“O'zbckiston Xitoy timsolida mamlakatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ishonchli, buyuk qo'shni va hamkorni ko‘radi”ri1. XXR iqtisodiy va harbiy salohiyatining rivojlanishi va tinchliksevarlikka asoslangan tashqi siyosati uning xalqaro aloqalardagi obro'-e’tiborining kuchayib borishida muhim omil bo'lmoqda. Mamlakatlarimiz o'rtasida 2006 yili do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi davlatlararo Shartnomaning imzolangani ikki tomonlama aloqalar tarixida muhim voqea bo‘ldi. Ushbu Shartnoma hamkorlikni uzoq muddatli asosda rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi va 16 yil mobaynida imzolangan 200dan ziyod o'zbek-xitoy shartnomalarini izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, xitoy tili diplomatiya sohasidagi maxsus leksikani tilshunoslik nuqtai nazaridan chuqur ilmiy va nazariy tahlil etish ehtiyoji tug'ilmoqda. Qolaversa, xitoy tilidagi diplomatik Icksika va ularning morfologik xususiyatlari monografik planda tadqiq etilmagan. Mazkur disscrtatsiya hozirgi zamon xitoy tilidagi diplomatik tcrminlarning leksiksemantik va struktur xususiyatlarini, diplomatiya sohasida so'nggi 16 yil ichida keng qo'llanilayotgan leksik qatlamni o‘rganishga, uning diaxronik va sinxronik tomonlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Mavzuning dolzarbligi, shuningdek, diplomatiya sohasiga oid hujjatlar va muzokaralar ahamiyatining o‘sib borishi bilan ham bog‘liq.
Tadqiqotning maqsadi. Ilmiy ishdan ko'zlangan asosiy maqsad hozirgi zamon xitoy tili diplomatiya terminologik sistemasini maxsus mustaqil terminologik tizim sifatida o'rganish va lingvistik nuqtai nazardan tahlil etishdir. Mazkur maqsad o‘z ichiga hozirgi zamon xitoy tili diplomatik tcrminlarini diaxronik va sinxronik tahlil ctish, diplomatik tcrminlarning yasalish va leksik-semantik xususiyatlarini o'rganish, diplomatik terminlar, so‘z birikmalari, hujjatlaming ilmiy kompetensiyasini yoritish kabi quyi maqsadlarni qamrab olgan. Shuningdek, muallif o‘z oldiga ilmiy tadqiqot natijalari asosida tavsiyanomalar ishlab chiqish, ushbu mavzuning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash vazifasini ham qo'ygan.
Ishning ilmiy yangiligi.
-Birinchi marta xitoy tili diplomatik tcrminlarining leksik-semantik va struktur tahlili amalga oshirildi. Xitoy tilidagi “diplomatiya” terminining ma’nosi etimologik jihatdan o'rganildi.
-Diplomatik tcrminlarning paradigmatik va sintagmatik jihatdan leksik-semantik turlari va hosil bo'lish usullari tahliliy, statistik, kognitiv metodlar asosida tadqiq etildi.
-Diplomatik hujjatlarning leksik-semantik xususiyatlari o'rganildi, keng qo‘llaniluvchi semantik konstruksiyalar, protokol formulalari, neologizmlar va turg'un birikmalarning ahamiyati va o‘rni tahlil qilindi.
- Abbreviatsiya usulining mavjud hecheng “sintetik” turi modellarining tahlili natijasida kognitiv metod asosida sonlar bilan bog'liq yangi model belgilandi.
-Maxsus til umumiy tilning quyi sistemasi ekanligi xitoy tili diplomatiya tcrminologiyasi asosida isbotlandi. Bu sistemada ham umumiy tilda bo‘lganidek ierarxik tarzda tashkil qilingan tuzilma faoliyat ko'rsatishi, uning elementlari o‘zaro paradigmatik va sintagmatik munosabatda bo‘lishi aniqlandi.
Ilmiy ishning amaliy natijasi o'laroq “jJJ■SjfJJj^HziSJfthan wu e waijiao cidian” “Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha diplomatik terminlar lug'ati” (XXR, 2004) 0‘zbekistonda va Xitoyda nashr etildi. Lug'at xitoy ilmiy jamoatchiligi tomonidan ijobiy qarshi olindi. Pekindagi Xitoy Millatlar Universitetining Kexue yanjiu dongnian” (XXR, 2005 yil, № 1. B.77) va
Gonkongda nashr etiluvehi “Chinese language review” (Gonkong, 2006 yil, aprel, № 83. B.71-73) ilmiy jurnallarida mazkur kitob haqida ilmiy taqrizlar chop etildi hamda ilmiy yangilik sifatida e’tirof qilindi.
XULOSA
Tahlillar quyidagi asosiy xulosalarni chiqarishga imkon bcrdi:
1. Tarixiy manbalar asosida Qadimgi Xitoyda diplomatiya terminining ma’nosini ifodalovchi ikki termin ^l-^waishi va f^Jjfineishi mavjudligi aniqlandi. Jj-Ffwaishi tashqi aloqalar, /’ЎЖ neishi ichki ishlar diplomatiyasi ma’nosida qo’llanilganligi ma’lum bo'ldi. waijiao diplomatiya termini Qadimgi Xitoyda “xufyona aloqalar”, “xizmatkorning sotqinligi” ma’nolarida ishlatilganligi, bu termin ijobiy ma’nosida faqat yaqin vaqtlardan beri qo'llana boshlanganligi faktik matcriallar asosida isbotlandi.
2. Diplomatik tcrminlarni leksik-semantik guruhlarga ajratish ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bcrdi: a) diplomatikxodimlar turkumidagi tcrminlarda W'Sz.Kwaijiaoren diplomat termini dominant hisoblanadi; b) diplomatik guruhlarga oid terminlar o'rtasida “ierarxik” munosabatlar mavjud; v) diplomatik hujjatlar guruhida bir sinonimik qatorni tashkil etuvehi terminlar ko‘p uchraydi. Sinonimiya hodisasining diplomatiya sohasida, ayniqsa, diplomatik hujjatlarning nomlanishida keng qo‘llanilishi salbiy oqibatlarga olib kelishi amalda kuzatilgan. Shu bois hujjatlar imzolanishidan oldin sinologlar tomonidan sinchkovlik bilan tahlil etilishi zarur.
3. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminologiyasining leksik-semantik va struktur tahlili natijalari kognitiv lingvistikada hosil bo’lgan tushunchaning aniqligini yana bir bor tasdiqlaydi: freym uch tomonlama namoyon bo‘ladi: a) ontologik nuqtai nazardan - freym konkret turdagi ilmiy-amaliy harakatning, munosabatlarning tuzilishini ko'rsatadi; b) gnoseologik nuqtai nazardan - mazkur harakatning namoyandasi sifatida harakatning mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi, ya’ni freym ilmiy-amaliy harakatni tushunish natijasi sifatida gavdalanadi; v) kognitiv nuqtai nazardan - freym inson ongida shakllangan bilimlarning formallashgan tuzilmasi sifatida gavdalanadi.
4. Diplomatik terminlaming struktur tahlili natijasida ulaming 77% ini ikki bo’g'inli qo‘shma terminlar, 17% ini ikki va undan ortiq bo‘g‘inli qo‘shma terminlar va 6% inigina bir bo‘g‘inli sodda terminlar tashkil etishi ma’lum bo‘Idi.
5. Hozirgi zamon xitoy tilidagi diplomatik terminlaming hosil bo‘lishi nuqtai nazaridan tahlili ulaming aksariyat qismi kompozisiya usuli orqali hosil bo'lganligini ko'rsatdi:
a) atributiv model asosida tuzilgan diplomatik terminlar tarkibidagi hokim negizning 13 xil jihati tobe negiz orqali tavsif etildi va natijada bu modclning hozirgi zamon xitoy tili diplomatik tcrminlarining yasalishida faol ishtirok etishi ko‘rsatildi;
b) kopulyativ modeldagi sinonimik negizlardan hosil bo’lgan fe’l turkumidagi diplomatik terminlar, shuningdek, ot so‘z turkumi vazifasida ham qo‘llanilishi ma’lum bo'ldi;
v) fe’l-ob’ektli model bo’yicha tuzilgan diplomatik terminlaming asosiy qismi fe’l so‘z turkumiga oidligi, ular tarkibidagi fe’lli negiz ot turkumidagi negiz ustidan nazorat qilishi aniqlandi.
6. O'zlashtirish usulining semantik kalka turi yangi diplomatik terminlar yasalishida faol ishtirok etishi, fonetik kalka usuli orqali ko‘proq BMT va xalqaro tashkilotlar guruhidagi terminlar hosil bo'lishi aniqlandi. Chunki aynan shu guruhda atoqli nomlar ko‘p qo‘llanilib, ularni ifodalashda fonetik kalka usuli qulay. Qolgan guruhlarda asosan semantik kalka usuli keng qo'llaniladi. Xitoy tilidagi bo'g'inlarning morfologik (semantik) ma’noga ega ekanligi bu tilga fonetik o'zlashmalaming kirib kelishiga to'sqinlik qiladi.
7. Abbreviatsiya usuli yordamida hosil bo'lgan terminlaming ko'pi BMT va xalqaro tashkilotlar leksik guruhiga tegishli ekanligi aniqlandi. Aynan shu guruh diplomatik tcrminlarining yasalishida kognitiv usulning alohida ta’siri kuzatildi. Abbreviaturalami tushunish jamiyatni, til ichidagi «tilni» tushunish va uni ishlata bilishni anglatadi.
Abbreviatsiya usuVin'mg/effffijiancheng “oddiy” va a'fic hecheng “sintetik” turlari tahlili uning oddiy turi yordamida hosil bo‘lgan diplomatik terminlar soni ko'pligini ko'rsatdi. Chunki abbreviatsiyaning sintetik turi orqali terminlar hosil bo'lishi uchun so'z birikmasi tarkibidagi har bir komponent umumiy, jamlovchi komponentga ega bo'lishi shaft. Bu esa barcha so'z birikmalari tarkibida uchramaydi. Abbreviatsiyaning oddiy turi bo'yicha bir nechta modellar aniqlandi va formulalari ishlab chiqildi. Kognitiv metod asosida сТ/Й hecheng “sintetik” turining sonlar bilan bog'liq yangi modeli belgilandi.
8. Hozirgi zamon xitoy tilida affiksal so'z yasalishining suffiksatsiya, yarimsuffiksatsiya va prefiksatsiya usullari diplomatik personal, diplomatik faoliyat leksik guruhlarida faol ishtirok etishi aniqlandi. Tahlillar diplomatik terminlar yasalishida prefikslar soni ortiq bo‘Isa-da, yarimsuffikslarning mahsuldorlik ko'rsatkiehi (6.2%) prefikslar ko’rsatkichi (2.68%) dan ancha yuqori ekanligini ko’rsatdi.
9. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining hujjatlarda qo‘llanilishi bo‘yicha olib borilgan tahlil natijalari quyidagilardan iborat:
9.1. Diplomatik hujjatlarda bir bo‘g‘inli semantik komponentlar qatorida qolipli birikma ko'rmishidagi semantik komponentlar ham nisbatan keng ishlatilishi kuzatildi. Semantik komponentlarning qo‘llanilishida sinonimiya hodisasi uchraydi. Ma’lum bir semantik komponent turli so’zlar bilan birikib, bir vaqtning o’zida bir necha ma’no ifodalashi diplomatik hujjatlarni tarjima qilish jarayonida qiyinchiliklar tug'diradi.
Xitoy tilida yozilgan diplomatik hujjat tarkibida bir nechta semantik komponentning qo‘llanilishi hujjatga tantanavorlik va ekspressivizm bag‘ishlaydi. Semantik komponentlarning noo‘rin ishlatilishi hujjat mazmunining tubdan o’zgarishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun ularni o’rganish hujjatlarni tarjima qilishda ba’zi kamchiliklarning oldini olishga yordam beradi.
9.2. Diplomatik hujjatlarda qo'llaniluvchi asosiy protokol formulalari uch guruhga bo'lingan holda tahlil etildi: 1) murojaat so'zlari; 2) hurmat ma’nosidagi so'zlar; 3) mulozamat so'zlari.
Buning tahlili natijasida quyidagilar ma’lum bo'ldi:
1. Diplomatik hujjatlarda qo'llaniluvchi murojaat so'zlarining har bir turi o‘z ma’nosiga va qo'llanilish doirasiga ega. Ma’lum bir murojaat so‘zining noo'rin ishlatilishi suhbatdoshlar o'rtasida tushunmovchilik keltirib chiqarishi mumkin.
2. Hurmat ma’nosidagi so'z ko'pincha murojaat so'zlari bilan birga qo'llanadi. Turli toifadagi insonlar uchun turli xil hurmat ma’nosidagi so'zlardan foydalaniladi.
3. Diplomatik hujjatlaming yakuniy qismida qo'llaniluvchi mulozamat so'zlari - komplimentar so'zlar ikki turga bo'linadi:
a) rasmiy hujjatning boshlanish qismida yoziladigan salomlashuv so'zlari;
b) rasmiy hujjat yakunida imzodan oldin yoziladigan hurmat-ehtirom ma’nosidagi mulozamat so'zlari.
Birinchi tur mulozamat so'zlari tarkibida mulozamat ma’nosidagi bir necha turg'un iboralaming qo' llanilishi kuzatildi. Ma’lum bir xushomad ma’nosidagi turg'un iboralar G'arb mamlakatlarining qarshilik mazmunidagi notalarida qo'llanilsa, Sharq mamlakatlarining bunday notalarida ulaming tushirib qoldirilishi aniqlandi.
10. Tadqiqot davomida turg'un birikmalar tarkibida so'zlarning o'zaro qo'shilishi kuzatildi (morfcmalarning cmas). Rasmiy hujjatlarda doimiy tipdagi matn mavjudligi bois, ularda tayyor turg'un birikmalar - klishelaming ko'p ishlatilishi misollar yordamida yoritildi.