Влияние удобрений на продукsию озимой пшениsы в разных почвенных условиях

CC BY f
111-118
1
0
Поделиться
Убайдуллаева, Д., Якубжонова, Х., Ибрагимов, Х., & Абдурасулова, М. (2023). Влияние удобрений на продукsию озимой пшениsы в разных почвенных условиях . Среднеазиатская пищевая техника и технология, 1(1), 111–118. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/cafet/article/view/20299
Дильфуза Убайдуллаева, Ташкентский химико-технологический институт

Доцент

Хадича Якубжонова, Ташкентский химико-технологический институт

студент

Хусан Ибрагимов, Ташкентский химико-технологический институт

студент

Мафтуна Абдурасулова, Ташкентский химико-технологический институт

студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Установление оптимальной нормы минеральных удобрений на фоне применения органического удобрения (навоз) для сорта пшеницы Половчанка в условиях староорошаемых светлых сероземов и обоснование их положительного влияния на рост, развитие, урожайност и качество урожая изученного сорта пшеницы.

Похожие статьи


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

111

`

SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BО‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA

О‘G‘ITLARNING KUZGI BUG‘DOY HOSILDORLIGIGA TA’SIRI

Ubaydullayeva Dilfuza Ismoilovna

Toshkent kimyo texnologiya instituti, dotsent

Yokubjonova Xadicha Olimjon qizi

Toshkent kimyo texnologiya instituti, talaba

Ibragimov Xusan Dilmurod

o’g’li

Toshkent kimyo texnologiya instituti, talaba

Abdurasulova Maftuna Abdurashid qizi

Toshkent kimyo texnologiya instituti, talaba

Annotatsiya.

Qadimgi sug'oriladigan och bo'z tuproqlar sharoitida Polovchanka bug'doy navi

uchun organik o'g'it (go'ng) dan foydalanish fonida mineral o'g'itlarning maqbul normasini belgilash va

ularning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va sifatiga ijobiy ta'sirini asoslash. o'rganilayotgan bug'doy

navining hosilidan.

Kalit sо‘zlar:

bug‘doy, don, sifat, oziqlantirish, Polovchanka navi, och tusli bо‘z tuproq, mineral

о‘g‘itlar, gо‘ng, gumus, harakatchan fosfor, nitratlar, almashinuvchan kaliy, oqsil, kleykovina, bug‘doy,

don, sifat, oziqlantirish, Polovchanka navi, och tusli bо‘z tuproq, mineral о‘g‘itlar, gо‘ng, gumus,

harakatchan fosfor, nitratlar, almashinuvchan kaliy, oqsil, kleykovina.

ВЛИЯНИЕ УДОБРЕНИЙ НА ПРОДУКSИЮ ОЗИМОЙ ПШЕНИSЫ В

РАЗНЫХ ПОЧВЕННЫХ УСЛОВИЯХ

Аннотация:

Установление оптимальной нормы минеральных удобрений на фоне

применения органического удобрения (навоз) для сорта пшеницы Половчанка в условиях

староорошаемых светлых сероземов и обоснование их положительного влияния на рост,

развитие, урожайност и качество урожая изученного сорта пшеницы.

Ключевые слова:

пшеница, зерно, качество, питание, половчанка нави, трехцветная ледяная

почва, минеральные удобрения, гонг, перегной, подвижный фосфор, нитраты, обменный калий,

кислород, клейковина, пшениsа, зерно, качество, питание, половчанка нави, трехцветный

ледяной грунт, минеральные удобрения, гонг, перегной, подвижный фосфор, нитраты,

переменный калий, кислород, клейковина.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

112

`

THE INFLUENCE OF FERTILIZERS ON AUTUMN WHEAT

PRODUCTION UNDER DIFFERENT SOIL CONDITIONS

Annotation

.

The main aim of the research is to deal with the influence of the nutritions regime to

the technological indexes which show the quality of the grain Polovchanka, the sort of winter wheat, in

conditions of light grey earth soil in Kashkadarya Province.

Key words:

wheat, grain, quality, nutrition, Polovchanka navi, three-colored ice soil, mineral

fertilizers, gong, humus, mobile phosphorus, nitrates, exchangeable potassium, oxygen, gluten, wheat,

grain, quality, nutrition, Polovchanka navi, three colored ice soil, mineral fertilizers, gong, humus,

mobile phosphorus, nitrates, alternating potassium, oxygen, gluten.

KIRISH

О‘simlikshunoslik mahsulotlari salmog‘i va sifatini oshirish hozirgi davrning dolzarb muammosi

bо‘lib, ular orasida don mahsulotlari yetakchi о‘rinlardan birini egallaydi.[1]

Oxirgi yillarda seleksionerlar tomonidan kuzgi bug‘doyning yuqori hosildor navlari yetishtirildi.

Bu navlarni qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishiga muvaffaqiyatli joriy etish uchun ularni

respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida sinab kо‘rib, har bir nav uchun mos agrokimyoviy

tadbirlar ishlab chiqish zarur.

Chunki, respublikamiz murakkab tabiiy-iqlimiy sharoitlarga ega bо‘lganligi sababli turli

mintaqalarda rivojlangan tuproqlar о‘z xossa va xususiyatlari bilan bir-biridan keskin farq qiladi va shu

tufayli har bir qishloq xо‘jaligi ekinini, jumladan g‘alla yetishtiriladigan har bir alohida sharoitda maqbul

agrotexnik va agrokimyoviy tadbirlarni о‘tkazishni talab qiladi.

Bugungi kunda g‘alla yetishtirish amaliyotida sodir bо‘layotgan muammolardan biri

mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlari va navlarning genetik xususiyatiga mos bо‘lgan о‘g‘itlash

tizimlarini yanada takomillashtirishdir.

Shu sababli ham turli mintaqalar sharoitida kuzgi bug‘doyning har bir navini yetishtirish

agrotexnologiyasini shu jumladan, don sifatini belgilovchi texnologik kо‘rsatkichlarini yaxshilashga

yо‘naltirilgan oziqlantirish tizimini ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi

Turli tuproq-iqlim sharoitlarida bug‘doy doni hosilini oshirishga va uning sifatini yaxshilashga

bag‘ishlangan ishlar natijalari ilmiy adabiyotlarda keng yoritilganligiga (Petinov,

Sifatli don yetishtirish navlarning genetik xususiyatlari, tuproq unumdorligi, mintaqalarning

tuproq-iqlim sharoiti, sug‘orish va boshqa agrotexnologik jarayonlar bilan birga oziqlantirish rejimiga

kо‘proq bog‘liq bо‘ladi (Libix)

Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi bug‘doy yetishtirilganda organik va ma’dan о‘g‘itlar bir-biriga

mutanosiblashtirilib qо‘llanilsa, tuproq unumdorligining tobora oshib borishi evaziga hosildorlik va

hosil sifatining ham oshib borishi ilmiy jihatdan asoslangan (Lazarev, Sug‘oriladigan yerlarda


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

113

`

yetishtirilayotgan kuzgi bug‘doy doni tarkibidagi oqsil kam bо‘lishining asosiy sababi о‘simliklar

о‘sishi va rivojlanishi davrida azot yetishmasligi va umuman mineral oziqlanish jarayonida oziqa

elementlari nisbatining buzilishidir. Natijada, don tarkibidagi oqsil miqdori kamayib ketadi, ushbu

muammo azotli о‘g‘itlar qо‘llash va tuproq oziqa muhitini о‘simlik talabiga moslashtirish yо‘li bilan

bartaraf etilishi mumkin.

Kuzgi bug‘doy doni tarkibidagi oqsil va boshqa sifatini belgilovchi texnologik kо‘rsatkichlarni

yaxshilashga yо‘naltirilgan oziqlantirish rejimining samaradorligi tashqi faktorlar ta’siri bilan ham

bog‘liq bо‘ladi (Filzer

Kо‘rsatilgan masalalar sug‘oriladigan och tusli bо‘z tuproqlar sharoitlarida, xususan Qashqadaryo

viloyati sharoitlarida juda kam о‘rganilgan.

Bu holatdagi asosiy vazifa azotli о‘g‘itlar qо‘llash meyorlari va muddatlarini о‘simlik navi

talabidan va aniq tuproq sharoitidan kelib chiqqan holda maqbul ravishda belgilash hamda mineral

о‘g‘itlarni organik о‘g‘itlar bilan tо‘g‘ri nisbatlarda qо‘llashdir.

TADQIQOT USLUBIYATI

Dala tajribalari Qarshi tumanidagi “Xoji Xidir” fermer xо‘jaligi och tusli bо‘z tuproqlarida 2005-

2007 yillarda kuzgi bug‘doyning Polovchanka naviga organik о‘g‘it (gо‘ng) fonida mineral о‘g‘itlarning

turli meyorlari berilgan sharoitda о‘tkazildi.

Tajribalar B.A.Dospexovning “Metodika polevogo opita” va “Metodika Gosudarstvennogo

sortoispitaniya selskoxozyaystvennix kultur” uslubiy qо‘llanmalari asosida, tuproq va о‘simlik

namunalari tahlillari «Metodi agroximicheskix analizov pochv i rasteniy Sredney Azii» uslubnomasidan

foydalanilib о‘tkazildi. Tadqiqot ma’lumotlariga B.A.Dospexov bо‘yicha matematik ishlov berildi.[4]

1000 ta don vazni GOST-10842-76, shishasimonligi GOST-10987-76, kleykovina GOST-

13586-1-68, un chiqimi Kvadrumat-Yunior tegirmonchasida aniqlandi.

Tadqiqotlar natijalari jadvalga keltirildi.

TADQIQOT QISM

О‘g‘itlar ekinlarning issiqlik, yorug‘lik, namlik va boshqa energiya manbalarini samarali

о‘zlashtirilishini yaxshilash yо‘li bilan mahsuldorligi va hosildorligi oshishiga yordam beradi. Azotning

fotosintez jarayoniga ta’siri tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bо‘lib, aminokislotalar sintez bо‘lishini faollashtiradi.

Fosfor CO

2

gazini akseptori sifatida fotosintezning oraliq mahsuloti sifatida xizmat qiladi. Kaliy esa

fotosintez jarayoniga bilvosita ta’sir etib, fotosintez apparatining strukturasini о‘zgarishi va fermentlarni

faolligini oshiradi. О‘g‘itlarning kuzgi bug‘doyni mahsuldorligi va hosildorligiga ta’siri urug‘ining unib

chiqishidan boshlanib, donining toki pishib yetilishigacha davom etadi.

Kuzgi bug‘doyning Polovchanka navini ekishdan oldin qо‘llanilgan о‘g‘itlar orasida 30 t/ga

chiritilgan aralash gо‘ng qо‘llanilgan tajriba variantida urug‘ning dala unuvchanlilik darajasiga ijobiy


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

114

`

ta’siri sezilarli darajada bо‘lishini kо‘rsatib, о‘g‘itlar qо‘llanilmagan nazorat variantidagiga nisbatan

2,1% yuqori bо‘lishi kuzatildi. Tajribaning 30 t/ga chiritilgan aralash gо‘ngni 90-110 kg/ga fosfor va

60-70 kg/ga kaliyli о‘g‘itlar bilan birgalikda ekishdan oldin qо‘llanilganidagi bug‘doy urug‘ining dala

unuvchanlilik darajasining 3,5-4,0% oshishi kuzatildi.

Kuzgi bug‘doyning Polovchanka navida 30 t/ga chiritilgan aralash gо‘ng bilan mineral

о‘g‘itlarning N

180

P

90

K

60

va N

210

P

110

K

70

meyorlari bilan birgalikda qо‘llanilganida 1 m

2

maydonda

saqlanib qolgan о‘simliklar soni о‘g‘itlar qо‘llanilmagan nazorat variantidagiga nisbatan qishlashidan

keyin 15,2-17,0 donaga, vegetasiya davri oxirigacha saqlanib qolgan о‘simliklar soni 14,9-16,6 donaga

yuqori bо‘ladi. Tajribaning gо‘ng bilan mineral о‘g‘itlar birgalikda qо‘llanilgan variantlarda

qishlashidan keyingi dala unuvchanligiga nisbatan saqlanib qolgan о‘simliklar sonining 85% gacha,

vegetasiya davri oxirigacha saqlanib qolganlari esa 60,8% ni tashkil etib, gо‘ng va mineral о‘g‘itlarni

birgalikda qо‘llanilishining о‘simliklarni saqlanuvchanlik darajasini oshirishi bilan durkun о‘sib va

rivojlanib, mо‘l va sifatli hosil yetishtirish uchun poydevor yaratadi.

Kuzgi bug‘doyning kechpishar Polovchanka navini yetishtirishda gо‘ng va mineral о‘g‘itlarning

yuqori meyorlari birgalikda qо‘llanilganda vegetasiya davrining sezilarli darajada qisqarishi tuplash-

naychalash fazalarida kuzatilib, о‘g‘itlar qо‘llanilmagan nazorat variantidagiga nisbatan vegetasiya

davrining umumiy qisqarishi 8 kungacha bо‘lishi kuzatilib, ushbu navning kechpisharlilik xususiyatini

pasaytirib, yozda havo haroratini oshib ketishi natijasida sodir bо‘ladigan salbiy holatlarning ta’sirini

pasayishini ta’minlab, mо‘l va sifatli hosil yetishtirish uchun qulay sharoit yaratiladi.

О‘g‘itlar meyorlari va shakllarining kuzgi bug‘doyning hosildorligiga ta’sirini hosil strukturasiga

ta’siridan ham kuzatish mumkin. Biroq, hosil strukturasi navlar, mintaqalar sharoiti, qо‘llanilgan

agrotexnikaga bog‘liq ravishda о‘zgarib boradi. A.P.Fedoseyev tajribalari natijalari bо‘yicha NPK

meyorlarini bir hissadan uch hissagacha oshirib, kuzgi bug‘doy yetishtirilganida о‘simlikning umumiy

va mahsuldor tuplanishi oshib, boshoqdagi don soni va boshoq mahsuldorligining pasayishi kuzatilgan.

Shu sababli ham A.P.Fedoseyev bu sohadagi barcha tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, har bir

navning biologik, agrotexnik, tuproq, iqlim va boshqa sharoitlarini hisobga olib, bug‘doyning hosil

strukturasini 8 ta tipga bо‘lgan.

О‘tkazilgan tajribalarimiz natijalari bо‘yicha kuzgi bug‘doyning Polovchanka navini hosil

strukturasining qо‘llanilgan gо‘ng va mineral о‘g‘itilar meyorlariga mos holda о‘zgarib borishi

kuzatilib, boshoq uzunligi о‘g‘itlar qо‘llanilmagan nazorat variantidagiga nisbatan 2 sm gacha,

boshoqdagi boshoqchalar soni 5 donagacha, boshoqdagi don soni 10 donagacha, boshoqchalardagi don

soni 0,5 donagacha va bitta boshoqdagi don massasining 0,4 g gacha oshib borishi kuzatildi.Bug‘doy

hosildorligi ma’lum maydondagi hosil beruvchi poyalar soni bilan belgilanib, ushbu kо‘rsatkich


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

115

`

qо‘llanilgan gо‘ng va mineral о‘g‘itlar meyorlari va shakllariga bog‘liq ravishda, о‘g‘itlar

qо‘llanilmagan nazorat variantidagiga nisbatan oshib borishi kuzatildi.

Ayniqsa, 30 t/ga chiritilgan aralash gо‘ng mineral о‘g‘itlarning N

180

P

90

K

60

va N

210

P

110

K

70

meyorlari qо‘llanilganda umumiy va mahsuldor tuplanishining yaxshilanishi evaziga tuplanishining

0,46-0,50 donaga oshishi natijasida 1 m

2

maydonchadagi hosil beruvchi poyalar sonining 97,2-

102,0 donagacha oshishi kuzatildi.

Bug‘doyni oziqlantirish rejimiga bog‘liq ravishda don chiqimi oshib boradi. Tajribalarimiz

natijalari bо‘yicha ham somonga nisbatan don chiqimi qо‘llanilgan о‘g‘itlar meyorlariga bog‘liq

ravishda oshib borib, о‘g‘itlar qо‘llanilmagan nazorat variantida donga nisbatan somonning ustunlilik

darajasi 1,7 nisbatni tashkil etgani holda, gо‘ng bilan birga mineral о‘g‘itlarning N

180

P

90

K

60

va

N

210

P

110

K

70

meyorlari birgalikda qо‘llanilib, kuzgi bug‘doyning Polovchanka navi yetishtirilganidagi

donga nisbatan somonining ustunlilik darajasining 1,4 nisbatgacha pasayishi kuzatildi.

Kuzgi bug‘doyning Polovchanka navining don hosildorligi о‘g‘itlarsiz yetishtirilganda 30,7 s/ga

tashkil etib, qо‘llanilgan о‘g‘itlar meyorlari oshgan sayin 19,7 s/ga dan 39,6 s/ga gacha oshib borishi

kuzatildi. Bunda, faqat 30 t/ga meyorida gо‘ng qо‘llanilganda nazoratga nisbatan qо‘shimcha hosil 19,7

s/ga ni tashkil etdi. Mineral о‘g‘itlar N

180

P

90

K

60

va N

210

P

110

K

70

meyorlarida qо‘llanilganda, tegishlicha,

25,1 va 26,7 s/ga qо‘shimcha hosil olindi. Eng yuqori hosildorlikga 30 t/ga gо‘ng + N

180

P

90

K

60

va 30

t/ga gо‘ng + N

210

P

110

K

70

qо‘llanilgan variantlarda erishildi (jadval).

Ayniqsa, 30 t/ga chiritilgan aralash gо‘ng mineral о‘g‘itlarning N

180

P

90

K

60

va N

210

P

110

K

70

meyorlari qо‘llanilganda qо‘shimcha don hosilining yuqori bо‘lishi ushbu navning oziqlantirish rejimi

tо‘g‘ri amalga oshirilganida hosildorlilikni oshirish imkoniyati yuqori ekanligini kо‘rsatadi.

Kuzgi bug‘doy navlarini oziqlantirish meyorini oshirish yо‘li bilan hosildorligini oshirishi bilan

birga don sifatini ham yaxshilanishiga erishish mumkin.

Tajribalarimiz natijalari bо‘yicha ham kuzgi bug‘doyning Polovchanka navini oziqlantirish

meyorini tо‘g‘ri amalga oshirish yо‘li bilan donning fizik-texnologik va biokimyoviy-texnologik sifat

kо‘rsatkichlarini yaxshilash mumkinligi aniqlandi.

Donning 1000 tasining vazni, natura og‘irligi, shishasimonligi va un chiqimi oziqlantirish

meyoriga bog‘liq ravishda о‘zgarib borishi kuzatildi. Kuzgi bug‘doyning Polovchanka navini

yetishtirishda oziqlantirish meyori oshgan sayin о‘g‘it qо‘llanilmasdan nazorat variantida yetishtirilgan

donga nisbatan 1000 ta don massasining 2 grammdan 5 grammgacha, donning natura og‘irligi 7 g/l dan

17 g/l gacha, donning shishasimonligi 1,6% dan 3,4% gacha va un chiqimi 0,9% dan 2,2% gacha oshib

borishi aniqlandi. Ayniqsa, kuzgi bug‘doyning ushbu navini gо‘ng va mineral о‘g‘itlar bilan birgalikda

oziqlantirilgandagi don sifatining sezilarli darajada oshishi sug‘oriladigan yerlarda kuzgi bug‘doy

yetishtirishda ularning oziqlanish rejimiga bо‘lgan e’tiborni kuchaytirish lozimligini kо‘rsatadi.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

116

`

Bug‘doyning don sifatini belgilovchi asosiy biokimyoviy kо‘rsatkich oqsil bо‘lib, uning dondagi

miqdori navning irsiy xususiyati, ekologik va agrotexnologik omillar bilan birga oziqlantirish meyori

bilan bog‘liq bо‘ladi.

Tajribalarimiz natijalaridan ma’lum bо‘lishicha, kuzgi bug‘doyning Polovchanka navi donidagi

oqsil miqdori oziqa elementlarini, ayniqsa azotli о‘g‘itlar meyorlariga bog‘liq ravishda oshib borib,

gо‘ng va mineral о‘g‘itlar birgalikda qо‘llanilganida yaqqolroq namoyon bо‘lishi kuzatildi. Biroq,

oqsilning dondagi miqdori oziqa elementlari ta’sirida 1,1% gachani tashkil etib, ushbu miqdordagi

oqsilni yetishtirilgan hosil salmog‘iga hisoblanganida har gektar yer hisobiga gо‘ng va mineral о‘g‘itlar

hisobiga yetishtirilganidagi oqsil miqdori о‘g‘itlar qо‘llanilmagan nazorat variantidagiga nisbatan 5,22

s/ga gacha yuqori bо‘lishi aniqlandi. Xuddi shunday о‘g‘itlar hisobiga olingan qо‘shimcha kleykovina

miqdori esa 11,58 s/ga gacha bо‘lishini kо‘rsatdi.

Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi bug‘doy yetishtirilganda sug‘orishning ta’sirida tuproq eritmasi

konsentrasiyasining pasayishi oqibatida don sifati pasayib ketadi (Petinov, 1951, Mosolov, 1965).

Tadqiqotlarimiz natijalaridan ma’lum bо‘lishicha, kuzgi bug‘doyning Polovchanka navini

oziqlantirish meyorlari oshgan sayin tuproqdagi NPK konsentrasiyasining oshishi natijasida bug‘doyga

NPK о‘zlashtirilish darajasining oshishi natijasida don sifatining yaxshilanishi kuzatildi. Shu sababli

ham NPK kuzgi bug‘doyning Polovchanka naviga о‘zlashtirilishi о‘rganilganda qо‘llanilgan о‘g‘itlar

meyorlariga mutanosib holda NPK о‘zlashtirilish darajasining oshib borishi aniqlandi.

Bug‘doy doni va somoniga NPK о‘zlashtirilishi aniqlanganida qо‘llanilgan о‘g‘itlar meyorlariga

bog‘liq ravishda kuzgi bug‘doyning Polovchanka navi doniga azot о‘zlashtirilishi 0,08% dan 0,59%

gacha, somoniga о‘zlashtirilishi 0,08% dan 0,28% gacha, fosforning о‘zlashtirilishi doniga 0,11% dan

0,38% gacha, somoniga о‘zlashtirilishi 0,06% dan 0,30% gacha, kaliy о‘zlashtirilishi doniga 0,03% dan

0,22% gacha, somoniga о‘zlashtirilishi 0,23% dan 0,48% gacha, о‘g‘itlar qо‘llanilmagan nazorat

variantidagiga nisbatan yuqori bо‘lishini kо‘rsatdi.

Kuzgi bug‘doyning Polovchanka navini turli oziqlantirish rejimida yetishtirilganidagi iqtisodiy

samaradorlik gо‘ng mahalliy о‘g‘it bо‘lib, unga mablag‘ sarflanmaganligi sababli olingan sof foyda va

rentabellik darajasi yuqori bо‘lib, mineral о‘g‘itlarni sotib olish, tashish va qо‘llashga sarflangan

xarajatlarning yuqori bо‘lishi sababli, bug‘doy faqat 30 t/ga chiritilgan aralash gо‘ngning о‘zi bilangina

yetishtirilganidagi sof foyda 229336 sо‘m/ga, rentabellik esa 85,0% ni tashkil etgani holda, mineral

о‘g‘itlarning N

180

P

90

K

60

meyorlari qо‘llanilgandagi sof foyda 154116 sо‘m/ga, rentabellik esa 38,7% ni

tashkil etishini kо‘rsatdi. Mineral о‘g‘itlar meyorlari N

210

P

110

K

70

qо‘llanilganda sof foyda N

180

P

90

K

60

me’yorlarda mineral о‘g‘itlar qо‘llanilgandagiga nisbatan sof foydaning 8347 sо‘m/ga, rentabellik esa

4,2% gacha pasayishi kuzatildi.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

117

`

Lekin, 30 t/ga chiritilgan aralash gо‘ng, mineral о‘g‘itlarning N

180

P

90

K

60

va N

210

P

110

K

70

meyorlari

birgalikda qо‘llanilganda sof foyda, tegishlicha, 239869 va 274017 sо‘m/ga ni tashkil etib, rentabellik

esa 60,2 va 64,8% oshishi kuzatildi. Yoki mineral о‘g‘itlarning gо‘ng bilan birgalikda qо‘llanilishining

samaradorligini ikki hissagacha oshishini kо‘rsatdi.

Demak, kuzgi bug‘doyning Polovchanka navidan mо‘l, sifatli va arzon don yetishtirishda mineral

о‘g‘itlar gо‘ng bilan birga qо‘llanilishi iqtisodiy samarali tadbir bо‘ladi.

1-jadval

Kuzgi bug‘doyning Polovchanka navi donining biokimyoviy texnologik sifat kо‘rsatkichlarining

azot bilan oziqlantirish rejimiga bog‘liqligi (2005-2007 yillarda, о‘rtacha)

Tajriba variantlari

Sof modda hisobida

qо‘l- lanilgan azot,

kg/ga

Don

tarkibidagi

azot

Don

tarkibidagi

kleykovina

Ja-

mi

azot

Shundan:

%

Nazo-

rat

vari-

anti-ga

nis-

batan

farq

+,-

%

Nazo-

rat vari-

antiga
nisba-

tan farq

+,-

Ma’-

dan-li

о‘g‘it

Or-

ga-
nik

azot

1

О‘g‘itsiz-nazorat

-

-

-

11,2

-

24,8

-

2

30 t/ga gо‘ng (N

105

P

60

K

150

)

105

-

105

11,4

+0,2

26,0

+1,2

3

Ma’dan о‘g‘it (N

180

P

90

K

60

)

180

180

-

11,6

+0,4

26,5

+1,7

4

Ma’dan о‘g‘it (N

210

P

110

K

70

)

210

210

-

11,8

+0,6

26,7

+1,9

5

Gо‘ng 30 t/ga (N

105

P

60

K

150

)

Ma’dan о‘g‘it (N

180

P

90

K

60

)

285

180

105

12,3

+1,1

27,2

+2,4

6

Gо‘ng 30 t/ga (N

105

P

60

K

150

)

Ma’dan о‘g‘it (N

210

P

110

K

70

)

315

210

105

12,3

+1,1

27,3

+2,5

XULOSA

Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan bо‘z-о‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning

Polovchanka navidan mо‘l va sifatli don hosili yetishtirishda 30 t/ga chiritilgan aralash gо‘ng, mineral

о‘g‘itlarning N

180

P

90

K

60

va N

210

P

110

K

70

meyorlari bilan birgalikda qо‘llanilishi yuqori samarali tadbir

bо‘lib, donchilikni yanada rivojlanishiga imkoniyatlar yaratiladi.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

118

`

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI / REFERENCES

1. О‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bо‘yicha xarakatlar strategiyasi tо‘g‘risida” gi PF 4947 – sonli Farmoni

2. Костычев П. А. О некоторых свойствах и составе перегноя. История плодородия почвы.

– М.; 1940. – 160 с.

3. Кузиев Р.К. Орошаемые почвы сероземного пояса Узбекистана, их экологическое

состояние и плодородие. Ташкент, 1994

4. Доспехов .Колос. Б.А.Методика полевого опыта.М. 1985.317с.

5. Гамаюнова В. В., Филипьев И. Д., Подручная Е. В. Удобрения под яровую пщениsу в

условиях орошения юга Украины.. // Зерновые культуры. – М., 1999. – №6. – С.21

6. Моисейчук В. А., Максименкова Т. А. Погода и состояние озимых зерновых культур в

осеннее-зимний период. – М.; Россельхозиздат. 1982. – 38 с.

7. Потапов Н. Г., Сумакова В. Е. Поглащение и превращении форм азота в метаболизме

пщениsы. // Физиология растений. 1966. №13/4. – С.32-38.

8. Sattorov J., Atoyev B. Kuzgi bug‘doy navlarining yerdan ustki qismi va don hosildorligiga

о‘g‘itlar miqdori na nisbatini ta’siri. / Yer resurslaridan samarali foydalanish muammolari. Ilmiy-amaliy

konferensiya materiallari. Toshkent. 2007. 140-145 b.

Библиографические ссылки

О‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha xarakatlar strategiyasi tо‘g‘risida” gi PF 4947 – sonli Farmoni

Костычев П. А. О некоторых свойствах и составе перегноя. История плодородия почвы. – М.; 1940. – 160 с.

Кузиев Р.К. Орошаемые почвы сероземного пояса Узбекистана, их экологическое состояние и плодородие. Ташкент, 1994

Доспехов .Колос. Б.А.Методика полевого опыта.М. 1985.317с.

Гамаюнова В. В., Филипьев И. Д., Подручная Е. В. Удобрения под яровую пщениsу в условиях орошения юга Украины.. // Зерновые культуры. – М., 1999. – №6. – С.21

Моисейчук В. А., Максименкова Т. А. Погода и состояние озимых зерновых культур в осеннее-зимний период. М.; Россельхозиздат. 1982. – 38 с.

Потапов Н. Г., Сумакова В. Е. Поглащение и превращении форм азота в метаболизме пщениsы. // Физиология растений. 1966. №13/4. – С.32-38.

Sattorov J., Atoyev B. Kuzgi bug‘doy navlarining yerdan ustki qismi va don hosildorligiga о‘g‘itlar miqdori na nisbatini ta’siri. / Yer resurslaridan samarali foydalanish muammolari. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent. 2007. 140-145 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов