CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
43
XIX ASR OXIRI VA XX ASRNING BOSHIDA AQSH ADABIYOTIDA
REALIZM VA NATURALIZM.
Farrux Tursunov Baxtiyor o’g’li
Master student of NamSIFL
https://doi.org/10.5281/zenodo.13744558
Annotatsiya
XIX asr oxiri XX asrning boshlarida amerika adabiyotiga yangi, dunyoni
qanday bo’lsa shunday tariflashga harakat qiluvchi ijodkorlar - realistlar kirib
kela boshladi. Ushbu tadqiqot realizm deya atalmish yo’nalishning boshqa
oqimlardan farqlari o’xshashliklari hamda uning eng ko’zga ko’ringan
namoyondalari asarlariga qisqacha tarif berib o’tadi. Qo’laversa, ushbu oqimning
san’atda tugan o’rniga ham to’htalib iqtibos keltirgan holda tadqiq etadi.
Kalit so’zlar:
natularizm, saga, idealizm, begonalashuv, alienation.
XIX asr oxiri XX asrning boshlarida amerika adabiyoti juda katta
o‘zgarishlarni boshdan kechirdi - u realizm edi. Romantisizmning
ideallashtirilgan manzaralari va mehribon qahramonlariga zid o‘laroq, realizm
harakati nomoyondalari oddiy odamlarning kundalik ishlari, tajribalari va
ijtimoiy muammolariga katta etibor bergan holda, amerikaning yomonlashib
borayotgan vijdon, sadoqat degan tushunchalarnii tasvirlashga jiddi jahd qildi.
Realizmgacha bo‘lgan davrda, Vashington Irving va James Fenimor Kuperlar
mehribon, sadoqatli qahramonlar yashovchi va sarguzasht bilan to‘lib toshgan
yerlarni tasvirlashgan. Biroq, XIX asrning oxiriga qadar bo‘lgan vaqtda amerika
judda katta ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazayotgan edi.
Tezkor sanoatlashuv, shaharlashuv va qambag‘al va boylar o‘rtasidagi
bo‘shliqning kattalashuvi ko‘proq haqqoniy va real yondashuvni talab qiladigan
keskin yangi haqiqatning adabiy shaklini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Bu davrni amerika adabiyotining oltin davri bo‘lgan desak yanglishmagan
bo‘lamiz sababi bu davr ijodkorlari ushbu hududda juda ko‘p turli ajoyib
yo‘nalishlarda, mavzularda va usullarda ijod qilishdi va amerika adabiyotini
jahon adabiyotida tutgan o‘rnini mustahkamlashdi. Teador Drayzer va Mark
Tvenning
jasurona
realizimidan
tortib,
Valt
Vitmanning
she’riy
romantisizimigacha hamda Ernest Heminguey va Frensis Skotning innovatsion
modernizmigacha, amerika adabiyotining bu davri mamlakatda kechayotgan
katta ko‘lamdagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlarning o‘ziga hos aksi
bo‘lib hizmat qiladi.
Asosiy qism
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
44
Adabiyot shunday kuchga egaki, u o‘zining ushbu ajoyib kuchi bilan
insonlarni sarguzashtlarga, fantastik sayohatlarga olib chiqadi hamda qaysidir
jinoyatchi orqasidan quvishga, jinoyat izlarini topishga majbur qiladi. Biroq shu
keng ko‘lam ichida bir ajoyib kamdan-kam insonlarga yoquvchi lekin adabiyotda
ajralmas o‘ringa ega oqim mavjuddir. Bu – realizm. Realizm (lotinchadan "realis"
- "material", "haqiqiy") har qanday falsafiy realizmning namoyon bo‘lishi,
voqelikning mustaqil ravishda mavjudligiga ishonish falsafaning o‘zida yoki
amaliy san'at va fanlarda bo‘lsin, kuzatuvchilarni tasvirlaydi.
1
Romantizmdan
farqi, realizm hayotni haqiqatda bo‘lgani kabi tasvirlashga qaratilgan har qanday
harakatdir. “XIX-asrning o‘rtalarida, asarlardagi qirollar va malikalar, jangchilar
va ritsarlar, iblis mushuklari, arvohlar, dengiz jonzotlari va yirtqich hayvonlar
tasviri o‘z o‘rnini fermerlarga, savdogarlarga, advokatlarga, ishchilar,
novvoylarga bo‘shatib berdi. Adabiyotdagi realizm san'atdagi keng bir harakat
bo‘lib, endilikda yozuvchilar oddiy odamlar va hodisalarga o‘z diqqatlarini
qaratdilar.”
2
XIX asrning o‘rtalarida jahon adabiyotida romantisizm yo‘nalishidan so‘ng
uning ideallashtirilgan tasvirlariga javob o‘laroq realizm oqimi dunyoga keldi-yu
adabiyot sarhadlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Adabiy tanqidchi Yan Uattning
fikriga ko‘ra realizm “romantizmning haqiqat va go‘zallikni buzishiga qarshi
isyon”
3
sifatida paydo bo‘ldi. Bu oqimda dastlab fransiyada Onore DeBalzak va
Gustav Flabertlar ijod qilishdi. Adabiy oqimlarning turfa hil shakllari ichida
realizm o‘ziga hos, haqqoniyligi, realligi, hayotni hech qanday bo‘yoqlarsiz
qanday bo‘lsa shunday ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Adabiy nazariyotchi Georg
Lukas reallikni ko‘rsatish ahamiyatiga urg‘u berib “realizmning vazifasi
reallikning ishonchli tasvirini berishdir”
4
deydi. Qolaversa, bu yo‘nalishda
adiblar o‘rta qatlam hayoti, ijtimoiy tabaqalanish ular o‘rtasidagi farqlarni ochiq-
oydin namoyon etib, kundalik hodisalarga, zerikarli hayotga oyna tutadi. Buning
misolini Jek Londonning “Martin Iden”, Teador Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” ga
o‘xshash asarlarda uchratishimiz mumkin.
Realizm boshqa oqimlardan quyidagi hususiyatlari bilan farqlanib turadi.
a.
Kunlik hayotga e’tibor berish:
bunday asarlarda hikoya doimo oddiy
insonlar atrofida, ularning kunlik to‘qnash keladigan qiyinchilik va muammolar
haqida bo‘ladi. Bunday voqelarni Jek Londonning “Martin Iden” asarida ham
uchratish mumkin.
1
https://uz.wikipedia.org/wiki/Realizm_(san%CA%BCat)
2
А. А. ГорнфельдРеализм, в литературе // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона: В 86
томах (82 т. и 4 доп.). — СПб.: 1890—1907.;стр. 226
3
Watt I. Studies in Defoe, Richardson and Fielding. – Chatto & Windus, 1957.
4
Lukács G. Realizm in the Balance. – 1977.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
45
b.
Batafsil tasvirlash:
har bir personajning harakteri, atrofidagi narsa va
voqealarning, kun tartibining ba’tafsil va mukammal bayoni orqali haqqoniylik
va reallikni aks ettirishga harakat. Bu oqim ingliz yozuvchisi Evelyn Waugh
aytganidek “tashqi reallikni obyektiv va batafsil ko‘rsatib beradi.”
5
Jek
Londonning “Martin Iden” asarida ham Martinning opasining hayoti ham bu
reallikdan dalolatdir
.
c.
Psixologik murakkablik:
bu turli asarlarda insonlar boshqa oqimlardan
farqli ravishda qahramonlardek emas balki o‘zlarining real kamchiliklari, ichki
menlari bilan kurashlari aks etadi, Abramsning fikriga ko‘ra “inson tabiatining
murakkabligi va turfa hilligi”
6
bilan tasvirlanadi.
d.
Ijtimoiy tasvir va tanqid:
shaxsiy kurashlardan tashqari bu oqim
ko‘pincha ijtimoiy xayotni ham reallik bilan ko‘rsatib beradi. Bundan tashqari,
“adiblar ko‘pincha realizmdan ijtimoiy tengsizlik va adolatsizliklarni tanqid
qilish, muloqot va mulohaza yuritish uchun”
7
ham foydalanadi
.
Bu oqim ijodkorlari o‘z asarlari orqali juda ko‘p natijaga erishmoqchi
bo‘lishgan xususan, inson kechinmalarini tushunish, ijtimoiy ogohlik va turli
mavzular ya’ni muhabbat, shaxsiyat, o‘lim kabilarni kiritishimiz mumkin.
“Martin Iden” asarida ham asar qahramonining safari muhabbatdan boshlanib
o‘lim bilan tugaganligini ko‘rishmiz mumkin. Bu turli asarlarda kitobxonlar
boshqa insonlar tomonidan duch kelinayotgan qiyinchilik va muammolarni
chuqur his qiladilar va ular bilan birga yashaydilar. Ijtimoiy ogohlik ham bunday
asarlarda ajoyib mohirlik bilan tasvirlanadiki “asar o‘quvchini tanqidiy
fikrlashga chorlab, o‘zini real-xayot muammolari ichida hish qilishiga”
8
majbur
etadi. Lev Tolstoy aytganidek “realistning vazifasi – xayotni qanday bo‘lsa
shunday ortiqcha rang va bo‘yoqlarsiz, soxtaliklarsiz” tasvirlashdir. “Donald
Pizer realizmni uchta mezon bo‘yicha - ishonchlilik, vakillik va xolislikka
asoslangan umumiy qabul qilingan ta'rifini o‘zgartirdi. Alfred Xabegger realizm
ayollar badiiy adabiyotiga koʻproq qarama-qarshi boʻlganligini taʼkidlagan,
bo‘lsa Jozefina Donovan ayollarning mahalliy rangli adabiyoti qat'iy ravishda
ayollar realizmining antiromantik an'analari doirasida joylashgan bo‘lishi
mumkinligini“
9
ta'kidlagan.
5
Waugh P. Mind in Modern Fiction: Literary and Philosophical Perspectives after Darwin //The Evolution of
Literature. – Brill, 2011. – С. 125-140.
6
Abrams M. H., Harpham G. A glossary of literary terms. – Cengage learning, 2014. – 252b.
7
Waugh P. (ed.). Literary theory and criticism: An Oxford guide. – Oxford University Press, 2006.
8
Lodge D. The Art of Fiction, translated by: Maher El-Batali. – 2002. - 112b.
9
Tadjibayev M., Shegay A., Krivosheeva G. The development of realizm in American literature //European Journal of
Research and Reflection in Educational Sciences. – 2020. – Т. 8. – №. 10. – С. 145-150.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
46
Garchi realizm va naturalizm AQShda mustaqil ravishda paydo bo‘lishi
kerakligi aytilsada, tarixiy haqiqat shundaki, realizm Yevropa mamlakatlaridan
sharqqa qarab Rossiyagacha bo‘lgan hududlarda gullab-yashnagan va
yozuvchilar ingliz hamda fransuz ijodkorlaridan ruhlangan. Jorge Luis Borges
“The Scandinavian Destiny” maqolasida realizmni dastlab shimolliklar tarafidan
adabiyotga olib kirilgan deya tahmin qiladi va uni Islandiya sagalariga bog‘laydi.
Garchi Amerika provintsial, axloqiy madaniyati Puritanism(protestantliking bir
oqimi) ta’siri ostida realizm va naturalizmni begona, zararli deb rad etgan holda
Romantik harakat bilan bog‘liq bo‘lgan optimism va idealizmni alqab kelgan
bo‘lsa-da, bu ikki oqim(realizm va naturalizm) Qo‘shma Shtatlarga asta sekin
kirib o‘rnashdi. Hattoki Richard o‘zining "Amerika romani va uning an'anasi"
(1957) asarida “Qo‘shma Shtatlardagi romantizmning eng muhim usul
ekanligini ta'kidlagan”.
10
Amerika adabiyoti qisqa lekin rangin tarixga ega va bu adabiyot realizm
yuksalishida o‘zining mustahkam o‘rniga ega hisoblanadi. Uni biz ikki yo‘nalish
romantizm va realizm o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tagan desak ham albatta
yanglishmagan bo‘lamiz. Baymning takidlashiga ko‘ra “realizmdan oldin
romantizm hissiyotlar, individualizm va ideallashtirilgan sharoitlarga urg‘u
berib, Amerika adabiyotida hukmronlik qilgan.”
11
Realistlar esa Hovellsning
takidlashiga ko‘ra “haqiqat, butun haqiqat va yana haqiqat”
12
ni tarif etishadi.
Warner Berthoffning “amerikadagi 1880 va 1890-yillardagi katta jamoaviy
voqealar realizmning qadrini oshirib uni standart usul holatiga olib keldi” dgan
bo‘lsa, Jane Benardete esa bu standatlashuvni undan avvalroqqa borib yetadi
degan quyidagi fikrni bildirgan “realizm XIX asrning oxirgi 3 dekadasida gullab
yashnagan” va bu fikrni qolgan adabiy tarixchilar ham tasdiqlashadi. Garchi
Benardetening realizmga ta’rifi uni aniqlashda qiyinchiliklar tug‘dirsada, u
realizm “xayotning yozma ko‘rinishi, reallik, haqiqat” dir deya takidlaydi. Uning
fikriga ko‘ra ba’zi insonlar hattoki romantisizmni Amerika fuqarolar urushining
sababchilaridan biri sifatida ko‘rishgan va bu realizmning paydo bo‘lishiga olib
kelgandir.
Garchi Bernardette Mark Tvenni “realizm harakatining kuchli uchligining”
biri hisoblasada, ko‘plab olimlarning fikriga kora Uilliam Dean Howells va Henry
Jameslar amerika realizimining birinchi foydalanuvchilari hisoblanadi.
10
Pizer D. (ed.). The Cambridge Companion to American Realizm and Naturalism: From Howells to London. –
Cambridge University Press, 1995. – 21b.
11
Baym N., Levine R. S. (ed.). The Norton Anthology of American Literature: Eighth International Student Edition. –
WW Norton & Company, 2011.
12
Howells, William Dean. "The Editor's Study."
Harper's Monthly Magazine
, vol. 71, no. 423, 1885, pp. 145-149.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
47
Realizmning bir himoyachisi va “Atlantic Monthly”ning muharriri sifatida Hovels
“romantisizmni eski dunyo aristokratyasiga o‘xshatadi va shuning uchun ham
realizmni amerika adabiyotining asta sekin paydo bo‘layotgan institutlari uchun
muqobil va mos estetika ya’ni chiroy” deb hisoblaydi. Qolaversa u “amerika
realizmi, pesimistik ruhdagi yevropa realizimidan farqli o‘laroq, hayotda ko‘p
uchraydigan holatlarga etibor qaratishi kerak” deya fikr bildiradi. Genry
Jamesning fikriga ko‘ra esa san’atkor reallikni taminlash uchun “hozirgi real
hayot haqida ma’lumotlar to‘plashi va faktlarga asoslangan voqea-hodisalardan
foydalanishi shart emas, balki chegarasiz bo‘lgan hayolot, tasavvurga tayanishi
kerak”.
13
Amerika realizmi yetakchilari o‘z asarlarida odatda iqtisodiy kuchlarning
zararlarini tasvirlagan. Ular Yevropa realistik harakatlaridan ilhom olib ob'ektiv
kuzatish, ijtimoiy sharhlar va oddiy hayotdagi psixologik va axloqiy
murakkabliklarni o‘rganishga e'tibor qaratdilar. Amerika realizm adabiyoti bir
necha ajralib turuvchi hususiyatlarga egadir, hususan unda, oddiy insonlar
xayotiga e’tibor, ijtimoiy muammolar, mahalliychilik va psixologik realizm
namunalariga duch kelishimiz mumkin. Romantisizmning hayotda mutlaq
uchramaydigan qahramonlaridan dan farqli o‘laroq realistlar o‘rta, ishchilar
sinflariga tegishli bo‘lgan qiyinchiliklar, muammolar, hohish-istaklar va zaif
nuqtalarni o‘z asarlarida mohirona tasvirlaydi. Bunday asarlarga Mark Tvenning
“ Geklberri Finning boshidan kechirganlari”, Kate Shopinning “Uyg‘onish”ni
misol qilib keltirishimiz mumkin. Realizm jadal sodir bo‘layotgan ijtimoiy va
iqtisodiy o‘zgarishlar davom tayotgan bir pallada sodir bo‘ldi, shuning uchun
ham Sinklar, Hamlin Garland kabi yozuvchilar ijtimoiy muammolarga ham juda
katta e’tibor qaratishdi. Turli hil jamiyatlarning boshidan o‘tkazgan voqea-
hodisalarni tasvirlash uchun, realistlar hududiy shevalardan, odatlardan va
landshaftlardan foydalanishdi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Amerika iqtisodiy rivojlangan sanoat
mamlakatiga aylandi shuning uchun ham turli mamlakatlardan insonlar ko‘chib
bu mamlakatga kela boshladi va shu bilan bir qatorda amerikada “alienation”
ya’ni begonalashuv vujudga kela boshladi. O‘sha davr ijodkorlaridan Stephen
Crane va Jek Londonning asarlarida ham bu voqealar o‘z aksini topdi va ularda
iqtisodiy kuchlarning va begonalashuvning zaif va nimjon shaxslarga ta’siri aks
eta boshladi.
Naturalizm ham realizm ham bir hil narsani ya’ni amerika hayotini vijdon
ila tasvirlashga ahd qilgan bo‘lsada ular bir-biridan yondashuvi va falsafasi bilan
13
Tadjibayev M., Shegay A., Krivosheeva G. The development of realizm in American literature //European Journal of
Research and Reflection in Educational Sciences. – 2020. – Т. 8. – №. 10. – С. 145-150.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
48
bir oz farq qilgan. Charlz Darvinning evalutsiya teoriyasining yaratilishi va Emil
Zolyaning adabiy determinism tushunchalari naturalizm oqimiga judda katta
ta’sir ko‘rsatgan voqealardan hisoblanadi. Naturalist yozuvchilardan Drayzer va
Stefen Krane o‘z asarlarida insonlarning hayotlari tabiyat va nasliyatga o‘xshash
nazorat qilib bo‘lmas kuchlar oqibatida shakllanadi degan hulosa qilishadi.
Ularning asarlarida biz odatda tirik qolish uchun kurash qolaversa jamiyat va
iqtisodiy muammolar tufayli insonlarning kamchilik va nuqsonlariga urg‘u
bergan holda hayotga sovuq va hissiz nazar bilan qarashni ko‘rishimiz mumkin.
Naturalizm inson hayotidagi har bir hodisa o‘z qo‘li ostida emasligi, tashqi
omillar
sababli
vujudga
kelishi
haqida
fikr
yuritib,
achchiq
haqiqatlarga(qambag‘allik, vaxshiylik, hayot uchun kurash) o‘z diqqat etiborini
qaratadi.
Realizm oqimi ijodkorlari eng oddiy va qiziqarli bo‘lmagan voqea va
harakaterlardan ularning to‘laqonli qadri va haqqoniy ma’nosini aniqlash,
ajratib olish uchun o‘zilarini shunday voqea va harakterlarni tasvirlashga
majbur qilishgan. Bu uslub asarlari inson tabiyatidagi tanishlik, notanishlik va
etibor berilgan, berilmanganlik ortasidagi bog‘liqliklarning barcha jabhalarini
o‘z ichiga qamrab oladi. Go‘yoki sokin va odatiy kunlarning aldamchi yopinchig‘i
ostida, realizm inson ruhiyatining yashirin qirralarini aniqlashga, ularning shaxs
sifatida shakllanishidagi o‘zgarishlarni o‘lchashga, qayta tiklanish yoki ruhiy
zavolga yuz tutishning sabab va oqibatlarini kuzatishga, aqliy va hohish-
istaklarimizning tarixini tushunishga harakat qiladi va aniqlaydi. Qisqacha qilib
aytganda, biz etibor berilishi shart emas deb hisoblagan narsalarimizdan bu
oqim bizlarga juda katta yangiliklar olib keladi va bizni o‘zgarishga chorlaydi,
chunki unda doim biz o‘z aksimizni topamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Realizm_(san%CA%BCat)
2.
А. А. ГорнфельдРеализм, в литературе // Энциклопедический
словарь Брокгауза и Ефрона: В 86 томах (82 т. и 4 доп.). — СПб.: 1890—
1907.;стр. 226
3.
Watt I. Studies in Defoe, Richardson and Fielding. – Chatto & Windus,
1957.
4.
Lukács G. Realizm in the Balance. – 1977.
5.
Waugh P. Mind in Modern Fiction: Literary and Philosophical Perspectives
after Darwin //The Evolution of Literature. – Brill, 2011. – С. 125-140.
6.
Abrams M. H., Harpham G. A glossary of literary terms. – Cengage learning,
2014. – 252b.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
49
7.
Waugh P. (ed.). Literary theory and criticism: An Oxford guide. – Oxford
University Press, 2006.
8.
Lodge D. The Art of Fiction, translated by: Maher El-Batali. – 2002. - 112b.
9.
Tadjibayev M., Shegay A., Krivosheeva G. The development of realizm in
American literature //European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences. – 2020. – Т. 8. – №. 10. – С. 145-150.
10.
Pizer D. (ed.). The Cambridge Companion to American Realizm and
Naturalism: From Howells to London. – Cambridge University Press, 1995. –
21b.
11.
Baym N., Levine R. S. (ed.). The Norton Anthology of American Literature:
Eighth International Student Edition. – WW Norton & Company, 2011.
12.
Howells, William Dean. "The Editor's Study." Harper's Monthly Magazine,
vol. 71, no. 423, 1885, pp. 145-149.
13.
Tadjibayev M., Shegay A., Krivosheeva G. The development of realizm in
American literature //European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences. – 2020. – Т. 8. – №. 10. – С. 145-150.
