242
texnologii pererabotki mineralnogo i texnogennogo sыrya ximicheskoy,
metallurgicheskoy, nefteximicheskoy otrasley i proizvodstva stroitelnыx materialov.
Respublikanskaya nauchno-prakticheskaya konferensiya.–Tashkent. 2022. –S.214–
215.
2. Axrorov A.A. Rotor–filtrli tajriba qurilmasi tozalash samaradorligi va
energiya iste’moliga ta’sir etuvchi o‘zgvruvchi omillarning maqbul qiymatlarini
aniqlash // Fan, ta’lim va texnikani innovasion rivojlantirish masalalari. Xalqaro ilmiy-
amaliy onlayn anjuman. –Andijon, 2022.–B.336–339.
3. Valdberg A.Yu., Nikolaykina N.Ye. Prosessы i apparatы zashitы
okrujayuщyey sredы. – Moskva: Drofa, 2008. –239 s.
ELEKTRON TA’LIM: YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA
t.f.n., dots. Abdukarimov Abdumanap
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Sharipova Kamola
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Annotatsiya:
“Elektron ta’lim” ta’lim jarayoniga tezlik bilan kirib kelmoqda.
Ushbu maqolada uning yutug’i bilan birga elektron ta’limni joriy etishdagi muammolar
taxlil qilinadi. Elektron ta’limni joriy etilishda “yangi pedagogik texnologiya”ni ishlab
chiqish zarurati tug’iladi. Quyida “yangi pedagogic texnologiya” ta’rifi va kafolatli
pedagogik jarayon loyixasi keltiriladi.
Кalit soʻzlar:
electron ta’lim, electron ta’lim vositalari, axborot ta’lim resursi,
dasturiy vositalar, pedagogic texnologiya, yangi pedagogik texnologiya.
Elektron ta’lim(Elektron Learning) deganda axborot texnologiyalari, aloqa
kanallari orqali zarur informatsiyalarni uzatishni ta’minlovchi telekommunikatsiya
tarmoqlari qo’shilgan texnika vositalaridan foydalanib pedagoglar va ta’lim oluvchilar
o’zaro muloqotini tashkil etilishi tushuniladi[1].
“Electron ta’lim” tushunchasi “uzoq masofadan ta’lim berish” tushunchasini
foydalanishdan siqib chiqaradi. Chunki ta’limga axborot texnologiyalarini qo’llanlishi
ta’lim muassasiga qatnab o’qish bilan masofadan o’qish orasidagi chegarani
sayqallashtiradi, xiralashtiradi. Masofadan o’qish bilan ta’lim muassasi ichida bevosita
o’qish integratsiyasi “electron ta’lim” tushunchasini ifodalaydi. Bundan tashqari
“elektron ta’lim” usullari odatdagi ta’lim jarayoiga salmoli o’zgartirishlar kiritadi,
hamda ta’lim olishdagi ko’pgina chegaralarni olib tashlaydi:
-
Elektron ta’lim aholi qatlamlaridan yoshi, millati, geografik joylashuvi,
sotsiyal va boshqa xusussiatlar ta’sirida ta’lim muassasiga qatnab ta’lim
ololmayotganlarga keng imkoniyatlar ochadi;
-
Electron ta’lim olishni iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Bir tomondan
ta’lim muassasi sarf –xarajatini qisman qisqartiradi, ta’lim jarayonini boshqarishni
243
optimallashtiradi, ta’lim beruvchilar va ta’lim resurslari yaratuvchi mutaxassislar
maoshi oshiriladi. Ikkinchi tomondan ta’lim oluvchi sarf xarajatlari ta’limni tashkil
netish bo’yicha, yo’l xarajatini keskin kamayishi xisobiga hamda pedagogick
adabiyotlarni ;
-
Electron ta’lim foydalanuvchining o’zi tanlagan fanlari bo’yicha t keng imkon
yaratadi. Bunda talabaning kognitiv xususiyatlarini , shaxsiy qobiliyatlari, imkoniyat
va intilishlarini baholay olishi va natijada individual ta’lim olish raejasini ishlab
chiqiishi muhim ahamiyatga ega.
-
Electron ta’lim yangi sifatli ta’lim berishni rivojlantirishi mumkin.
-
Electron ta’lim yangi ta’lim olish konsepsiyalarini rivojlantirish, ta’lim
berishning yangi modellarini yaratish imkoniyatini beradi.
-
Electron ta’lim ochiq ta’lim berish modelini yaratilishiga, uzluksiz ta’lim
berish konsepsiyasini rivojlantirirshga sharoit yaratadi;
-
Electron ta’lim barcha ta’lim oluvchilarga zamon talabidan kelib chiqib ta’lim
olishlarini ta’minlaydi. Bunda ta’lim beruvchilar muntazam zamon talablaridan kelib
chiqib ta’lim beradilar.
-
Electron ta’lim barcha ta’lim oluvchilarga bir xil imkoniyatni yaratadilar.
Talabalar ta’lim olishga kerakli sharoit mavjud bo’lgan ixtiyoriy joyda
shug’ullanishlari mumkin[1,2]
Elektron ta’limning echimi kutilayotgan muammolari ham mavjud:
- Sifatli electron ta’lim adabiyotlari bilan ta’minlash mummosi. Bu adabiyotlar
qaysi kriteriy va standartlar bilan baholanadi;
- elektron ta’limning huquqiy muammolari. Umumiy huquqiy me’yori hamda
individual intellektual mulk himoyasi muammolari;
- elektron ta’lim standartlari va materiallarini yaratish uchun moliyaviy
muammolar;
Elektron ta’lim beruvchi va rivojlantiruvchi malakali kadrlar muammolari. Ham
tanlangan predmet sohasida, ham axborot texnologiyalarini qo’llab ta’lim beruvchi
shaxslarni tayyorlash qiyinchiligi.
Elektron ta’limni takomillashtirishning muhim yo’nalishi davlat miqyosida
electron ta’lim standartini yaratish. Bu o’z navbatida umumdavlat miqyosida yagona
electron ta’lim muhitini yaratadi. Bunday standartlar asosida electron ta’limning
nazariy va amaliy ahamiyatga ega masalalarini yechish va sifatli didaktik materiallar
bilan ta’minlah mumkin bo’ladi.
- ta’lim oluvchilarning bilimini muntazam nazorat qila olmaslik ular
o’zlashtirishiga va ta’lim olishga bo’lgan rag’batning o’sihiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
- elektron ta’limda talabalarni nazorat qilish bo’yicha ularni autentifikatsiya
qilish muammo bo’lib qolmoqda. Ta’lim jarayonining ikkinchi tomonida kim
turganligini bilishning samarali usullari hamon ishlab chiqilmagan[3].
Elektron ta’lim jarayonining asosini ta’lim oluvchining mustaqil ijodiy
shug’llanishi tashkil etadi. U o’zi xoxlagan joyda, zarur o’quv materiallari va o’quv
texnik vositalaridan foydalangan holda o’qituvchi va hamkasblari bilan hamkorlikda
shug’ullanishi mumkin. Odatdagi kunduzgi ta’limda o’qituvchi talaba bilan zarur
teskari aloqani ta’minlay oladi. Undan foydalangan holda o’quv materialini adaptatsiya
244
qilish, ta’lim oluvchi qabul qilishi mumkin bo’lgan o’quvmateriallariga almashtira
oladi. Ta’lim oluvchi bilan shaxsiy kontakt yo’q payti ijodiy muhitni yaratish, hamda
ta’lim oluvchilar guruhini rag’batlantirish qiyin[4].
Elektron ta’limning keyingi rivojlanishi maksimal interaktiv muhit yaratilishini
ko’zlaydi. Ma’lumki, ta’lim olish o’qituvchi va hamkasblar bilan virtual aloqa real va
to’liq imitatsiya qilingandagina to’laqonli amalga oshadi. Har xil kommunikatsiya
elementlari kombinatsiyasi virtual munosabatdagi kamchilikni to’ldirishi mumkin.
Ta’lim oluvchilarning o’zaro muloqoti ta’lim olish sifatini oshirishning kam
bo’lmagan muhim elementidir[5].
Yangi ta’limiy masalalar odatdagi (traditsion) ta’limning ta’lim muhitidagi joyi
va imkoniyatlarini o’zgarishiga olib keladi. Traditsion ta’limning uslublari elektron
ta’lim jarayoni natijasida yanada kengayadi va boyib boradi. Ta’lim jarayonining yangi
sifatli darajasi to’g’risida gapirish mumkin. Informatsion texnologiyalar ta’sirida
ta’lim maxsuloti iste’molchilarining o’qituvchilar, talabalar va o’quvchilarni
qo’shganda talab darajasi o’zgarmoqda. Iste’molchilar talablarini o’zgarishi ta’lim
xizmatlari bozorida muvaffaqiyatli ishlash uchun ta’lim berish uslublari va metodlarini
muntazam takomillashtirib borishni talab qilinmoqda. Shu munosabat bilan electron
ta’limni qo’llash va rivojlantirish kunduzgi ta’lim shaklida odatdagi(traditsion) ta’lim
sifati va samaradorligini oshirish uchun zaruriy qo’shimchadir. Bunday usullar
zamonaviy pedagogic texnologiya yoki yangi pedagogik texnologiya nomini olmoqda.
Yangi pedagogik texnologiyaga ta’rif berishdan avval pedagogik texnologiyaga
berilgan ta’riflarni(B.T.Lixachev, V.B.Bespalьko, I.P.Volkov, B.L.Farberman,
N.Saidahmedov) eslab o’tamiz[6-10].
Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki,
pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik,
didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan
yondashish mumkin.
Pedagogik texnologiya ta’rifiga tayangan holda “yangi pedagogik
texnologiya”ga quyidagicha ta’rif beramiz:
Yangi(zamonaviy) pedagogik texnologiya- bu talabaning mavzuni o’qituvchi,
axborot texnologiyalari, multimediya resurslari yordamida kafolatli o’zlastirishiga
mo’ljallangan loyihadir.
Yangi pedagogik texnologiyada o’qituvchi va ta’lim oluvchi o’rtasida vositachi
axborot texnologiyalardir. Bunda o’zlashtirish darajasi ayrim hollarda o’qituvchi,
ayrim hollarda esa(masalan, testlar yordamida) axborot texnologiyasi aniqlaydi.
Ushbu maqolada yangi pedagogik texnologiyni yoritib beruvchi uslub
(metodika)keltiriladi. Shuningdek yangi pedagogik texnologiyani hamda electron
ta’lim vositalarini qo’llash ta’lim sifatini oshirishda yangi imkoniyatlar yaratilishi
keltirilgan. O’qituvchi bilan talaba o’rtasida vositachi sifatida o’zinig mustahkam
o’rnini topgan elektron –sharxlovchi resursi ta’lim texnologik jarayoniga mukammal
joylashgan ta’lim modeli ko’rsatilgan:
1.
Ta’lim vositalari: kompyuterlar lokal tizimi, server, smart-doska, Isprin
Quiz Maker test tuzuvchi va onlayn test nazoratini amalga oshiruvchi dastur.
2.
Ta’lim jarayonini tashkil etish:
245
2.1.
O’qituvchi smart doska va Internet yordamida mavzuni tushuntiradi;
2.2.
O’qituvchi tomonidan ta’lim oluvchilar tomonidan berilgan savollarga
javob berish.
2.3.
O’qituvchi tomonidan talabalar bilimini savol- javob usulida tekshirish;
2.4.
Mavzu bo’yicha tayyorlangan testlarni kompyuter orqali talabalarga
etkazish; Testga javob berish vaqtini tayinlash.
2.5.
Server orqali test javoblari taxlili;
2.6.
Test savollarini to’liq o’zlashtirganlarni o’zlashtirolmagan o’quvchilarga
biriktirgan holda guruhlarga ajratish va test savollarini guruhlarga takroran yuborish.
Bunda talabalarga o’quv materiallari va internetdan birgalikda foydalanishga ruxsat
berish. Testga javob berish vaqtini qaytadan tayinlash.
2.7.
Guruhlar javobini tahlil qilish va g’olib guruhni aniqlash;
2.8.
Guruhlarni tarqatib, har bir talabaga testlarni qaytadan etkazish. Bunda
talabalarni o’quv vositalaridan foydalanmasligini nazorat qilish;
2.9.
Har bir talaba erishgan yutuqni auditoriyaga e’lon qilish.
2.10.
O’qituvchi tomonidan kerakli tavsiyalarni berish.
3.
Xulosa
: Yuqorida keltirilgan “Yangi pedagogik texnologiya” loyihasidan
ko’rinadiki mavzuni ta’lim oluvchi tomonidan kafolatli o’zlashtirishi uchun etarli
sharoitlar va ta’lim vositalari yaratilgan. Bundan tashqari mavzuni o’zlashtirish
davomida
musobaqa
muhitini
mavjudligi
talabani
bilim
olishiga
rag’batlantiradi(motivatsiya).
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Abdukari ov A. Analog, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt-
Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari xalqaro ilmiy- texnik konferensiya
materiallari to’plami- 1qism, 125 bet.
2.
Abdukarimov A, Mamaraimov A Sanoq sistemalarida vaqt tushunchasi-
Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari xalqaro ilmiy- texnik konferensiya
materiallari to’plami- 2qism,
3.
http://journal.jbnuu.uz/- 14-14 oktyabr 2022yil 320 bet;
4.
ТЕХНОЛОГИЯ
ОБУЧЕНИЯ
С
ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ
ЭЛЕКТРОННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ РЕСУРСОВ. Новиков А.Н.-
Государственное
образовательное
учреждение
высшего
образования
Московской области «Московский государственный областной университет»,
Москва, e-mail:
https://azkurs.org/1-pedagogik-texnologiya-nima-
pedagogik-texnologiyalar-qaysi-tu.html
5.
https://azkurs.org/1-pedagogik-texnologiya-nima-pedagogik-
texnologiyalar-qaysi-tu.html
6.
Кречетников К.Г. Применение ЭОР в образовательном процессе
[Электронный ресурс] // II Всероссийская конференция ИTO-ЭОР-2012
7.
Новиков А.Н. Использование в школе на уроках информатики
программ совместной работы, общего сайта и электронной почты // Приложение
к международному научному журналу «Современные информационные
технологии и ИТ-образование». – 2017. - Т. 13. № 3. – С. 332-339.
246
8.
Normatov Nizomiddin Kamoliddin o‘g‘li, Choryorqulov G‘iyos Husan
o‘g‘li
TA’LIMDA
DASTURLASH
JARAYONINI
BAHOLASHGA
ASOSLANGAN AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMNI TADBIQ ETISH;
ZAMONAVIY
INNOVATSION
TADQIQOTLARNING
DOLZARB
MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR VA
ISTIQBOLLAR
mavzusidagi
Respublika
ilmiy-texnik
anjumani
; 20-24 betlar
9.
Boboqulov B, Sharipova K . Elektron ta’lim muammolari. O’z MU Jizzax
filiali
ZAMONAVIY
INNOVATSION
TADQIQOTLARNING
DOLZARB
MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR VA
ISTIQBOLLAR
mavzusidagi
Respublika
ilmiy-texnik
anjumani
10.
Юсупович Ҳ. Ж., Эргашев С. Б. Ў. МAКТAБ ЎҚУВЧИЛAPИДA
AXБOPOТ БИЛAН ИШЛAШ КOМПEТEНЦИЯСИНИ PИВOЖЛAНТИPИШ
МОДЕЛИ
//JOURNAL
OF
INNOVATIONS
IN
SCIENTIFIC
AND
EDUCATIONAL RESEARCH. – 2022. – Т. 2. – №. 13. –С. 189-194.
SANOAT CHANGLI GAZLARNI TOZALOVCHI APPARATNI
SAMARADORLIGINI ANIQLASH
t.f.f.d., dots. Ergashev Nasimbek Axmadjonovich,
Abdumannonova Muzayyaxon Muzaffarjon qizi,
Isroilov Ixtiyorjon Ikromali o‘gʻli
Farg‘ona politexnika instituti
nasimbek1976@gmail.com
Annotatsiya:
Maqolada changli gazlarni ho‘l usulda tozalovchi apparatni
sanoatda qo‘llash va uning tozalash samaradorligini aniqlash rejimlari tavsiya etilgan.
Tayanch so‘zlar:
ho‘l usul, uyurmali oqim, kontakt elementi, suyuqlik va gaz
sarf, fazalararo yuza,
suyuqlik plyonkasi, dolomit changi.
Yangi ishlab chiqilgan changli gazlarni tozalovchi apparatning tajriba modelida
tozalash jarayoniga ta’sir qiluvchi asosiy ishchi faktorlar belgilandi (1-rasm) [1].
Apparatdagi gaz tezligi, gaz sarfi, suyuqlik sarfi, gidravlik yo‘qotish, hamda
apparatning mahalliy qarshiligi tajribalar asosida aniqlandi. Apparatga uyurmali
xarakat beruvchi kontakt element tanlandi. O‘tkazilgan nazariy hamda eksperemental
tadqiqotlar asosida apparatga dastlabki talablar va texnik topshiriqlar ishlab chiqildi.
Changli gazni tozalash samaradorligini beligilash bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba
sinovlari Farg‘ona politexnika instituti “Texnologik mashinalar va jihozlar”
kafedrasining o‘quv poligoni hamda «KVARTS» AJ ning xom ashyo tayyorlash sexida
o‘tkazildi.
Gaz tarkibidagi dolomit changini tozalash bo‘yicha tajriba sinovlari o‘tkazildi.