Maktabgacha yoshdagi bolalarning intelektual qobilyatlarini rivojlantirishda mobil ilovalar ishlab chiqish

CC BY f
259-263
3
0
Поделиться
Айнакулов, Т. (2023). Maktabgacha yoshdagi bolalarning intelektual qobilyatlarini rivojlantirishda mobil ilovalar ishlab chiqish. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 259–263. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25057
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davmi uch bosqichga ajratish mumkin


background image

259

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING INTELEKTUAL

QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MOBIL ILOVALAR ISHLAB

CHIQISH

Aynaqulov Tohir Turg‘un o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

aynaqulovtohir@gmail.com

Annotatsiya

.

Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi bog‘cha

yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni uch bosqichga ajratish
mumkin

Birinchi davr:

Bu 3-4 yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emotsional jihatdan o‘z-

o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir;

Ikkinchi

davr:

- Bu

4-5

yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini

boshqarish;

Uchinchi davr:

- shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi

bilan xarakterlanadi.

Mana shu uch davrda bola rivojlanishi asosiy kasb etadi ya’ni bolaning o‘ynashi,

ko‘p savollar berishi va bu savollari orqali bola o‘zining bilim saviyasini oshirib
boradi.Biz ota-onalarga yengillik bo’lish maqsadida Babby alphabet degan mobil ilova
ishlab chiqmoqdamiz. Bu bolalarga maktabgacha bilim va salohiyatini yuksaltirib
borishda xizmat qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 03.08.2021 yildagi “Mobil guruhlar bazasida

maktabgacha ta’lim хizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi

494

-son qarori qabul qilindi va

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Ingliz tili sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Ingliz
tili sohasidagi taʼlim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy
ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Kalit so‘zlar:

Android studio, Java dasturlash, mobil ilova,platforma,Android

qurilma,kompyuter va telefon qurulmalari.

Asosiy qism.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida, o‘tgan davr mobaynida
mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga
yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda
usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil
etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’lim sohasida
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan
xizmat turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi. Shu bilan birga, olib
borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash,
maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy
adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb


background image

260

qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng
foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini
rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-
yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq:

a)

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq,
quyidagilarni nazarda tutgan holda:

b)

maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada

takomillashtirish;

c)

maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy,

estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

d)

bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng

foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini
rivojlantirish;

e)

maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

Bugungi kun dolzarb masalalaridan biri, bu maktabgacha yoshdagi bolalarning

ilmiy salohiyatini oshirish hisoblanadi. Men bu maqolamda, makatabgacha yoshdagi
bolalarning rivojlanish bosqichlari 4 qismdan iborat ekanligidan maktabgacha
yoshdagi bolalarning pisixik taraqqiyoti,

3-7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi

davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari

bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga:

a)

kichik maktabgacha davr (3-4 yosh) ,

b)

(kichik bog‘cha yoshi), (4-5 yosh)

c)

o‘rta maktabgacha davr, (o‘rta bog‘cha yoshi) ,

d)

katta maktabgacha davr (6-7 yosh) (katta bog‘cha Yoshi)ga ajratish mumkin.

Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va

hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan
barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini,
ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi
munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning
o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilishi
kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.

Bog‘cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda

idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida
kattalar turli xil savollar bilan ularni tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan,
bolalar diqqatini:

1. Suratning mazmunini (syujetini) to‘g‘ri idrok qilishga;
2. Suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsalarning o‘rnini

to‘g‘ri idrok qilishga;

3. Tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga

qaratish kerak.


background image

261

Men maktab yoshdagi bolalarning rivojlanishida yaratgan Babby_alphabet

nomli dasturimiz orqali bola rasmlar orqali ingliz tilini o֥‘rganishi va inglizcha
so‘zlarning talafuzini bilishligi va anglashligi mumkin. (1-rasm)

1-rasmda Android studiya dasturlash tilining kirish qismi bo‘lib, bunda dastur 2

qismga bo‘linadi:

1-qismda bu activity_interfeys qismi bo‘lib, bu bo‘limda Android programaning

interfeys qismi qilinadi ya’ni telefon programmaning ko‘rinish qismi. (2-rasm)


2-rasmda biz interfeysni tashkil qilib olganligimiz ya’ni harflarning yozilib

chiqilgan shakli mujassam etgan bu bo‘limda Kotlin dasturlash tili orqali classlar xosil
qilinib, dasturning idlari orqali interfeysini bog‘lab, uning xususiyat va hodisalarini
tashkllashtirib olinadi. (3-rasm)


background image

262

3 va 4-rasmda D va A harflari tanlab olinganligini ko‘rishimiz mumkin.Bunda

Ingliz tilida dog –it, apple-olma degan ma’nolarini beradi ya’ni bola D va A harflarini
yozib chiqish davomida bilvosita va bevosita o‘sha berilgan rasm orqali janzotlarni va
D va A hariflarini tanib, ingliz tilidan lug‘at bilib boradi. (4-rasm)

Bu dasturimiz birgini harf yoki jonzotlarni tanishdan tashqari bolaga Ingliz

tilidan nutqining rivojlanishida katta yordam beradi. Misol uchun A harfiga bosganda,
apple degan ovaz chiqadi va bola buni eshitgan holda o‘z talaffuzini bu so‘zga
moslashtiradi.

Xulosa.

Mobil ilovani yaratishdan maqsad, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab

olishni kengaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormaydigan bolalarga ta’lim
xizmatlari ko‘rsatishdan iborat.Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan
bolalarning har tomonlama yetuk, intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy kamol
topishi uchun shart-sharoitlar yaratish va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga
bormaydigan bolalarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash,ularni boshlang‘ich


background image

263

ta’limga tayyorlas, bolalarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, mustahkamlash, bolalarni
milliy madaniyat hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bola shaxsining
asoslarini shakllantirish, uning bilim orttirishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish
ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalar, ta’lim-tarbiyaning
samarali shakllari va uslublarini joriy etish,ota-onalarga bolalarning ilk rivojlanishi
,ularga ta’lim-tarbiya berish masalasida maslahat va uslubiy yordam ko‘rsatish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-

son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi

qarori.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-

son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi

qarori.

3. O‘zbekiston Respublikasining

ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga

qo‘yiladigan “Davlat talablari”. 2018-yil 3-iyul, ro‘yxat raqami 3032.

4. “Ilk qadam”

davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha

ta’lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan
tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.

5. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini

tashkil etishda tarbiyachilarni tayyorlash bo‘yicha trening moduli. T.: 2017-y.

6. “Bolangiz maktabga tayyormi?” O’zb Res. Xalq ta’limi vazirligi Respublika

ta’lim markazi, Ma’rifat-Madadkor nashriyoti.


CHIZIQLI TENGLAMALAR SISTEMASI YORDAMIDA TURLI

SOHALARGA OID MASALALARNI YECHISH

Baxriddinova Aziza Dilshod qizi, Safarova Feruza Furqat qizi,

Nurmanova E’zoza Ulug‘bek qizi, Tog‘ayev G‘ofur Kamoliddin o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari

Annotatsiya

: Ushbu ishda turli sohadagi masalalarni chiziqli tenglamalar

sistemasi orqali yechib, soha vakillarining fikrlashlarini rivojlantirishdan iborat.

Kalit so‘zlar

: matritsa, chiziqli tenglamalar sistemasi, tizim, optimallashtirish,

iqtisodiyot, Gauss eliminatsiya.

Chiziqli tenglamalar sistemasi chiziqli algebraning klassik masalasi bo‘lib, u

orqali ko‘pgina soha vakillarining muammoli masalalariga yechim topilmoqda.
Tenglamalar sistemasi turli sohalarda, jumladan kimyo, moliya, fizika, iqtisod,
muhandislik kabi sohalarda qo‘llaniladi. Usulni tanlash o‘zgaruvchilar soniga va
tabiatiga bog‘liq.

Muhandislikda u elektron tahlil, boshqaruv tizimlari va tizimli tahlil bilan

bog‘liq muammolarni hal qilish uchun ishlatiladi. Iqtisodiyot va moliya sohalarida u

Библиографические ссылки

0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbckiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil ctish to‘g‘risida”gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

0‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan “Davlat talablari”. 2018-yil 3-iyul, ro’yxat raqami 3032.

“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig’ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etishda tarbiyachilami tayyorlash bo'yicha trening moduli. T.: 2017-y.

“Bolangiz maktabga tayyormi?” O’zb Res. Xalq ta’limi vazirligi Rcspublika ta’lim markazi, Ma’rifat-Madadkor nashriyoti.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов