XODIMLARNI MALAKASINI OSHIRISH VA ATTESTATSIYADAN O’TKAZISH BILAN BOG’LIQ RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI

Abstract

Mazkur tezisda rivojlangan davlatlarning xodimlarni attestatsiyadan o’tkazish tartibi va talablari borasidagi tajribasi  O’zbekistondagi mavjud tartib bilan solishtirilgan holda o’rganilgan. 

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
33-37
8

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Mirzayeva , L. (2025). XODIMLARNI MALAKASINI OSHIRISH VA ATTESTATSIYADAN O’TKAZISH BILAN BOG’LIQ RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI. Current Approaches and New Research in Modern Sciences, 4(10), 33–37. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/canrms/article/view/113754
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur tezisda rivojlangan davlatlarning xodimlarni attestatsiyadan o’tkazish tartibi va talablari borasidagi tajribasi  O’zbekistondagi mavjud tartib bilan solishtirilgan holda o’rganilgan. 


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

33

XODIMLARNI MALAKASINI OSHIRISH VA ATTESTATSIYADAN

O’TKAZISH BILAN BOG’LIQ RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR

TAJRIBASI

Mirzayeva Lola Naimovna

Toshkent davlat yuridik universiteti

Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar

va advokatura kefedrasi o’qituvchi yordamchisi

lolamirzayeva1989@gmail.com

tel: (97) 026-20-20

https://doi.org/10.5281/zenodo.15726702

Annotatsiya:

Mazkur tezisda rivojlangan davlatlarning xodimlarni

attestatsiyadan o’tkazish tartibi va talablari borasidagi tajribasi O’zbekistondagi
mavjud tartib bilan solishtirilgan holda o’rganilgan. .

Kalit so’zlari:

attestatsiya, davlat xizmati,xodimni baholash, sertifikatlash

Аннотация:

В данной диссертации изучен опыт развитых стран

относительно процедур и требований по аттестации работников в
сравнении с существующей процедурой в Узбекистане. .

Ключевые слова

: аттестация, государственная служба, оценка

сотрудников, аттестация

Abstract:

In this thesis, the experience of developed countries regarding

the procedures and requirements for certification of employees is studied in
comparison with the existing procedure in Uzbekistan. .

Key words

: attestation, public service, employee evaluation, certification,

Xodimlarni attestasiyadan o‘tkazishga oid bo‘lgan xorijiy davlatlarning

qonunchiligini o‘rganish va tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki
mamlakatimizda xodimlarni malakasini oshirish va ularni attestasiyadan
o‘tkazish, xususan ularni malakasiga qarab toifalar berish, mehnat huquqlarini
kafolatlashga oid qonunchilikni takomillashtirishda ilg‘or xorijiy davlatlarning
tajribasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki,
xodimlarni attestasiyadan o‘tkazish va mehnat qonunchiligi amal qilinishiga oid
xorijiy davlatlarning mehnat qonunchiligini shartli ravishda uch toifaga bo‘lish
mumkin.

Xususan,

birinchi toifa

– Rivojlangan davlatlar (Buyuk Britaniya, GFR,

Fransiya, AQSh va Yaponiya). AQSh misolida General Electric korporatsiyasida
urf bo’lgan taomilga ko’ra ishchi-xodimlar har yili attestatsiyadan o’tishlari
kerak [1]. General Electricning Jek Velchning fikricha “tarkibida eng yaxshi
o’yinchilar bo’lgan jamoa zafar qozonadi”. Procter&Gamble firmasida
attestatsiya jarayoni birinchi navbatda xodimning kompetentligini belgilashga


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

34

qaratilgan. AQSh mehnat qonunchiligida har yili o’tkaziladigan attestatsiya
xodimlarga demotivatsiya beradi va mahsuldorlikni kamaytiradi deb qayd
etilgan. Mamlakatda OnePoint deb nomlangan dasturiy ta’minot qo’llaniladi. Bu
orqali faqat tegishli malakali kishilar ishga yollanadi.

Germaniyalik olim Samuel Kalbertning ta’kidlashicha xodimlarning mavjud

baholashning an’anaviy tizimi xodimlarni qo’rqitib, ularning o’z kamchiliklarini
tan olishga undaydi[2]. Fransiyada xodimlarni attestasiyadan o‘tkazish
prezidentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi Milliy Ma'muriyat maktabi (Ecole
Nationale d’Administration) tomonidan o‘tkaziladi. Mamlakatda Anri Faoyl'
tomonidan taklif etilgan har bir xodimning alohida o‘rni bor bo‘lishiga qaratilgan
mexanizm amaldadir.

Ikkinchi toifa

– mehnat qonunchiligi amal qilinishi o‘rtacha bo‘lgan

davlatlar. Rossiya federatsiyasi misolida ko’rib chiqadigan bo’lsak, bu davlatda
RF Mehnat kodeksi va 2016 yil 3 iyulda qabul qilingan “Malakani mustaqil
tarzda belgilash bo’yicha federal qonun amal qilmoqda. Shu bilan bir qatorda
mamlakat mehnat vazirligining yo’riqnomalarida attestatsiyadan o’tkazish
jarayoniga attestatsiyaning bir qismi sifatida malakaning mustaqil baholanishiga
yuborish haqidagi xulosa berilishi mumkin. Rossiyada ilmiy xodimlar har besh
yilda bir martadan kam bo’lmagan holda, biroq har ikki yilda bir martadan ko’p
bo’lmagan holda attestatsiyadan o’tkazishlari nazarda tutiladi.

Uchinchi toifa

– mehnat qonunchiligi deyarli rioya qilinmaydigan davlat

Qozog‘iston davlati misolida ko‘rib chiqamiz. Mazkur mamlakatda xodimlarni
attestatsiyadan o’tkazish jarayoni barcha tashkilotlar uchun majburiy
hisoblanmaydi. Biroq, bu mamlakatda ham davriy attestatsiyadan o’tishi lozim
bo’lgan kasblar toifasi mavjud. Bularga fuqarolik va davlat xizmatchilari,
pedagoglar, transport tizimi xodimlari, energetika sohasi va xavfli ishlab
chiqarish obyektlari ishchilari kiradi. Bu Qozog’iston Respublikasi Mehnat
kodeksida tartibga solingan[3]. Mamlakatda 2016-yilning 27-yanvarda “Ta’lim
va fan sohasida faoliyat ko’rsatuvchi fuqarolik xizmatchilarining attestatsiyasini
o’tkazish tartibi” qabul qilingan.

Xodimlarni attestasiyadan o‘tkazish va ularni malakasini aniqlashni

rivojlangan davlatlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSh va Yaponiya
misolida xorijiy davlatlarda davlat xizmatchilarini ishga qabul qilish va
attestasiyadan o‘tkazish tartibi xususiyatlarini ko‘rib chiqildi. Aynan bu
tajribalardan foydalangan holda 2021-yilda O’zbekistonda Mehnat va ijtimoiy
munosabatlar akademiyasi ta’sis etildi. 2022/2023 o’quv yilidan boshlab
mazkur akademiyada kadrlar tayyorlana boshlanadi. Mehnat va ijtimoiy


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

35

munosabatlar sohasida xalqaro talablar va standartlarga muvofiq malakali
kadrlarni tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlarining oliy ma’lumotli mutaxassislarga
bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, sohaga oid muammolarni ilmiy va amaliy
jihatdan tadqiq etishni mazkur akademiyaning maqsadi sifatida belgilangan[4].

Germaniyada davlat xizmatchisining martaba ko’tarilishi va martaba o’sishi

turli daraja va xizmat toifalari uchun farq qiluvchi bir qator batafsil shartlarni
bajarish bilan bog’liq. Umumiy qabul qilingan qoidaga ko’ra, davlat xizmatchisi
lavozimga ko’tarilish uchun imtihondan o'tishi kerak. Germaniyada davlat
xizmatining o’ziga xos xususiyatlari uzoq muddatli amaliyot va tayyorgarlik
xizmatini o’z ichiga oladi. Davlat xizmatchisini egallab turgan lavozimiga
muvofiqligi bo‘yicha attestasiyadan o‘tkazish har uch yilda bir marta turli
mezonlar asosida o‘tkaziladi. Xodim tomonidan bajarilgan ish sifatini baholash
ball tizimiga asoslanadi.

Fransiya, davlat xizmati lavozimlarini egallashning raqobatbardoshligi, shu

jumladan politsiyaga ishga qabul qilishda ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan
davlatlar qatoriga kiradi. Fransiyada davlat xizmatiga yollashda barcha
fuqarolar uchun teng foydalanish tamoyili amal qiladi, jinsga qarab kamsitish
taqiqlanadi. Shu bilan birga, agar nomzodning siyosiy qarashlari u murojaat
etayotgan lavozimiga mos kelmasa (hukumat siyosatini keskin tanqid qilish),
unga ishga joylashish rad etiladi. Bu holatda, Buyuk Britaniyada davlat xizmatiga
kirish uchun nomzodlarga qo'yiladigan talablar bilan aniq o’xshashlik mavjud.
Davlat xizmati lavozimiga tanlovga kirish uchun beshta asosiy shart mavjud:
Fransiya fuqaroligining mavjudligi, siyosiy huquqlarga ega bo'lish, qonunlarga
rioya qilish, harbiy xizmat to'g'risidagi qonunlarga ijobiy munosabat va jismoniy
tayyorgarlik kabi talablari mavjud.

Fransiyada xodimlarni attestasiyadan o‘tkazish bo‘lim boshlig‘i tomonidan

bir yoki bir nechta mansabdor shaxslar bilan kelishilgan holda ikki yilda kamida
bir marta amalga oshiriladi. Attestasiya jarayoni ikki qismdan iborat bo‘lib,
individual attestasiya blankasi tuzilib, umumiy baholash va belgilangan ball
tizimi asosida baholanadi.

Rossiya Federatsiyasida amalga oshirilayotgan ma'muriy islohot natijasida

ishga qabul qilishning raqobat tamoyillari, shu jumladan xorijiy tajribani hisobga
olgan holda ishlab chiqilgan va amaldagi qonunchilikda rasmiylashtirilgan.
Ushbu sohadagi asosiy me'yoriy-huquqiy hujjatlarga 2003-yil 27-maydagi 58-
FZ-sonli “Rossiya Federatsiyasining davlat xizmatlari tizimi to'g'risida” gi
Federal qonuni kiradi. Bundan tashqari, Rossiya Ichki ishlar vazirligining 2013-
yil 29-martdagi 174-son buyrug’i bilan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

36

organlarida bo'sh lavozimni egallash uchun tanlov o'tkazish tartibi va shartlari
tasdiqlangan[5].

Yevropa

olimlarining

nuqtai

nazarini

tahlil

qilish

bizga

sertifikatlashtirishning quyidagi maqsadlarini umumlashtirilgan shaklda
aniqlash imkonini beradi: xodimlardan va har bir xodimdan ularning malakasiga
muvofiq foydalanishni ta’minlash; - xodimlarning kasbiy tayyorgarligi
doirasidagi umumiy va maxsus bilimlarning mutanosibligi;davlat xizmati
vakolatlarini amalga oshirish jarayonida xodimlarning samarali va maqsadli
faoliyatini rag'batlantirish; xizmatga nomzodlarni professional va shaxsiy
tanlashning puxtaligi va tanqidiyligi; jinsi, millati, diniy va boshqa e'tiqodlari,
shuningdek, ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, davlat xizmatidan teng
foydalanishdir[6].

Ko’rib chiqilayotgan mamlakatlarda davlat xizmati nufuzli va ahamiyatli

bo'lib, ish qidirayotganlar o'rtasida raqobat kuchli, bu esa nomzodlarga yuqori
talablar qo'yish imkonini beradi. Rossiya Federatsiyasida ham, xorijiy
mamlakatlarda ham davlat xizmati institutini rivojlantirishning muhim sharti
davlat xizmatchilari sonini qisqartirish, qog'ozbozlikni kamaytirish va
byudjetdan ajratiladigan mablag'larni tejash maqsadida amalga oshirilayotgan
islohotlardir.

WJP Rule of Law Index, ITUC Global Rights, Index, The Labour Rights Index,

OECD Indicators of Employment Protection xalqaro reytinglar va indekslar
jahon mamlakatlarida mehnat huquqlarining ta’minlanganlik darajasini baholab
boradi.

O’zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) Xalqaro kasaba uyushmalari

konfederatsiyasi (ITUC) Xususan, 187 mamlakat a’zo bulgan ХМТ hozirgi kunga
qadar menhnatkashlarning og’irini yengil qilishga qaratilgan 200 ga yaqin
konvensiyani qabul qilib O’zbekiston ulardan 19 tasini qabul qilib o’z
qonunchiligida aks ettirgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkinki, barcha

demokratik huquqiy davlatlarda ishga qabul qilish va attestasiyadan
o‘tkazishning ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan, aniq tartibga solingan mexanizmi
davlat xizmatchilari, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlarining yuqori
malakali kadrlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Крис Вулстон.Почему ежегодные аттестации бесполезны - как для

большинства

сотрудников,

так

и

для

начальства.

https://www.bbc.com/russian/vert-cap-48187466 11.05.2019


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

37

2.

https://rb.ru/article/ejegodnaya-attestatsiya-demotiviruet

rabotnikov/6845987.html 21.11.2011
3.

https://e.kadelo.mcfr.kz/519577

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.08.2021 yildagi PQ-

5227-sonli Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini tashkil etish
to‘g‘risida https://lex.uz/docs/-5594354
5.

Об утверждении Порядка и условий проведения конкурса на

замещение вакантной должности в органах внутренних дел Российской
Федерации и перечня должностей в органах внутренних дел Российской
Федерации, назначение на которые осуществляется по результатам
конкурса : приказ МВД России от 29 марта 2013 г. № 174 // Рос. газета. -
2013. — 17 июля.
6.

Беляев А. В., Герасимов В. М. Аттестациягосударственных служащих:

юридико-психоло-гическийаспект.—М.:ИТПИ,2001.—34с.
7.

https://www.ilo.org/global/lang--en/index.htm

8.

https://www.ituc-csi.org/?lang=en

References

Крис Вулстон.Почему ежегодные аттестации бесполезны - как для большинства сотрудников, так и для начальства. https://www.bbc.com/russian/vert-cap-48187466 11.05.2019

https://rb.ru/article/ejegodnaya-attestatsiya-demotiviruet rabotnikov/6845987.html 21.11.2011

https://e.kadelo.mcfr.kz/519577

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.08.2021 yildagi PQ-5227-sonli Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida https://lex.uz/docs/-5594354

Об утверждении Порядка и условий проведения конкурса на замещение вакантной должности в органах внутренних дел Российской Федерации и перечня должностей в органах внутренних дел Российской Федерации, назначение на которые осуществляется по результатам конкурса : приказ МВД России от 29 марта 2013 г. № 174 // Рос. газета. - 2013. — 17 июля.

Беляев А. В., Герасимов В. М. Аттестациягосударственных служащих: юридико-психоло-гическийаспект.—М.:ИТПИ,2001.—34с.

https://www.ilo.org/global/lang--en/index.htm

https://www.ituc-csi.org/?lang=en