Авторы

  • Yulduzxan Narmetova
    Toshkent Davlat tibbiyot universiteti dotsenti
  • Jasur Eshnorov
    Toshkent Davlat tibbiyot universiteti surdotarjimonlik yo‘nalishi 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126847

Ключевые слова:

Lider ijtimoiy faollik ma’naviy saloyihat tashabbuskorlik. Liderlik – bu guruh a’zolarining xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatish ularni umumiy maqsad sari yo‘naltirish va safarbar etish qobiliyatidir. Liderlik boshqaruvning muhim elementi bo‘lib insonlar o‘rtasidagi kommunikatsiya motivatsiya va tashabbuskorlikni o‘z ichiga oladi.

Аннотация

Liderlik inson jamiyatining har bir bosqichida muhim ijtimoiy fenomen sifatida namoyon bo‘ladi. Har qanday jamoa yoki guruhda biror maqsad sari harakatni tashkil etadigan, boshqalarga yo‘l ko‘rsatadigan shaxs — lider sifatida ajralib turadi. Ijtimoiy psixologiyada liderlik ijtimoiy o‘zaro ta’sir, ijtimoiy boshqaruv va shaxslararo munosabatlar kontekstida o‘rganiladi. Yoshlarning jamiyatdagi faolligi, liderligi va  yetakchilik  salohiyati  jamiyat  taraqqiyoti  uchun muhim omil  hisoblanadi. Maqolada liderlik tushunchasi, yoshlar orasida yetakchilik qobiliyatini shakllantirishda, asosan, jamiyatning ahamiyati shuningdek, tarixiy-ma’naviy merosimizga tayanilgan holda ijtimoiy faollikni rivojlantirishda liderlik qobiliyatining tutgan o‘rni haqida ma’lumot berib o‘tilgan.


background image

Page 8

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

LEDIRLIK VA UNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Narmetova Yulduzxan Karimovna

Toshkent Davlat tibbiyot universiteti dotsenti

Eshnorov Jasur

Toshkent Davlat tibbiyot universiteti

surdotarjimonlik yo‘nalishi 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15663700

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-June 2025 yil
Ma’qullandi: 10- June 2025 yil

Nashr qilindi: 14- June 2025 yil

Liderlik inson jamiyatining har bir bosqichida muhim
ijtimoiy fenomen sifatida namoyon bo‘ladi. Har qanday
jamoa yoki guruhda biror maqsad sari harakatni tashkil
etadigan, boshqalarga yo‘l ko‘rsatadigan shaxs — lider
sifatida ajralib turadi. Ijtimoiy psixologiyada liderlik
ijtimoiy o‘zaro ta’sir, ijtimoiy boshqaruv va shaxslararo
munosabatlar kontekstida o‘rganiladi. Yoshlarning
jamiyatdagi faolligi, liderligi va yetakchilik salohiyati
jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblanadi.
Maqolada liderlik tushunchasi, yoshlar orasida
yetakchilik

qobiliyatini

shakllantirishda,

asosan,

jamiyatning ahamiyati shuningdek, tarixiy-ma’naviy
merosimizga tayanilgan holda ijtimoiy faollikni
rivojlantirishda liderlik qobiliyatining tutgan o‘rni
haqida ma’lumot berib o‘tilgan.

KEYWORDS

Lider, ijtimoiy faollik, ma’naviy
saloyihat, tashabbuskorlik.
Liderlik – bu guruh a’zolarining
xatti-harakatlariga

ta’sir

ko‘rsatish,

ularni

umumiy

maqsad sari yo‘naltirish va
safarbar etish qobiliyatidir.
Liderlik boshqaruvning muhim
elementi

bo‘lib,

insonlar

o‘rtasidagi

kommunikatsiya,

motivatsiya

va

tashabbuskorlikni o‘z ichiga
oladi.

Psixologiyada liderlik turli mezonlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Ularning eng asosiylari

quyidagilar:

Formal lider

— lavozim yoki rasmiy vakolat asosida guruh boshlig‘i etib tayinlangan

shaxs. Masalan, direktor, sardor.

Noformal lider

— guruh tomonidan ijtimoiy obro‘, bilimi yoki shaxsiy sifatlari asosida

tan olingan shaxs. U rasmiy rahbar bo‘lmasa-da, jamoa fikrini shakllantirishda muhim rol
o‘ynaydi.

Avtoritar liderlik

— qat’iy nazorat va buyruq asosida boshqarish. Bunda tashabbus

faqat lider qo‘lida bo‘ladi, boshqalar fikri inobatga olinmaydi.

Demokratik liderlik

— guruh fikrini hisobga olib, qarorlarni jamoaviy qabul qilishga

intiladi. Kooperatsiya va ochiq muloqotga asoslangan.

Liberal (lozim darajada aralashmaydigan) liderlik

— guruh a’zolariga erkinlik

beriladi, lider faqat umumiy yo‘nalishni belgilab beradi.

Bu turdagi liderlar o‘zining jozibadorligi, g‘oyasi yoki kuchli shaxsiyati bilan boshqalarga

kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Karizmatik liderlar ko‘pincha ijtimoiy harakatlar yoki tarixiy
burilishlarda muhim rol o‘ynaydi.


background image

Page 9

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Liderning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari

Har qanday samarali lider quyidagi psixologik fazilatlarga ega bo‘lishi lozim:

Kommunikativlik

— odamlar bilan oson muloqotga kirisha olish, ularni tushunish va

fikrini yetkazish.

Emotsional barqarorlik

— stress va muammolar oldida o‘zini yo‘qotmaslik.

Mas’uliyat

— qarorlar qabul qilish va ularning natijalarini anglash.

Empatiya

— boshqalar his-tuyg‘ularini anglay olish, ularga ruhiy yaqinlikni sezish.

Tashabbuskorlik

— yangi fikr va g‘oyalarni ilgari surish, harakatga boshlovchi bo‘lish.

Bundan tashqari, liderning xarakteri, intellektual darajasi, harakatchanligi, motivatsion

holati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular orqali lider guruhga ta’sir ko‘rsatadi, muhitni
shakllantiradi va ijtimoiy rollarni taqsimlaydi.

Yoshlar jamiyatning eng faol va dinamik qatlami hisoblanadi. Ularning ijtimoiy faolligi

jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, muammolarni hal qilish va innovatsion
yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyatga ega. Liderlik ko‘nikmalari yoshlarni ijtimoiy
jarayonlarda faol ishtirok etishga undash, tashabbuskorlikni rivojlantirish va jamoatchilik
ishlarida yetakchi rol o‘ynashga yordam beradi.

Liderlik ko‘nikmalari yoshlarga o‘z g‘oyalarni ilgari surish va ijtimoiy loyihalarni

boshlash uchun ishonch beradi. Masalan, yoshlar mahalliy muammolarni hal qilish uchun
tashabbus guruhlarini tuzishi mumkin. Bugungi kunda jamiyatning har bir sohasida
yangilanish va rivojlanish kuzatilmoqda. Mamlakatda faol, zamonaviy fikrlovchi, mas’uliyatli
kadrlarni tayyorlash orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlat rahbarining ta’lim, tarbiya, yoshlarga oid nutq va asarlarida yosh avlodning intellektual
salohiyati, yetakchilik qobiliyati, vatanparvarligi va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash
g‘oyalari asosiy o‘rin tutadi.Mazkur yondashuvlar o‘z ildizini Sharq mutafakkirlarining
merosidan ham oladi. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi ulug‘allomalar o‘z
asarlarida insonning aql-zakovat, axloq, ijtimoiy ong va bilim orqali kamol topishini alohida
ta’kidlaydilar. Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida
bilimdon, ongli va yetakchi shaxsni ko‘rsatgan. Bu jarayonlarda eng faol qatlam sifatida
yoshlar alohida o‘rin egallaydi. Har qanday jamiyatning taraqqiyoti, avvalo yosh avlodning
salohiyatiga, bilimiga va tashabbuskorligiga bog‘liq.Shu nuqtai nazardan qaraganda,
yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy faollik –ijtimoiy subyektlar (jamiyat, tabaqa, guruh va
shaxslar)ning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokining, mehnat hamda madaniy-ma’rifiy
faoliyatining kuchayishi, qonunda belgilab qo‘yilgan huquq va burchlarini to‘liq amalga
oshirishga intilishi. Ijtimoiy faollik shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va xulq-atvorini
ongli ravishda boshqarishining asosiy sharti hisoblanadi.

Bugungi globallashuv davrida jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri bu — faol,

tashabbuskor va liderlik salohiyatiga ega yosh avlodni tarbiyalashdir. Liderlik — bu nafaqat
boshqalarni boshqarish qobiliyati, balki mas’uliyat, tashabbus, mustaqil fikrlash va jamoa
bilan ishlash madaniyatini ham o‘z ichiga olgan murakkab ijtimoiy jarayondir. Bu borada
badiiy asarlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlarning tutgan o‘rni beqiyosdir. Avvalo, badiiy
asarlar inson qalbiga ta’sir o‘tkazish kuchiga ega bo‘lgan eng samarali tarbiya vositalaridan
biridir. Ularda tasvirlangan ijobiy qahramonlar, ularning hayot yo‘li, kurashi va g‘oyalari yosh
avlodni ruhlantiradi, ularni ezgulik, vatanparvarlik, jasorat va liderlik sari yetaklaydi. Masalan,


background image

Page 10

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Pirimqul Qodirov kabi yozuvchilarning asarlarida tasvirlangan
obrazlar orqali yoshlar o‘zlarida irodalilik, adolatparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini
shakllantiradilar. Shu orqali ular jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, boshqalarga namuna bo‘lishga
intilishadi. Bundan tashqari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar — konsertlar, teatr tomoshalari,
kitobxonlik bellashuvlari, ijodiy uchrashuvlar, ma’naviyat soatlari kabi faoliyatlar yoshlarning
dunyoqarashini kengaytiradi, ularda ijtimoiy faollik va tashabbuskorlik fazilatlarini
shakllantiradi. Ayniqsa, teatr sahnasida namoyish etilayotgan ijtimoiy hayotdagi muammolar
va ularning yechimlari yoshlarni fikrlashga, muammoga nisbatan faol pozitsiyada bo‘lishga
undaydi. Madaniy tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlar ommaviy chiqishlar qilishni, jamoa
oldida o‘z fikrini aniq ifoda etishni, boshqalarning fikrini tinglab, ularga hurmat bilan
yondashishni o‘rganadilar. Bu esa har qanday liderda bo‘lishi kerak bo‘lgan asosiy
fazilatlardan biridir. Shuningdek, bunday tadbirlar orqali yoshlar o‘z milliy madaniyati,
an’analari va tarixini chuqurroq o‘rganadi, bu esa ularda vatanparvarlik tuyg‘usini oshiradi.
Vatanparvar, madaniyatga hurmat bilan qaraydigan, ma’rifatli yosh esa — bu chinakam
liderdir.

Yoshlarda liderlik xususiyatlarini о‘rganish va rivojlantirish inson hayotining dastlabki

bosqichlaridanoq shakllana boshlaydi.Jumladan, oilaviy muhit, ota-onalik uslublari, bog‘cha,
maktab va boshqa ta’sir etuvchi omillar har bir shaxsning liderlik tajribasini rivojlanishiga
ularning yetakchilik qobiliyatining shakllanishiga muhim hissa qо‘shadi.Lider qanday
xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak?

a)mas’uliyatli va qiyin qarorlarni qabul qilish qobiliyati, ular uchun tegishli javobgarlikni

o‘z zimmasiga olish istagi;

b)shaxsiy manfaatlar uchun emas, balki odamlarning umumiy manfaatlari haqida

qayg‘urish;

c)odamlarni butunlay ixtiyoriy asosda boshqarish qobiliyati;d)tabiiy ta’sir kuchiga ega

bo‘lish;

e)guruh tomonidan yetakchiga bo‘lgan ishonch va kuchli hokimiyat mavjudligi;
f)xatolarni tan olish qobiliyati va mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish,

bundan shaxsiy xatolarni qidirish.

Lider shaxsiy hayotda yoki jamoada yetakchi boʻlibgina qolmay oʻz ustida ishlash orqali

jamiyatda ham oʻz ijtimoiy faolligini oshirib boradi.Bundan tashqari oʻzi yetakchilik qilayotgan
jamoa aʼzolarini ham kuchli va zaif tomonlarini anglagan holda ularga oʻzining maslahatlarini
beradi.

Ilgari surilgan 5 muhim tashabbus yoshlar tarbiyasida yangi bosqichni boshlab berdi.

San’at va madaniyat, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik, xotin-qizlarni qo‘llab-
quvvatlash yo‘nalishlarining har biri yosh avlodda liderlik, tashabbuskorlik va ijtimoiy
faollikni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, axborot texnologiyalari va sport
sohasidagi tashabbuslar yoshlar orasida raqobatbardoshlik, murosasizlik va qat’iyatlilik
kabi liderlik sifati shakllanishiga zamin yaratmoqda.Bundan koʻrinib turibdiki,ijtimoiy
faollikni oshirishda liderlik qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki,yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda liderlik

ko‘nikmalarining shakllanishi muhim omil hisoblanadi. Liderlik fazilatlariga ega bo‘lgan
yoshlar jamiyatda faol ishtirok etadi, tashabbus ko‘rsatadi va o‘z tengdoshlariga ijobiy
namuna bo‘la oladi. Bu esa mamlakat taraqqiyoti va barqaror rivojlanishining asosiy


background image

Page 11

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

omillaridan biridir. Shunday ekan, yosh avlodda liderlik salohiyatini rivojlantirish –ularning
ijtimoiy faolligini oshirishning muhim sharti sifatida doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Nuraliyeva K. I. PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF FORMATION OF CREATIVE
POWER OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS // Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences. -2021.
2. Kreativ salohiyat tushunchasi bo‘yicha olimlar qarashlari
3. Ways to Develop the Creative Power of Primary School Students
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston –ma’naviy yuksalish sari”
nutqi. –Toshkent, 2021.
5. Alimardonovna, A. G., & Karimovna, N. Y. (2025). RAHBARLAR VA MENEJERLAR
TOMONIDAN BOSHQARUV FAOLIYATIDA QO'LLANILADIGAN BOSHQARUV USLUBLARINI
BAHOLOVCHI SAYTNING AFZALLIKLARI. Central Asian Journal of Academic Research, 3(4),
26-33.
6. Нарметова, Ю. (2016). Tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologik kadrlar
tayyorlash muammolari. Ilmiy axborotnoma.
7. Karimovna, N. Y. (2024). O'SMIRLARNING IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA
OILANING ROLI. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 5(42), 227-231.
8. Karimovna, N. Y. (2024). OILADA O'SMIR BOLALAR IJODIY TAFAKKURI
SHAKLLANISHINING GENDER XUSUSIYATLARI. SUSTAINABILITY OF EDUCATION, SOCIO-
ECONOMIC SCIENCE THEORY, 2(20), 8-11.
9. Narmetova, Y. K., Abdumutalibova, M. M., Mirzayeva, A. M., Maxsudov, V. G., & Turgunova, G.
T. (2023). OILALARDA NEVROTIK XOLATLARNI PROFILAKTIKASI. Центральноазиатский
журнал образования и инноваций, 2(12 Part 3), 42-46.
10. Karimovna, N. Y. (2023). COGNITIVE DISORDERS. American Journal of Interdisciplinary
Research and Development, 12, 126-131.

Библиографические ссылки

Nuraliyeva K. I. PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF FORMATION OF CREATIVE POWER OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS // Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. -2021.

Kreativ salohiyat tushunchasi bo‘yicha olimlar qarashlari

Ways to Develop the Creative Power of Primary School Students

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston –ma’naviy yuksalish sari” nutqi. –Toshkent, 2021.

Alimardonovna, A. G., & Karimovna, N. Y. (2025). RAHBARLAR VA MENEJERLAR TOMONIDAN BOSHQARUV FAOLIYATIDA QO'LLANILADIGAN BOSHQARUV USLUBLARINI BAHOLOVCHI SAYTNING AFZALLIKLARI. Central Asian Journal of Academic Research, 3(4), 26-33.

Нарметова, Ю. (2016). Tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologik kadrlar tayyorlash muammolari. Ilmiy axborotnoma.

Karimovna, N. Y. (2024). O'SMIRLARNING IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING ROLI. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 5(42), 227-231.

Karimovna, N. Y. (2024). OILADA O'SMIR BOLALAR IJODIY TAFAKKURI SHAKLLANISHINING GENDER XUSUSIYATLARI. SUSTAINABILITY OF EDUCATION, SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY, 2(20), 8-11.

Narmetova, Y. K., Abdumutalibova, M. M., Mirzayeva, A. M., Maxsudov, V. G., & Turgunova, G. T. (2023). OILALARDA NEVROTIK XOLATLARNI PROFILAKTIKASI. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(12 Part 3), 42-46.

Karimovna, N. Y. (2023). COGNITIVE DISORDERS. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 12, 126-131.