CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
91
OMMAVIY TARTIBSIZLIK JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISH VA
UNI GURUH BEZORILIGIDAN FARQLASHDAGI MUAMMOLAR
Umurzoqov Mexroj Umar o‘g‘li
E-mail: umirzakovm7@gmail.com
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti
magistranti
Yusupdjanov Odil Abdugafurovich
Ilmiy rahbar: Ph.D.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, Jahin
iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13762855
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ommaviy tartibsizliklar va guruh bezoriligi
jinoyatlarining jinoiy-huquqiy tabiati, ularning o‘zaro farqlari va o‘xshashliklari
tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, ommaviy tartibsizliklar va bezorilik uchun
jinoiy javobgarliklarning jamoat tartibini saqlashga qaratilganligini ta’kidlaydi.
Ommaviy tartibsizliklar asosan stixiyali sodir etilgan jinoyatlar bo‘lib, ularning
tashkilotchilari boshqa shaxslar bo‘lishi mumkin, bezorilik esa bir guruh
tomonidan sodir etilgan holda barcha ishtirokchilar bajaruvchi sifatida ishtirok
etadi. Jinoyatlarning obyektlariga qarab farqlanishi ham ularning o‘ziga xos
xususiyatlarini belgilaydi: ommaviy tartibsizliklar jamoat xavfsizligiga zarar
etkazsa, guruh bezoriligi jamoat tartibini buzadi.
Maqolada ommaviy tartibsizliklar va bezorilik jinoyatlarini kvalifikatsiya
qilishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va muammolar muhokama qilinadi,
shuningdek, ushbu jinoyatlarni farqlashning ahamiyati yoritib berilgan.
O‘zbekiston va Rossiya amaliyotida ushbu jinoyatlar bo‘yicha sodir etilgan
huquqbuzarliklar va sud qarorlari tahlil qilinadi. Maqola jinoyatlarni farqlashda
obyektiv tomonlar, jinoyat ishtirokchilarining roli va qurol ishlatish kabi
omillarning muhimligi haqida batafsil to‘xtaladi. Xulosada ommaviy
tartibsizliklar va guruh bezoriligi jinoyatlari bo‘yicha amaldagi qonunchilikdagi
kamchiliklar, jinoyatlarni aniq kvalifikatsiya qilishda yuzaga keladigan
qiyinchiliklar hamda bu jinoyatlar jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda
qanday rol o‘ynashi muhokama qilingan.
Kalit so‘zlar: Ommaviy tartibsizliklar, Guruh bezoriligi, Jinoyat kvalifikatsiyasi,
Jinoiy-huquqiy tahlil, Jamoat tartibi, Jamoat xavfsizligi, Jinoyatning obyektiv
tomoni, Jinoyat ishtirokchilari, Qonunchilik, O‘zbekiston va Rossiya amaliyoti.
Ommaviy tusdagi bunday jinoyatlar ularning jinoiy-huquqiy tabiati, yo‘nalishi,
ishtirokchilarning tajovuzkorligi hamda sifat ko‘rsatkichi va oqibatlarini hisobga
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
92
olgan holda aytish mumkinki, mazkur turdagi jinoyatlarni kvallifikatsiya qilish
murakkab hisoblanadi. Shuningdek, fuqarolar o‘zlarining iqtisodiy, siyosiy,
fuqarolik huquqlarini talab qilgan holda turli xil mitinglar va harakatlar
o‘tkazish huquqlari mavjud bo‘lib, tahlil etilayotgan moddalar fuqarolarning
mazkur huquqlariga tajovuz qilish xavfi mavjud. Bunda muhim jihat shundaki,
jinoyat qonunchiligi jazolash va cheklashga emas, balki qayta tarbiyalab,
jamiyatga xavfsiz shaxsni qaytarish bo‘lishi lozim.
Hozirgi davrda bizning davlatimiz va jamiyatimiz yirik iqtisodiy va siyosiy
o‘zgarishlar bosqichida bo‘lib, bu yerda ko‘plab guruh va to‘dalarning, turli
davlatlarning manfaatlari to‘qnash kelgan, shu sababli hokimiyat va fuqarolar
harakatida yakdillik va o‘zaro ishonch bo‘lmog‘i lozim. Bunday tahlikali
vaziyatlarda jamoat tartibi va xavfsizligiga tajovuz qiluvchi turli-xil qarama-
qarshiliklar va nizolardan holi emas.
Davlat bunday ziddiyatlarni huquq normalari, jumladan, jinoyat huquqi
normalari yordamida hal qilishga harakat qilmoqda. Shu sababli ham ommaviy
tartibsizliklar va bezorilik uchun javobgarliklar manashu maqsadlarni ham
ko‘zlab joriy etilgan deb hisoblaymiz.
Biroq shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, qonunlar odamlar tomonidan
yozilganligi, odamlar esa doim ham mukammal bo‘la olmasligi tufayli turli xil
kamchiliklar uchrab turadi. Bu esa jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda xatolarga,
pirovardida sud qarorlarining noto‘g‘ri chiqarilishiga olib keladi. O‘zbekiston
amaliyotida tahlil qilinayotgan normalar bilan bog‘liq qonun buzilishlariga
amaliy misollar topa olmadik, biroq Rossiya amaliyotida shunday holat mavjud.
Ya’ni Tergov organlari tomonidan bir guruh shaxslar ommaviy tartibsizliklarda
ishtirok etganlikda ayblangan, biroq sudyalar ishtirokidagi Ulyanovsk viloyat
sudi hukmi bilan bir qancha ayblanuvchilar oqlangan ba’zilari esa Rossiya
Federatsiyasi Jinoyat kodeksining Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining
213-moddasi 2-qismiga guruh bezoriligi sifatida qayta malakalangan. Rossiya
Federatsiyasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati 2005 yil 22
dekabrdagi kassatsiya ajrimida mazkur hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan .
Bundan tashqari, Jinoyat Kodeksi 244-moddasiga bir necha marotaba
o‘zgartirishlar kiritilganligidan ko‘rish mumkinki, mazkur jinoyatlarni
kvallifikatsiya qilishda bir qancha muammolar mavjud.
Biz yuqorida ommaviy tartibsizliklar va guruh bezoriligi jinoyatlarining
huquqiy tabiatini yoritib o‘tdik hamda ta’kidlab o‘tish kerakki, bu jinoyatlarning
belgilari tashqi o‘xshashlikka ega. Ommaviy tartibsizliklar katta guruh shaxslar
tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, bezorilik ham qonunda belgilangan hollarda bir
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
93
necha shaxs tomonidan birgalikda sodir etiladi. Biroq ommaviy tartibsizliklar
jinoyati stixiyali tarzda omma tomonidan sodir etiladi, lekin ularning asl
bajaruvchilari va tashkilotchilari boshqa shaxslar bo‘ladi. Shu yerda
bezorilikning farqli jihati ko‘rinadi, ya’ni mazkur jinoyatda tashkilotchidan
tashqari barcha ishtirokchilar bajaruvchi hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur jinoyatlar qasd qaratilgan obyektlariga qarab ham
farq qiladi. Ko‘pgina mutaxassislarning fikriga ko‘ra, tartibsizliklar paytida,
jamoat xavfsizligiga zarar etkaziladi. Guruh bezoriligida esa jamoat tartibi
buziladi. Ammo bu belgilarni voqea joyini tekshirganda darhol aniqlash qiyin.
Shu bois, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan barcha holatlar, vaziyat va hodisa
joyini sinchiklab o‘rganish zarur. Ommaviy tartibsizliklar paytida qurol,
portlovchi qurilmalar, portlovchi moddalar ishlatilishi mumkin. Guruh bezoriligi
ham qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyolar qurollar,
portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalar bilan ham sodir etilishi mumkin.
Ommaviy tartibsizliklar ham guruh bezoriligi ham ko‘pincha fuqarolarga
nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lib, hokimiyat vakiliga qurolli qarshilik
ko‘rsatish bilan birga sodir etiladi. Bu holat esa mazkur jinoyatlarni bir-biridan
farqlashda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Shuningdek, ommaviy tartibsizliklar jinoyatlarida ham bezorilik jinoyatida
ham mazkur jinoyatlarni sodir etgan shaxslari soni bo‘yicha aniq kriteriya
mavjud emas. Bu esa o‘z navbatida ommaviy tartibsizliklar hamda bezorilikni
bir-biridan farqini anglashda yana bir muammoni keltirib chiqaradi.
Ushbu jinoyatlarning subyektlari bo‘yicha ma’lum darajada farqlar
mavjud. Ommaviy tartibsizliklarda passiv va ishtirokchi kabi nazariy
tushunchalar bo‘lgan holda, bezorilikda jinoiy xatti-harakatlarning faol va passiv
ishtirokchilari bo‘lishi mumkin emas. Guruhdagi bezorilikning barcha
ishtirokchilari odatda ishtirokchilar sifatida e’tirof etiladi.
V.V.Borovikovaning fikriga ko‘ra “ommaviy tartibsizliklar jinoyatining
subyektlari oldindan til biriktirgan holda harakat qilishlari dargumon, odatda
mazkur jinoyatni sodir etganlar tashkilotchilar tomonidan tegishli psixologik
“qayta ishlash”dan so‘ng to‘satdan yuzaga kelgan qasd bilan harakat qiladilar” .
Biroq bizning fikrimizga ko‘ra, ommaviy tartibsizliklarda ham oldindan kelishish
kabi holatlar uchrab turishi mumin. Chunki mazkur jinoyatlar faqatgina
tashkilotchilar tomonidan ma’lum qasdni ko‘zlab sodir etilmaydi. Bunda
haqiqatdan ham olomon tomonidan ma’lum bir huquq yoki imtiyozlar talab etib,
biroq qonunchilikni buzgan holda ham sodir etilishi mumkin.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
94
Mazkur jinoyatlarning obyektiv tomonlarida ham ma’lum bir farqlar
mavjud. Bezorilik jinoyati zo‘rlik ishlatish bilan bog‘liq bo‘lib, tajovuz qilingan
holda sodir etiladi. Ya’ni zo‘rlik ishlatish bezorilik jinoyatining zaruriy belgisi
hisoblanadi. Ommaviy tartibsizliklar jinoyati ham zo‘rlik ishlatish bilan bo‘gliq
holda sodir etilishi mumkin bo‘lgan holda, zo‘rlik mazkur jinoyatning zaruriy
belgisi hisoblanmaydi. Aksincha, zo‘rlik ishlatish ommaviy tartibsizliklar
jinoyatining fakultativ belgisidir va jinoyatni kvalifikatsiya qilishda hisobga
olinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin:
1. Bezorilik uchun jinoiy javobgarlik, shu jumladan bir guruh shaxslar
tomonidan tomonidan sodir etilganda, shuningdek ommaviy tartibsizliklar
uyushtirish va ularni sodir etishda ishtirok etish ijtimoiy jihatdan belgilanadi va
ijtimoiy xavfli qilmishlarni jinoiy javobgarlikka tortishning barcha mezonlariga
javob beradi.
2. Butun jahon tarixi, O‘z. SSR, SSSR va O‘zbekiston Respublikasi jinoyat
qonunchiligining rivojlanish tarixi bizga jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga
qarshi jinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan jinoiy huquq normalarining
uzluksizligi, ularni sinchkovlik bilan farqlash va adolatlilik tamoyili nuqtayi
nazaridan rioya qilish zarurati haqida fikr yuritishga imkon beradi.
3. Bezorilik jinoyat formal tarkibli jinoyat hisoblanib Jinoyat Kodeksi 277-
moddasi despozitsiyasida nazarda tutilgan harakatlar amalga oshirilgan paytdan
boshlab tugallangan hisoblanadi. Bezorilik jinoyati obyektiv tomonning zaruriy
belgisi jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-
do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast
yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazishda ifodalanadi. Qurol sifatida
esa faqatgina “Qurol to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq o‘qotar qurol deb
belgilangan predmetlar e’tirof etilishi mumkin.
4. Bezorilikning asosiy bevosita obyekti - jamoat tartibi (axloq va qonun
bilan tartibga solinadigan umume’tirof etilgan xulq-atvor qoidalariga rioya
qilish, fuqarolarning jamoat va shaxsiy daxlsizligi, jamiyatda barqarorlik holatini
ta’minlash asosida shakllangan ijtimoiy munosabatlar tizimi, jamiyat, davlat
institutlarining normal faoliyati, mehnat sharoitlari, har bir insonning hayoti va
shaxsiy hayot daxlsizligi). Qo‘shimcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri obyektlar – qurollarga
egalik qilishning huquqiy asoslari, transport xavfsizligini va konstitutsiyaviy
tuzum asoslarini ta’minlaydigan boshqa ijtimoiy munosabatlar munosabatlar.
5. Bezorilik faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Jinoyatchining niyati
nafaqat jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzish va jamiyatga nisbatan ochiq
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
95
hurmatsizlikni ifodalashda namoyon bo‘ladi. Bunda qasd to‘satdan paydo
b`olgan bo‘lishi ham mumkin. Biroq mazkur belgi qonunchilikda zaruriy yoki
fakultativ belgi sifatida belgilanmagan. Shu sababli ham mazkur holat faqatgin
ajinoyatni kvalifikatsiya qilishda e’tiborga olinishi mumkin.
6. Hozirda mavjud jinoyat qonunchiligi jamiyatda yurish-turish qoidalarini
qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki
o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish,
mazkur harakatlar badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib; bir guruh shaxslar
tomonidan; sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi
mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan
qo‘rqitib yoxud qo‘llab; o‘z mazmuniga ko‘ra umum e’tirof etgan axloq
qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o‘taketgan behayolik
bilan; yosh bola, qariya, nogironligi bo‘lgan shaxs yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni
xo‘rlab; ko‘p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga
shikast yetkazib; akroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; o‘qotar qurolni
namoyish qilib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoki qo‘llab; ommaviy tadbirlar
o‘tkazilayotgan vaqtda; jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan
hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini
olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilganlik
uchun javobgarlik belgilagan.
7. Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish,
fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va
fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda
ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik tegishli
tartibda MJTK 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik hisoblanib,
mayda bezorilik bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan hollarda
huquqbuzarlik Jinoyat Kodeksi 277-moddasi bilan emas, balki MJTK 183-
moddasida nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
8. Amaliyotda guruh bezoriligi asosan turli sport tadbirlari va
musobaqalarida sodir etiladi. Bunda bezorilik tomoshabin va muxlislar
tomonidan sodir etilishi bilan bir qatorda sportchilar tomonidan ham sodir
etilishi mumkinligi hisobga olinishi lozim.
9. Jinoyat huquqi nazariyasidagi turli pozitsiyalarni hisobga olgan holda,
ommaviy tartibsizliklar deganda ko‘p sonli faol ishtirokchilar tomonidan
qasddan sodir etilgan, fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik, talon-taroj qilish, o‘t
qo‘yish, mulkni yo‘q qilish, qurol-yarog‘, portlovchi qurilmalar, portlovchi,
zaharli yoki boshqalar uchun xavf tug‘diradigan, shuningdek hokimiyat vakiliga
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
96
qurolli qarshilik ko‘rsatadigan boshqa moddalar va narsalar qo‘llash orqali sodir
etilgan harakatlar tushunilishi kerak, deb hisoblaymiz
10. Jamoat tartibi – xavfsizlik va fuqarolarning tinchligini, o‘zgalar mulkini
saqlashni, jamoat va davlat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlarning bir me’yorda ishlab turishini ta’minlashga yo‘naltirilgan
odamlar o‘rtasidagi axloq va huquq normalariga asoslangan munosabatlar
tartibi tushuniladi.
11. Ommaviy tartibsizliklar tugallanish vaqti o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Ommaviy tartibsizliklar uyushtirilganda, hozir bo‘lgan ishtirokchilar jamoaty
joylarida tartibsizliklar uyishtirishga qat’iy qaror qilganda tugallangan deb
hisoblanadi va mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
244-moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan harakatlar ular amalga oshirilganligi
muhim ahamiyatga ega emas.
12. Ommaviy tartibsizliklar jinoyatini sodir etishga qaratilgan rejalarni
tuzish, olomon to‘plashga harakat qilish ommaviy tartibsizliklar jinoyatini sodir
qilishga suiqasd qilish sifatida e’tirof etilishi lozim.
13. Ommaviy tartibsizliklar jinoyatining tashkilotchisi oldindan o‘ylangan
harakatlar asosida to‘g‘ri qasd bilan harakat qiladi. Mazkur jinoyat ishtirokchisi
ham to‘g‘ri qasb bilan harakat qiladi. Biroq bunda shuni e’tiborga olish kerakki,
qasd nafaqat o‘ylangan bo‘lishi, balki u to‘satdan ham vujudga kelishi mumkin.
Bu qoida faqatgina ishtirokchiga nisbatan qo‘llaniladi.
14. Ommaviy tartibsizliklar jinoyati va guruh bezoriligi ko‘p jihatdan bir-
biriga o‘xshab ketsa-da ular o‘rtasida farqlar yetarlicha. Jumladan:
Ommaviy tartibsizliklar va guruh bezoriligini farqlashda jinoyatlar
obyektiga e’tibor qaratish lozim. Turli xil qarashlarini o‘rganib shuni aytishimiz
mumkinki, mazkur jinoyatning umumiy obyekti jamoat tartibi va jamoat
xavfsizligi hisoblanadi. Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini farqi nimada,ular
mazmunan bir ma’noni anglatmaydimi, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Bizning
fikrimizcha, jamoat xavfsizligiga tajovuz bo‘lganda, jamiyatdagi ijtimoiy
munosabatlarga zarar yetadi yoki bunday zarar real xavfi vujudga keladi. Jamoat
tartibi buzilganda esa, bu munosabatlar beqarorlashadi.
E’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yana bir jihat ishtirokchilar soni
hisoblanadi. Ya’ni ommaviy tartibsizliklarda – jamoat tartibi va jamoat
xavfsizligiga daxl qiladigan ko‘p sonli ishtirokchilar, aniqroq qilib aytganda,
olomon effektini hosil qilishga yetarli bo‘lgan ishtirokchilar haqida so‘z boradi.
Biroq ommaviy tartibsizliklarda faqatgina aktiv ishtirokchilar javobgarlikka
tortiladi. Bezorilik jinoyatida esa nisbatan tor doiradagi ishtirokchilarga e’tibor
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
97
qaratiladi. Ya’ni guruh bezoriligi ishtirokchilarini olomon deb atab bo‘lmaydi.
Ularning barchasi jamoat tartibini qo‘pol tarzda buzadi va jamiyatga nisbatan
ochiq-oydin
hurmatsizlik
ko‘rsatadi.
Shuningdek,
mazkur
jinoyat
ishtirokchilarini aktiv va passiv ishtirokchilikka bo‘linmaydi.
Mazkur jinoyatlarning obyektiv tomonlarida ham ma’lum bir farqlar
mavjud. Bezorilik jinoyati zo‘rlik ishlatish bilan bog‘liq bo‘lib, tajovuz qilingan
holda sodir etiladi. Ya’ni zo‘lik ishatish bezorilik jinoyatining zaruriy belgisi
hisoblanadi. Ommaviy tartibsizliklar jinoyati ham zo‘rlik ishlatish bilan bo‘gliq
holda sodir etilishi mumkin bo‘lgan holda, zo‘rlik mazkur jinoyatning zaruriy
belgisi hisoblanmaydi. Aksincha, zo‘rlik ishlatish ommaviy tartibsizliklar
jinoyatining fakultativ belgisidir va jinoyatni kvalifikatsiya qilishda hisobga
olinadi;
Bir guruh shaxslar bezoriligi va ommaviy tartibsizliklar jinoyatlarini
o‘rtasidagi farqlarni belgilash va ularni kvalifikatsiya qilishdagi muammolarni
bartaraf etish borasida quyidagi takliflarni kiritishimiz mumkin:
Ommaviy tartibsizliklar jinoyatlarini majburiy belgisi sifatida uning motivi
ham belgilanishi lozim. Ya’ni ommaviy tartibsizliklar jinoyatida jinoyatni sodir
etish motivi (siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy yoki diniy adovat) muhim
ahamiyat kasb etmaydi. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ommaviy
tartibsizliklar asosan, siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy yoki diniy adovat negizida
yuz beradi. Shu sababli mazkur belgilar tegishli norma dispozitsiyasida aks
ettrilishi lozim;
Ommaviy tartibsizliklar qatnashchilarining talablari qonuniy bo‘lsa,
mazkur qilmish ommaviy tartibsizlik sifatida e’tirof etilmasligi lozim. Chunki
ba’zan O‘zbekiston sharoitida shunday hodisalar yuz beradiki, natijada oddiy
odamlar o‘zlarining huquqlarini amalga oshirish uchun tartibsizliklar
uyishtirishdan boshqa chorasi qolmaydi. Shuning uchun tartibsizliklar
ishtirokchilarining talablari qonuniy bo‘lsa, qilmish jinoiylikni istisno etish
lozim;
Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligi kabi tushunchalrni yuridik jihatdan
asoslantirib, ularga kengroq tavsif berish lozim;
Oliy Sudning Plenum qarorlari orqali mazkur jinoyatlarni kvalifikatsiya
qilishda ualrning sifat ko‘rsatkichlari e’tiborga olinishi lozimligi tavsiya etilishi
kerak;
Yana bir muhi taklif shundaki, ommaviy tartibsizliklar jinoyatining sodir
etish uchun uning ishtirokchilar sonining minimal miqdorini belgilash lozim.
Misol uchun xalqaro maydonda shunday amaliyotlar mavjud. Jumladan: Buyuk
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
98
Britaniyada 1986 yilda qabul qilingan va hozirda ham amalda bo‘lgan, “Jamoat
tartibini saqlash haqidagi Akt”ga muvofiq ommaviy tartibsizliklarda 12 yoki
undan ko‘p odam ishtirok etishi lozim; AQSHda ommaviylik belgisi olomon -
qonuniy yoki noqonuniy maqsadga erishish maqsadida ommaviy tartibsizliklar
yoki jamoat tinchligini buzuvchi boshqa harakatlar sodir etish maqsadida birga
yig‘ilgan uch yoki undan ortiq shaxslarga nisbatan beriladi. Shu sababli ham
qonunchilikda ishtirokchialr sonining minimal miqdorini belgilash foydali
bo‘ladi deb hisoblaymiz;
Bezorilik jinoyatinni kvalifikatsiya qilishda transport bezoriligi uchun
javobgarlik belgilash lozim. Ya’ni hozirgi davrda transport bezoriligi sodir
etganlar uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri javobagrlik mavjud emas. Mazkur qilmishni
sodir etganlar tegishli tarzda JKning boshqa, bezorilik belgisini qamrab
olmaydigan normalari bilan javobgarlikka tortilishi haqida ham batafsil
tushuntiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Mazkur yangi tahrirdagi
Konstitutsiya 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi
referendumida
umumxalq
ovoz
berish
orqali
qabul
qilingan.
https://lex.uz/docs/-6445145
2.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (2022-yil 14-martgacha
bo‘lgan
o‘zgartish
va
qo‘shimchalar
bilan).
https://lex.uz/docs/-
111453?ONDATE2=14.03.2022&action=compare
3.
O‘zbekiston
Respublikasining
Jinoyat-protsessual
kodeksi.
https://lex.uz/docs/111460
4.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. –T.: “Аdolat”,
1997. – B.56-65.
5.
Очилов Ҳасан Рашидович. Саволлар ва жавоблар. Жиноят ҳуқуқи
(Умумий қисм). Тошкент 2009.
