29-05-2025
54-55
145
24
Ijtimoiy tarmoqlarning kitob o’qish odatiga ta’siri
Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlaming zamonaviy jamiyat, xususan rivojlanib kelayotgan yosh avlod orasida kitob o'qish odatlariga ko‘rsatayotgan ta’sirini yoritishga qaratilgan. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar keng ommalashgan dunyoda o'smirlar va talabalar ko'proq vaqtlarini ushbu platformalarda o'tkazmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ularning tafakkur darajasi, bilim olishga bo'lgan ishtiyoqi va mustaqil fikrlash qobiliyatiga sezilarli darajada ta’sir ko'rsatmoqda. Maqolada bu muammo chuqur tahlil qilinadi, sabab va oqibatlar o‘rganiladi. Shuningdek, kitob o'qish odatini oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlaming ijobiy imkoniyatlari - kitobxonlikni rag'batlantiruvchi sahifalar, onlayn kutubxonalar, audio va elektron kitoblar haqida ham so‘z yuritiladi. Bundan tashqari, maqolada ijtimoiy tarmoqlardan foydali maqsadlarda foydalanish yo'llari taklif etiladi.