Maktab yoshidagi bolalarga ingliz tilini oʻqitish metodikasi

CC BY f
483-486
35
1
Поделиться
Савронова, Ш., & Джораев, М. (2023). Maktab yoshidagi bolalarga ingliz tilini oʻqitish metodikasi . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 483–486. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25495
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili oʻqitishning zarurat ekanligini asoslanib, chet tilini oʻqitish maktabgacha taʼlim yoshidan boshlab amalga oshirishning afzalliklari haqida fikr yuritilgan boʻlib, maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tili oʻqitishning eng zamonaviy va samarali usullari sifatida oʻyin texnologiyasi, axborot kommunikatsiya vositalari va multfilmlardan foydalanish imkonyatlari haqidagi mulohazalar keltirilgan. Bu esa, o‘z navbatida, tegishli chet til o‘qitish texnologiyasini qo‘llashni taqozo etadi. Bundan tashqari ushbu maqolada maktab oʻquvchilariga ingliz tilini oʻrgatish usullari, ularni darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish haqida soʻz boradi. Dars jarayonida oʻquvchilar diqqatini jamlash, yangi soʻzlarni yodlatish usullari, turli xil shunga oʻxshash oʻqitish metodikalari ifodalangan.


background image

483

6.

Abdinasir o‘g‘li Q. A. BO ‘LAJAK MUHANDIS-ELEKTRIKLARNI

KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING METODIK ASOSLARI //E
Conference Zone. – 2022. – С. 21-24.

7.

Abdinasir

o‘g‘li

Q.

A.

TALABALARDA

INTELLEKTUAL

KOMPETENTSIYALARNING RIVOJLANTIRISHNING TARKIBIY QISMLARI
//E Conference Zone. – 2022. – С. 27-30.


MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI

OʻQITISH METODIKASI

Savronova Shahina

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi

Jo‘rayev M.M.

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili

oʻqitishning zarurat ekanligini asoslanib, chet tilini oʻqitish maktabgacha taʼlim
yoshidan boshlab amalga oshirishning afzalliklari haqida fikr yuritilgan boʻlib,
maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tili oʻqitishning eng zamonaviy va samarali
usullari sifatida oʻyin texnologiyasi, axborot-kommunikatsiya vositalari va
multfilmlardan foydalanish imkonyatlari haqidagi mulohazalar keltirilgan. Bu esa, o‘z
navbatida, tegishli chet til o‘qitish texnologiyasini qo‘llashni taqozo etadi. Bundan
tashqari ushbu maqolada maktab oʻquvchilariga ingliz tilini oʻrgatish usullari, ularni
darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish haqida soʻz boradi. Dars jarayonida oʻquvchilar
diqqatini jamlash, yangi soʻzlarni yodlatish usullari, turli xil shunga oʻxshash oʻqitish
metodikalari ifodalangan.

Kalit soʻzlar:

pedagog, xorijiy tillar, oʻqituvchi masʼuliyati, 3 4 5 6 soʻz metodi,

yashil ruchka, 80/20 usuli, texnologiya, multfilm , kommunikatsiya, Shexter usuli.


Soha mutaxassislarining fikricha chet tilini oʻqitishda koʻp yuzaga kelayotgan

muammolarning asosiy sababi oʻrganuvchilarning yoshi bilan bogʻliq hisoblanadi.
Ularning fikricha ingliz tilini oʻrganishni ancha ertaroq boshlashni tavsiya etadi, yaʼni
imkon qadar maktabgacha taʼlim va tarbiya yoshi 5-7 yoshligidan. Bundan tashqari
hozirgi kunda ingliz tili eng rivojlangan tillar sirasiga kirmoqda. Chet tillari, ayniqsa,
ingliz tili insonning har bir bosayotgan qadami uchun kerak boʻlmoqda. Shu sababli,
2015- yildan boshlab Oʻzbekistondagi barcha oliy yurtlarda hamda maktablarda ingliz
tili fani oʻqitila boshladi. Ingliz tilini koʻplab insonlar, ayniqsa, yoshlar qiziqib
oʻrganishmoqda. Oʻqituvchi orqali fan seviladi deganlaridek, fanlarning qiziqarli
boʻlishi, dars jarayoni samarali oʻtishi, bularning barchasi albatta oʻqituvchiga va uning
oʻqitish metodikasiga bogʻliq.
Chet til – bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda Gʼarbiy Yevropa tillari va
Sharq tillari oʻqitilib kelinmoqda. Bu tillar ta’lim muassalarining oʻquv rejalaridan
oʻrin olgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, chet tillarini o’rganish
rivojlandi va yoshlar uchun ko’plab kitoblar sotib olindi. Birinchi prezidentimiz Islom


background image

484

Karimov aytganlaridek, “Hozirgi kundagi tillarni o’rgatishga yurtimizda katta
ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o’ziga
munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz
bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun
imkoniyatlar tillarni mukammal bilishning ahamiyatini oshirishning hojati yo’qdir”.
Shu kundan eʼtiboran barcha bilim yurtlarida ingliz tili fani darslik sifatida kiritildi.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek, oʻqituvchi orqali fan seviladi. Bunda oʻqituvchi oʻz
darsiga masʼuliyatli boʻlishlari kerak. Yaʼni darsga kirishda yaxshi kayfiyat bilan
kirishi va oʻquvchilarga mehribon boʻlishi kerak. Albatta bu oʻquvchilar kayfiyatiga
va darsga boʻlgan qiziqishlariga taʼsir qiladi. Bundan tashqari oʻquvchilarni darsga
qiziqtirish va ingliz tilini yaxshi oʻrganishlari uchun koʻplab metodikalar mavjud.
Masalan, barchamizga maʼlumki, pedagoglar oʻquvchi xatolarini qizil ruchkada
tekshirishadi. Aksincha, oʻqituvchilar yashil ruchkada ularning toʻgʻri yozilgan
soʻzlarini tekshirishsa va ularni ragʻbatlantirsa, yaʼni eʼtiborni kamchilikka emas
yutuqqa qaratsa, albatta, oʻquvchida oʻziga boʻlgan ishonch va bu fanga boʻlgan
qiziqish ortadi. Bundan tashqari yana, oʻquvchilar fikrini jamlashi uchun 3 4 5 6
metodikasi ham qoʻl keladi. Yaʼni, dars boshida doskaga 3 4 5 6ta katakli jadval
chiziladi hamda ulardan oʻtgan dars yodlagan soʻzlarini shu katak ichiga joylashtirish
soʻraladi. Albatta, bu metodika oʻquvchilar diqqatini jamlashga va oʻtgan mavzuni
eslab olishga yordam beradi. Yana bir metodikalardan biri bu 80/20 usuli. Bu usul
pedagoglar uchun judayam foydali. Bu oʻquvchilarni toʻgʻri yoʻnaltirishga va bilimini
oshirishga yordam beradi. Misol uchun, tadbirkorlarda bir gap bor: mijoz 20 foiz
tadbirkor 80 foiz gapirsa, bunda tadbirkor 30 foiz natijaga erishadi, aksincha, tadbirkor
20 foiz, mijoz esa 80 foiz gapirsa bunda tadbirkor 100 foiz natijaga erishadi. Bu yerda
oʻqituvchi 80 foiz oʻquvchilarning faolligini oshirishi, 20 foizi esa ularni yoʻnaltirib
turishini bildirmoqda. Shunda 100 foiz oʻquvchi darsni yaxshi oʻzlashtiradi. Ma’lumki,
erta yoshning chet tilini o‘zlashtirish imkoniyatlari chinakamiga beqiyosdir. Hatto
K.D.Ushinskiy ham shunday deb yozgan edi: “Bola biz bir necha yil ichida o‘rgana
olmaydigan darajada chet tilini bir necha oyda o‘rganadi”. Maktabgacha taʼlim
yoshidagi bolalarga chet tilini oʻqitishda quyidagi oʻyinlardan foydalanish tavsiya
etiladi:

1. Vaziyatli oʻyinlar;
2. Raqobatbardosh oʻyinlar;
3. Ritmik musiqiy oʻyinlar;
4. Badiiy-ijodiy oʻyinlar .
Vaziyatli oʻyinlar - u yoki bu sabablarga koʻra aloqa vaziyatlarini simulyatsiya

qiladigan rol oʻynash oʻyinlarini oʻz ichiga oladi. Rol oʻynash bu bolalarning muayyan
rollarini bajarish, turli xil hayotiy vaziyatlar oʻynaladigan oʻyin faoliyati hisoblanadi.
Masalan, sotuvchi - xaridor, shifokor -bemor va boshqalar.
Raqobatbardosh oʻyinlar - lugʻat va savodxonlikni targʻib qiluvchi koʻpgina oʻyinlarni
oʻz ichiga oladi. Bu turdagi oʻyinlarga krossvord, kim oshdi savdolari, buyruqlarni
bajarish va shu kabi oʻyinlar kiradi.

Ritmik musiqiy oʻyinlar - bu har qanday anʼanaviy oʻyinlardan farqli ravishda ,

masalan, sheriklar tanlovi bilan raqs tushadigan oʻyinlar boʻlib, bu muloqot


background image

485

qobiliyatlarni oʻzlashtirishga emas, balki nutqning fonetik jihatlarini yaxshilashga
yordam beradigan oʻyinlar sirasiga kiradi.
Badiiy - ijodiy oʻyinlar - bunday oʻyinlar bolaning badiiy ijod chegarasida turgan
faoliyat turi boʻlib, bunday oʻyinlar orqali bolalarning ichki dunyosini kashf qilish
mumkin.

Bunday metodikalardan tashqari multfilmlar ham bolalar uchun ingliz tilini

oʻrganishda eng yaxshi yordamchi hisoblanadi. Bolalar multfilmlarni yaxshi koʻradilar
va ularni ketma-ket tomosha qilish ularga pozitiv kayfiyat bagʻishlaydi. Shuning uchun
ingliz tilidagi multfilmlar bir vaqtning oʻzida bolalarning pozitiv-kommunikativ
sifatlarini shakllantirish bilan birga chet tilini oʻrgatishning koʻplab muammolarini hal
qilishga yordam beradi. Maktabgacha ta’limda ingiliz tilini o’rganish “Shexter” usuli
“nazariydan amaliyotga” klassik modelga emas,balki teskari, tabiiyroq idrok tizimiga
asoslanadi. Bunda bolalarga ona tilimizni o’rgatishimiz juda qulay. Yosh bolalar
qanday gapirishni bilmaydilar. Tarbiyachilar tomonidan kerakli jumlalar va nutq
qismlarini qurish qoidalarini tushuntirilib, didaktik oʻyinlar orqali ingiliz tilini
zamonaviy usullarda oʻrgatiladi. Ingiliz tilining ushbu texnikasi uch bosqichdan iborat:
birinchisida so’zlar va iboralar, ikkinchisi va uchinchi bosqichda grammatik va
sintaktik tuzilmalaridan foydalanish samaradorligi pedagog va psixologlar nuqtai
nazaridan eng muvaffaqiyatlilardan biri hisoblanadi. Bu usulning boshidanoq bolalar
bilan ingliz tilida ishlashning ma'lum bir uslubini rivojlantirish, muloqotning eng
odatiy holatlariga mos keladigan so’zlardan foydalanish kerak. Bunday so’zlar
(salomlashish, xayrlashish, qisqa mashqlar, ingliz tilida qabul qilingan
xushmuomalalik formulalaridan foydalanish) bolalarga chet tili aloqasini o'rnatishga
imkon beradi, ingliz tiliga o'tishni osonlashtiradi, bolalarga dars boshlanganligini, endi
darsning ma'lum bir bosqichi o'tishini ko'rsatadi. Metodning muvaffaqiyatli
bo'lishining eng muhim sharti bolalarning nutq-fikrlash faoliyatini faollashtirish va
ularni chet tili muloqotiga jalb qilishdir.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini
o'rgatishning o'ziga xos xususiyati shundaki, u shunchaki stolda o'tirib, kitob va
daftarlarni varaqlamaydi. Jarayon zerikarli bo'lmasligi va bolalar o'zlari bilimga
intilishlari kerak. Ta'lim shakllari iloji boricha ko'proq leksik birliklarni o'zlashtirishga
emas, balki mavzuga qiziqishni tarbiyalashga, bolaning muloqot qobiliyatlarini
rivojlantirishga va o'z fikrlarini ifoda etishga qodir bo'lishi kerak. Bolalarning ingliz
tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan ko'ra samarali ekanligini
ko'rsatish mumkin.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, pedagoglar oʻquvchilariga shu kabi

metodikalarni qoʻllashsa, dars judayam qiziqarli hamda oʻquvchi uchun juda foydali
boʻladi. Darslar qanchalik qiziq boʻlsa, oʻquvchi darsga emas, xuddiki dam olishga
kelgandek u fanni maroq bilan oʻrganadi. Shu sababli, oʻqituvchilar bu metodlardan
foydalanishlari lozim. Shunday qilib maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini
oʻqitishda oʻyin texnologiyasidan foydalanish va axborot - kommunikatsiya
usullaridan foydalanish bolalarning proksimal rivojlanish zonasiga yoʻnaltirilgan
boʻlib, pedagogik maqsadni bola uchun jozibali faoliyat motivi bilan birlashtiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o’rgatishda yoshiga mos ijodiy va didaktik
oʻyinlar va ochiq mashg’ulotlar bilan ularning shaxsiy kamolotini zamonaviy usullar
asosida shakillantirish mumkin. Ta’limda har bir mashg’ulotning yangicha axborot


background image

486

texnologiyalari va kompyuter qurilmalaridan muvaffaqiyatli foydalanish, ko’rgazmali
materiallardan bolalar uchun foydali maxsulotlarni tadbiq qilish va natijasini
mustahkamlash oʻquvchi bilimini mustahkamlash uchun eng zoʻr usul hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Dilafruz Xidoyatovaning “Al qalam” nomli you tube kanali.
2. Муминова, Ф. М. Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion

texnologiyalaridan foydalanish.

3. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES google web –

site.

4. “O‘QITUVCHI” NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI . Toshkent 2012.
5. "Tafakkur manzili" internet web-sahifasi.
6. David A. J, Eggen, P Kauchak. O’qitish usullari. Talabalarning bilim olishini

targ’ib qilish[M] 2002.

7. Jalolov J.J. Chet til o’qitish metodikasi.-T.:O’qituvchi,2016 y.
8. Xaydarova Z.S Toshkent shahar yuridik texnikumi umumta’lim fanlar

kafedrasi o’qituvchisi “Modern methods of teaching English” maqolasi 2021 y.
Dekabr.

9. Yo’ldosheva D.A. Kichik yoshdagi bolalarga ingiliz tilini o’rgatishning

innovatsion usullari. 2022.


VOLEYBOL SPORT TURIDA TEXNIK-TAKTIK USLUBLARINI

DASTLABKI O‘RGATISH METODIKASI

Nazarov Sherzod Tursun oʻgʻli

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yosh o‘yinchilar tayyorgarligining birinchi

asosiy qismini ularning jismoniy va texnik-taktik vazifalari tashkil etadi. U
boshlang‘ich ta’lim guruhlarida yoki voleybol maktab seksiyalarida amalga oshiriladi.
Shu bilan birgalikda, psixologik va tarbiyaviy jihatdan muammolari ham hal etiladi.

Kalit soʻzlar:

“kuchli sportchi modeli”, “tarqalgan” qo‘zg‘alish, “Oltin qoida”,

“faqat to‘g‘ri bajarish”.


Voleybol yillar davomida shakllantirilgan va hozirgi kunda ham ijobiy natijalar

berayotgan amaliy tavsiyalar va mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan metodika
asosida o‘rgatiladi. Hozirgi kundagi voleybolga o‘rgatish metodikasining barcha
yutuqlari va afzalliklarini hisobga olgan holda, zamon talabi uni qayta ko‘rib chiqish
va takomillashtirishga undamoqda. Ushbu bobda o‘yinchilarni tayyorlash an’anaviy
metodikasining kuchli va samarali natija berayotgan tomonlarini qarab chiqamiz.
An’anaviy metodikada o‘qitish va takomillashtirish asoslari aksariyat hollarda o‘rinli
ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Bu yondashuv sport mashg‘ulotlarining barcha
tamoyillari (ko‘rgazmalilik, soddalik, muntazamlilik, onglilik va b.)ga tegishli.
Harakat ko‘nikmalarini shakllantirish qonuniyatlarini anglashdan kelib chiqib,

Библиографические ссылки

Dilafruz Xidoyatovaning “Al qalam” nomli you tube kanali.

Муминова, Ф. M. Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES google web -site.

“0‘QITUVCHI” NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI. Toshkent 2012.

"Tafakkur manzili" internet web-sahifasi.

David A. J, Eggen, P Kauchak. O’qitish usullari. Talabalaming bilim olishini targ’ib qi!ish[M] 2002.

Jalolov J.J. Chet til o’qitish metodikasi.-T.:O’qituvchi,2016 y.

Xaydarova Z.S Toshkent shahar yuridik texnikumi umumta’lim fanlar kafedrasi o’qituvchisi “Modem methods of teaching English” maqolasi 2021 y. Dekabr.

Yo’ldosheva D.A. Kichik yoshdagi bolalarga ingiliz tilini o’rgatishning innovatsion usullari. 2022.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов