Shaxsda stressga qarshi psixologik himoyani shakllantirish omillari

CC BY f
517-520
1
0
Поделиться
Арипова, Д. (2023). Shaxsda stressga qarshi psixologik himoyani shakllantirish omillari . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 517–520. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25637
Дильрух Арипова, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана

студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Shaxsning psixologik himoya mexanizmlari ayrim nizolarning sub’ektiv sabablariga bevosita ta’sir etishi mumkin. Shaxsning shaxsiy yoki guruhiy ehtiyojlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik va shaxsiy yoki guruhiy qiziqishlarini poymol qilish kabi sabablar nizoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. Ko‘pincha jamoada qabul qilingan xulq atvor formalari, ijtimoiy shakllanib borishi bilan individ reaksiyasi aniqlanadi.


background image

517

8.

ELEKTROMAGNETIZM:

ELEKTR

VA

MAGNITLANISH

O‘RTASIDAGI

ALOQANI

O'RGANISH.

(

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fgNu3Q

YAAAAJ&citation_for_view=fgNu3QYAAAAJ:IjCSPb-OGe4C

) SRT X.A.Qodirov

9. "Texnika va raqamli texnologiyalarning amaliyotda qo‘llanilishi va

ularning …,

2023

MAGNETOGIDRODINAMIKA

(MHD):

MAGNIT

MAYDONLAR VA SUYUQLIKLAR O‘RTASIDAGI O'ZARO TA’SIRNI
O'RGANISH. SRT X.A.Qodirov

SHAXSDA STRESSGA QARSHI PSIXOLOGIK HIMOYANI

SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Aripova Dilruh Ilhom qizi

Oʻzbekiston Milliy Universiteti Jizzax Filiali talabasi

Shaxsning psixologik himoya mexanizmlari ayrim nizolarning sub’ektiv

sabablariga bevosita ta’sir etishi mumkin. Shaxsning shaxsiy yoki guruhiy ehtiyojlarini
amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik va shaxsiy yoki guruhiy qiziqishlarini poymol qilish
kabi sabablar nizoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. Ko‘pincha jamoada qabul qilingan
xulq-atvor formalari, ijtimoiy shakllanib borishi bilan individ reaksiyasi aniqlanadi.
Bundan tashqari, individning nizolarga ishtiroki, uning oldiga qo‘ygan maqsadini
amalga oshirish uchun yuzaga kelgan to‘siq qay darajada xalaqit berishi bilan
aniqlanadi. Sub’ekt oldiga qo‘ygan maqsadi qanchalik muhim bo‘lsa va unga
erishishni juda xohlasa, u shunchalik darajada qat’iylik bilan o‘zaro nizoli vaziyatlarga
va unga xalaqit beruvchi shaxsga qarshilik ko‘rsatadi. Mazkur mulohazalarga
asoslanib, Ivan Ognev tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi chizmada shaxsning
nizolarda ishtiroki sabablarini shakllantirish tizimi tavsiya etiladi.


background image

518

Bugungi kunda mazkur chizmaga asoslanib Gannover Tabiiy Fanlar

Akademiyasi, Amaliy psixologiya markazi prezidenti Ivan Ognev o‘z shogirdlari bilan
ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Aytish joizki, mazkur tadqiqotlar zamirida ham
shaxsning o‘zini o‘zi psixologik himoya qilish jarayonini tadqiq qilishga qaratilgan
metodologik mulohazalar bayon etiladi.

Umuman, psixologiyada individual farqlanishning 56 xil yo‘nalishdagi tipi

ma’lum va mashhur. Masalan, ob’ektiv va sub’ektiv tip (dastavval, A.Bine
tajribalarida qayd etilgan) fikrlovchi faol tip (A.M.Djordantu bo‘yicha), rasionalistlar
va empiriklar (U.Djems tadqiqotlari bo‘yicha) "chuqur-tor" va "mayda-keng" tip
(G.Gross ma’lumotlari bo‘yicha), nazariy, iqtisodiy, estetik, ijtimoiy, siyosiy, diniy
tiplar (E.Shpranger tadqiqotlari bo‘yicha); shizoid va sikloid tiplar (E.Krechmer
tadqiqotlari bo‘yicha); visserotonik, somatomik, serebrotonik tiplar (U.Sheldon
bo‘yicha); ekstrovert va introvert tiplar (K.T.Yung va G.Yu.Ayzenk ma’lumotlari
bo‘yicha) haqidagi empirik ma’lumotlarning qayd etilishi shular jumlasidandir.

B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilisin, E.A.Golubeva va ularning shogirdlari

tomonidan olib borilgan empirik tadqiqotlar mazmuni ijtimoiy psixologiya va
ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya uchun muhim bo‘lgan har bir shaxsning
(individning) tabiiy va tug‘ma sifatlarini, oliy nerv faoliyatining o‘ziga xos qobiliyat
elementlarini va unga ta’sir etuvchi ta’lim-tarbiya, tashqi muhit va faoliyatning ne
chog‘lik tashkil etilish jarayonini mukammal o‘rganish va uni ijtimoiy maqsadlar
asosida rivojlantirish yo‘llarini belgilash uchun katta imkoniyat yaratdi. Mazkur
imkoniyatlar avvalambor insondagi u yoki bu faoliyatni bajarishga bo‘lgan iqtidor
kurtaklarini o‘rganishni va shu asosda shaxs faolligini kamol toptirish uchun asos
sifatida xizmat qilishi maqsadga muvofiq. Shunga asosan maxsus tadqiqotlar shuni
tasdiqlayaptiki, faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun individual xususiyatlar,
ayniqsa, har bir shaxs temperamenti va individual uslubiga ham bog‘liq. Ayniqsa,
mehnat va o‘quv faoliyati jarayonida ushbu holatni kuzatish, tahlil qilish va
rivojlantirish bilan bog‘liq usullar majmuasining ishlab chiqilishi psixologik
muhofazaning muhim vazifasi ekanligidan dalolatdir.

Ilmiy manbalarda talqin qilinishicha, miya katta yarimsharlarining po‘sti

mo’tadil sharoitda po‘stloqosti markazlariga boshqaruv va tormozlov yo‘sinda ta’sir
ko‘rsatadi hamda hissiyotning tashqarida ifodalanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Miya po‘sti
kuchli darajada qo‘zg‘alsa, uning ta’sirida boshqaruvchanlik funksiyasi buziladi.
Shaxs qattiq charchasa yoki juda mast bo‘lsa, irradiatsiya oqibatida po‘stloqosti
markazlari ham qo‘zg‘aladi, natijada harakatni nazorat qilishi yo‘qoladi. Emotsional
holatlar uchun po‘stloqosti tugunchalarining tarkibiga kiruvchi markazlar ham muhim
ahamiyatga ega. Agarda miya katta yarimsharlari po‘stlog‘i harakatlarni birlashtirib,
sezgilarni va sa’y-harakatlarni nozik ifoda qilib tursa, miya formatsiyalari tashqi
hamda ichki muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga organizmning javob
reaksiyalarini boshqaradi.

Stressni klassifikatsiyalashda turli xil prinsiplarga asoslangan holda

yondashiladi:

1)

stressga olib keluvchi sharoit va faktorlar tahlili asosida: bular – tirik

organizm butunligi va gomeostazning buzilishiga olib keluvchi stimullar; individning


background image

519

faoliyatini buzuvchi stimullar (maqsadning yo‘qolishi, e’tiborning chalg‘ishi);
ijtimoiy ta’sir etuvchi stimullar (ijtimoiy konfliktlar, turmush tarzi);

2)

ta’sir etuvchi kuch qanday intensivlikda ta’sir etishini hisobga olish asosida:

bunda yuqori darajada ta’sir etuvchi salbiy ta’sir ruhiy emotsional jarohat

chaqiradi, kam intensivlikdagi salbiy ta’sir esa frustratsiyaga olib keladi.

3)

stress holatida javob reaksiyasining baholash orqali. Tug‘ma shartsiz salbiy

reflekslar ma’lum bir darajada stress holatini keltirib chaqiradi, shartli o‘z hayotiy
tajribasi davomida orttirilgan reflekslar esa boshqacha darajadagi stress holatini
namoyon qiladi.

4)

zo‘riqish holatidagi emotsional omilning rolini tahlil qilish asosida ham

stress holati yuz berishi mumkin.

Ko‘rinadiki, emotsional holatlarning ichida boshqalariga nisbatan stress inson

hayotida juda ko‘p sodir bo‘ladigan kechinmalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun
ham tadqiqotlarning aksariyatida shaxs emotsional holatini o‘rganishda stress
muammosiga alohida dolzarb masala sifatida qaraladi. Shunday ekan, sportchilar
faoliyatida ham bu muammoga yaqindan yondoshish ayni xaqiqatdir.

Zamonaviy psixologiyada koping xulq-atvor stressli vaziyatni bartaraf etishga

yo‘naltirilgan, ratsional xulq-atvor sifatida qaraladi. U asosan ikki omilga – sub’ekt va
real vaziyatga bog‘liq bo‘ladi, hamda shaxs hayot faoliyatining xulq-atvor, emotsional
va kognitiv darajalarida namoyon bo‘ladi. Stressni yengishning asosiy fuknsiyalari
sifatida inson ichki va tashqi mukammalligini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash
hisoblanadi. Buning uchun stressli vaziyatni va uni samarali yenga olish usullarini
anglash, shuningdek, ularni shaxs xulq-atvorda o‘z vaqtida samarali qo‘llay bilishdir.
Koping xulq-atvor psixologik xavf-xatar vaziyatini bartaraf etishga yo‘naltirilgan,
ya’ni muhit talablari bilan bu sharoitlarni qoniqtiruvchi ijtimoiy psixologik resurslar
o‘rtasidagi balansni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

Stress analiziga stimulli yondashuvda ko‘proq ergonomik tadqiqotlarga xosdir.

Qo‘zg‘alishning psixofiziologik tushunchasini qo‘llagan holda bu yondashuv tashqi
muhitning faoliyatni bajarish darajasiga ta’sirini tahlil qilish uchun ishlatiladi. Ushbu
yondashuv tarafdorlarining tadqiqotlarida psixofiziologik va ijtimoiy-psixologik
usullar yordamida insonga zo‘riqish (stress) ta’siri tadqiq etilgan. Qarab chiqilayotgan
yondashuv doirasida “stressogen” deb tasniflangan 8 ta vaziyat tiplari ajratib
ko‘rsatiladi: axborotni qayta ishlashning katta tezligi; guruhiy bosim; frustratsiya,
zararli tashqi ta’sirlar; boshdan kechirilayotgan xavf-xatar; fiziologik faoliyatning
buzilishi; izolyatsiya; to‘siqlar.
Stimulli modellarda tasdiqlanishicha, hayotiy voqealar guruhi ko‘rinishidagi stress,
stress simptomlari, ko‘pincha, kasalliklarga olib keladi. Shunday qilib, stimulli
modelda asosiy diqqat-e’tibor stress omillarini yoki stressorlarni tadqiq etishga
qaratiladi.

Qayta javob berish modeli tarafdorlari stressni jamiyat va atrof-muhit

talablariga fiziologik javob reaksiyasi sifatida talqin etadilar. Bu model
namoyondalaridan bo‘lgan G.Sele, D.Mexanik (1992) va X.Volflar (1993) ham
stressni javob reaksiyasi sifatida baholaydilar. X.Volf stressni organizmning dinamik
holati sifatida talqin etib, uni moslashish talablariga javob reaksiyasi sifatida
rivojlanishini ta’kidlaydi. Bu model namoyandalari organizmning fiziologik


background image

520

mobilizatsiyasi stressli vaziyatlarni boshqarish uchun o‘ta muhim ekanligini qayd
etganlar. T.Koks (1995) fikricha, yuqorida zikr etilgan yondashuvlarning har
ikkalasida ham bir qator kamchiliklar mavjud. Ular mexanistik xarakterda bo‘lib,
insonni stress ta’sirining passiv ob’ekti sifatida qaraydilar. Shuningdek, ular ko‘pincha
psixologik jarayonlar kechishining individual xususiyatlariga urg‘u beradilar. Bundan
tashqari, mazkur modellarda stressli vaziyatlarni yengishdagi psixologik resurslar
tadqiq qilinmagan.

Stressning transakt modellari o‘z navbatida stressni shaxs va atrof muhit

o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir deb qaraydilar. Stress xarakteristikasini talqin eta turib, ular
fiziologik va psixik stress holatlarini ajratadilar, bu holatlarni tafovutlovchi asosiy
xususiyat psixik stress yuzaga kelishi uchun zarur bo‘lgan xavf-xatarni idrok qilishdir.
Bu zvenoning kiritilishi stimulni baholash kognitiv jarayonlarining qatnashuvi
yordamida xavf-xatar soluvchi omillarni anglashni, bo‘lajak xavfni oldindan ko‘ra
oluvchi ma’lum vaziyatda xavf- xatarni his qilishning shaxs xususiyatlari va avvalgi
tajribaga bog‘liqligini taqozo etadi. Transakt model namoyandalari inson faolligini
aniqlashda uning kognitiv qobiliyati hal qiluvchi rol o‘ynashini alohida ta’kidlaydilar.
Ularning fikricha, stress vaziyatida faqat, shaxsda emas, balki atrof-muhit va shaxs
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuv yuz beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Психологические механизмы

девиантного поведения. Психология XXI века. Ярославль., 2020. –С. 125-127.

2.

Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Стрессли вазиятларда психологик ҳимоя

механизмлари ва копинг хулқ-атвор намоён бўлишининг ижтимоий психологик
хусусиятлари: стрессли вазиятларда психологик ҳимоя механизмлари.

Psixologiya ilmiy jurnali. 2020 yil, 4 son 109-115 b.

3.

Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Ўсмирларда психологик ҳимоя

механизмларининг намоён бўлишининг ўзига хослиги. Psixologiya ilmiy jurnali.
2021 yil, 4 son 103-112 b.

4.

Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Экстремал вазиятларда копинг хулқ-

атвор ва стратегиялар намоён бўлишининг ижтимоий психологик хусусиятлари.

Psixologiya ilmiy jurnali. 2021 yil, 3 son 98-106 b.

INSONNING EMOTSIONAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Otamuratov Rustam Uskanovich

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Turgʻunboyeva Goʻzal

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi

rustamota1989@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada insonlarning emotsional – psixologik tomomlarini ya’ni

shaxsning individual xususiyatlarini, insonlarning o’z-o’zini tushunishi, anglashi,

Библиографические ссылки

Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Психологические механизмы девиантного поведения. Психология XXI века. Ярославль., 2020. -С. 125-127.

Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Стрессли вазиятларда психологик химоя механизмлари ва копинг хулк-атвор намоён булишининг ижтимоий психологик хусусиятлари: стрессли вазиятларда психологик химоя механизмлари.Psixologiya ilmiy jurnali. 2020 yil, 4 son 109-115 b.

Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Усмирларда психологик х,имоя механизмларининг намоён булишининг узига хослиги. Psixologiya ilmiy jurnali. 2021 yil, 4 son 103-112 b.

Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Экстремал вазиятларда копинг хулк-атвор ва сгратегиялар намоён булишининг ижтимоий психологик хусусиятлари. Psixologiya ilmiy jurnali. 2021 yil, 3 son 98-106 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов