Oliy ta’lim tizimida fanlararo bogʻlanish jarayonini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari

CC BY f
448-451
5
0
Поделиться
Исраилов, С. (2023). Oliy ta’lim tizimida fanlararo bogʻlanish jarayonini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 448–451. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25383
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada oliy ta`lim muassasalarida bo‘lajak iqtisodchilarini fanlararo aloqadorlik asosida taʼlim jarayonini tashkil etishga tayyorgarlikni takomillashtirishning kreativ modellari (qanaqa kreativ modellar) taʼlim jarayoniga tadbiq etilgan. Xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlar tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha yangi taʼlim kontsepsiyasida “Taʼlim taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchli va barqaror rivojlanish maqsadlariga yetkazuvchi muhim faoliyat” deb e’tirof qilingan. Bu esa o‘qitish metodikasining takomillashtirish, talabalarning didaktik hamda metodik tayyorgarliklarini ilgʼor xorijiy tajribalar asosida rivojlantirish, elektron axborot taʼlim resurslarini yaratish, taʼlim jarayonini kreativ modellar asosida takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.


background image

448

заинтересовало учащихся и способствовало их самостоятельному поиску
дополнительных материалов, не предусмотренных в УМК.

Таким образом, можно сделать вывод, что для каждого человека,

изучающего иностранный язык, важным фактором является развитие не только
языкового компонента, но и поведенческого этикета, социального, культурного,
с учетом социокультурных особенностей участников на родном языке.
Благодаря их формированию происходит развитие социокультурной
компетенции без ущерба для внутреннего мира человека, собственных
убеждений. Все это предполагает полную обученность и зрелость обучающихся
по отношению к той или иной культуре, что совершенно необходимо для
успешного межкультурного общения.

Список используемой литературы:

1. Калинина Е.Э. «Социокультурная компетенция как многообразие»

//Е.Э.Калинина – 2006.- 25с;

2. Зимняя И.А. «Психология обучения иностранному языку в школе»/ И.А.

Зимняя. – М. : Просвещение, 1991. – 219 c.;

3. Гальскова Н.Д. «Межкультурное обучение: проблема целей и

содержания обучения иностранным языкам»// ИЯШ. 2004. - №1. – С. 2-9.;


OLIY TA’LIM TIZIMIDA FANLARARO BOGʻLANISH JARAYONINI

TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Israilov S.A.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

sukhrobisrailov@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada oliy ta`lim muassasalarida bo‘lajak

iqtisodchilarini fanlararo aloqadorlik asosida taʼlim jarayonini tashkil etishga
tayyorgarlikni takomillashtirishning kreativ modellari (qanaqa kreativ modellar) taʼlim
jarayoniga tadbiq etilgan. Xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlar tomonidan
qabul qilingan 2030 yilgacha yangi taʼlim kontsepsiyasida “Taʼlim taraqqiyotining
asosiy harakatlantiruvchi kuchli va barqaror rivojlanish maqsadlariga yetkazuvchi
muhim faoliyat” deb e’tirof qilingan. Bu esa o‘qitish metodikasining takomillashtirish,
talabalarning didaktik hamda metodik tayyorgarliklarini ilgʼor xorijiy tajribalar asosida
rivojlantirish, elektron axborot taʼlim resurslarini yaratish, taʼlim jarayonini kreativ
modellar

asosida

takomillashtirish,

zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Kalit so‘zlar:

Iqtisod, ilmiy tadqiqot, ta’lim taraqqiyoti, fanlar, yondashuv, turli

sohalar.

Maʼlumki, fanlararo bogʼlanish hodisasi ko‘p o‘lchamli. U mazmunining ko‘p

qirraliligi, o‘qitish metodlari va shakllarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bu
esa talabalarning o‘quv-bilish faoliyati bilan iqtisodchilarning o‘qitish faoliyatining


background image

449

o‘zaro bogʼlanishi asosini tashkil qiladi. O‘qitishda fanlararo bogʼlanishni amalga
oshirish muammosining yuzaga kelishi tarixiy nuqtai nazardan taʼlim jarayonining
talabalarning ongida real dunyoning turli hodisalari to‘gʼrisidagi bilimlarni alohida
tizimli shakllantirishga yordam beradigan tuzilmaviy predmeti sababli paydo bo‘lgan.

Psixologik-pedagogik va metodik adabiyotlarda iqtisod-matematik, psixologik-

pedagogik, gumanitar va texnik-texnologik fanlarning o‘zaro bogʼlanishlari va ular
asosida bo‘lajak mutaxassis o‘qituvchini tayyorlashning nazariy va amaliy
muammolari bilan bogʼliq savollar keng yoritilgan.

Fanlararo muammosini tarixiy jihatdan yondoshadigan bo‘lsak, u holda bu

muammoga o‘tgan asr pedagoglari va hozirgi zamon tadqiqotchilari katta eʼtibor
qaratganligini ko‘rishimiz mumkin. V.N.Kelbakiani taʼkidlagandek, «bu muammmo
turli jihatlardan o‘rganilgan: uning rivojlanish tarixi, uning metodologik va nazariy
ahamiyati, o‘quv fanlarida fanlararo bogʼlanishning mazmuni, o‘qitish va tarbiya
jarayonida ularni amalga oshirish motivlari...»

Tiklanish davrida progressiv pedagoglar, o‘qitishda sxolastikaga qarshi chiqib,

talabalarda iqtisod hodisalar va jarayonlarning o‘zaro bogʼliqligi to‘gʼrisida tasavvurni
shakllantirishning muhimligini taʼkidlagan edilar.

Dunyo pedagogikasining klassiki Ya.А.Komenskiy shunday taʼkidlagan edi:

“O‘zaro bogʼliqlikda bo‘lgan hamma narsani xuddi shunday bogʼliqlikda o‘qitilish
kerak, chunki bu narsa tizimli bilimlarni shakllantirishda juda muhimdir. U bilimlar
tizimini shakllantirish uchun o‘quv fanlari o‘rtasida bogʼlanishni o‘rnatish kerak, deb
hisoblagan. Ya.А.Komenskiyning fikricha, “hamma narsani o‘qitish kerak”. U oliy
taʼlim bolalarning aqli, ahloqi, his-tuygʼulari va irodasini rivojlantiradigan, har
tomonlama taʼlim berishi kerak deb hisoblagan.

Boshqa XVII asrning mashhur pedagogi va faylasufi Jon Lokk har bir

subʼektning o‘zining o‘zagi (sterjeni) bo‘lib, uning atrofida his-tuygʼu organlari
yordamida egallagan bilimlari birlashadi, deb hisoblaydi. U bunday o‘zak sifatida bir
o‘quv fanining mazmunini nafaqat fan asoslari to‘gʼrisida bilim olish, balki ulardan
amalda foydalanish uchun kerak bo‘ladigan turli-tuman malakalarni ham egallash,
boshqa fandan olingan taʼriflar, elementlar va faktlar bilan to‘ldirilishi kerakligi
to‘gʼrisidagi gʼoyani hisoblagan.

Fanlarni o‘qitishdagi bogʼlanishlar haqida I.Pestalotstsi, I.Gerbart, А.Disterverg

va boshqa pedagoglar ham o‘z fikrlarini bildirishgan. Ular o‘quv fanlari orasidagi
bogʼlanishlarni taʼlim oluvchilar o‘zlarini o‘rab turgan olamning xilma-xilligi va
yaxlitligini ko‘ra olishlari uchun yanada chuqurroq bilim olish usuli deb tushungan.
O‘qitiladigan fanlar orasidagi atrofdagi voqelikni to‘gʼri idrok etishga yordam
beradigan bogʼlanish to‘gʼrisida I.G.Pestalotstsi shunday yozgan: “O‘zaro bogʼlangan
buyumlarni o‘z ongginga ularning tabiatdagi haqiqiy bogʼlanishida qanday bo‘lsa,
shunday keltirgan” bunda u ayniqsa yuqori guruxlarda bir fanning boshqasidan ajralib
qolish havfi to‘gʼrisida gapirgan.

XVII asrda yashab ijod qilgan nemis pedagogi, psixologi va faylasufi I.

Gerbartning ishlarida ham shunday fikrlar keltiriladi. U oliy taʼlim taʼlim
oluvchilarining aqliy faoliyati o‘quv fanlari orasidagi bogʼlanishga to‘gʼridan-to‘gʼri
bogʼliq deb hisoblaydi. I.G.Pestolotstsining izdoshi, nemis pedagog-demokrati
А.Disterverg ham turli o‘quv fanlarini o‘rganishda fanlararo bogʼlanishning zarurligi


background image

450

haqida gapirgan.

Xuddi shu davrda demokratlardan tashqari, mashhur rus pedagogi

K.D.Ushinskiy ham klassik pedagogikada fanlararo bogʼlanishning didaktik
ahamiyatini asoslab bergan. U fanlararo bogʼlanishni amalga oshirish zarurligini XIX
asrda endi tugʼilayotgan psixologiya fani nuqtai nazaridan asoslab berishga uringan. U
taʼlim oluvchilarda o‘quv fanlari o‘rtasidagi bogʼlanishlarsiz tizimli va yaxlit
bilimlarni shakllantirib bo‘lmaydi deb hisoblaydi. Uning fikricha bunday bilimlarning
yo‘qligi, juda katta nazariy materialni yodlab, real hayotda qo‘llashni bilmaydigan
odamlarni shakllantiradigan sxolastik oliy taʼlimning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
K.D.Ushinskiy biror bir fan tomonidan beriladigan bilimlar va gʼoyalar dunyoni
yorugʼ va imkon qadar keng ko‘rish asosida qurilishi, yaʼni nozik va tartibli tizim kabi
bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. K.D.Ushinskiy oliy taʼlim da iqtisodchilar faqat
o‘zlarining fanlariga oid muammolar bilan cheklangan, taʼlim oluvchilarning umumiy
aqliy rivojlanishiga eʼtibor bermasdan o‘qitishni yetarlicha keskin tanqid qiladi.

Bu buyuk rus pedagogi tanqiddan tashqari biz tadqiq qilayotgan hodisaga

nisbatan ham o‘z nuqtai nazarini bayon qiladi: “Umumtaʼlim muassasalarida
o‘qitiladigan fanlarni taqsimlashda alohida fanlarni emas, balki taʼlim oluvchi ruhining
yaxlit va uygʼun, asta-sekinlik bilan va har tomonlama rivojlanishini nazarda tutish
kerak”.

K.D.Ushinskiy pedagoglar va didaktiklarning nazariy merosi fanlararo

bogʼlanish nazariyasining rivojlanishiga va ishlab chiqilishga juda katta taʼsir
ko‘rsatgan bo‘lib, bu nazariya XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida yashab
o‘tgan ko‘plab pedagoglarning, xususan, V.Ya.Stoyunin, D.D.Semenov,
N.F.Bunakov, V.I.Vodovozov va boshqalarning ishlarida aks etgan. Bu pedagog-
didaktiklarning tadqiqotlarida fanlararo bogʼlanish asosida o‘qitishni tashkil qilishning
quyidagi tamoyillari aniqlangan:

o‘quv fanlari orasidagi bogʼlanishni aniqlash;
turli fan iqtisodchilari tomonidan umumiy atamashunoslikdan foydalanishdagi

turli qarama-qarshiliklarni bartaraf etish;

alohida fanlarning mazmunini o‘qitishdagi izchillik;
turli fanlardan olingan bilimlarning o‘zaro bir-biriga singdirilishi;
nazariyaning amaliyot bilan bogʼliqligi;
iqtisodchilarning o‘z taʼlim oluvchilarining intellektual qobiliyatlarini

rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikda ishlashi kabi fikrlar asoslangan.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, XIX asrning oxiri va XX asrning

boshlarida yashab o‘tgan ko‘pgina buyuk pedagoglar taʼlim jarayonida, eng avvalo,
oliy taʼlim tizimida fanlararo bogʼlanishni amalga oshirish zarurligini tan olganlar, deb
xulosa chiqarish mumkin.

Birinchi marta Rossiyada turli o‘quv fanlari o‘rtasidagi fanlararo bogʼlanish

gʼoyasi XX asrning 30 yillarida sobiq sovet oliy taʼlimida amalga oshirilgan. Yangi
oliy taʼlimni (yagona mehnat umumtaʼlim oliy taʼlimini) yaratish davrida o‘sib
kelayotgan avlodga taʼlim berish, o‘qitish va tarbiyalash mazmuni tubdan qayta ko‘rib
chiqilgan. Yangi oliy taʼlim tizimining yuzaga kelishida fanlararo bogʼlanish
muammosini amalga oshirishda o‘sha davrning mashhur maorif xodimi, keng umumiy
taʼlim, haqiqiy fanga oid bilimlar, o‘qitishning mehnat bilan bogʼlanishi, politexnik


background image

451

tarbiyaning aqliy, mehnat, jismoniy, ahloqiy va estetik tarbiya bilan birga olib borilishi
uchun kurashgan А.V.Lunacharskiy katta rolь o‘ynagan. Iqtisod-matematik sikl
fanlarini o‘qitishda fanlararo bogʼlanish gʼoyasiga kelsak, u o‘tgan asrning 30
yillarida, o‘qitishning sinf-dars tizimi yana qaytib kelganida rivojlandi. Uning fikricha
o‘quv fanlarini o‘zaro bogʼlab o‘qitish gʼoyalari puxta o‘ylangan holda o‘quv
dasturlarida aks etishi kerak. U aniq misollarda fanlararo bogʼlanishlarning taʼsirini
ochib berdi, ular bilish faoliyatini ragʼbatlantirishini, talabalarning har tomonlama
rivojlanishiga yordam berishini, fanning turli sohalarida fikrlash doirasini
kengaytirishini taʼkidlab o‘tdi.

Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yxаti:

1. O‘zbekiston Respublikasining Taʼlim to‘gʼrisida Qonuni. 2020 yil 23 sentabr

O‘RQ-637 son Qonuni.

2. Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash

va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4732-son Farmoni. 2015 yil 12 iyun.

3. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar

strategiyasi to‘gʼrisida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son
farmoni. 2017 yil 7 fevralь.

4. Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909-son Qarori. 2017 yil 20 aprelь.

5. Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot

sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3151-son Qarori. 2017 yil 27 iyul.


10-11-SINF O‘QUVCHILARDA MANTIQIY FIKRLASHNI

RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI

Ermamatova M.

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

ermamatovamaftuna80@gmail.com

Annotatsiya:

Bu maqolada o‘quvchilarda ta’lim jarayonining muhim

komponentlaridan bo’lgan mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning didaktik asoslari va
uni o’ziga xos jihatlari, bo’lajak o’qituvchining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari,
uning kasbiy shakllanishi va shaxsiy sifatlari, komptetentligi, axloqiy fazilatlari, kasbiy
mahorat, mahoratga erishish yo’llari, ijtimoiy faollikga asos bo’luvchi omillar, ya’ni
barkamol shaxsni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishning zarurligi, ma’naviy, o’z-
o’zini rivojlantiruvchi ijtimoiy faol shaxsni yuzaga keltirish masalasi xususida fikrlar
keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

Pedagogik tayyorgarlik, o’qitish, o’rganish, tayyorlik, fikrlash,

tafakkur, didaktika, mantiq ilmi, mantiqiy fikrlash, didaktik jarayon, rivojlantirish.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g’risida Qonuni. 2020 yil 23 sentabr O‘RQ-637 son Qonuni.

Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida. 0‘zbckiston Rcspublikasi Prczidcntining PF-4732-son Fannoni. 2015 yil 12 iyun.

0‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g’risida. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son farmoni. 2017 yil 7 fevralb.

Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbckiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909-son Qarori. 2017 yil 20 aprelb.

Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g’risida. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3151-son Qarori. 2017 yil 27 iyul.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов