Авторы

  • G‘ulomjon Аbdupаttаyev
  • Naimaxon Yo‘ldasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126645

Аннотация

O‘zbek tilida qo‘llaniladigan barqaror birikmalar haqida ma'lumot berilgan. Barqaror birikmalarning tilimizdagi o‘rni,ahamiyati,  ta’siri, haqida so‘z yuritilgan. Ushbu maqola o‘zbek tilidagi maqol va iboralarning tahlili haqida.


background image

Page 93

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

BOSHLANG‘ICH TA’LIMNI O‘QITISHDA BARQAROR

BIRIKMALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Аbdupаttаyev G‘ulomjon G‘ofurjon o‘g‘li

Qo‘qon universiteti Pedagogika va Psixologiya kаfedrаsi

o‘qituvchisi

Yo‘ldasheva Naimaxon Ubaydullo qizi

Boshlаng‘ich tа’lim yo‘nаlishi tаlаbаsi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15728144

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 11

th

June 2025

Accepted:15th June 2025

Published: 24

th

June 2025

O‘zbek tilida qo‘llaniladigan barqaror birikmalar

haqida ma'lumot berilgan. Barqaror birikmalarning

tilimizdagi o‘rni,ahamiyati, ta’siri, haqida so‘z yuritilgan.

Ushbu maqola o‘zbek tilidagi maqol va iboralarning

tahlili haqida.

KEYWORDS

barqaror birikma, maqol,

ibora, ta’lim,o‘zbek tili.

O‘zbek xalqi qadimdan dono va pand nasihatlarga boy xalqlardan biri hisoblanadi. Xalqimiz

azaldan o‘zi-ning ijtimoiy hayotidagi g‘am-qayg‘ulari, shodlik-u quvonchlari, urf-odat-u, rasm-

rusumlarini barcha-barchasini maqol va matallarda, ibora va naqllarda aks ettirib kelgan.

Xalqning til boyligi - uning bo‘yoqdor, serjiloligi bilan ham o‘lchanadi.

Til

– bu insoniyatning eng asosiy vositasi hisoblanadi. Odamlar o‘rtasida aloqa

o‘rnatishga asosiy ro‘l o‘ynaydi,yordam beradi. Shu bilan birga til- odamlarning madaniyatini,

xulqini, odob-axloqini ko‘rsatib beradi. Tarixini ham saqlaydi.Til yordamida biz o‘z fikrimizni,

his-tuyg‘ularimizni va bilimlarimizni o‘zgalarga yetkaza olamiz. Har bir tilning o‘ziga xoz

madaniyati bor. Til oqali har bir xalqning urf-odatlari, an’analari va qadryatlari namoyon

bo‘ladi.

Maqollar

– bu xalq og‘zaki ijodining muhim qismi bo‘lib, unda ko‘pincha an’anaviy

hikmatlar, tajribalar va qadryatlar aks etadi. Maqollar asosan, hayotiy bilimlarni o‘rgatishda

fikrlarni qisqa shaklini ifodalaydi.
Maqollar xalqning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal

fikr tarzida ifodalar ekan, ularda har bir so‘zning ma'no xilma-xilligi, iboralarning turg‘unligi,

shakli barqaror ustunlik qiladi. Maqollar ham xalqning milliyligi, urf-odatlarini, asriy

tajribalar natijasida chiqargan xulosalarini o‘zida aks ettiruvchi xalq og‘zaki ijodi namunasi

sanaladi. Maqollarda ma'lum ma'noda millatning madaniyati aks etadi.

Til – xalqning qadr-qimmati.

Tilning xalq madaniyati qanday darajada muhim ekanligini

bildiradi. Har bir til o‘zining o‘ziga xos tarixiy va madaniy merosini saqlaydi va xalqning

qadryatlarini ifodalaydi.

So‘zda dard ko‘rsatsa, til yengilmas kuch.

Bu maqol tilning kuchini ahamiyatini bildirib, til

orqali insonlar o‘z dardlarini, his tuyg‘ularini ifodalash mumkin, bu esa ularning ruhiy holatini

o‘zgartirishga yordam beradi.

Bir mayizni qirq kishi bo‘lib yeydi.

O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan eng oliy hislatlardan biri

ahillik, inoqlikdir. Bu bizga ajdodlarimizdan meros qolgan fazilatdir. Bir mayizni qirqqa bo‘lib

yeyishlik, o‘zi yemay o‘zgaga ilinishlik xalqimizga xos bo‘lgan insoniy fazilatlardandir.


background image

Page 94

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Bitta qaldirg‘och kelgani bilan bahor bo‘lmas.

Qaldirg‘och xalqimizda yaxshilik, qut-baraka

elchisi sifatida e’zozlanadi. Aynan qaldirg‘och obrazining olinganiga sabab xalqimizda bu

qushga nisbatan o‘zgacha qarash, mehr tufaylidir. Bu esa maqolda etalon sifatida o‘z aksini

topgan.

Bug‘doy noning bo‘lmasa ham bug‘doy so‘zing bo‘lsin.

O‘zbek xalqi eng mehmondo‘st

xushkalom xalqlardan hisoblanadi. Agar mehmonning qornini to‘qlashga qurbi yetmasa, hech

bo‘lmaganda ikki og‘iz shirin so‘zi bilan uni siylagisi keladi. Shu ma'noda bug‘doy so‘zi

o‘zbekona madaniyatimizni aks ettiruvchi etalon so‘z sifatida kelgan.

Bosh omon bo‘lsa do‘ppi topilar.

Insonning yaxshi, yorug‘ kunlarga, sog‘lik, tinchlik-

xotirjamlik bo‘lsa, o‘zini taqdir ixtiyoriga topshirib tavakkal qilish ma'nolarini anglatgan. Bosh

kiyimi sifatida bu yerda do‘ppi so‘zi qo‘llanilgan bo‘lib, do‘ppi o‘zbek xalqining milliy bosh

kiyimi hisoblanadi. Shu ma'noda madaniy birlik sifatida etalon vazifasini bajaradi.

Do‘ppining ichida odam bor.

Bu maqol mazmunan "Devorning ham qulog‘I bor." Maqoliga

o‘zaro sinonim hisoblanadi. Bu maqolda har so‘zni har joyda so‘zlamaslik uqtiriladi. Bunda

ham etalon sifatida do‘ppi so‘zi qo‘llanilgan.

Elakka chiqqan xotinning ellik og‘iz gapi bor.

Bu maqolni eshitgan har bir inson hayoliga

g‘iybatchi ayol haqida fikr keladi. Lekin bu maqol bunday ayollar haqida emas. Aslida bu

maqol xalqimizga xos bo‘lgan o‘zga millatlarda takrorlanmas xususiyat aks ettirilgan. Bunda

o‘zbek ayollarining bir-biridan hol-ahvol so‘rashi haqida gap boradi. Demak, bu maqol ijobiy

xislatga ega.

Er-xotin urishi-doka ro‘molning qurishi.

Oila muqddas dargoh sifatida e’zozlanadi. Shu

muqaddas dar-gohda ham ba'zan janjallar uchrab turadi. Bu ro‘molning arazi esa doka

ro‘molning qurishi kabi qisqadir. Ushbu maqolda etalon sifatida olingan doka ro‘mol ham

milliy kiyilmlarimizning tarkibiy qismidir.

Holva degan bilan og‘iz chuchimas.

Bu maqol mazmunan "Olma pish og‘zimga tush"

maqoliga sinonim. Zamirida, dangasalik, ayyorlik kabi xislatlarni qoralab, mehnatsevarlikka,

halol rizq topishga undaydi. Inson or-zusi uchun o‘zi harakat qilishligi kerakligi uqtiriladi.

Etalon bo‘lib kelgan so‘z "holva" o‘zbek milliy shirinligi hisoblanadi.

Kelinni kelganda ko‘r, sepini yoyganda ko‘r.

O‘zbek xalqining to‘yi hech bir joyda

takrorlanmas urf-odatlarga egadir.Xalqimiz hamisha mukammallika intilganligi sababli

kelinni ham epli, ham sepli bo‘lishini xohlagan. Kelinning sepi unung ziynati, fayzi hisoblanib,

sarpo qilish odati katta ahamiyatga ega.

Non ham non, ushog‘i ham non.

Dunyoda o‘zbek xalqichalik nonni yuksak qadrlovchi xalq

bo‘lmasa kerak. Bularning barchasi xalqimizda nonga bo‘lgan e’tibor, o‘zbekona qarashdan

darak beradi. Chunki, bu qa-rashga ko‘ra nonni qadrlamasli, unga nisbatan isrofgarchilik

yo‘qchilikka olib keladi,hatto bu gunoh sanaladi.

Ona yurting-oltin beshiging.

O‘zbek tilida beshik so‘zi muqaddas. Chunki, tangi tug‘ilgan

chaqaloqni turli odatlar bilan beshikka yotqiziladi. Tor ma'noda aytilganda besshik deyilgana

vatan so‘zi tushuniladi. Bu so‘z milliy ruh bilan sug‘orilgan bo‘lib, lingvomadaniy birlik

sanaladi.

Yaxshi gapga ham yomon gapga ham farishta omin deydi.

Davlatimizning rasmiy dini

hisoblangan islomda kishi har bir daqiqada yaxshi niyatda bo‘lishi kerakligi uqtiriladi. Bu

maqolda ana shu diniy qarash orqali xalqimizning milliy o‘ziga xosligi ifodalangan.


background image

Page 95

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Yaxshi mehmon osh ustida.

Azal-azaldan mavjud bu maqol zamirida o‘zbek xalqiga xos

bo‘lgan holat aks ettirilgan. Bunday holat o‘sha insonnong yaxshi fazilatli ekanligidan dalolat

beradi. Bu ham, albatta, xalqimizga xos bo‘lgan madaniyatning ifodasi.

Yon qo‘shnim-jon qo‘shnim.

O‘zbeklarda azal-azaldan qo‘shnilarga katta hurmat va e’tibor

bilan qaral-gan. Hatto, diniy ma'lumotlarda ham bu haqida keltirib o‘tilgan. Bu maqolda ham

o‘zbekona ruh va ma'naviy qarash o‘z ifodasini topgan.

Yosh kelsa- ishga, qari kelsa-oshga.

O‘zbek xalqida qariyalarni e’zozlashib, qay vaqtda

kelishsa, ularni hamisha hurmatlab, oshga taklif etishgan. Bu maqolda garchi etalon ishtirok

etmasa ham, lekin o‘zbeklarga xos milliylik sezilib turadi.

Bozor ko‘rgan echki.

Bozor o‘zbek xalqi hayotida katta ahamiyatga egaligi sir emas.

Xalqimizda ko‘pni ko‘rgan uddaburon shaxslarga nisbatan shunday ibora qo‘llaniladi. B u

yerda bozor ko‘rish turmush sabog‘ini olish hisoblanadi. Bozor ko‘rgan, narx-navoni, yaxshi-

yomonni, oq-u qorani ajrata bilishda bozorning o‘rni katta.

Jonni jabborga bermoq.

Bu ibora ilohiy ma'noda "Jonim tasadduq' iborasining muqobili

sanaladi. Jonini jabborga berish- xudo, haq yo‘liga tikishi, bag‘ishlashidir. Bu iborada o‘zbek

xalqining diniy e’tiqodi islom diniy ruhi yaqqol sezilib turadi.

Ko‘zining paxtasi chiqdi.

Kishining jaholati qo‘zib g‘azabi kelganda, baqirib- chaqiradi.

Shunday paytda odamning ko‘zi ola-kula bo‘lib, "paxtasi chiqadi", ya'ni katta ochilganidan oqi

ko‘rinib, paxtani eslatadi. Bu yerda paxta keksemasining qo‘llanilishiga sabab xalqimizning bu

ne’matga nisbatan e’tiborliligidir.

Qulog‘ini tishlab qo‘ymoq.

Bu iborada xalqimizga xos bo‘lgan milliy urf-odat o‘z ifodasini

topgan. Bu odat o‘zbek turkey xalqlarida qadimdan mavjuddir. “Qulog‘ini” deyilganda biror

ish masala oldindan kelishib hal qilib qo‘yilgan ma'noda anglashiladi.

Quloqqa azon aytmoq.

Musulmonchilikda bola tug‘ilib kichik chillasi chiqqach, bir mulla

chaqirilib uning qulog‘iga azon aytiladi. Azon aytilgandan so‘ng, bolaning qulog‘I ochiladi. Bu

iborada ham xalqimizga xos bo‘lgan diniy aqida o‘z ifodasini topgan.

Boshini ikkita qilmoq.

O‘z ma'nosi yo‘q, ko‘chma ma'noda uylantirib qo‘yish hisoblanadi.

Xalqimizda ikki yoshning juftlashishiga nisbatan ishlatiladi.

Yelkamning chuquri ko‘rsin.

Xalqimiz orasida keng tarqalgan bu iborada ham o‘zbekona

qarash, taomil o‘z ifodasini topgan. Buning xulosasi o‘ta norozi bo‘lish, jonga tegish, bezor bo;

lishdir. Bunda bu joylarga q ayta kelmaslik tishuniladi.

Yelka tutmoq.

Bu ibora juda ko‘p ma'noda qo‘llanilib, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan eng muhim

odatlardan biri bo‘lgan salomlashish, ko‘rishish ma'nolarini ham tashiydi. Bunda

salomlashmoqchi bo‘lgan kata ayollarga hurmat ma'nosida yelka tutiladi.

Yelkasi chopon ko‘rmagan.

Ko‘chma ma'noda kambag‘al, izzat-hurmat ko‘rmagan, mehr

oqibat bilmagan degan mazmunlarni ifodalaydi. Iborada tagi past, ko‘rmaganni ko‘rgani

qursin, degan ko‘chma ma'nolar ham mavjud. Cho‘pon esa etalon so‘z bo‘lib, xalqimizning

milliy kiyimi hisoblanadi.

Xulosa

qilib aytganda, o‘zbek maqollari xalqimizning madaniy merosidir. Ularda o‘zbek

xalqining barcha o‘y-fikrlari, dunyoqarashi, turmush tarsi, fe’l-atvori va e’tiqodi aks etadi. Har

bir millat o‘ziga xos tavsiflarga ega ekan, bu uning maqollariga ham ta'sir etmay qolmaydi.

Aynan ana shu tasvirlar maqoldagi milliy bo‘yoqdorlikni ta'minlaydi. Maqollarning semantik

lingvokulturologik jihatlarini chuqur o‘rganish va tahlil qilish tilshunoslikda muhim

ahamiyatga ega.


background image

Page 96

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdulazizov A. A. Tilshunoslikka kirish. 2-qism. -Toshkent.; Sharq. 1999-yil. 57- bet.

2.

Abdullayev X. D. Xalq maqollarining " Qutadg‘u bilig" poetikasidagi o‘rni va badiiy

estetik xususiyatlari. - Toshkent.; 2005- yil. 152-bet.
3.

Sulaymonov M. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. -Namangan.; 2008. 120-bet.

4.

O‘zbek xalq maqollari. 1- tom. - Toshkent.; Fan. 1987-yil. 365-bet.

5.

O‘zbek xalq maqollari. 2-tom.- Toshkent.;Fan . 1987-yil. 370-bet.

6.

Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. -Toshkent.; 2000-yil. 156-bet.

7.

Abdupattayev, G. (2025). NABIJON BOQIYNING “ROHILA” QISSASIDA XARAKTER VA

KONFLIKT

MASALASI.

QO‘QON

UNIVERSITETI

XABARNOMASI,

14,

127–128.

https://doi.org/10.54613/ku.v14i.1140

8.

Xodjaev, S., & Abdupattaev, G. (2022). Murod Muhammad Do‘st ijodida davr va

qahramon muammosi. Amerika ijtimoiy va gumanitar tadqiqotlar jurnali , 3 (12), 77-81.
9.

https://talimuchun.uz/maqollar/til-haqida-maqollar

Библиографические ссылки

Abdulazizov A. A. Tilshunoslikka kirish. 2-qism. -Toshkent.; Sharq. 1999-yil. 57- bet.

Abdullayev X. D. Xalq maqollarining " Qutadg‘u bilig" poetikasidagi o‘rni va badiiy estetik xususiyatlari. - Toshkent.; 2005- yil. 152-bet.

Sulaymonov M. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. -Namangan.; 2008. 120-bet.

O‘zbek xalq maqollari. 1- tom. - Toshkent.; Fan. 1987-yil. 365-bet.

O‘zbek xalq maqollari. 2-tom.- Toshkent.;Fan . 1987-yil. 370-bet.

Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. -Toshkent.; 2000-yil. 156-bet.

Abdupattayev, G. (2025). NABIJON BOQIYNING “ROHILA” QISSASIDA XARAKTER VA KONFLIKT MASALASI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 14, 127–128. https://doi.org/10.54613/ku.v14i.1140

Xodjaev, S., & Abdupattaev, G. (2022). Murod Muhammad Do‘st ijodida davr va qahramon muammosi. Amerika ijtimoiy va gumanitar tadqiqotlar jurnali , 3 (12), 77-81.