Xizmatlar sohasini raqamlashtirishning samaradorligini oshirish

inLibrary
Google Scholar
doi
 
Выпуск:
CC BY f
165-169
1
0
Поделиться
Болтаков, С. (2023). Xizmatlar sohasini raqamlashtirishning samaradorligini oshirish . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 165–169. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25020
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada restoran xizmatlari sohasida raqamli transformatsiyalashuvning zamonaviy yo‘nalishlarini rivojlantirish Samarqand viloyati samarqand shaxri kesimida ko‘rib chiqilgan.


background image

165

XIZMATLAR SOHASINI RAQAMLASHTIRISHNING

SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Bo‘ltakov Sardor Oqbo‘ta o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

sardorboltakov9@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada restoran xizmatlari sohasida raqamli

transformatsiyalashuvning zamonaviy yo‘nalishlarini rivojlantirish Samarqand
viloyati samarqand shaxri kesimida ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

Restoran formati, restoran konsepsiyasi.

Restoran xizmatlari sohasi bugungi kunda xizmatlar sohasining jozibador

sohalaridan biri hisoblanadi. Uning o‘sish surati 2010-2020 yillar mobaynida o‘rtacha
9,2-12,4 foizni tashkil qilgan. Pandemiyaning salbiy oqibatlari tufayli yuzaga kelgan
iqtisodiy vaziyatda uning o‘sish sur’ati 23,2 foizga kamaygan. O‘sish tendensiyasining
ijobiy ko‘rsatkichi mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlik, aholi
daromadlarining muntazam ortib borishi va jamiyatda o‘rta toifadagi aholi ulushining
shakllanib borayotganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, restoran xizmatlari ‒
xizmatlar bozorining shunday segmentiki, deyarli barcha segmentlar uchun hayotiy
zarur bo‘lgan mahsulot va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda aholining o‘rtacha real daromadi jon boshiga

o‘rtacha 8,3 mln. so‘mni tashkil etdi. Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar
bo‘yicha Toshkent shahri (16,4 mln. so‘m), Navoiy (13,5 mln. so‘m), Buxoro (10,5
mln. so‘m) va Toshkent (8,8 mln. so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan
yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Samarqand viloyatida bu ko‘rsatkich 7,5 mln. So‘mni
(7,2 ming AQSh dollari) tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich o‘sishi respublika darajasidan
yuqorini tashkil etdi. Bundan tashqari turli referent guruhlar tomonidan restoran
xizmatlari nafaqat utilitar ehtiyojlarni qondirish vositasi, balki ularning ikkilamchi
ehtiyojlarining ham qondirilishini ta’minlab beruvchi muhitga aylanganligini e’tirof
etishimiz zarur.

Jamiyatning aynan shu toifasi restoran xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’ektlar uchun

iqtisodiy salohiyat hisoblanadi. Chunki iste’molning shakllanishi mahsulot va
xizmatlarning differensiallashuvini rag‘batlantiradi va bozor ko‘lamining kengayishini
ta’minlaydi.

Restoran xizmatlarining differensiallashuv darajasidan kelib chiqqan holda

xulosa qilishimiz mumkinki, uning rivojlanishiga bozor segmentlari bilan bog‘liq
ko‘plab omillar to‘sqinlik qilmoqda. Bularning eng asosiylari iste’molchilar hohish-
istaklari, ijtimoiy qatlamlarning mental xususiyatlari yetarli darajada e’tiborga
olinmasligi, restoran xizmatlarini tashkil etishning tizimli tashkil etilmaganligidir.
Ammo mamlakatimizda xizmatlar sohasi, ayniqsa, turizm va ijtimoiy-madaniy
servisning jadal suratlar bilan rivojlanayotganligi, aholi turmush darajasi va sifatining
o‘sishi ularning restoranlarga takroriy tashrifini rag‘batlantirishda juda katta
ahamiyatga ega. Shuning uchun, bizning fikrimizcha, restoran xizmatlarini tashkil
qilish va xizmatlarning differensiallashuvida eng muhimi aholining mental


background image

166

xususiyatlarini e’tiborga olinishi, aholining ijtimoiy qatlamlarini chuqur tahlil qilgan
holda yondashish zarur. Bunday yondashuv kelgusida har bir individning restoran
xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish, iste’molchilarning sodiqlik
darajasining ortishiga, bozor segmentining har bir segmenti reprezentativligining
ta’minlanishiga imkon beradi.

Restoran xizmatlari sohasi jahon hamjamiyati, mintaqalar, mamlakat va

hududlarda global, ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni hal qiladi. Statistik ma’lumotlarga
ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sarflari bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlardan
birini egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga 2020 yilda
mamlakatimiz aholisining iste’mol savatida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi oylik
daromadi 2-4 mln. so‘m bo‘lgan aholi guruhida 58 foizni, 4-6 mln bo‘lgan aholi
guruhida 51 foizni, 6 mln. so‘mdan ortiq daromadga ega aholi guruhida 43 foizni
tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkichni YeI mamlakatlari bilan taqqoslaganda,
Luksemburgda 8,4 foiz, Gollandiyada 10,6 foiz, Rossiyada 29,7 foiz, Turkiyada 20,3
foiz, Qozog‘istonda 47,6 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga aholi iste’mol sarflari
tarkibida go‘sht va go‘sht mahsulotlari – 33 foizni, meva

va sabzavotlar - 19,6 foizni, non va non mahsulotlari - 12,8 foizni tashkil etishi

ham uydan tashqarida ovqatlanish jarayonining istiqbolli ekanligidan dalolat beradi.

Ushbu tarmoqni rivojlantirish uchun restoranlarning moliyaviy sarflarini va

soliq yukini kamaytirish zarur. Masalan, Samarqand shahrida restoran xizmatlariga
sarflar boshqa aholi soni jihatidan katta va aholi turmush darajasi yuqoriroq bo‘lgan
shaharlarga nisbatan yuqoriroq.

Zamonaviy iste’molchilar uchun restoran xizmatlari kundalik ehtiyojga aylanib

bormoqda. Restoran xizmatlari iste’moliga shuningdek gegorafik omillar ham ta’sir
ko‘rsatadi. Keyingi yillarda restoran xizmatlari bozori jadal suratlar bilan rivojlanib,
ommaviy xizmatlar taqdim etishga ixtisoslashgan serdaromad biznesga aylanib
ulgurdi. Restoran xizmatlari sohasining kelgusi rivojlanish tendensiyalari sifatida
quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi;

hududlarda restoran biznesining tarmoqli tuzilmalarining jadal suratlar bilan

rivojlanishi. Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “PizzaHut”, “KFC”,
“Baskin-Robbins”, “Subway”, “Domino’s Pizza” shular jumlasidan;

milliy gastronomiya tajribasi va restoran xizmatlarining Yevropa, Amerika,

Xitoy, Rossiya bozorlariga chiqishi;

servis darajasining oshishi;

maqsadli bozorning shakllanishi va restoranlarning aniq segmentlarga

ixtisoslashuvining kuchayishi.

Restoran xizmatlarining o‘ziga xos jihati nafaqat iste’molchilar ehtiyojini

qondirishi, balki restoran xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’ektlar ehtiyojlarini ham
qondirishga yo‘naltirilganligidir.

Texnologik jarayonni amalga oshirishi va mijozlarga xizmat ko‘rsatishiga ko‘ra

restoran xizmatlarining quyidagi qo‘shimcha xususiyatlarini ajratishimiz mumkin:

restoran xizmatlarining yuqori darajada individuallashganligi

–restoran

xizmatlari har bir mijozning hohish istagi, talabidan kelib chiqqan holda ko‘rsatilishi
ham mumkin;


background image

167

xizmatlar qiymatini baholashning noaniqligi

– restoran xizmatlarini xarid

qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan ularning sifat xususiyatlarini, xizmat
ko‘rsatish jarayoni haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish imkoni yo‘q;

restoran mahsuloti va xizmati sifatini baholash mezonlarining sub’ektiv

xarakterga ega ekanligi

– mahsulot va xizmatlarni baholashda iste’molchilarning

ijtimoiy statusi, tashrif maqsadi, ofitsiantlarning muomalasi, taomlarning xususiyatian
kelib chiqqan holda turlicha mezonlar qo‘llaniladi.

Restoran formati

– restoran mahsuloti va xizmatlarini taqdim etishning ilmiy

va amaliy jihatdan asoslangan tuzilmasi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil
etishning shaklini o‘zida aks ettirib, mijozlarning ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlariga
uzviy bog‘liq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida restoran xizmatlarini raqamlashtirish asosida rivojlantirishning

zamonaviy uslubi


Yuqorida keltirilgan formatdan tashqari Samarqand viloyatida ekologik

holatning buzilishi va shahar muhitining inson kayfiyatiga ta’sirini kamaytirishga
qaratilgan sog‘lom ovqatlanishni ko‘zda tutuvchi restoranlar ham paydo bo‘lmoqda.
Ayniqsa, ovqatlanish mahsulotlarini issiqlik yordamida qayta ishlash va tayyorlashga

Restoran biznesi

rivojlanishining

zamonaviy uslublari

Hotel foodservice

Independent

Institutional catering

Medical catering

Hotel restaurants

Ready meals production

An’anaviy fast-food

Fine dining and luxury

Food-court

Fine Dining

Fast-casual

Drive through

Central kitchens

Caterers and purchases

Slow Food

Casual Dining

Fast-food

Free-flow

Fast-fine

Quick Restaurant

Street-food

Food-to-go ёки Take away


background image

168

yo‘naltirilgan monokonsepsiya (dudlangan, bug‘langan, qaynatilgan, qaynoq suv
yodamida tayyorlanadigan taomlar) yo‘nalishi ham paydo bo‘lmoqda. Craft-foods –
taom va ichimliklarning to‘g‘ridan to‘g‘ri mahalliy fermer xo‘jaliklarining poliz, bog‘
va fermalaridan keltirish orqali ekologik toza mahsulotlarni iste’mol qilish hamda
import o‘rnini bosishga uyg‘unlashgan. Ayniqsa, yirik shaharlardagi hayot o‘ziga xos
qoidalarni ham yaratadiki, moliyaviy xizmatlar, ta’lim muassasalari, turli
ishbilarmonlik uchrashuvlari, sayohat davrida ovqatlanish uchun har doim ham vaqt
yetarli bo‘lmaydi. Restoran xizmatlarini rivojlantirishning mazkur konsepsiyasi uzoq
muddatga mo‘ljalangan istiqbolda restoranlarni uchta (format, trend, tendensiya)
yo‘nalishda rivojlantirishni ko‘zda tutadi.


Restoran konsepsiyasi

– restoranda biznes jarayonlarni tashkil etishning

injiniring yechimi bo‘lib, restoran formati, taqdim etiladigan xizmatlar majmui va
o‘ziga xos servis landshaftini o‘z ichiga oladi.

Restoran

xizmatlari sohasi

rivojlanishining

innovatsion

tendensiyalari

Futurizm

-

yangicha format, noyob retsept, molekulyar kulinariya;

– innovatsion-raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi

Retro

– O‘tmishdagi retseptlarning zamonaviy tus
olishiga erishish, maxsus elektron platformalarga
taom tarkibibo‘yicha onlayn buyurtmalar berish

Sodda va

tabiiy

– servis landshaftining tabiatga uyg‘unlashuvi;

– tabiiy meva va sabzavotlarni o‘z holicha iste’mol
qilish

Sog‘lom

ovqatlanish

– sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;

– oqsil va uglevodlarga boy to‘yimli taomlar
menyusini onlayn buyurtma berish

Tabiatga

uyg‘unlashuv

taomlarni tayyorlashda tabiiylikka intilish, tabiiy

rang, ta’m va tuzilish;

– taomlarni qo‘lda iste’mol qilish

Ekologik

taom

– oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda
axloqiy konpepsiyasining ustunligi,

– taomlarni tayyorlashda ekologi toza
mahsulotlardan foydalanish va ularning tarkibini
onlayn kuzatish

Milliy taomlar

– turli milliy taomlardan foydalanish;
– servis landshaftini milliy urf-odatlarga
uyg‘unlashtirish;

– mavsumiy taomlar.


background image

169

Restoran biznesini rivojlantirish tendensiyasi

– restoran va restoran

xizmatlarini tashkil etishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlanish suratiga uyg‘unlashgan holda samaraliroq bo‘lgan tamoyillarga
asoslanadi.

Tadqiqot

natijasida

Samarqand

shahridagi

restoranlarning

raqamli

transformatsiyalashuvi tendensiyalari aniqlandi.

Restoran

xizmatlari

sohasi

rivojlanishining

raqamli-innovatsion

tendensiyalari

Xorijiy mamlakatlarda uydan tashqarida ovqatlanish va xordiq chiqarish keng

ommalashgan. Yevropa mamlakatlarida restoran xizmatlari bozori o‘zining kuchli
raqobat muhiti va xizmatlarning yuqori darajada differensiallashuvi bilan ajralib turadi.
Shu boisdan ham ularda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan restoranlar va restoran
xizmatlari hajmi mamlakatimizga nisbatan ancha yuqori. Bugungi kunda
O‘zbekistonda ham restoran xizmatlari sohasi turli yo‘nalish va trendlarda rivojlanib,
raqobat muhiti shakllanmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida” gi 630-sonli

Qonuni , 2020 yil 24 iyul.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida” PF-3151-Farmoni

3.

Sardor B., Ibragimovich T. K. Digital Transformation Directions in the

Restaurant Business //INTERNATIONAL JOURNAL OF BUSINESS DIPLOMACY
AND ECONOMY. – 2023. – Т. 2. – №. 2. – С. 1-4.

4.

Bo'ltakov S. et al. TURIZM SOHASIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI

AHAMIYATI //Евразийский журнал академических исследований. – 2022. – Т. 2.
– №. 12. – С. 60-62.

5.

Ботировна, У. В. (2022). ҲУДУДЛАР ТАРАҚҚИЁТИДА РАҚАМЛИ

ИҚТИСОДИЁТ РИВОЖЛАНИШИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ.

6.

www.stat.uz

‒ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika


KOMPANIYALARDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH

XIZMATLARI

i.f.n., Ko‘сhimov Abdujamil Hamraqulovich

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Ermatov Murodjon Sunnatulla oʻgʻli

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

ermatovmurodjon2@gmail.com

Annotatsiya:

Xodimlarni boshqarish xizmati, qoida tariqasida, kompaniyaning

mustaqil tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi. Xizmat faoliyati direktor tomonidan
boshqariladi, u bir qator bo'limlarga, sektorlarga, guruhlarga yoki funktsional printsip

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida” gi 630-sonli Qonuni, 2020 yil 24 iyul.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-3151 -Farmoni

Sardor B., Ibragimovich T. K. Digital Transformation Directions in the Restaurant Business //INTERNATIONAL JOURNAL OF BUSINESS DIPLOMACY AND ECONOMY. - 2023. - T. 2. - №. 2. - С. 1 -4.

Bo'ltakov S. et al. TURIZM SOHASIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI AHAMIYATI //Евразийский журнал академических исследований. - 2022. - Т. 2. -№. 12.-С. 60-62.

Вотировка, У. В. (2022). ХУДУДЛЛР ТАРАККИЁТИДА РАКАМЛИ ИКДИСОДИЁТ РИВОЖЛАНИШИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ.

www.stat.uz - Obzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов