Ta’limda media tushunchasi

CC BY f
640-643
14
1
Поделиться
Рустамова, Д., & Джораев, М. (2023). Ta’limda media tushunchasi . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 640–643. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25744
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi ijtimoiy tarmoqlarning, shuningdek, medianing òrni va ahamiyati tòğrisida soʻz boradi. Bu esa òz òrnida media texnologiyalarining bir qancha ijobiy va salbiy tomonlarini oʻquv jarayoniga kòrsatadigan ta’siri uning yutuq va kamchiliklari borasida ma’lumotlar berilgan.

Похожие статьи


background image

640

TA’LIMDA MEDIA TUSHUNCHASI

D.A. Rustamova, M.M. Jo‘rayev

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi ijtimoiy tarmoqlarning,

shuningdek, medianing òrni va ahamiyati tòğrisida soʻz boradi. Bu esa òz òrnida media
texnologiyalarining bir qancha ijobiy va salbiy tomonlarini oʻquv jarayoniga
kòrsatadigan ta’siri uning yutuq va kamchiliklari borasida ma’lumotlar berilgan.

Kalit soʻzlar

: ijtimoiy tarmoqlar, media, gazeta, radio, ommaviy axborot

vositalari, internet, ijtimoiy hodisalar, xorijiy media.


Kirish Media tushunchasi bir necha yillardan buyon ta’lim sohasida keng

qo‘llanilib kelmoqda. Xususan media tushunchasiga bir qancha ta’riflar dunyoning
yetakchi olimlari tomonidan berilgan bo‘lib uning sohasidagi samaralari oʻz isbotini
topib bormoqda. Shunday ekan bu tushuncha ta’limni ham chetlab òtmagan,ya’ni
medianing ahamiyati ta’lim darsturlarida ham mavjud .Internet sahifalarida media
tushunchasini quyidagicha ta’riflanadi: ‘‘Ommaviy axborot vositalarining kòpligi
boʻlgan media atamasi yangiliklar, musiqa, filmlar, ta’lim, reklama xabarlari va boshqa
ma’lumotlarni tarqatadigan aloqa kanallarini anglatadi.U jismoniy va onlayn gazeta va
jurnallar, televideniya, radio, bilbordlar, telefon, internet, fakslarni òz ichiga oladi”
Fuqarolik gazetalarining birida media soʻzining ta’rifi shunday ta’kidlab o‘tilgan:
“Media – vositaning kòplik shakli. U har qanday aloqa kanalini tavsiflaydi. Bu bosma
qog‘ozdan tortib raqamli ma’lumotlargacha bòlgan hamma narsani òz ichiga olishi
mumkin. Umuman olganda, ommaviy axborot vositalari televideniya, radio,
gazeta,internet va boshqa aloqa shakllarini anglatadi”. Madaniyat va jamiyatning
kòngilochar industratsiyaga ta’siri bòyicha tadqiqot qòllanmasida esa: “Media bu -
xabardorlikni oshirish, ta’lim, ijtimoiylashtirish, kòngil ochish va kun tartibini
belgilash kabi funksiyalarni ega bòlgan aloqa vositasi”, -deb yodda tutilgan. Reverso
luğatida ushbu atama uchun quyidagi ta’rif berilgan: ‘‘Televideniya,gazeta va radio
kabi koʻp odamlarga yetib boruvchi aloqa vositalari bòlib,u ommaviy axborot
vositalariga murojaat qilganda,ba’zan sinkulyar shakl sifatida kòrib chiqiladi. Shunday
ekan media texnologiyalari ta’lim sohasida juda ham katta axborot resurs manbasi
hisoblanadi.

“Qanchalik ijtimoiy tarmoqlarga (turli xildagi medialar) ega bòlsak, biz

shunchalik kòp ularga boğlanyapmiz deb òylaymiz, lekin biz haqiqatan ham bir -
birimizdan uzilib qolamiz”- deydi John Rider. Bu esa shuni anglatadiki, inson
qanchalar biror narsani yoqtirib unga shuncha boğlanishga harakat qilsa, unga tegishli
bòlgan ya’ni unga manfaat beradigan narsalardan voz kecha ketadi,natijada, turli
xavflarga duchor bòlishi mumkin. Jim Morrison esa “Kim ommaviy axborot
vositalarini boshqarsa, ongni ham boshqaradi”, - deydi. Ya’ni hozirgi kunda deyarli
butun hayotimizni mana shu medialarga boğlab qòyganimiz va ulardan hamisha,
hamma joyda foydalanishimiz bizning tafakkurimizni boshqarishini anglab yetishimiz
mushkul emas, albatta. “Media ya’ni ijtimoiy tarmoqlar sizning vaqtingizni òğirlashiga
yòl qòymaslik uchun tartib-intizom kerak”,- deya òz fikrini Aleksis Ohanyan


background image

641

ta’kidlaydi. Har bir kasbda, har bir ishda tartib muhim rol òynagani kabi
mediadan,ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ham òziga yarasha intizomni talab
qilishini va bu yaxshi tomonga òzgarishga yordamligini anglatadi. Allen Ginsberg
shunday deydi” Media-ruhiy salomatlik uchun ham qoronğu ham yorqin narsadir”. Bu
fikr òz òrnida shuni tasdiqlaydiki,agar bu hodisadan uzoq vaqt keraksiz narsa uchun
foydalanilsa, albatta, salbiy ta’sir qiladi.Ammo undan tòğri yoʻldan foydalanilsa, u
hech qanday yomonlikka sabab bòla olmaydi.

Mediada

ham

hamma

narsa

kabi

yaxshi

va

yomon

tomonlari

mavjud,shuningdek, asosiy qismi uning ijobiy tomoni hisoblanadi.Ommaviy axborot
vositalari hozirda har bir inson hayotining muhim tarkibiy qismlaridan biri boʻlib
xizmat qilmoqda, chunki biz har qanday yangilanish,ma’lumot yoki har qanday
yangilik olish uchun unga juda ishonamiz.Garchi ushbu maqola ommaviy axborot
vositalarining afzalliklari va kamchiliklariga bag’ishlangan boʻlsa-da,uni muhokama
qilishdan oldin, avvalo, ommaviy axborot vositalari nima ekanligini va nima uchun
bugungi kunda muhimligini tushunib olaylik.Ommaviy axborot vositalari bizning
madaniyatimizda hal qiluvchi rol òynaydi va u kuchli va oddiy aloqa vositasidir. Ushbu
vosita mamlakat va xorijdagi ma’lumotlarni bir vaqtning òzida millionlab odamlar ha
yetkazib beradigan quroldir.Bu vaqt òtishi bilan rivojlanib bordi va bugungi kunda
odamlar òz nuqtai nazarini bosma ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar
orqali hammaga yetkazmoqda.Radio, televideniya,gazeta va internet bugungi kunda
ommaviy axborot vositalarining eng qulay shakllari hisoblanadi.Shu bilan
birgalikdagikda, media tuğma potentsiallarni qòllab quvvatlaydi,ya’ni, odamlar
ommaviy axborot vositalari orqali o’zlarining yashirin is’tedodlarini amalga
oshiradilar.Yuqorida eslatib òtilgan vositalar ularning komediya,ijro,qoʻshiq aytish,
qiroat va boshqalar kabi yashirin qobiliyatlarini namoyish etishga yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar, media jurnal yoki shu kabi hodisalar, vositalarning

munozarali, shuningdek, yaxshi va yomon tomonlari mavjud.Ijtimoiy vositalar
individualizmga- odamlar tomosha yoki kontentni kòrish uchun ortiqcha pul
sarflashadi, natijada esa ularning dòstlari yoki oilasi va qòshnilari bilan
munosabatlariga ta’sir qilishi mumkin.Ba’zi media mavzulari bolalar uchun mos
emas,ayrim ehtimollar bilan ularni kòrosh mumkin bòlgan holatda esa bu ularning
aqliy faoliyatini ham jismoniy òsishdan va tafakkurdagi fikrlarini buzğunchi ğoyalarga
aylantirib yuborish ehtimollari shubhasiz kam emas.Tòğri, buning ta’siri hozir yoki
òsayotgan davrida kuzatilmasligi mumkin,ammo vaqt òtishi bilan ular baribir oʻz
taʼsirini koʻrsatadi.Yana shuni qoʻshimcha qilib aytish kerakki, hozirgi kunda
firibgarlik va kiberjinoyatning juda kòp turlari tarqalmoqda.Internet firibgarlar,
jinoyatchilar va xakerlar yoki bunday yirtqichlar uchun qurbonlar haqida hech qanday
ma’lumotsiz jinoiy harakatlar qilish imkoniyatini ochib beradi.Ba’zi teledasturlar va
internet, ommaviy axborot vositalari kòpchilik bolalar va kattalar uchun òziga qaram
bòlib, unumdorlikning pasayishiga,masalan,giyohvandliklarning kòpayishiga olib
keladi.Ayrim holatlarda mediadan foydalanish soğliqni saqlash bilan bogʻliq boʻlgan
muammolarga sabab boʻlishi mumkin.Misol uchun: Telivizorni uzoq vaqt tomosha
qilish yoki internetda kirish koʻrish bilan bogʻliq muammolarga olib kelishi mumkin
va quloq jinlardan foydalanayotgan vaqtda baland tovushda tinglash eshitish
nuqsonlariga olib kelishi mumkin.Shunday odamlar borki,ular ijtimoiy tarmoqlarda


background image

642

kòrgan harakatlarini yoki òzini òxshatmoqchi boʻlgan shaxslarni tashqi kòrinishini
namoyon qilishga harakat qiladi va natijada oğir jarohatlarga olib kelishi mumkin
bòlgan holatlarga duchor boʻlishadi.

Maqola soʻngida shuni xulosa qilib aytish kerakki, agar inson qilayotgan ishiga

e’tibor berib bajarsa,tòğri va notòğri yòllarni farqlay olsa, hech qanday tòsiqqa
uchramaydi. Bu fikrim bilan ijtimoiy tarmoqlardagi barcha vositalarn, turli medialarni
oqlab yoki ularni qoralash niyatida aytilgan emas. Shunchaki,kim nimadan
foydalanadi,qaysi yòldan boradi,kim kimni qòllab quvvatlaydi, bularning hammasi
insonning

onggini

boshqarib

turgan

tafakkuriga

boğliqdir.Ijtimoiy

tarmoqlar:televideniya,radio,online gazetami, jurnallarni yoki boshqa internet sohasiga
oid bòlgan hammasi òziga tegishli bòlgan yaxshi va yomon xususiyatlari bilan bir
biridan ajralib turadi.Buning isbotini esa yuqorida ta’kidlab òtilgan fikrlar tasdiqlaydi
va hoh hozir boʻlsin hoh ertaga bular òzgarmaydi, isbotlangan narsa yolğon hodisaga
aylantirilmaydi!

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Teshaboyeva, N. Z., & Niyatova, M. N. (2021). The importance of a word and

word formation in a language system.

JournalNX-A Multidisiplinary Peer Reviewed

Journal

,

7

(12), 337-341.

2.

Niyatova, M. (2023). EFFECTIVENESS OF GROUP WORK IN TEACHING

A FOREIGN LANGUAGE.

Журнал иностранных языков и лингвистики

,

5

(5).

извлечено от

https://phys-tech.jdpu.uz/index.php/fll/article/view/7780

3.

Solnyshkina,

M.

I.

(2022).

TEACHING

ENGLISH

THROUGH

INNOVATIVE TECHNOLOGIES.

Web of Scientist: International Scientific

Research Journal

,

3

(11), 1108-1111.

4.

Ниятова, М. (2022). Significant points on assessment procedure.

Zamonaviy

Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari:
Yechimlar

Va

Istiqbollar

,

1

(1),

587–589.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5345

5.

Niyatova, M. (2021). PECULIARITIES OF PREFIXAL DERIVATIVES IN

LANGUAGE LEVELS .

Журнал иностранных языков и лингвистики

,

2

(3).

извлечено от

https://fll.jdpu.uz/index.php/fll/article/view/954

6.

Teshaboyeva, N. Z., & Niyatova, M. N. (2021). The important meanings of

category of tenses in contexts. “

Zamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalarning dolzarb

muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar” Respublika
miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toplami

, 468-473.

7.

Teshaboyeva, N. Z., & Niyatova, M. N. (2021). General meanings of the

category of tenses.

International Journal of Development and Public Policy

,

1

(6), 70-

72.

8.

Maftuna Norbek kizi, N. ., & Kamola Maksudjon kizi, B. . (2022). UTILIZING

OF A WORD AND WORD FORMATION IN A LANGUAGE .

Новости

образования: исследование в XXI веке

,

1

(4), 277–282. извлечено от

https://nauchniyimpuls.ru/index.php/noiv/article/view/1339

9.

Maftuna Norbek kizi, N. ., & Diyora Jalilovna kizi, A. . (2022). TEACHING

THE ENGLISH LANGUAGE WITH MODERN TECHNOLOGIES AND


background image

643

WEBSITES.

Новости образования: исследование в XXI веке

,

1

(5), 47–50.

извлечено от https://nauchniyimpuls.ru/index.php/noiv/article/view/2252

SAN’AT MAFKURAVIY QUROL SIFATIDA

Xudayberdiev Samad Zakirovich

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Annotatsiya:

Mafkura va san’at insoniyat madaniyatining o‘zaro bog‘langan

jabhalari bo‘lib, dunyo haqidagi tushunchamizga ta’sir ko‘rsatadi va uni shakllantiradi.
Mafkura individual va jamoaviy dunyoqarashni boshqaradigan e'tiqodlar, qadriyatlar
va tamoyillar majmuini ifodalaydi, san'at esa his-tuyg'ular, g‘oyalar va istiqbollarni
etkazish uchun ishlatiladigan keng ko'lamli ijodiy ifodalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu
abstrakt mafkura va san’at o‘rtasidagi munosabatni o‘rganib, ularning aks etishi, bir-
biriga qarshi kurashishi va ta’siriga e’tibor qaratadi.

Kalit soʻzlar:

Mafkura, san’at, madaniyat, jamiyat, orzu-istak, g‘oyalar,

mafkuraviy qurollar, shaxs.


Mafkura va san’at insoniyat madaniyati va jamiyatining o‘zaro bog‘liq va

ta’sirchan ikki jihati bo‘lib, ularning har biri bizning dunyo haqidagi tushunchamiz va
undagi o‘rnimizni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Keling, mafkura va san’at bir-
biri bilan qanday bog‘liqligini ko‘rib chiqaylik:

Mafkura deganda shaxs yoki guruhning dunyoqarashi, xatti-harakatlari va

qarorlar qabul qilish jarayonlarini boshqaradigan va amal qiluvchi e’tiqodlar,
qadriyatlar, g‘oyalar va tamoyillar ma’lum bo‘ladi. Mafkuralar siyosiy, diniy, ijtimoiy
yoki madaniy xarakterga ega bo‘lishi mumkin va ko‘pincha dunyoni tushunish va turli
muammolarni hal qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular shaxslar va jamoalarga
o‘ziga xoslik, maqsad va yo‘nalish hissini beradi. Adabiyotlarda bo‘lsa quydagicha
ta’rif beriladi “Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat
manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar
hamda ularni amalga oshirish tizimi.” Mafkurada manfaatlar ifodalanayotgan kuch va
qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi. Insoniyat
tarixida turli-tuman mafkuralar bo‘lgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning g‘oyaviy
rahnamolari, mutafakkir va arboblari, o‘zlarining manfaat va maqsadlaridan kelib
chiqib, mafkuraviy ta’limot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Mafkura muayyan diniy,
falsafiy ta’limot asosida yaratiladi, ma’lum ilmiy qarash va axloqiy tamoyillarga
tayanadi. Mafkuralar o‘z mohiyati va ta’sir kuchiga ko‘ra, jamiyatni birlashtirishi yoki
uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga bo‘lib yuborishi, davlatning jahondagi obro‘ va
mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko‘tarishi yoki tanazzulga
duchor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor g‘oyalarga asoslangan mafkura
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga turtki bo‘ladi, ma’naviyatni yuksaltiradi, insonlarni
ulug‘vor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik
g‘oyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkura
bunyodkorlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Vayronkor g‘oyalar asosida shakllangan

Библиографические ссылки

Teshaboyeva, N. Z., & Niyatova, M. N. (2021). The importance of a word and word formation in a language system. JournalNX-A Multidisiplinary Peer Reviewed Journal, 7(12), 337-341.

Niyatova, M. (2023). EFFECTIVENESS OF GROUP WORK IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5). извлечено от https://phys-tech.jdpu.uz/index.php/fll/article/view/7780

Solnyshkina, M. I. (2022). TEACHING ENGLISH THROUGH INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 1108-1111.

Ниятова, М. (2022). Significant points on assessment procedure. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 587–589. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5345

Niyatova, M. (2021). PECULIARITIES OF PREFIXAL DERIVATIVES IN LANGUAGE LEVELS . Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(3). извлечено от https://fll.jdpu.uz/index.php/fll/article/view/954

Teshaboyeva, N. Z., & Niyatova, M. N. (2021). The important meanings of category of tenses in contexts. “Zamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar” Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toplami, 468-473.

Teshaboyeva, N. Z., & Niyatova, M. N. (2021). General meanings of the category of tenses. International Journal of Development and Public Policy, 1(6), 70-72.

Maftuna Norbek kizi, N. ., & Kamola Maksudjon kizi, B. . (2022). UTILIZING OF A WORD AND WORD FORMATION IN A LANGUAGE . Новости образования: исследование в XXI веке, 1(4), 277–282. извлечено от https://nauchniyimpuls.ru/index.php/noiv/article/view/1339

Maftuna Norbek kizi, N. ., & Diyora Jalilovna kizi, A. . (2022). TEACHING THE ENGLISH LANGUAGE WITH MODERN TECHNOLOGIES AND WEBSITES. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(5), 47–50. извлечено от https://nauchniyimpuls.ru/index.php/noiv/article/view/2252

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов