Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126663

Аннотация

Mazkur tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual rivojlanishida ertak terapiyasi usulining ta’siri o‘rganilgan. Ertak terapiyasi – bu bolalarning ruhiy, hissiy, axloqiy va intellektual rivojlanishiga yordam beradigan samarali pedagogik vositadir. Tadqiqotda ushbu metodning bolalarning mantiqiy fikrlashini, muammolarni hal qilish qobiliyatini va ijodiy fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rniga e’tibor qaratilgan. Ertaklar yordamida bolalar hayotiy vaziyatlarni tushunishga, turli xarakterlar bilan tanishishga va o‘z ichki olamlarini anglashga imkon topadilar. Ertak terapiyasi o‘quvchilarga turli ijtimoiy va psixologik muammolarni tushunish va yechish imkoniyatini beradi.


background image

Page 157

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ERTAK TERAPIYA USULIDAN

FOYDALANISHDA BOLALARDA YUZAGA KELISHI MUMKIN

BO‘LGAN MUAMMOLAR

Аbdupаttаyev G‘ulomjon G‘ofurjon o‘g‘li

Qo‘qon universiteti Pedagogika va

psixologiya kаfedrаsi o‘qituvchisi

Inomjonova Ma’sumaxon Donyorjon qizi

Boshlаng‘ich tа’lim yo‘nаlishi tаlаbаsi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15765706

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 24

th

June 2025

Accepted:25 th June 2025

Published: 27

TH

June 2025

Mazkur tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining

intellektual rivojlanishida ertak terapiyasi usulining

ta’siri o‘rganilgan. Ertak terapiyasi – bu bolalarning

ruhiy, hissiy, axloqiy va intellektual rivojlanishiga yordam

beradigan samarali pedagogik vositadir. Tadqiqotda

ushbu metodning bolalarning mantiqiy fikrlashini,

muammolarni hal qilish qobiliyatini va ijodiy fikrlashni

rivojlantirishdagi o‘rniga e’tibor qaratilgan. Ertaklar

yordamida bolalar hayotiy vaziyatlarni tushunishga, turli

xarakterlar bilan tanishishga va o‘z ichki olamlarini

anglashga

imkon

topadilar.

Ertak

terapiyasi

o‘quvchilarga turli ijtimoiy va psixologik muammolarni

tushunish va yechish imkoniyatini beradi.

KEYWORDS

Ertak

terapiyasi,

intellektual

rivojlanish,

muammo, muammoni to‘g‘ri

qo‘yish,

boshlang‘ich

sinf

o‘quvchilari, pedagogik vosita,

mantiqiy

fikrlash,

ijodiy

fikrlash.

Hozirgi zamon ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual rivojlanishini

samarali yo‘lga qo‘yish juda muhim ahamiyatga ega. Bolalik davrida ularning tafakkuri, his-

tuyg‘ulari va axloqiy qarashlari shakllanadi, va bu jarayonda ertak terapiyasi muhim

pedagogik vosita sifatida ajralib turadi. Ertak terapiyasi nafaqat bolalarning tasavvurini

boyitadi, balki ularning mantiqiy fikrlash, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini va turli

vaziyatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish mahoratini rivojlantirishga yordam beradi. Ertaklar

orqali bolalar hayotiy qiyinchiliklarga moslashishni, shaxsiy his-tuyg‘ularini ifoda etishni va

ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini topishni o‘rganadilar. Shu bilan birga, ertaklar yordamida

o‘quvchilar turli xarakterlar va vaziyatlar bilan tanishib, o‘zlarining ichki olamini tushunishga

imkon yaratadilar. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining

intellektual rivojlanishida ertak terapiyasining ta’sirini o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq

etishning samarali usul va texnologiyalarini ishlab chiqish va yuzaga keladigan muammolarni

bartaraf qilishdan iborat.

Boshlang‘ich sinflarda ertak terapiya usulidan foydalanishda bolalarda yuzaga kelishi

mumkin bo‘lgan muammolarni bir qator ko‘rib chiqsak.

Muammo:

Ertak terapiyasi – bolalar tarbiyasi va rivojlanishida, psixologik va tarbiyaviy muammolarni

hal qilishda samarali yordam beradigan usullardan biridir. Ushbu usul bolalarning tasavvuri,

hissiyati va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi. Ammo boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarining ushbu usuldan foydalanishda ayrim muammolar yuzaga kelishi mumkin.

O‘quvchilarda yuzaga keladigan asosiy muammolar:


background image

Page 158

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

1. Diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklari.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt biror

hikoya yoki ertakka diqqatini jamlashda qiynalishi mumkin. Bu ayniqsa, murakkab

voqealarning zanjiri yoki tushunishi qiyin bo‘lgan ertaklarda yuzaga chiqadi. Natijada, bolalar

ertakning asosiy mazmunini anglamay qolishlari mumkin.

2. Tasavvurni cheklovchi omillar

. Ertak terapiyasida bolalar tasavvurini rivojlantirish

muhimdir. Ammo texnologiyalarning ortiqcha ta’siri yoki bolalarda kitob o‘qishga

qiziqishning pastligi ularning ertaklardagi tasvirlarni yetarli darajada idrok etishiga to‘sqinlik

qilishi mumkin.

3. Hissiy javobning yetarli darajada bo‘lmasligi.

Ba’zi bolalar o‘z his-tuyg‘ularini ochiq

ifoda etishda qiynaladilar. Bu ularda ertak terapiyasi orqali kutilgan natijalarga erishishga va

tushinishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Misol uchun, qahramonning ijobiy yoki salbiy

xarakterlariga empatiya qilish bolalarga qiyin bo‘lishi mumkin.

4. Bolalarning individualliklari.

Har bir bola o‘ziga xos xarakter va qiziqishlarga ega. Shu

sababli, ba’zi ertaklar barcha bolalar uchun birdek qiziqarli yoki foydali bo‘lmasligi tabiiy

holdir. Natijada, ayrim bolalar terapiya jarayoniga faol qo‘shilmaydi yoki o‘zlarini chetda his

qiladi.

5. Oilaviy va ijtimoiy omillar ta’siri

. Ba’zi bolalar oilaviy muhit yoki ijtimoiy muammolar

tufayli ertaklarning mazmunini qabul qilishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Masalan,

ertakdagi ijobiy, salbiy munosabatlarni o‘z oilaviy hayotidagi vaziyat bilan taqqoslash ularni

ruhiy noqulaylikka olib kelishi mumkin.

Muammolarni hal qilishda bir nechta yo‘llarni ko‘rib chiqamiz.

1. Ertaklarni to‘g‘ri tanlash.

Bolalarning yosh xususiyatlari va ehtiyojlariga mos keladigan,

sodda va qiziqarli ertaklarni tanlashimiz kerak. Ertak mazmuni ularning tasavvurlariga yaqin

bo‘lishi lozim.

2. Ertakni interaktiv tarzda yetkazish.

Oddiy hikoya qilish o‘rniga, ertakni rollar orqali

ifodalash, bolalarni ishtirokchi qilish ularning diqqatini ushlashga yordam beradigan eng

samarali yo‘ldir.

3. Hissiy faollikni rag‘batlantirish.

Ertakni muhokama qilish, qahramonlar haqidagi

fikrlarni so‘rash va ularning his-tuyg‘ularini ochish uchun maxsus savollar berish orqali

bolalar jarayonga jalb qilinishi lozim.

4. O‘quvchilarning individualligini inobatga olish.

Bolalarning qiziqishlari va ehtiyojlarini

aniqlash uchun oldindan suhbatlar o‘tkazish va terapiya usullarini moslashtirish zarur.

5. Ota-onalar bilan hamkorlik qilish.

Ota-onalarga ertak terapiyasining ahamiyati haqida

tushuntirish va ular bilan birgalikda hamkorlikda ishlash bolalarning terapiya jarayonidagi

ishtirokini kuchaytiradi.

Quyida ertak terapiya jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali mashqlar

keltirilgan.

1.Ertakni davom ettiramiz

Maqsad: Bolalarning tasavvurini rivojlantirish va ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirish.

O‘quvchilarga qisqa bir ertak hikoyasi aytiladi, lekin oxiri ochiq qoldiriladi. O‘quvchilar o‘z

tasavvurlariga asoslanib ertakni qanday tugatishni taklif qilishadi. Misol: “Bir kuni kichkina

qushcha o‘z uyasidan uchib ketdi va yo‘lda katta daraxtga duch keldi”.

2.Ertakning teatrlashtirilgan talqini

Maqsad: Bolalarning hissiy faolligini oshirish va o‘zlarini turli vaziyatlarda sinab ko‘rish

imkoniyatini yaratish.

Ertakdagi qahramonlar rollari bo‘lib o‘ynaladi. Bolalar o‘zlari istagan biror qahramonni tanlab,

uning rolini ifodalaydi. Bu usul bolalarga his-tuyg‘ularini ochiq ifodalash va o‘zlarini ertak

qahramonlari o‘rniga qo‘yib ko‘rishga yordam beradi.

3.Ertakdan hikmat topish

Maqsad: Bolalarning mantiqiy fikrlash va axloqiy tushunchalarini shakllantirish.


background image

Page 159

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Ertakni o‘qib yoki eshitib bo‘lgandan keyin bolalarga: “Bu ertak nimani o‘rgatadi?

Qahramonlarning xatti-harakatlari haqida nima deb o‘ylaysiz?”, – degan savollar beriladi.

Misol: “Tulki va uzum” ertagini o‘qigandan so‘ng nima uchun tulki uzumni olishga harakat

qilmagani haqida fikr yuritish.

4.Rasm chizish yoki tasvirlash

Ertakni eshitib bo‘lgach, bolalardan qahramonlar yoki voqealarni rasm chizish yoki

tasvirlashni so‘rash mumkin. Shuningdek, ular o‘z rasmlarini ko‘rsatib, tushuntirib berishlari

kerak.

Maqsad: Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ertakni yaxshiroq tushunishga

yordam berish.

5.Ertakga qo‘shiq yoki she’r yozish

Bolalarga ertak mazmuniga mos keladigan qisqa qo‘shiq yoki she’r yozishni taklif qilish.

Masalan, “Oltin baliq va baliqchi

1

haqidagi ertakka mos she’r yozish.

Maqsad: Bolalarning ijodiy fikrlash va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

6.Ertakdagi xatolarni toppish.

Maqsad: Diqqatni jamlash va voqea tafsilotlarini tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish.

O‘qituvchi ertakni o‘qib berayotib, ataylab xatolar qiladi. Bolalar esa bu xatolarni topib,

to‘g‘rilashlari kerak. Misol: “Uch do‘st yashagan ekan: bo‘ri, echki va it. Bir kuni bo‘ri echkidan

sut so‘rabdi…” (Bu yerda xato bor, chunki bo‘ri echkidan sut so‘ramaydi).

Ertak terapiyasi uchun mashqlarni to‘g‘ri tanlash bolalarning psixologik va tarbiyaviy

rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bu mashqlar bolalarning tasavvurini, ijodkorligini va

axloqiy qarashlarini shakllantiradi. Shu bilan birga, ular bolalarni qiziqarli tarzda o‘qitish va

tarbiyalash imkoniyatini yaratadi.

Xulosa:

Ertak terapiyasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun juda foydali usul bo‘lsa-da,

samarali natijaga erishish uchun mazkur usulga to‘g‘ri yondashish kerak. Bolalarning

psixologik va pedagogik xususiyatlarini hisobga olgan holda, terapiya jarayonini yaxshi

rejalashtirish orqali yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish lozim. Shu bilan birga, har

bir bolaning individual ehtiyojlariga e’tibor qaratish ertak terapiyaning muvaffaqiyatini

ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bashorat Jamilova O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI o‘quv qo‘llanma. Toshkent –2019

2.

Jumаboyev M. Bolаlаr аdаbiyoti. – Toshkent, 2017.

3.

Аhmedovа Z. Ertаk terаpiyа. – Toshkent: Spectrum Mediа Group, 2019.

4.

Asqarova J. O‘zbek xalq ertakchiligi va ertak nashrlarining qiyosiy tadqiqi:

Filol.fan.bo‘yicha falsafa d-ri diss.avtoref. – Toshkent. 2020.

5.

Abdupattayev, G. (2025). NABIJON BOQIYNING “ROHILA” QISSASIDA XARAKTER VA

KONFLIKT

MASALASI.

QO‘QON

UNIVERSITETI

XABARNOMASI,

14,

127–128.

https://doi.org/10.54613/ku.v14i.1140

6.

Xodjaev, S., & Abdupattaev, G. (2022). Murod Muhammad Do‘st ijodida davr va qahramon

muammosi. Amerika ijtimoiy va gumanitar tadqiqotlar jurnali , 3 (12), 77-81.

Internet manbalari:

1.

www.ziyouz.com

2.

www.ertakchibolajon.com

1

Bashorat Jamilova O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI o‘quv qo‘llanma. Toshkent –2019

Библиографические ссылки

Bashorat Jamilova O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI o‘quv qo‘llanma. Toshkent –2019

Jumаboyev M. Bolаlаr аdаbiyoti. – Toshkent, 2017.

Аhmedovа Z. Ertаk terаpiyа. – Toshkent: Spectrum Mediа Group, 2019.

Asqarova J. O‘zbek xalq ertakchiligi va ertak nashrlarining qiyosiy tadqiqi: Filol.fan.bo‘yicha falsafa d-ri diss.avtoref. – Toshkent. 2020.

Abdupattayev, G. (2025). NABIJON BOQIYNING “ROHILA” QISSASIDA XARAKTER VA KONFLIKT MASALASI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 14, 127–128. https://doi.org/10.54613/ku.v14i.1140

Xodjaev, S., & Abdupattaev, G. (2022). Murod Muhammad Do‘st ijodida davr va qahramon muammosi. Amerika ijtimoiy va gumanitar tadqiqotlar jurnali , 3 (12), 77-81.

Internet manbalari:

www.ziyouz.com

www.ertakchibolajon.com

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)