STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
54
IJTIMOIY TARMOQLARNING KITOB O’QISH ODATIGA TA’SIRI
G’afforova Dilnavoz Almatovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyot yo’nalishi
1-bosqich talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy jamiyat, xususan rivojlanib
kelayotgan yosh avlod orasida kitob o‘qish odatlariga ko‘rsatayotgan ta’sirini yoritishga qaratilgan.
Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar keng ommalashgan dunyoda o‘smirlar va talabalar ko‘proq
vaqtlarini ushbu platformalarda o‘tkazmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ularning tafakkur darajasi, bilim
olishga bo‘lgan ishtiyoqi va mustaqil fikrlash qobiliyatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.
Maqolada bu muammo chuqur tahlil qilinadi, sabab va oqibatlar o‘rganiladi. Shuningdek, kitob o‘qish
odatini oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy imkoniyatlari – kitobxonlikni
rag‘batlantiruvchi sahifalar, onlayn kutubxonalar, audio va elektron kitoblar haqida ham so‘z
yuritiladi. Bundan tashqari, maqolada ijtimoiy tarmoqlardan foydali maqsadlarda foydalanish yo‘llari
taklif etiladi.
Kalit so’zlar :
ijtimoiy tarmoqlar, yoshlar, zamonaviy texnologiyalar, foydali platformalar, ta’sir,
jamiyat, kitob o’qish odati, internetga qaramlik.
Hozirgi kunda jamiyatda ijtimoiy tarmoqlarning roli kun sayin ortmoqda bu esa o’z navbatida
yoshlar o’rtasida keng tarzda ommalashmoqda. Ijtimoiy tarmoq bu- internet orqali insonlar o`zaro
muloqot qiladigan ,axborot ,fikr va tajribalar almashadigan platformadir. Dunyoning istalgan
chekkasida tursangiz ham internetdan va ijtimoiy tarmoqlardan bemalol foydalanishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomomlari bilan bir qatorda ularning salbiy jihatlar ham bor.
Masalan,agar siz kun davomida o`z vaqtingizni ijtimoiy tarmoqdagi turli xil video yoki kino ko`rish
bilan o`tkazsangiz bu sizga odat bo`lib qoladi.Insonning odatlari shakllanishi qiyin lekin shakllanib
bo`lgan odatlardan voz kechish undan ham qiyinroq.Kun davomida siz internetdagi turli xil ijtimoiy
tarmoqlardan kelgan videolar va boshqa yangiliklarni ko`rishda davom etsangiz, siz bularni tark eta
olmaysiz.
Insonlar haqiqiy hayotdan ko`ra virtual olamda yashashni afzal ko`rishadi ,ular o`z olamida yangi
do`stlar bilan muntazam ravishda aloqa qiladi lekin ularni haqiqiy hayotda qanday ekanligini ham kim
ekanligini ham bilishmaydi .Ular haqiqiy dunyodan ko`ra o`zlari yaratgan olamda yashashni
istashadi,asta-sekin oilasidan va yaqinlaridan uzoqlasha boshlaydi.
Uzoq vaqt davomida ijtimoiy tarmoqlarda bo`lish inson xotirasini pasayishiga va diqqatning
susayishiga olib keladi .Hozirgi kunda olimlarning tadqiqotlariga ko`ra, ijtimoiy tarmoqlar inson
salomatligiga jiddiy ta’sir etishi va bu keyinchalik yosh avlod uchun ham salbiy ta’sirlari bor
ekanligini aytishmoqda .Ular o`zlarini depressiya va yolg`izlik holatidan chiqara olmayapti.
Ko`plab tadqiqotlar (masalan,Pew Research Center hisobotlari) ko`rsatadiki, kuniga 3soatdan
ortiq ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o`tkazgan o`smirlar orasida ruhiy tushkunlik va bezovtalik xavfi 2
baravar ko`proq bo`ladi. Uyqu rejimining buzilishining ham asosiy sabablaridan biri bu ijtimoiy
tarmoqdir.Kechasi bilan ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirish odati uyqu yetishmovchiligiga olib keladi. Bu
esa ertalabki energiya, e’tibor va kayfiyatga salbiy ta’sir qiladi.
TikTok yoki Instagram platformalarini kechasi tomosha qilgan o‘smirlar ertasi kuni maktab yoki
universitetda hushyor bo‘lmaydi, bu esa ularning o‘rganish samaradorligini pasaytiradi.Odamlar
ijtimoiy tarmoqlarda faqat eng yaxshi lahzalarni ko‘rsatadi. Bu esa boshqalarda o‘z hayotidan norozi
bo‘lish, o‘zini boshqalar bilan solishtirish, ruhiy siqilish keltirib chiqaradi.Instagramda doim baxtli
ko‘ringan odamlarga qarab, ba'zi foydalvchilar o‘z hayotini past baholay boshlaydi. Kiberbulling
(onlayn tahqir) va salbiy kommentlarIjtimoiy tarmoqlarda odamlar bir-birini haqorat qilishlari, salbiy
STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
55
fikrlar yozishlari ko‘paygan. Bu esa o‘spirinlarning ruhiyatiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yosh
bloggerlar yoki oddiy foydalanuvchilar salbiy fikrlar va haqoratli kommentlar natijasida o‘ziga
ishonchini yo‘qotadi, ba'zilari depressiyaga tushadi.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar faqat zarar yetkazmay, aksincha, ko‘plab foydali
imkoniyatlarni ham taqdim etmoqda. Ulardan to‘g‘ri va ongli tarzda foydalanilsa, ijtimoiy tarmoqlar
shaxsiy rivojlanish, bilim olish va jamiyat bilan aloqani mustahkamlash uchun kuchli vositaga
aylanishi mumkin.
1. Bilim va ma’lumot olish imkoniyati: Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab ilmiy sahifalar, ta'lim
platformalari va kutubxonalar mavjud. Odamlar kerakli ma’lumotlarga tez va oson yetadi, bilimlarini
kengaytiradi. Misol: YouTube’da bepul kurslar, onlayn kutubxonalarda (masalan, Google Books, Z-
Library) minglab kitoblar mavjud bo‘lib, o‘quvchilar o‘z bilimini oshira oladi.
2. Dunyoqarashni kengaytirish: Ijtimoiy tarmoqlar orqali dunyoning turli burchaklaridan
yangiliklar, madaniyatlar va yangicha fikrlar bilan tanishish mumkin. Bu esa insonni zamonaviy va
ochiq fikrli qilib tarbiyalaydi. Misol: Instagram’da yoki Facebook’da dunyo mamlakatlarining
turmush tarzi, an'analari, taomlari haqida sahifalar orqali bilim olish mumkin.
3. Foydali muloqot va tarmoq yaratish: Odamlar ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z sohasidagi
mutaxassislar bilan tanishadi, tajriba almashadi va professional aloqalar o‘rnatadi. Misol: LinkedIn
kabi professional platformalarda yoshlar o‘z kasbiy sohalarida muloqot qiladi va imkoniyatlar eshigini
ochadi.
4. Shaxsiy rivojlanish va o‘zini ifodalash imkoniyati: Blog yuritish, video yaratish, dizayn qilish
kabi faoliyatlar orqali yoshlar o‘z qiziqishlarini namoyon etadi va o‘z iste’dodlarini rivojlantiradi.
Misol: TikTok yoki YouTube orqali yoshlar o‘z san'at asarlarini, ijodiy ishlanmalarini dunyoga
taqdim etadi.
5. Foydali loyihalarda ishtirok etish: Ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda xayriya, ekologiya, sog‘lom
turmush tarzi va ta’lim sohasidagi aksiyalar o‘tkaziladi. Yoshlar bunday loyihalarda qatnashib,
ijtimoiy faollik ko‘rsatadi.Misol: Facebook’dagi “Kitobxonlik marafonlari” yoki Instagram’dagi
“Atrof-muhitni asrash” kampaniyalariga yoshlarning faol qo‘shilishini ko‘rish mumkin.
Xulosa. Ijtimoiy tarmoqlar hayotimizda muhim rol o‘ynaydi. Ularning salbiy ta’sirlaridan
himoyalanish va ijobiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish yoshlarning o‘ziga va ularni o‘rab
turgan muhitga bog‘liqdir. Asosiysi — vaqtni me’yorida sarflash va axborotni tanqidiy qabul qilishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Pew Research Center. (2023). Teens, Social Media and Technology.
2. "Digital Minimalism" - Cal Newport, 2019.
3. World Health Organization (WHO). Guidelines on Digital Health.
4. Statista.com – Social Media Usage Statistics, 2024.
5. UzEdu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim portali materiallari.
6. "Internet va ijtimoiy tarmoqlarning yosh avlodga ta’siri" – Respublika ilmiy-amaliy markaz
maqolalari, 2022.
