'lingan holda tahlil etildi: 1) murojaat so'zlari; 2) hurmat ma’nosidagi so'zlar; 3) mulozamat so'zlari.
Buning tahlili natijasida quyidagilar ma’lum bo'ldi:
1. Diplomatik hujjatlarda qo'llaniluvchi murojaat so'zlarining har bir turi o‘z ma’nosiga va qo'llanilish doirasiga ega. Ma’lum bir murojaat so‘zining noo'rin ishlatilishi suhbatdoshlar o'rtasida tushunmovchilik keltirib chiqarishi mumkin.
2. Hurmat ma’nosidagi so'z ko'pincha murojaat so'zlari bilan birga qo'llanadi. Turli toifadagi insonlar uchun turli xil hurmat ma’nosidagi so'zlardan foydalaniladi.
3. Diplomatik hujjatlaming yakuniy qismida qo'llaniluvchi mulozamat so'zlari - komplimentar so'zlar ikki turga bo'linadi:
a) rasmiy hujjatning boshlanish qismida yoziladigan salomlashuv so'zlari;
b) rasmiy hujjat yakunida imzodan oldin yoziladigan hurmat-ehtirom ma’nosidagi mulozamat so'zlari.
Birinchi tur mulozamat so'zlari tarkibida mulozamat ma’nosidagi bir necha turg'un iboralaming qo' llanilishi kuzatildi. Ma’lum bir xushomad ma’nosidagi turg'un iboralar G'arb mamlakatlarining qarshilik mazmunidagi notalarida qo'llanilsa, Sharq mamlakatlarining bunday notalarida ulaming tushirib qoldirilishi aniqlandi.
10. Tadqiqot davomida turg'un birikmalar tarkibida so'zlarning o'zaro qo'shilishi kuzatildi (morfcmalarning cmas). Rasmiy hujjatlarda doimiy tipdagi matn mavjudligi bois, ularda tayyor turg'un birikmalar - klishelaming ko'p ishlatilishi misollar yordamida yoritildi.


background image

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOShKENT DAVLAT ShARQShUNOSLIK INSTITUTI

Qo‘lyozma huquqida

UDK : 809.51 – 0

BBK: 81.2 (5 KIT)

N – 80

NOSIROVA SAODAT ABDULLAEVNA

HOZIRGI ZAMON XITOY TILI DIPLOMATIK TERMINLARINING LEKSIK-

SEMANTIK VA STRUKTUR TAHLILI

10.02.22 – Osiyo, Afrika xalqlari, Amerika va Avstraliya

tub xalqlari tillari

Filologiya fanlari nomzodi

ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya

A V T O R E F E R A T I

Toshkent – 2008

Ish Toshkent davlat sharqshunoslik institutining xitoy filologiyasi kafedrasida bajarilgan.


background image

Ilmiy rahbar:

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

KARIMOV Akramdjan Abilevich

Rasmiy opponentlar:

filologiya fanlari doktori, professor

DADABAEV Hamidulla Aripovich

filologiya fanlari nomzodi

ALIMOVA Xolida Zikrillaevna

Etakchi tashkilot:

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universiteti

Himoya Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini olish
uchun dissertatsiyalarni himoya qilishga mo‘ljallangan D 067.70.02 raqamli kengashning
yil «___» __________ soat_____ da o‘tadigan majlisida bo‘ladi. Manzil: 100047, Toshkent
shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 25- uy.

Dissertatsiya bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutining asosiy kutubxonasida tanishish
mumkin.

Avtoreferat yil «____» ____________ da tarqatildi.

Mavzuning dolzarbligi.

“O‘zbekiston Xitoy timsolida mamlakatimiz mustaqilligining birinchi

kunlaridan bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ishonchli, buyuk qo‘shni va hamkorni ko‘radi”

[1]

.

XXR iqtisodiy va harbiy salohiyatining rivojlanishi va tinchliksevarlikka asoslangan tashqi
siyosati uning xalqaro aloqalardagi obro‘-e’tiborining kuchayib borishida muhim omil
bo‘lmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasida 2006 yili do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari
to‘g‘risidagi davlatlararo Shartnomaning imzolangani ikki tomonlama aloqalar tarixida muhim
voqea bo‘ldi. Ushbu Shartnoma hamkorlikni uzoq muddatli asosda rivojlantirish uchun
mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi va 16 yil mobaynida imzolangan 200dan ziyod
o‘zbek-xitoy shartnomalarini izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, xitoy tili diplomatiya sohasidagi maxsus leksikani tilshunoslik
nuqtai nazaridan chuqur ilmiy va nazariy tahlil etish ehtiyoji tug‘ilmoqda. Qolaversa, xitoy
tilidagi diplomatik leksika va ularning morfologik xususiyatlari monografik planda tadqiq
etilmagan. Mazkur dissertatsiya hozirgi zamon xitoy tilidagi diplomatik terminlarning leksik-


background image

semantik va struktur xususiyatlarini, diplomatiya sohasida so‘nggi 16 yil ichida keng
qo‘llanilayotgan leksik qatlamni o‘rganishga, uning diaxronik va sinxronik tomonlarini tahlil
qilishga bag‘ishlangan. Mavzuning dolzarbligi, shuningdek, diplomatiya sohasiga oid hujjatlar
va muzokaralar ahamiyatining o‘sib borishi bilan ham bog‘liq.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi

. Xitoy tili diplomatik terminlarining leksik-semantik va

struktur tahliliga bag‘ishlangan lingvistik ishlar deyarli yo‘q. Mavjud ishlarda diplomatik
hujjatlar tarixiy va stilistik uslub jihatidan qisman o‘rganilgan. Masalan, Xuan Dingchining

外交文

汇文书教程

Waijiao wenhui wenshu jiaocheng “A Bilingual Study of Diplomatic

Documents” / Series of Huang Jinqi’s Monografs on Diplomacy (Book I, Book II. World Affairs
Press, Beijing 2004) monografiyasida hozirgi zamon xitoy tili diplomatik hujjatlari funksional-
stilistik tahlil etilib, hujjatlarni boshqa chet tillarga tarjima qilishda uchraydigan
qiyinchiliklarning yechimi, tarjima amaliyotini yengillashtirish usullari ko‘rsatib berilgan. Aynan
shu muallifning

什么是外交

Shenme shi waijiao “What is Diplomacy” - A Bilingual Course /

Series of Huang Jinqi’s Monografs on Diplomacy (World Affairs Press, Beijing 2004) ilmiy
ishida esa xitoy tilidagi hujjatlarda keng qo‘llaniladigan ayrim terminlarning kelib chiqishi,
tarixiy evolyusiyasi, umumdiplomatiyaning shakllanish bosqichlari o‘rganilgan. Shuningdek,
Fan Sinmingning

外事使用文

书大全

Waishishiyong wenshu daquan (Pekin, 1994)

monografiyasida xitoy tilida yozilgan diplomatik hujjatlarning diaxronik tahlili o‘tkazilib,
ularning stilistik xususiyatlariga alohida urg‘u berilgan. Ko‘rsatilgan manbalarda diplomatik
hujjatlarning faqat tarixiy kelib chiqishi, diplomatik hujjatlarning tuzilish xususiyatlari tadqiq
etilgan. Vaholanki, diplomatik terminlarning qo‘llanilish ko‘lami hujjatlar semantik maydoni
bilan chegaralanib qolmasligi barchaga ma’lum. Diplomatik terminlarning nafaqat hujjatlar
bilan, balki diplomatik faoliyat, diplomatik personal, xalqaro konferensiyalar bilan bog‘liq
xususiyatlari va boshqa leksik-semantik jihatlarini o‘rganish masalasi birinchi marta mazkur
tadqiqot ishida amalga oshirilmoqda.

Tilshunoslik fanida diplomatik terminlar masalasiga, diplomatiya sohasi leksikasining
shakllanishi va xususiyatlariga bag‘ishlangan ishlar ko‘p. Masalan, D.S.Kulmamatovning
“Sredneaziatskie diplomaticheskie dokumenti i ix russkie perevodi v XVII v. (Gramoti,
chelobitnie)” ( M., 1994) kitobida diplomatiya sohasi diplomatik hujjatlar prizmasi orqali tadqiq
qilinib, XVII asrda faoliyatda bo‘lgan diplomatik hujjatlarning morfologik xususiyatlari hamda
ularning ruscha tarjimalari qiyosan o‘rganilgan; X.Dadabaevning “Obщestvenno-politicheskaya
i sotsialno-ekonomicheskaya terminologiya v tyurkoyazichnix pismennix pamyatnikax XI–XIV
vv.” ( T., 1991) ilmiy ishida XI–XIV asrlarda qo‘llanilgan diplomatiya leksikasi uch guruhga: 1)
diplomatik shaxslarni ifodalovchi terminlar; 2) diplomatik aloqalarni ifodalovchi terminlar va 3)
diplomatik hujjatlardagi terminlarga ajratilib tahlil etilgan va ularning hosil bo‘lishida
o‘zlashtirish usulining samaradorligi misollar yordamida yoritilgan; A.A.Abdullayevaning
“Leksika sferi mejdunarodnix otnosheniy (na materiale russkogo i uzbekskogo yazikov)” ( T.,
2003) nomzodlik dissertatsiyasida rus va o‘zbek tillaridagi xalqaro munosabatlar, shu jumladan,
diplomatiya va xalqaro aloqalar sohasi terminlarining morfologik hamda leksik-semantik
xususiyatlari qiyosiy metod asosida tadqiq etilgan. Abduxoliq Abdurasul o‘g‘lining “Qadimgi
Farg‘ona tarixidan” ( T., 2002) kitobi xitoy manbalari asosida Farg‘ona haqida ilk ma’lumotlar
to‘plami sifatida yozilgan asar bo‘lib, unda Turkiston va Xitoy o‘rtasidagi diplomatik, savdo-
sotiq munosabatlarining tarixiy tomonlari ochib berilgan; I.T.Zografning “Mongolsko-kitayskaya
interferensiya (yazik mongolskoy kanselyarii v Kitae)” ( M., 2004) asarida mo‘g‘ul tilining xitoy
tili diplomatik va kanselyariya terminologiyasining shakllanishidagi o‘rni va ahamiyati
yoritilgan; Ye.M.Isserlinning “Leksika i frazeologiya sovremennix diplomaticheskix
dokumentov”( M., 1966) kitobida rus tilidagi diplomatik hujjatlarda keng qo‘llaniladigan
frazeologik birliklarning leksik-semantik, stilistik xususiyatlari, frazeologizmlarni tarjima
qilishda uchraydigan muammoli tomonlar tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etilgan;
F.F.Molochkovning “Diplomaticheskiy protokol i diplomaticheskaya praktika” ( M., 1979)


background image

kitobida diplomatiya sohasining umumiy jihatlari, diplomatik protokol, diplomatik etiket va
diplomatlarning faoliyatiga doir tushunchalar tahlil etilgan va diplomatlar uchun qo‘llanma
hisoblanadi; Ye.N. Mouratovning “Diplomatic Documents and Diplomatic Correspondence in
English” ( M., 2001) asarida ingliz tilidagi diplomatik hujjatlar va diplomatik
korrespondensiyaning stilistik xususiyatlari o‘rganilgan va leksik-uslubiy jihatdan tahlil etilgan;
X.S.Muxitdinova, A.A.Abdullayevalarning “Rasmiy uslubning diplomatik yozishmalar turi” (
T., 1997) asari rus va o‘zbek tillaridagi diplomatik hujjatlar turlarining leksik-semantik,
funksional-uslubiy tahliliga bag‘ishlangan; Q.Sh.Omonovning “XIV-XV asrlarda uyg‘ur xatida
bitilgan imtiyoz huquqini beruvchi davlat hujjatlarining lisoniy-uslubiy tadqiqi” ( T., 1997) ilmiy
ishida uyg‘ur tilida bitilgan yorliqlar va davlat hujjatlarining lisoniy–uslubiy tahlili o‘tkazilgan;
Sh.Teylorning “Delovaya perepiska i obrazsi dokumentov” ( M., 2004) asarlarida rus va ingliz
tillaridagi oddiy va maxsus diplomatik, tashqi aloqa hujjatlarining stilistik jihatlari, leksik-
uslubiy tomonlari yoritilib berilgan; J.Sh.Safarovning “Struktura diplomaticheskogo diskursa i
yego leksiko- frazeologicheskiy sostav (na materiale angliyskogo yazika)” (Samarkand, 2000)
nomzodlik dissertatsiyasida diplomatiya sohasida keng qo‘llaniladigan frazeologik
birikmalarning leksik-semantik xususiyatlari va ularning kognisiyasi tahlil etilgan. Keltirilgan
ilmiy ishlarning aksariyat qismida diplomatik leksikaning diaxronik tahlili o‘tkazilgan. Lekin
aynan hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminologiyasining o‘zi tilshunoslik nuqtai nazaridan
tadqiqot ob’ekti bo‘lmagan.

Dissertatsiyaning ilmiy

-

tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi.

Tadqiqot

Toshkent davlat

sharqshunoslik instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi asosida bajarilgan. Dissertatsiya mavzui
mazkur institutning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan (2004 yil 27 may, 9- sonli
bayonnoma).

Tadqiqotning maqsadi.

Ilmiy ishdan ko‘zlangan asosiy maqsad hozirgi zamon xitoy tili

diplomatiya terminologik sistemasini maxsus mustaqil terminologik tizim sifatida o‘rganish va
lingvistik nuqtai nazardan tahlil etishdir. Mazkur maqsad o‘z ichiga hozirgi zamon xitoy tili
diplomatik terminlarini diaxronik va sinxronik tahlil etish,

diplomatik terminlarning yasalish va

leksik–semantik xususiyatlarini o‘rganish, diplomatik terminlar, so‘z birikmalari, hujjatlarning
ilmiy kompetensiyasini yoritish kabi quyi maqsadlarni qamrab olgan. Shuningdek, muallif o‘z
oldiga ilmiy tadqiqot natijalari asosida tavsiyanomalar ishlab chiqish, ushbu mavzuning istiqbolli
yo‘nalishlarini aniqlash vazifasini ham qo‘ygan.

Tadqiqotning vazifalari

. Ilmiy ishda quyidagi asosiy vazifalar amalga oshirildi:

1) hozirgi zamon xitoy tilida diplomatiya sohasiga oid ayrim terminlarning shakllanishi tahlil
etildi;

2) hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining leksik– semantik va struktur tahlili
o‘tkazildi;

3) ularning ichki hamda tashqi manbalar hisobidan hosil bo‘lish usullari o‘rganildi;

4) diplomatik terminlarning paradigmatik va sintagmatik jihatlari, mahsuldorlik xususiyatlari
aniqlandi;

5) diplomatik hujjatlarda qo‘llaniladigan semantik konstruksiyalar, protokol formulalari,
neologizmlar va turg‘un birikmalarining tahlili amalga oshirildi;

6) kognitiv usul yordamida ba’zi bir yangi diplomatik terminlarning mohiyati, qo‘llanilish
xususiyatlari yoritildi;


background image

7) “maxsus til” tushunchasining mohiyati va chegaralarini aniqlash bilan “xitoy tilidagi
diplomatik terminologiya” tushunchasining mazmun mohiyati ochib berildi;

8) ilmiy tadqiqot asosida ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadqiqot ob’ekti va predmeti.

Ishning ob’ekti sifatida hozirgi zamon xitoy tili diplomatik

terminologiyasi tanlab olindi. Diplomatik terminlarning leksik-semantik va struktur xususiyatlari
o‘rganildi.

Tadqiqot manbalari

. Tadqiqotga manba sifatida Xuan Dingchining “A Bilingual Study of

Diplomatic Documents” (“Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik hujjatlari”) (Pekin, 2004) va
“What is Diplomacy” (“Diplomatiya asoslari”) (Pekin, 2004) kitoblari, Djon Vud va Djen
Serreslarning “Diplomatic Ceremonial and Protocol” (“Diplomatik seremonial va protokol”) (
Nyu York, 1999) kitobi, Fan Sinmingning “

外事使用文

书大全

” (“Xitoy diplomatik hujjatlari”)

( Pekin, 1994), Chinese–English Vocabulary of Foreign Affairs (Xitoycha-inglizcha diplomatik
terminlar lug‘ati) (Pekin, 1998), hamda S.A.Xashimova va A.A.Karimovlarning

汉乌俄外交词典

han wu e waijiao cidian” (Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha diplomatik terminlar

lug‘ati) (XXR, 2004) kitoblari olindi. Original manba sifatida O‘zbekiston
Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi, Shanxay
hamkorlik tashkilotining Pekindagi Kotibiyati tomonidan taqdim etilgan rasmiy hujjatlardan ham
keng foydalanildi.

Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari

. Tadqiqotni amalga oshirishda mashhur

tilshunoslar L.Blumfild, G.X.Bakiyev, L.V.Varxapovich, V.G.Gak, A.G‘.G‘ulomov,
X.A.Dadabaev, A.A.Dragunov, T.L.Kandelaki, I.M.Kobozeva, V.I.Koduxov, V.A.Kurdyumov,
D.S.Lotte, Dj. Layonz, Dj.L.Pakard, A.A.Reformatskiy, Ren Syuelyang, A.V.Superanskaya,
O.P.Frolova, A.A.Xamatova, N.Xomski, A.Hojiev, Xuan Dingchi, Sh.Shoabdurahmonov,
A.M.Qosimov, shuningdek, sharqshunoslardan K.Xafizova, A.Xodjaev, O.N.Shomatov,
T.Xolmirzaev, A.A.Karimovlarning asarlariga suyandik.

Tadqiqot metodlari

. To‘plangan materiallar hozirgi zamon tilshunoslik fanida keng

qo‘llanilayotgan qiyosiy-tarixiy, matematik-logik, struktural, paradigmatik va sintagmatik,
diaxronik va sinxronik, tavsifiy, tahliliy, kognitiv, komponent hamda statistik va interpretatsiya
metodlari yordamida tahlil etildi. Ishda sistematika va umumiy konseptual yondoshuvlar ham
katta o‘rin egalladi. Ba’zi holatlarda mavzuning interaktiv xususiyatlaridan kelib chiqib,
siyosatshunoslikka oid umumiy metodlardan foydalanildi.

Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar quyidagilardan iborat:

1. Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan

外交

waijiao

diplomatiya

termini Qadimgi Xitoyda ham

外事

waishi

ko‘rinishidagi ekvivalentiga ega bo‘lgan.

2. Diplomatik terminlarning leksik–semantik xususiyatlari turlicha. Diplomatik terminlar
leksikasi o‘z ichiga xalqaro diplomatik terminlar, diplomatik hujjatlar bilan bog‘liq adabiy til
so‘zlari, kitobiy so‘zlar, abbreviaturalar va qolipli birikmalarni oladi.

3. Xitoy tilidagi diplomatik terminlarning statistik tahlili murakkab terminlarning sermahsul
ekanligini ko‘rsatdi.

4. Diplomatik terminlarning hosil bo‘lishida kompozisiya usuli mahsuldor. Bu usulning atributiv,
fe’l–ob’ektli va kopulyativ modellari ichida aksariyat diplomatik terminlar atributiv model
yordamida yasalgan.


background image

5. O‘zlashtirishning semantik kalka usuli asosan diplomatik xodimlar, diplomatik faoliyat,
diplomatik hujjatlar ma’nosini ifodalovchi terminlarda samarali qo‘llanadi. O‘zlashtirishning
fonetik usuli esa to‘liq bo‘lmagan shakldagi fonetik o‘zlashmalar ko‘rinishida atoqli otlar va
xalqaro tashkilotlar nomlanishlarida ko‘p uchraydi.

6. Diplomatik terminlarning asosiy qismi abbreviatsiya usulining oddiy, ya’ni

简称

jiancheng

modeli yordamida hosil bo‘lgan.

7. Affiksatsiya usuli orqali diplomatik terminlar yasalishida asosan yarimsuffikslarning soni
ko‘p.

8. Diplomatik hujjatlarda keng qo‘llaniladigan semantik konstruksiyalarning to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri tarjima qilinishi xitoy tilida bitilgan hujjatlarning umumiy ma’nosiga katta ta’sir qiladi.

9. Diplomatik hujjatlarda qo‘llaniluvchi asosiy protokol formulalari uch guruhga bo‘linadi: 1)
murojaat so‘zlari; 2) hurmat ma’nosidagi so‘zlar; 3) mulozamat so‘zlari.

10. Klishelarning asosiy qismi rasmiy hujjatlarning ikki tomonlama bitimlar turi kirish qismida
ko‘proq qo‘llanadi.

Ishning ilmiy yangiligi

.

-Birinchi marta xitoy tili diplomatik terminlarining leksik-semantik va struktur tahlili amalga
oshirildi. Xitoy tilidagi “diplomatiya” terminining ma’nosi etimologik jihatdan o‘rganildi.

-Diplomatik terminlarning paradigmatik va sintagmatik jihatdan leksik-semantik turlari va hosil
bo‘lish usullari tahliliy, statistik, kognitiv metodlar

asosida tadqiq etildi.

-Diplomatik hujjatlarning leksik–semantik xususiyatlari o‘rganildi, keng qo‘llaniluvchi semantik
konstruksiyalar, protokol formulalari, neologizmlar va turg‘un birikmalarning ahamiyati va o‘rni
tahlil qilindi.

- Abbreviatsiya usulining mavjud

合成

hecheng

“sintetik” turi modellarining tahlili natijasida

kognitiv metod asosida sonlar bilan bog‘liq yangi model belgilandi.

-Maxsus til umumiy tilning quyi sistemasi ekanligi xitoy tili diplomatiya terminologiyasi asosida
isbotlandi. Bu sistemada ham umumiy tilda bo‘lganidek ierarxik tarzda tashkil qilingan tuzilma
faoliyat ko‘rsatishi, uning elementlari o‘zaro paradigmatik va sintagmatik munosabatda bo‘lishi
aniqlandi.

Ilmiy ishning amaliy natijasi o‘laroq “

汉乌俄外交词典

han wu e waijiao cidian” “Xitoycha–

o‘zbekcha–ruscha diplomatik terminlar lug‘ati” (XXR, 2004) O‘zbekistonda va Xitoyda nashr
etildi. Lug‘at xitoy ilmiy jamoatchiligi tomonidan ijobiy qarshi olindi. Pekindagi Xitoy Millatlar
Universitetining “

科学研究

动念

Kexue yanjiu dongnian” (XXR, 2005 yil, № 1. B.77) va

Gonkongda nashr etiluvchi “Chinese language review” (Gonkong, 2006 yil, aprel, № 83. B.71–
73) ilmiy jurnallarida mazkur kitob haqida ilmiy taqrizlar chop etildi hamda ilmiy yangilik
sifatida e’tirof qilindi.

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati

. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati

shundan iboratki, muallif hozirgi zamon xitoy tilining diplomatiya sohasidagi maxsus leksikasini
birinchi marta monografik planda o‘rgandi. Xitoy tili diplomatik terminlarining leksik-semantik
va struktur xususiyatlari tahliliy va tavsifiy usulda, tarixiy–xronologik, kognitiv va statistik


background image

metodlar asosida yoritildi. Muallif so‘z yasalishiga oid umumnazariy tadqiqotlarga tayangan
holda, hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining yasalishini chuqur va har taraflama
tahlil etishga harakat qildi.

Dissertatsiya materiallari umumiy diplomatiya sohasida, xususan O‘zbekiston Respublikasining
Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va investisiyalar vazirligi, Savdo va sanoat
Palatasi, O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi elchixona va boshqa vakolatxonalari,
O‘zbekiston Respublikasi va XXRda joylashgan Shanxay hamkorlik tashkiloti idoralarinining
faoliyatida, sharqshunos filologlar uchun xitoy tili leksikologiyasi va leksikasiga oid maxsus
kurslar tayyorlashda, o‘zbek, rus va xitoy tillarini o‘rgatish jarayonlarida, darslik, qo‘llanma
hamda lug‘atlar tuzishda, diplomatik hujjatlar majmuasini ishlab chiqishda yordam beradi.

Natijalarning joriy qilinishi.

Tadqiqot natijalaridan ToshDShI xitoy filologiyasi bo‘limining

bakalavriat bosqichidagi talabalari uchun mo‘ljallangan «Xitoy tili diplomatik terminologiyasi»
bo‘yicha maxsus kurs tayyorlashda foydalanildi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi va XXR o‘rtasida rasmiy diplomatik
aloqalar o‘rnatilganligiga qariyb 16 yil to‘lgan bo‘lsa-da, xitoy – o‘zbek diplomatiyasi
sohasidagi terminlar lug‘ati mavjud emas edi. 2003 yilda ushbu ilmiy ish muallifi va dots.A.A
Karimov tomonidan tuzilgan “Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha diplomatik terminlar lug‘ati” (328 b.)
birinchi marta Toshkentda va 2004 yilda XXRda nashr etilib, Xitoyning barcha yirik davlat
kutubxonalariga tarqatildi

[2]

. Lug‘at yirik xitoy tilshunoslari tomonidan ijobiy qabul qilindi

[3]

.

Ishning sinovdan o‘tishi.

Mazkur dissertatsiya ishi bo‘yicha xitoyshunoslik masalalariga

bag‘ishlangan milliy va xalqaro ilmiy anjumanlarda, jumladan, O‘zbekiston davlat jahon tillari
universiteti “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari darajasidagi “Chet tili o‘qitishning
dolzarb muammolari” ilmiy–amaliy anjumanida (2005 yil, 25-26 oktabr), Toshkent davlat
sharqshunoslik instituti professor–o‘qituvchilarining “Xitoyshunoslikning dolzarb muammolari”
(2005 yil,

yanvar), “Sharq filologiyasining tugun va yechimlari” (2005 yil, fevral), “Xitoy va

Janubiy–Sharqiy Osiyo: filologiya, siyosat va falsafa masalalari” (2006 yil, 1–2 fevral),
“Xitoyshunoslikning dolzarb muammolari: filologiya, siyosat, iqtisodiyot va falsafa” (2006 yil, 4
dekabr, 2007 yil, 5 sentabr) mavzulardagi ilmiy-amaliy anjumanlarida hamda mazkur
institutning turk filologiyasi kafedrasi tomonidan o‘tkaziladigan an’anaviy filologiya masalalari
shahar seminarida (2007 yil, 1 iyun) ma’ruzalar qilingan.

Dissertant O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamg‘armasining 2005–
2006 yillar grant sovrindori sifatida 2006 yil 12-15 mayda Shanxayda (XXR) o‘tkazilgan “The
International Conference on Translation and Interdisciplinary Studies” Tarjimashunoslik
masalalariga bag‘ishlangan V xalqaro ilmiy konferensiyasi, 2006 yil 25-29 mayda Pekinda
(XXR) o‘tkazilgan Tarjimashunoslik masalalariga bag‘ishlangan

中国第五届

诗歌翻译年会

xalqaro ilmiy konferensiyasida ma’ruzalar qilgan hamda konferensiya ilmiy jurnallarida xitoy va
ingliz tillarida ushbu mavzu bo‘yicha maqolalari chop etilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
o‘tkazilgan “Aspirant, doktorant va tadqiqotchilarning respublika ilmiy–amaliy anjumani”da
(2007 yil, 15-17 mart) dissertantning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari yuqori baholanib,
“Pedagogika, psixologiya, ta’lim va tarbiya” yo‘nalishi bo‘yicha tanlov g‘olibi sifatida III
darajali diplom hamda maxsus mukofot bilan taqdirlangan.

Dissertatsiya ishi ToshDShIning Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo tillari fakulteti xitoy filologiyasi
va turk filologiyasi kafedralarining kengaytirilgan majlisida (2006 yil, 15 mart), mazkur institut
huzuridagi 10.02.22 – Osiyo, Afrika xalqlari, Amerika va Avstraliya tub xalqlari tillari ixtisosligi


background image

bo‘yicha ilmiy seminar (2007 yil, 14 may) hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
ilmiy seminar yig‘ilishlarida (2007 yil, 20 iyun), shuningdek, Pekindagi Xitoy Millatlar
Universitetining xitoy filologiyasi kafedrasi yig‘ilishida (2006 yil, 24 may) muhokama qilingan
va himoyaga tavsiya etilgan.

Natijalarning e’lon qilinganligi.

Olib borilgan ilmiy tadqiqot bo‘yicha 10 ta maqola va ilmiy

anjumanlarda 3 ta ma’ruzalar tezisi e’lon qilingan. Bundan tashqari, 2004 yil XXRda

汉乌俄外交词典

han wu e waijiao cidian” (“Xitoycha–o‘zbekcha–ruscha diplomatik terminlar

lug‘ati”) (328 bet) Xeylongdzyang nashriyoti tomonidan katta tirajda nashr etilgan.

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi

. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan

adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Har bir bob o‘z mazmuni va mohiyatidan kelib
chiqqan holda ichki qismlarga bo‘lingan.

Tadqiqotning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi,
dissertatsiyaning maqsad va vazifalari, metodologik asosi, ilmiy va amaliy ahamiyati, manbalari,
tuzilishi xususida ma’lumot beriladi.

Birinchi bob – “Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining kelib chiqishi va leksik-
semantik tahlili”da xitoy tilidagi

外交

waijiao diplomatiya

terminining kelib chiqishi va hozirgi

zamon xitoy tilidagi diplomatik terminlarning leksik-semantik tahlili amalga oshirilgan.

“Hozirgi zamon xitoy tilida diplomatik terminlarning struktur tahlili va ularning ichki hamda
tashqi manbalar hisobidan hosil bo‘lishi”ga bag‘ishlangan ikkinchi bobda diplomatik
terminlarning struktur jihatlari hamda hosil bo‘lish usullari tahlil etilgan.

“Hozirgi zamon xitoy tilidagi diplomatik terminlarning hujjatlardagi leksik-semantik
xususiyatlari” deb nomlangan uchinchi bobda diplomatik hujjatlarda keng qo‘llaniladigan
semantik konstruksiyalar, protokol formulalari, diplomatik terminlar o‘rnida qo‘llaniluvchi
neologizmlar va turg‘un birikmalarning leksik-semantik xususiyatlari o‘rganilgan.

Xulosada tadqiq etilgan materiallar tahlilidan kelib chiqadigan asosiy natijalar, nazariy va amaliy
umumlashmalar bayon etiladi.

Dissertatsiyaning umumiy hajmi – 169 sahifa. Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar soni – 219
ta. Tadqiqotning “Ilova” qismida hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining leksik-
semantik, struktur, yasalish usullari jadvallari, xitoy tilidagi diplomatik hujjatning namunasi,
hozirgi zamon xitoy tili diplomatik hujjatlarida keng qo‘llaniluvchi turg‘un birikmalar
keltirilgan.

DICSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI

Birinchi bob

“Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining kelib chiqishi va leksik-

semantik tahlili”ga bag‘ishlangan bo‘lib, u ikki bo‘limdan iborat.

1.1. bo‘limda “Xitoy diplomatiyasi va xitoy tilidagi

外交

waijiao diplomatiya

terminining kelib

chiqishi” masalasi yoritilgan. Diplomatiya Xitoyda qadimdan mavjud bo‘lib, ushbu sohaga oid
terminlar hozirgi kunda ham o‘z tarixiy ma’nolarini saqlagan holda qo‘llanilib kelmoqda. Xitoy
diplomatiyasi nafaqat zamonaviy fenomen, balki Xitoy antik davriga oid tushunchadir.


background image

Xitoy ilk diplomatik faoliyati G‘arbiy Jou (er.av.ilk 771y.-er.av.II asr) sulolasi davridan
boshlangan. U paytda Qadimiy Xitoy hukumatining ilk diplomatik tashrifi Birma va Hindistonga
amalga oshirilgan

[4]

. Min sulolasi davriga kelib (1368-1644) Xitoy ulkan davlatga aylandi.

O‘sha vaqtda Min sulolasining vakili ilk bor Samarqandga diplomatik missiya bilan tashrif
buyurgan

[5]

. Xitoy arxivlarida Amir Temur va Temuriylarning Min sulolasi imperatorlari bilan

diplomatik yozishmalari saqlanadi. Bulardan Xun Lu imperatorining Amir Temur nomiga
yo‘llagan bir necha maktublari nusxasi hozirgi kunda Amir Temur muzeyida saqlanmoqda. Bu
maktublarni atoqli xitoy tilshunos olimi Yasin Ashuriy eski xitoy tilidan o‘zbek tiliga tarjima
qilgan.

Diplomatiya

, xitoy tilidagi ekvivalenti -

外交

waijiao

ning asl ma’nosi hozirgi kunda

tushuniladigan

diplomatiya

terminining ma’nosidan ancha yiroq. Qadimgi Xitoy manbalariga

ko‘ra, xizmatkor o‘z hokimining ishonchini suiiste’mol qilmasligi uchun

waijiao

dan saqlanishi

lozim

[6]

. Bu o‘rinda keltirilgan

waijiao

so‘zida xizmatkorning boshqa bir hokim bilan maxfiy

aloqasi nazarda tutilmoqda.

外交

waijiao

so‘zining boshqa bir qadimiy ma’nosi “shaxsiy

ijtimoiy munosabat” demakdir. Sima Chien solnomasidagi “Deng Tongning tarjimai holi”
asarida yozilishicha: “Deng Tong

waijiao

ni yoqtirmas edi”

[7]

. Bu yerda

waijiao

so‘zi “xufyona

aloqalar” yoki “boshqa shaxslar bilan ijtimoiy munosabatlarda bo‘lish” degan ma’noni bildirgan
bo‘lishi mumkin. Xitoy tilidagi

waijiao

so‘zi

diplomatiya

terminining ekvivalenti sifatida

faqatgina yaqin vaqtlardan beri qo‘llana boshlangan. Tom ma’noda

waijiao

so‘zi “tashqi

aloqalar” yoki “xorijiy mamlakatlar bilan aloqada bo‘lish” demakdir. “Si Yuen” lug‘atida
berilgan ta’rifga ko‘ra,

waijiao

so‘zi bizning zamonamizda davlatlararo amalga oshiriladigan

munosabatlar va davlatlararo imzolanuvchi ahdnomalarni bildiradi”

[8]

.

Waijiao

so‘zining hozirgi zamonga kelib

diplomatiya

ma’nosida qo‘llana boshlanishi qadimgi

Xitoyda diplomatiya bo‘lmagan degani emas. Qadimgi Xitoyda diplomatiya, diplomatik aloqalar
mavjud bo‘lgan. “Birlashish – parchalanish – qayta birlashish” davridagi o‘zaro aloqalar,
Xitoyning tarixiga oid manbalarda keltirilgan turli millatlar o‘rtasidagi munosabatlar ham Xitoy
diplomatiyasi uzoq o‘tmishga ega ekanligidan dalolat beradi. Ushbu manbalarga tayangan holda
qadimgi Xitoyning bir necha mashhur diplomatlarini sanab o‘tish va diplomatiya sohasiga oid
taktikalar, diplomatik mahorat, diplomatik maqsadlar, prinsiplar, strategiya, diplomatik kanallar
hamda shakllarni umumlashtirish mumkin.

Qadimgi Xitoyda

diplomatiya

so‘zi

外交

waijiao

so‘zi bilan emas, balki

外事

waishi

, ya’ni

“tashqi ishlar” so‘zi bilan yuritilgan. Ushbu dalil dastlab Dzuo Juan solnomasida uchraydi

[9]

.

Unda yozilishicha, Jongxang Xuanzi shunday deydi: “

请复贾季,能外事

[10]

, ya’ni

“Dzyadziga lavozim berilishini tavsiya etaman, chunki u

外事

waishi

ga usta”. Shuningdek,

“Uch qirollik” romanida Sun Chuenning akasi Sun Se o‘limi oldidan ukasiga quyidagicha
vasiyat qiladi: “

内事不决

问张

昭,外事不决

问周瑜

, ya’ni “Agar

内事

neishi

dan ikkilansang,

Jang Jao bilan maslahatlashgin, agar

外事

waishi

ni o‘zing hal qila olmasang, Jou Yudan

maslahat ol

[11]

.

内事

neishi

va

外事

waishi

qadimgi Xitoyda ichki va tashqi ishlarni bildirgan.

Demak, qadimgi Xitoyda

diplomatiya

so‘zi

外事

waishi

so‘zi bilan yuritilgan. Bu so‘z o‘z asl

ma’nosini saqlagan holda hozirgi kunda ham keng qo‘llanilmoqda. Xitoyda

diplomatiya

ba’zida

waiwu

so‘zi bilan ham atalgan. Masalan, Chin sulolasi (1644-1911) davri oxirida Tashqi

Ishlar bo‘limi tashkil etilgan va uni

务部

waiwubu

deb atashgan. Bu hozirgi

外交部

waijiaobu

(Tashqi Ishlar Vazirligi) so‘zining ekvivalenti bo‘lgan. Bundan tashqari, Xitoy diplomatiyasi
sohasida

外援

wai yuan

(xorijiy yordam) va

waibin

(xorijiy mehmon) kabi ko‘plab

an’anaviy terminlar qo‘llaniladi. Dzuo Juan solnomasida keltirilishicha: “Sulh tuzing, yarashing
va

外援

wai yuan

qidiring

[12]

. Tang sulolasi (618–907) davrida yashab ijod etgan Yuen

Jenning “

满子歌

” (“Xeman qo‘shig‘i”) asarida keltirilishicha: “Qadim zamonda hukmdorlar


background image

waibin

lar (xorijiy mehmonlar) sharafiga bazm uyushtirgan vaqtlarida

论鸣

Lunming kuyi 3

marta chalingan va nefrit toshidan yasalgan buyumlar namoyish etilgan

[13]

. Lunming

“Qo‘shiqlar kitobi”dagi qo‘shiqning nomi bo‘lib, u oliy darajadagi mehmonlarni kutib olish
uchun kuylangan. Bu tarixiy dalil xitoyliklarning xorijiy mehmonlarga nisbatan naqadar e’tiborli
bo‘lganliklarini ko‘rsatadi.

1.2. bo‘lim “Hozirgi zamon xitoy tilida diplomatik terminlar va ularning leksik-semantik tahlili”
ikki banddan iborat.

1.2.1. bandda “Asosiy tushunchalar va tahlil usullari” ko‘rib chiqildi.

Ma’lumki, har qanday so‘z (leksema) o‘zining xususiyatiga ko‘ra umummuomaladagi so‘z yoki
termin bo‘lishi mumkin. Hozirgi zamon fanlari ko‘plab sohalarga bo‘linar ekan, ularda
ishlatiladigan leksemalarning o‘rni, mohiyatini belgilab olish muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. Shu jihatdan termin va notermin so‘z yoki so‘z birikmalarini farqlash mezonlari
aniq belgilangan.

Termin so‘z yoki so‘z birikmasi bo‘lib, u imkon qadar bir ma’nolikka intiladi. Biroq ma’lum bir
tushuncha ayrim vaqtda bir nechta termin bilan berilishi mumkin. Oddiy so‘z uchun tashqi shakl
muhim bo‘lsa, termin uchun birinchi o‘rinda uning mazmuni turadi. Shakl esa termin
yaratilishining boshlang‘ich paytida aniq bo‘lmasligi mumkin. Bu terminning umumiy
leksikadan farqini belgilab beradi. So‘z uchun uning jaranglashi, ya’ni tovushlar bilan
ifodalanishi, mazmuni va nomlanilayotgan narsa-buyum o‘rtasidagi bog‘liqlik bir butunlik
sifatida gavdalansa, terminda bunday butunlik kuzatilmaydi.

Demak, “termin - fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq
ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z birikmasi; atama.
Terminlar bir ma’noli bo‘lishi, ekspressivlik va emotsionallikka ega bo‘lmasligi kabi belgilari
bilan ham umumiste’moldagi so‘zlardan farqlanadi”

[14]

. Diplomatik terminlar

professionalizmlar qatlamiga oid tor doiradagi terminlardir. Diplomatik terminlarda sinonimiya
hodisasining qo‘llanilishi ularning oddiy terminlardan farqini belgilab beradi.

1.2.2. bandda “Diplomatik terminlarning leksik-semantik tahlili” o‘tkazildi. “Maxsus til”
tushunchasining hajmi va mazmun-mohiyatini ochib berish uchun mazkur tahlilni o‘tkazish
maqsadga muvofiq. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining leksik-semantik tahlili
natijasida quyidagi leksik-semantik guruhlar ajratildi: 1) diplomatlar, diplomatik tuzilma; 2)
diplomatik imtiyoz va diplomatik daxlsizlik; 3) diplomatik vakolatxonalar ustidan nazorat
ishlari; 4) diplomatik faoliyat; 5) diplomatik hujjatlar; 6) xalqaro konferensiyalar; 7) BMT va
asosiy xalqaro tashkilotlar.

Bu guruhlar tarkibidagi diplomatik terminlarning joylashuviga, ketma-ketligiga ierarxik
munosabatlar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,

diplomatlar, diplomatik tuzilma

guruhiga kiruvchi

terminlarda: elchi – ishonchli vakil – maslahatchi – bosh konsul – birinchi kotib – ikkinchi kotib
– uchinchi kotib - attashe va h.

Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminologiyasi, bir tomondan, murakkab freymlar
tuzilmasidir, boshqa tarafdan esa, ushbu tuzilmani hosil qiluvchi freymlar, subfreymlar va slotlar
o‘zaro murakkab aloqalarda bo‘lib, til dunyosining fragmenti bo‘lmish diplomatik terminlar
sistemasining takomillashuvini ta’minlaydi.

Ikkinchi bob

“Hozirgi zamon xitoy tilida diplomatik terminlarning struktur tahlili va ularning

ichki hamda tashqi manbalar hisobidan hosil bo‘lish usullari” ikki bo‘limdan iborat.


background image

2.1. bo‘limda “Hozirgi zamon xitoy tilidagi diplomatik terminlarning struktur tahlili” amalga
oshirildi.

2.1.1. bandda “Sodda diplomatik terminlar” ko‘rib chiqildi. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik
terminlarining ma’lum bir qismi bir bo‘g‘inli so‘zlarga mansub. Bir bo‘g‘inli sodda terminlar

diplomatik

missiya, diplomatik xodimlar

hamda

diplomatik hujjatlar

leksik–semantik

guruhidagina uchradi.

Diplomatik missiya, diplomatik xodimlar

leksik guruhiga oid

si

ting

,室

shi

“boshqarma, departament, bo‘lim”,

chu

“idora, ofis”;

diplomatik hujjatlar

leksik

guruhiga oid

tiao,

mu

“modda”,

zhang

“bob”,

han,

xin

“maktub, xat”,

kuan,

duan

“paragraf”,

jie

“kichik bo‘lim”,

shu

“hujjat” va

ci

“nutq” bir bo‘g‘inli sodda

terminlarning keng qo‘llanilishi aniqlandi. “Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha diplomatik terminlar
lug‘ati”dagi 1600dan ziyod diplomatik termin va iboralar asosida olib borilgan tahlil natijalari
hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminologiyasida bir bo‘g‘inli sodda terminlarning soni
nihoyatda kamligi va asosan diplomatik hujjatlar semantik maydonida keng qo‘llanilishini
ko‘rsatdi.

Xitoy tilida bir bo‘g‘inlilar qatoriga yasama so‘zlar ham kiritiladi. Bular asosan so‘z yasovchi
suffikslar yordamida yasalgan so‘zlardir. Bunday terminlar faqat

diplomatik missiya, diplomatik

xodimlar

leksik guruhi tarkibida uchradi. Ular quyidagilar:

武官

wuguan

“harbiy attashe”,

专员

zhuanyuan

“attashe” va

记者

jizhe

“muxbir”. Bu terminlar

guan,

yuan

va

zhe

so‘z

yasovchi suffiks va yarimsuffiklarning so‘z o‘zagiga qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan bir
bo‘g‘inli yasama terminlardir.

2.1.2. bandda “Qo‘shma diplomatik terminlar” tahlil etildi. Ikki sodda yoki undan ortiq
so‘zlardan tuzilgan murakkab birlikni ifodalovchi so‘zlar qo‘shma so‘zlar deb ataladi

[15]

.

Masalan,

外交

waijiao

“diplomatiya” termini

wai

“tashqi” va

jiao

“aloqa” so‘zlarining

birikuvidan hosil bo‘lgan ikki bo‘g‘inli qo‘shma termindir. Qo‘shma diplomatik terminlar oddiy
va murakkab qo‘shma terminlarga ajratildi. Oddiy qo‘shma terminlarga ikki bo‘g‘inli va ikki
bo‘g‘inli yasama qo‘shma terminlar, murakkab qo‘shma terminlar qatoriga ko‘p bo‘g‘inli va
yasama ko‘p bo‘g‘inli qo‘shma terminlar kiritildi. Manbalar tahlilidan 1575 (=100%) diplomatik
termin ichida oddiy qo‘shma terminlar soni 292 (=19%)tani, murakkab qo‘shma terminlar esa
1283 (=81%)tani tashkil etishi aniqlandi.

2.2. bo‘limda “Hozirgi zamon xitoy tilidagi diplomatik terminlarning ichki hamda tashqi
manbalar hisobidan hosil bo‘lishi” o‘rganildi. So‘z yasash usuli mustaqil so‘z turkumlariga xos
bo‘lib, so‘z yasashning biror usuli bilan yangi so‘z hosil qilish so‘z turkumlarining barchasi
uchun birdek emas

[16]

.

2.2.1. Kompozisiya usuli

Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining hosil bo‘lishi va rivojlanish usullari borasida
olib borilgan tahliliy ish natijasida ularning aksariyat qismi so‘z yasalishining kompozisiya usuli
yordamida yasalganligi aniqlandi. Kompozisiya usuli asosida turli so‘z turkumlariga oid
terminlar hosil bo‘lishi kuzatildi:

大使

da shi guan

“elchixona” (

大使

dashi

elchi +

guan

qarorgoh);

chou shi

“dushmanlik ko‘zi bilan qaramoq”, “dushmanlarcha muomalada

bo‘lmoq” (

chou

dushmanlik +

shi

qaramoq);

姆斯林国家会

mu si lin guo jia hui yi

“musulmon davlatlarning uchrashuvi” (

姆斯林

mu si lin

musulmon +

国家

guo jia

davlat +

hui yi

uchrashuv);

外交

语言

waijiao yuyan

“diplomatiya tili”(diplomatiya + til) va h.


background image

Tobe negiz yordamida hokim negiz xususiyatlarini ko‘rib chiqish terminlarning ko‘p qismi
atributiv model asosida hosil bo‘lganligini ko‘rsatdi. Komponentlar o‘rtasidagi atributiv
aloqalarni o‘rganish natijasida ikki, uch va to‘rt bo‘g‘inli diplomatik terminlarning modellari
aniqlandi. Ularning ko‘p qismi to‘rt bo‘g‘inli ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Kompozisiya usulining kopulyativ modeli bo‘yicha tuzilgan terminlar komponentlarining
munosabati tenglashishga asoslangan. Teng bog‘lanish modeli asosida sinonimik negizlardan
hosil bo‘lgan fe’l so‘z turkumiga oid bir qator diplomatik terminlar ot turkumiga ham xos. Xitoy
tilshunos olimlarining ta’kidlashicha, ikki sinonimik negizdan tuzilgan so‘z komponentlaridan
biri hozirgi zamon xitoy tilida morfema sanaladi va ko‘p hollarda so‘z yasovchidir

[17]

. Qadimgi

xitoy tilida ushbu komponentlar bir bo‘g‘inli mustaqil so‘z vazifasini bajargan.

Kompozisiya usulining fe’l-ob’ektli modeli bo‘yicha tuzilgan diplomatik terminlar ham fe’l, ham
ot so‘z turkumiga oid. Ularning o‘ziga xos xususiyati – ajraluvchanlikka moyilligi, ya’ni turli
kontekstlarda birinchi va ikkinchi komponentlar orasiga natija, holni ifodalovchi qo‘shimcha
elementlar qo‘yilishi mumkin.

2.2.2. O‘zlashtirish usuli

Bu usul diplomatik terminlar hosil bo‘lishida mahsuldorlik jihatidan kompozisiya usulidan so‘ng
ikkinchi o‘rinda turadi. Bu yerda o‘zlashtirishning asosan semantik turi kengroq qo‘llanilishi
kuzatildi. O‘zga tildagi so‘z xitoy tiliga so‘zma-so‘z “tarjima” qilinishi ko‘plab diplomatik
terminlarda uchraydi:

专员

zhuanyuan

“attashe”,

务卿

guowuqing

“davlat kotibi”,

canzan

“maslahatchi”,

顾问

guwen

“referent”,

领事

lingshi

“konsul” va h. O‘zlashtirishning bu

turi asosan

diplomatik faoliyat, diplomatik xodimlar

leksik guruhiga xos. O‘zlashtirishning

fonetik turi, xususan, to‘liq bo‘lmagan fonetik o‘zlashtirish turi

BMT va xalqaro tashkilotlar

leksik guruhi terminlarining yasalishida faol hisoblanadi. Masalan:

兰西共同体

falanxi

gongtongti

“Fransiya Ittifoqi” termini tarkibidagi

兰西

falanxi

“Fransiya” so‘zi,

阿拉伯国家

联盟

alabo guojia lianmeng

“Arab Davlatlari Ligasi” termini tarkibidagi

阿拉伯

alabo

“Arab” so‘zi to‘liq bo‘lmagan fonetik o‘zlashma bo‘lib, o‘zlashtirilish jarayonida manba

tildagi undosh unliga aylangan.

2.2.3. Abbreviatsiya usuli

Diplomatik muzokaralarda abbreviatsiya usuli yordamida hosil bo‘lgan terminlar ham keng
qo‘llaniladi. Bunga asosiy sabab vaqt tejamkorligiga intilish, deyish mumkin. Abbreviatsiya
usuli yordamida yasalgan diplomatik terminlarning ko‘pi

BMT va xalqaro tashkilotlar

leksik

guruhiga tegishli. Aynan shu guruh diplomatik terminlarning yasalishida kognitiv usulning
alohida ta’siri kuzatiladi. Abbreviatsiya usuli yordamida hosil bo‘lgan diplomatik terminlar
oddiy

简称

jiancheng

va sintetik

合称

hecheng

qisqartmalarning turli modellari bo‘yicha tahlil

qilindi. Oddiy qisqartirishning (

简称

jiancheng

) 5 turdagi modeli asosida tuzilgan

abbreviaturalar asosan terminlarning to‘liq formasi bilan mos keladi. Bunday diplomatik
terminlar soni sintetik qisqartirishning (

合称

hecheng

) uch turdagi modeli yordamida hosil

bo‘lgan terminlardan ko‘p.

Diplomatik terminlarning hosil bo‘lishida milliy ong, regional, kasbiy kabi tashqi omillar o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, regional faktor ta’sirida ko‘plab xalqaro tashkilotlar nomlarini
ifodalovchi terminlar yasaladi. Abbreviatsiya usuli yordamida hosil bo‘lgan terminlar eng past
ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Chunki diplomatik hujjatlarda abbreviaturalarning keng qo‘llanilishi
tarjima jarayonini qiyinlashtiradi.


background image

2.2.4. Affiksatsiya usuli

Affiksal so‘z yasalishining suffiksatsiya, yarimsuffiksatsiya va prefiksatsiya usullari

diplomatik

personal

,

diplomatik faoliyat

leksik guruhlarida faol ishtirok etadi. Ba’zi yarimsuffikslar:

yuan

,

jia

,

zhe

,

guan

ayrim xitoy tilshunoslari tomonidan so‘z yasovchi morfema sifatida tahlil qilingan.

Xitoy tili diplomatik terminlari misolida mazkur yarimsuffikslar gapda bir-birining o‘rnida
qo‘llana olishi, u yoki bu kasb egasi ma’nosini ifodalashi ularga so‘z yasovchi morfema deb
qarash imkonini beradi.

hua

yarimsuffiksi asosan bir holatdagi narsa–voqeaning boshqa

holatga o‘tishi,

xing

yarimsuffiksi esa abstrakt ma’nodagi terminlar hosil qilishda ko‘p

qo‘llanilishi kuzatildi.

hua

o‘zbek tilidagi harakat nomi formasini yasovchi “-(u)v” affiksiga

to‘g‘ri kelsa,

xing

“xususiyat” ma’nosiga juda yaqin.

Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining yasalishida

di,

fan,

wu,

duo,

fei

prefikslari ishtirokida yasalgan diplomatik terminlar soni ortiq bo‘lsa-da, yarimsuffikslarning
mahsuldorlik ko‘rsatkichi ancha yuqori. Ushbu prefikslar ichida

fan-

“emas” va

wu-

“emas” prefiksi ma’no jihatidan yaqin prefikslar hisoblanadi.

Diplomatik hujjat matni asosida ishlab chiqilgan quyidagi tahlil natijalari diplomatik terminlar
hosil bo‘lishida so‘z yasash usullarining mahsuldorlik darajasini kuzatish imkonini beradi (jami
485 so‘z = 100 %, ya’ni 1716 ieroglif):

Kompozisiya

449 ta = 93 %

O‘zlashtirish

25 ta = 5 %

Abbreviatsiya

5 ta = 0,8 %

Affiksatsiya

6 ta = 1,2 %

Atributiv
model

Kopulyativ
model

Fe’l-
ob’ektli
model

Semantik
kalka

Fonetik
kalka

Oddiy

Sintetik Prefiks

Suffiks Yarim

cuffiks

231 ta

=51%

107 ta
=20%

111 ta
=22 %

15 ta

= 3 %

10 ta

=2 %

4 ta

=0,7%

1 ta

=0,1%

4ta

=0,8%

0

2ta

=0,4%

Uchinchi bob

“Hozirgi zamon xitoy tilidagi diplomatik terminlarning hujjatlardagi leksik–

semantik xususiyatlari” deb nomlanadi va uch bo‘limdan iborat.

3.1. bo‘limda “Diplomatik hujjatlarda qo‘llaniluvchi semantik konstruksiyalar” tahlil qilingan.
Semantik konstruksiyalarning aksariyat qismi semantik komponentlardan tashkil topgan.
Semantik komponentlar turli diplomatik hujjatlarda keng qo‘llaniladi va ko‘pincha bir semantik
element turli mavzudagi diplomatik hujjatlarda turlicha talqin etiladi.

“XXR va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida do‘stona hamkorlikni rivojlantirish masalalariga
bag‘ishlangan qo‘shma bayonot” matni asosida semantik komponentlarning mahsuldorligini
aniqlash maqsadida olib borilgan miqdoriy tahlil natijalariga ko‘ra 485 termin (=100 %; 1716
ieroglif) tarkibida ularning miqdori 43 ta (= 8 %) ni tashkil etdi.

ying

“…ga ko‘ra”,

yu

“...dan”,

jiu

“shu zahoti, tez”,

ji

“shuningdek, ...bilan birga”,

yi

“bilan birga”,

bing

“shuningdek”,

jiang

“kelajakda”,

yu

“bilan, hamda” semantik komponentlari ko‘p

ishlatilgani statistik jihatdan aniqlandi.


background image

Tahlillar bir bo‘g‘inli semantik komponentlar qatorida qolipli birikma ko‘rinishidagi semantik
komponentlar ham nisbatan keng qo‘llanilishini ko‘rsatdi. Semantik komponentlar
sinonimiyasini “...da” ma’nosini ifoda etish uchun qo‘llanilgan

在。。。中

zai …zhong

va

在。。。上

zai …shang

misolida,

鉴于

jianyu

va

对此

duici

“...sababli, ...ga”

;

ji,

yi,

bing

“shuningdek, ...bilan birga” kabi semantik komponentlarda ko‘rish mumkin.

3.2. bo‘lim “Diplomatik hujjatlarda qo‘llaniluvchi asosiy protokol formulalarining leksik-
semantik xususiyatlari”ga bag‘ishlangan bo‘lib, bu yerda diplomatik hujjatlarda ko‘p
qo‘llaniladigan “protokol formulalari” tahlil etildi va natijada quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

a) murojaat so‘zlari rasmiy hujjatning boshlanish, hurmat ma’nosidagi so‘zlar diplomatik
hujjatlarning ham bosh, ham o‘rta, mulozamat so‘zlari va iboralari rasmiy hujjatlarning yakuniy
qismida qo‘llaniladi. Murojaat so‘zlari shaxslarning gender, ijtimoiy va professional ahvoliga
qarab turlanishi kuzatiladi;

b) mulozamat so‘zlari, odatda, davlat rahbarlari, podshoh, Tashqi ishlar vaziri kabi shaxslarga,
murojaat so‘zlari oddiy kishilarga nisbatan ishlatiladi. Mulozamat so‘zlari va iboralaridan
foydalanilganda, ikki Tomonning jamiyatda tutgan o‘rni, o‘zaro aloqasi va siyosiy vaziyatni
nazarga olish lozim;

v) diplomatik hujjatlarning yakuniy qismida qo‘llaniluvchi mulozamat so‘zlari quyidagi turlarga
bo‘linadi: 1) rasmiy hujjatning boshlanish qismida yoziladigan salomlashuv so‘zlari; 2) rasmiy
hujjat yakunida imzodan oldin yoziladigan hurmat-ehtirom ma’nosidagi mulozamat so‘zlari.

3.3. bo‘limda “Diplomatik hujjatlarda diplomatik terminlar o‘rnida qo‘llaniluvchi neologizmlar
va turg‘un birikmalarning leksik-semantik xususiyatlari” tadqiq etildi. Hozirgi kunda xalqaro
diplomatik hamda xalqaro huquq terminologiyasi, diplomatik hujjatlar bilan bog‘liq adabiy til
leksik guruhlarida turg‘un birikmalar va neologizmlar bilan boyish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Diplomatik hujjatlar guruhi leksikasi diplomatik protokol va xalqaro an’analar bilan bog‘liq
bo‘lganligi sababli bu guruhdagi terminlar nisbatan barqarordir. Turg‘un birikmalar asosan
rasmiy hujjatlarning ikki tomonlama bitimlar turi kirish qismida ko‘proq qo‘llanadi.

XULOSA

Tahlillar quyidagi asosiy xulosalarni chiqarishga imkon berdi:

1. Tarixiy manbalar asosida Qadimgi Xitoyda

diplomatiya

terminining ma’nosini ifodalovchi

ikki termin

外事

waishi

va

内事

neishi

mavjudligi aniqlandi.

外事

waishi

tashqi aloqalar,

内事

neishi

ichki ishlar diplomatiyasi ma’nosida qo‘llanilganligi ma’lum bo‘ldi.

外交

waijiao

diplomatiya

termini Qadimgi Xitoyda “xufyona aloqalar”, “xizmatkorning sotqinligi”

ma’nolarida ishlatilganligi, bu termin ijobiy ma’nosida faqat yaqin vaqtlardan beri qo‘llana
boshlanganligi faktik materiallar asosida isbotlandi.

2. Diplomatik terminlarni leksik-semantik guruhlarga ajratish ularning o‘ziga xos xususiyatlarini
ochib berdi: a)

diplomatik xodimlar

turkumidagi terminlarda

外交人

waijiaoren

diplomat

termini

dominant hisoblanadi; b)

diplomatik guruhlar

ga oid terminlar o‘rtasida “ierarxik” munosabatlar

mavjud; v)

diplomatik hujjatlar

guruhida bir sinonimik qatorni tashkil etuvchi terminlar ko‘p

uchraydi. Sinonimiya hodisasining diplomatiya sohasida, ayniqsa, diplomatik hujjatlarning


background image

nomlanishida keng qo‘llanilishi salbiy oqibatlarga olib kelishi amalda kuzatilgan. Shu bois
hujjatlar imzolanishidan oldin sinologlar tomonidan sinchkovlik bilan tahlil etilishi zarur.

3. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminologiyasining leksik-semantik va struktur tahlili
natijalari kognitiv lingvistikada hosil bo‘lgan tushunchaning aniqligini yana bir bor tasdiqlaydi:
freym uch tomonlama namoyon bo‘ladi: a) ontologik nuqtai nazardan – freym konkret turdagi
ilmiy–amaliy harakatning, munosabatlarning tuzilishini ko‘rsatadi; b) gnoseologik nuqtai
nazardan – mazkur harakatning namoyandasi sifatida harakatning mazmun-mohiyatini ochib
berishga xizmat qiladi, ya’ni freym ilmiy–amaliy harakatni tushunish natijasi sifatida
gavdalanadi; v) kognitiv nuqtai nazardan – freym inson ongida shakllangan bilimlarning
formallashgan tuzilmasi sifatida gavdalanadi.

4. Diplomatik terminlarning struktur tahlili natijasida ularning 77% ini ikki bo‘g‘inli qo‘shma
terminlar, 17% ini ikki va undan ortiq bo‘g‘inli qo‘shma terminlar va 6% inigina bir bo‘g‘inli
sodda terminlar tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

5. Hozirgi zamon xitoy tilidagi diplomatik terminlarning hosil bo‘lishi nuqtai nazaridan tahlili
ularning aksariyat qismi kompozisiya usuli orqali hosil bo‘lganligini ko‘rsatdi:

a) atributiv model asosida tuzilgan diplomatik terminlar tarkibidagi hokim negizning 13 xil jihati
tobe negiz orqali tavsif etildi va natijada bu modelning hozirgi zamon xitoy tili diplomatik
terminlarining yasalishida faol ishtirok etishi ko‘rsatildi;

b) kopulyativ modeldagi sinonimik negizlardan hosil bo‘lgan fe’l turkumidagi diplomatik
terminlar, shuningdek, ot so‘z turkumi vazifasida ham qo‘llanilishi ma’lum bo‘ldi;

v) fe’l–ob’ektli model bo‘yicha tuzilgan diplomatik terminlarning asosiy qismi fe’l so‘z
turkumiga oidligi, ular tarkibidagi fe’lli negiz ot turkumidagi negiz ustidan nazorat qilishi
aniqlandi.

6. O‘zlashtirish usulining semantik kalka turi yangi diplomatik terminlar yasalishida faol ishtirok
etishi, fonetik kalka usuli orqali ko‘proq

BMT va xalqaro tashkilotlar

guruhidagi terminlar hosil

bo‘lishi aniqlandi. Chunki aynan shu guruhda atoqli nomlar ko‘p qo‘llanilib, ularni ifodalashda
fonetik kalka usuli qulay. Qolgan guruhlarda asosan semantik kalka usuli keng qo‘llaniladi.
Xitoy tilidagi bo‘g‘inlarning morfologik (semantik) ma’noga ega ekanligi bu tilga fonetik
o‘zlashmalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qiladi.

7. Abbreviatsiya usuli yordamida hosil bo‘lgan terminlarning ko‘pi

BMT va xalqaro tashkilotlar

leksik guruhiga tegishli ekanligi aniqlandi. Aynan shu guruh diplomatik terminlarining
yasalishida kognitiv usulning alohida ta’siri kuzatildi. Abbreviaturalarni tushunish jamiyatni, til
ichidagi «tilni» tushunish va uni ishlata bilishni anglatadi.

Abbreviatsiya usulining

简称

jiancheng

“oddiy” va

合成

hecheng

“sintetik” turlari tahlili uning

oddiy turi yordamida hosil bo‘lgan diplomatik terminlar soni ko‘pligini ko‘rsatdi. Chunki
abbreviatsiyaning sintetik turi orqali terminlar hosil bo‘lishi uchun so‘z birikmasi tarkibidagi har
bir komponent umumiy, jamlovchi komponentga ega bo‘lishi shart. Bu esa barcha so‘z
birikmalari tarkibida uchramaydi. Abbreviatsiyaning oddiy turi bo‘yicha bir nechta modellar
aniqlandi va formulalari ishlab chiqildi. Kognitiv metod asosida

合成

hecheng

“sintetik” turining

sonlar bilan bog‘liq yangi modeli belgilandi.

8. Hozirgi zamon xitoy tilida affiksal so‘z yasalishining suffiksatsiya, yarimsuffiksatsiya va
prefiksatsiya usullari

diplomatik personal, diplomatik faoliyat

leksik guruhlarida faol ishtirok


background image

etishi aniqlandi. Tahlillar diplomatik terminlar yasalishida prefikslar soni ortiq bo‘lsa-da,
yarimsuffikslarning mahsuldorlik ko‘rsatkichi (6.2%) prefikslar ko‘rsatkichi (2.68%) dan ancha
yuqori ekanligini ko‘rsatdi.

9. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining hujjatlarda qo‘llanilishi bo‘yicha olib
borilgan tahlil natijalari quyidagilardan iborat:

9.1. Diplomatik hujjatlarda bir bo‘g‘inli semantik komponentlar qatorida qolipli birikma
ko‘rinishidagi semantik komponentlar ham nisbatan keng ishlatilishi kuzatildi. Semantik
komponentlarning qo‘llanilishida sinonimiya hodisasi uchraydi. Ma’lum bir semantik
komponent turli so‘zlar bilan birikib, bir vaqtning o‘zida bir necha ma’no ifodalashi diplomatik
hujjatlarni tarjima qilish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.

Xitoy tilida yozilgan diplomatik hujjat tarkibida bir nechta semantik komponentning qo‘llanilishi
hujjatga tantanavorlik va ekspressivizm bag‘ishlaydi. Semantik komponentlarning noo‘rin
ishlatilishi hujjat mazmunining tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun
ularni o‘rganish hujjatlarni tarjima qilishda ba’zi kamchiliklarning oldini olishga yordam beradi.

9.2. Diplomatik hujjatlarda qo‘llaniluvchi asosiy protokol formulalari uch guruhga bo‘lingan
holda tahlil etildi: 1) murojaat so‘zlari; 2) hurmat ma’nosidagi so‘zlar; 3) mulozamat so‘zlari.

Buning tahlili natijasida quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

1. Diplomatik hujjatlarda qo‘llaniluvchi murojaat so‘zlarining har bir turi o‘z ma’nosiga va
qo‘llanilish doirasiga ega. Ma’lum bir murojaat so‘zining noo‘rin ishlatilishi suhbatdoshlar
o‘rtasida tushunmovchilik keltirib chiqarishi mumkin.

2. Hurmat ma’nosidagi so‘z ko‘pincha murojaat so‘zlari bilan birga qo‘llanadi. Turli toifadagi
insonlar uchun turli xil hurmat ma’nosidagi so‘zlardan foydalaniladi.

3. Diplomatik hujjatlarning yakuniy qismida qo‘llaniluvchi mulozamat so‘zlari – komplimentar
so‘zlar ikki turga bo‘linadi:

a) rasmiy hujjatning boshlanish qismida yoziladigan salomlashuv so‘zlari;

b) rasmiy hujjat yakunida imzodan oldin yoziladigan hurmat–ehtirom ma’nosidagi mulozamat
so‘zlari.

Birinchi tur mulozamat so‘zlari tarkibida mulozamat ma’nosidagi bir necha turg‘un iboralarning
qo‘llanilishi kuzatildi. Ma’lum bir xushomad ma’nosidagi turg‘un iboralar G‘arb
mamlakatlarining qarshilik mazmunidagi notalarida qo‘llanilsa, Sharq mamlakatlarining bunday
notalarida ularning tushirib qoldirilishi aniqlandi.

10. Tadqiqot davomida turg‘un birikmalar tarkibida so‘zlarning o‘zaro qo‘shilishi kuzatildi
(morfemalarning emas). Rasmiy hujjatlarda doimiy tipdagi matn mavjudligi bois, ularda tayyor
turg‘un birikmalar – klishelarning ko‘p ishlatilishi misollar yordamida yoritildi.

E’LON QILINGAN IShLAR RO‘YXATI


background image

1. Xashimova S.A. (hozirda Nosirova S.A.), Karimov A.A. Xitoycha–o‘zbekcha–ruscha
diplomatik terminlar lug‘ati.–XXR:Xeylongdzyang,2004.–328b.

2. Nosirova S.A. Hozirgi zamon xitoy tilida diplomatik atamalarning miqdoriy tahlili //
Sharqshunoslik. – Toshkent, 2004.- № 3.- B. 29-32.

3. Nosirova S.A. Novie slova i ustoychivie sochetaniya v yazike diplomatii KNR//
Vostokovedenie.- Tashkent, 2005.- № 2. - S. 7-10.

4. Nosirova S.A. Xitoy tili diplomatik atamalarida qisqartma so‘zlar (abbreviaturalar)ning
modellari//Xitoyshunoslikning dolzarb muammo-lari: ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. –
Toshkent, 2005.- B. 74-78.

5. Nosirova S.A. Xitoy tili diplomatik atamalarini o‘rganish ahamiyati// Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi talablari darajasidagi chet tili o‘qitishning dolzarb muammolari: Respublika ilmiy-
amaliy konferensiya materiallari.- Toshkent: O‘zDJTU, 2005. - B.291-293.

6. Nosirova S.A. Xitoy tili kompozisiya usulida atributiv modelning o‘rni va ahamiyati
(diplomatik atamalar misolida)// Sharq filologiyasining tugun va yechimlari: ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari.- Toshkent, 2005.- B.135-141.

7. Nasyrova S.A. Quantitative analysis of diplomatic terms in modern chinese, uzbek and russian
languages// The Vth International Conference on Translation and Interdisciplinary Studies.-
PRC, Shanghai, 12-15.05.2006.- P.248.

8. Nasyrova S.A. On semantics multiple impakt in translation //

中国第五届

诗歌翻译年会

.-

PRC, Beijing, 25-29.05.2006.- P. 24.

9. Nosirova S.A. Xitoy tilida “diplomatiya” atamasining tahlili// Xitoyshunoslikning dolzarb
muammolari: filologiya, siyosat, iqtisodiyot va falsafa: ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. –
Toshkent, 2006 yil, 4 dekabr.- B.20-27.

10. Nosirova S.A. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik atamalar yasalishida fe’l-ob’ektli
modelining o‘rni va ahamiyati// Xitoyshunoslikning dolzarb muammolari: filologiya, siyosat,
iqtisodiyot va falsafa: ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2006 yil, 4 dekabr. -
B.31-36.

11. Nosirova S.A. Xitoy tilida diplomatik atamalar yasalishida kopulyativ modelning o‘rni va
ahamiyati // Sharqshunoslik. – Toshkent, 2006.- № 1.- B. 29-33.

12. Nosirova S.A. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik atamalarining leksik-semantik va
struktural tahlili// Aspirant, doktorant va tadqiqotchilarning Respublika ilmiy–amaliy anjumani
materialla

Bibliografik manbalar

Xashimova S.A. (hozirda Nosirova S.A.), Karimov A.A. Xitoycha-o'zbekcha-ruscha diplomatik terminlar lug‘ati.-XXR:Xeylongdzyang,2004.-328b.

Nosirova S.A. Hozirgi zamon xitoy tilida diplomatik atamalarning miqdoriy tahlili // Sharqshunoslik. - Toshkcnt, 2004.- № 3,- B. 29-32.

Nosirova S.A. Novie slova i ustoychivie sochctaniya v yazike diplomatii KNR// Vostokovcdcnie.- Tashkent, 2005.- № 2. - S. 7-10.

Nosirova S.A. Xitoy tili diplomatik atamalarida qisqartma so'zlar (abbreviaturalar)ning modcllari//Xitoyshunoslikning dolzarb muammo-lari: ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. -Toshkcnt, 2005,- B. 74-78.

Nosirova S.A. Xitoy tili diplomatik atamalarini o‘rganish ahamiyati// Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasidagi chet tili o‘qitishning dolzarb muammolari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.- Toshkent: O'zDJTU, 2005. - B.291-293.

Nosirova S.A. Xitoy tili kompozisiya usulida atributiv modelning o‘mi va ahamiyati (diplomatik atamalar misolida)// Sharq filologiyasining tugun va yechimlari: ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.- Toshkcnt, 2005.- B.135-141.

Nasyrova S.A. Quantitative analysis of diplomatic terms in modem Chinese, uzbek and russian languages// The Vth International Conference on Translation and Interdisciplinary Studies.-PRC, Shanghai, 12-15.05.2006,- P.248.

Nasyrova S.A. On semantics multiple impakt in translation //ФШЖЗГ/й PRC, Beijing, 25-29.05.2006,- P. 24.

Nosirova S.A. Xitoy tilida “diplomatiya” atamasining tahlili// Xitoyshunoslikning dolzarb muammolari: filologiya, siyosat, iqtisodiyot va falsafa: ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. -Toshkcnt, 2006 yil, 4 dekabr.- B.20-27.

Nosirova S.A. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik atamalar yasalishida fe’l-ob’ektli modelining o‘mi va ahamiyati// Xitoyshunoslikning dolzarb muammolari: filologiya, siyosat, iqtisodiyot va falsafa: ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - Toshkcnt, 2006 yil, 4 dckabr. -B.31-36.

Nosirova S.A. Xitoy tilida diplomatik atamalar yasalishida kopulyativ modelning o'rni va ahamiyati // Sharqshunoslik. - Toshkcnt, 2006.- № 1,- B. 29-33.

Nosirova S.A. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik atamalarining leksik-semantik va struktural tahlili// Aspirant, doktorant va tadqiqotchilarning Rcspublika ilmiy-amaliy anjumani matcrialla