Tikanli artishok farmasevtika sanoatining istiqbolli oʻsimlig i

CC BY f
383-385
9
2
Поделиться
Норкузиева, Н., & Собирова, М. (2023). Tikanli artishok farmasevtika sanoatining istiqbolli oʻsimlig i . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 383–385. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25333
Надира Норкузиева, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

кандидат наук

Мукаддас Собирова, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

кандидат наук

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Tikanli artishok o’simligining a’nanaviy tibbiyotdagi ahamiyati va uni еtishtirishda o’g’itlardan samarali foydalanish hamda ularni qo’llash borasida olib borilgan tadqiqotlarning tahlili keltirilgan.

Похожие статьи


background image

383

TIKANLI ARTISHOK FARMASEVTIKA SANOATINING ISTIQBOLLI

OʻSIMLIGI

Norqoʻziyeva Nodira Farxod qizi,

(PhD), Sobirova Muqaddas Botirovna

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

sobirovamukaddas83@mail.ru

Annotatsiya

: Ushbu maqolada Tikanli artishok o’simligining a’nanaviy

tibbiyotdagi ahamiyati va uni еtishtirishda o’g’itlardan samarali foydalanish hamda
ularni qo’llash borasida olib borilgan tadqiqotlarning tahlili keltirilgan.

Kalit so‘zlar

:

Acteracea

oilasi,

Cynara scolymus

, gepatit, flavanoidlar, protoin,

oqsil, inulin, azotli o’g’it, rutin, kversitin, biologik o’g’it.


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi «Yovvoyi holda

oʼsuvchi dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda еtishtirish, qayta ishlash
va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora- tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ 4670
sonli qarorida dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish, dorivor oʼsimliklar еtishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni
qayta ishlash sohasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Qarorda koʼrsatilgandek mahalliy
floraga mansub 4,3 mingdan ortiq oʼsimliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib,
ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun roʼyxatga olingani, shundan 70
ta turi farmatsevtika sanoatida faol qoʼllanib kelingani bu sohaga jiddiy eʼtibor talab
qilinadi. Deyarli yovvoyi oʼsimliklar kabi adirlik xududlarda ham rivojlana oladigan
bu noyob oʼsimliklar agrotexnikasi oddiy va kam mehnat talab qiladi. Oʼzbekiston
uchun noanʼanaviy boʼlgan yangi istiqbolli qimmatbaho oʼsimlik Аrtishokdan
chorvachilikda yashil holida silos, senaj va quruq еm-xashak sifatida foydalaniladi va
oziq-ovqat hamda farmatsevtika sanoati uchun xomashyodir [1.2].

Artishok

Asteraceae

oilasiga mansub oʻsimliklar turkumiga kiradi. U juda katta

o'lchamdagi to'pgullarga ega bo’lib, ularning har xil asosiy qismlari iste'mol qilinadi.
Bir qancha manbalar tahliliga ko’ra,

Cynara scolymus

(L.) turkumi vakillari

savatchalari yirik, sergulli, gomogamiyali, gomoxromli, shakli sharsimon, tashqi
tomondan o’rama bargchalari ko’p qatorli, pastki qismi toraygan, deyarli to’g’ri,
patsimon, uchki qismi ingichkalashib boradi va tikancha hosil qiladi, ba’zi hollarda
tikansiz chekkalari yumaloq, gul o’rni yassi, biroz etli, uzun tukchalari bor.
Urug’chilari bir-biriga teng bo’lmagan qismlarga bo’lingan bo’lib, to’g’ri besh
parrakli; yo’g’on naycha uzunligining yarmigacha yеtadi. Changchi iplari bezchali,
changdonning pastki o’simtasi qisqa, yuqoridagi o’simtasi to’mtoq bo’ladi. Urug’i
yo’g’onlashgan, teskari tuxumsimon, birmuncha shishgan va bilinar -bilinmas to’rt
qirrali, tuksiz, qattiq, silliq, deyarli to’g’ri yoki birikib turgan joyiga tomon
еngilgina egilgan va yuqorisi qiyasiz boladi. Tojchasi ko’p qatorli, ko’p sonli, qariyb
bir xil uzunlikda, pastki qismi birmuncha pardasimon kengaygan tukli, pastki
qismidagi birga to’kiladigan halqalar bilan birikkan bo’ladi. O’simlik yirik, ko’p


background image

384

yillik tikanli o’simlik bo’lib, mustahkam to’g’ri o’sgan poyalari va yirik, enli patsimon
barglari mavjud. Barglari poya asosida yig’ilib to’pbarglarni hosil qiladi [3.4].

Artishokning kimyoviy tarkibini tahlil qilish bilan uning tanaga qanchalik

foydali ekanligini bilish mumkin. Frantsiya va Ispaniyada etishtirilgan artishok navlari
juda past kaloriyali bo’lib, 100 g mahsulot uchun atigi 47 kkalni tashkil qiladi. Bu
o'simlikning mevalarida juda ko'p miqdorda uglevodlar (taxminan 15%), oqsillar (3%),
yog'lar (0,1%), shuningdek, fosfatlar va temir va kaltsiyning turli tuzlari mavjud. Uning
tarkibi B1, C, B2, P va B3 vitaminlarining boy spektri, shuningdek, karotin va inulinni
o'z ichiga oladi. Shuningdek, tarkibi juda katta miqdordagi organik kislotalarni o'z
ichiga oladi [5.6].

Past kaloriya miqdori tufayli o’simlik, ajoyib parhez mahsuloti bo'lishdan

tashqari, yaxshi so'riladi va tanada eng foydali mustahkamlovchi xususiyatlarga ega.
Artishokdan doimiy foydalanish buyraklar va jigarda tozalash jarayonlarini
rag'batlantirib, bu esa o'z navbatida butun tanani toksinlar va boshqa zararli
moddalardan tozalaydi. Ildiz qismidan, shuningdek, barglardan turli xil ekstraklar,
damlamalar tayyorlanadi, sharbati olinadi. Ushbu ichimliklar xolesterin, shuningdek
siydik kislotasi darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Qaynatma asab tizimini
mustahkamlashga yordam beradi, uning ishini rag'batlantiradi. Qadimgi yunonlar bu
sabzavotdan soch to'kilishi uchun ajoyib vosita sifatida foydalanishgan. Shuningdek,
o’simlikning jinsiy faollikni rag'batlantirish xususiyatlari ham ba’zi manbalarda qayd
etilgan [7.8].

Respublikamizda farmasevtika sanoati uchun xom ashyosi chetdan

keltirilayotgan artishok o‘simligi o‘zida biologik faol moddalardan flavonoidlar
guruhiga mansub bo‘lgan rutin, kversitin va boshqa moddalarni sintez qiladi. Shuning
uchun ham ushbu o‘simlikni mamlakatimizda еtishtirish texnologiyasini ishlab chiqish
muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur o‘simlikni еtishtirishda mineral
o‘g‘itlardan samarali foydalanilmaslik, uning o‘sishi, rivojlanishining sustlashishi,
hosildorligining pasayishi va uning xom ashyosi tarkibidagi flavonoidlarning
miqdorini kamayishiga sabab bo’ladi. Biroq o’simliklarni, shu jumladan dorivor
o‘simliklarning ham, azotli o’g‘itlarning qaysi turlari bilan oziqlantirish maqsadga
muvofiq bo‘lishi masalasi shu vaqtgacha o‘z yеchimini topgan emas [9.10.11].

Shundan kelib chiqqan xolda ilmiy tadqiqot davomida artishokning ekish

sxemasi hamda mineral va biologik o’g’itlarinig turli me'yorlarining bu o’simlikning
o‘sishi, rivojlanishi va dorivor mahsulotning hosildorligi hamda sifatiga ta'sirini
o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi [12.13].

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

M.B. Sobirova, S.S. Murodova. Jizzax viloyati sharoitida tikanli artishok

(

Cynara

scolymus

L,) dorivor o’simligining biologik faolligini optimallashtirishda

biologik mahsulotlardan foydalanish// monografiya// 2022. b 17-19

2.

Namozova Z.B Artishok ko’p tomonlama foydali o’simlik. Ilmiy

zakovatimiz senga Ona - vatan: // ilmiy - amaliy anjumani materiali Farg’ona, 2002.-
B. 13 -14.

3.

Sobirova M. Determination of stimulant properties of local rhizobacteria-


background image

385

based bioproducts against

Cynara scolymus

L. //The American Journal of Agriculture

and Biomedical Engineering//. 2022. – 4 (02), p. 26-30.

4.

Sobirova M., Murodova S. Effects of biopraparites on

cynara scolymus

L.,

micro and macroelements, and quantity of flavonoids // In E3S Web of Conferences//.
2021. Vol. 258.

5.

Амиров Б. А. Артишок қимматли озуқа ўсимлиги. – Тошкент, 1978.

6.

Вальтер Г. Растительность земного шара// Эколого-физиологическая

характеристика. Т.1.-С.551.Т.2.-С.423. Т.3.-С.430. -М.:

7.

Медведов П.Ф., Сметанникова А.И. Кормовые растения Европейской

части СССР. Справочник. - Л.: Колос, 1981. -С.21-22.

8.

Муродова С. С., Хўжаназарова М. Қ.,

Собирова М.B.

PGPR

микрооргaнизмлaрдaн биопрепaрaт сифaтидa фойдaлaнишдa иммолизaциянинг
истиқболли жиҳaтлaри// “O‘zbekistonda ilm-fanning rivojlanish istiqbollari” xalqaro
ilmiy-amaliy anjumani. 2022 yil 30 noyabr 534-543 bet.

9.

Собирова М., Муродова С. Технология получения элиситора,

эффективно влияющего на биологические свойства

Cynara Scolymus

L-М.:

Научное обозрение. биологические науки, 2022. №1. c. 68-72

10.

https://optolov.ru/uz/remont-v-kvartire/chto-takoe-artishok-opisanie-

recepty-prigotovleniya-vkus.html

11.

https://glutenfreemama.ru/uz/

12.

https://uz.healthy-food-near-me.com/artichoke-useful-properties-

application-treatment/

13.

https://e-library.namdu.uz


BUG‘DOY KEPAGINING XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI

Shodmonova Sarvinoz Safarqul qizi,

Mamatkulova Iroda Ergashevna

O‘zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali

sshodmonova26@gmail.com

Annotatsiya:

Mamlakatimizda 2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi

Oʻzbekistonning taraqqiyoti strategiyasida keltirib oʻtilgan Sanoat tarmoqlarida
yoʻqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish, chiqindisiz
ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy
etish nazarda tutilgan. Shu qarorga asoslangan holda chiqindisiz texnologiyalar
sohasini yanada rivojlantirish maqsadida hammamizga maʻlum boʻlgan bugʻdoy
donning oxirgi mahsuloti boʻlgan bugʻdoy kepagi tarkibini oʻrganib, uni turli sohalarda
jumladan tibbiyot, farmoseftika, oziq- ovqat, parfumeriyada qoʻllash nazarda tutilgan.

Kalit soʻzlar:

Kepak, xolin, vitaminlar, ferul kislota, inositollar, polikosanol va

melatonin, yoʻgʻon ichak saratoni, prebiyotik, DNK metilatsiyasi.

Kirish.

Bugʻdoy kepagi va urugʻi xolinga boy boʻlib, u lipidlar almashinuvi va

DNK metilatsiyasida muhim ahamiyatga ega. Xolin koʻpincha hayvonlarning

Библиографические ссылки

M.B. Sobirova, S.S. Murodova. Jizzax viloyati sharoitida tikanli artishok (Cynara scolymus L,) dorivor o’simligining biologik faolligini optimallashtirishda biologik mahsulotlardan foydalanish// monografiya// 2022. b 17-19

Namozova Z.B Artishok ko’p tomonlama foydali o’simlik. Ilmiy zakovatimiz senga Ona - vatan: // ilmiy - amaliy anjumani materiali Farg’ona, 2002.- B. 13 -14.

Sobirova M. Determination of stimulant properties of local rhizobacteria-based bioproducts against Cynara scolymus L. //The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering//. 2022. – 4 (02), p. 26-30.

Sobirova M., Murodova S. Effects of biopraparites on cynara scolymus L., micro and macroelements, and quantity of flavonoids // In E3S Web of Conferences//. 2021. Vol. 258.

Амиров Б. А. Артишок қимматли озуқа ўсимлиги. – Тошкент, 1978.

Вальтер Г. Растительность земного шара// Эколого-физиологическая характеристика. Т.1.-С.551.Т.2.-С.423. Т.3.-С.430. -М.:

Медведов П.Ф., Сметанникова А.И. Кормовые растения Европейской части СССР. Справочник. - Л.: Колос, 1981. -С.21-22.

Муродова С. С., Хўжаназарова М. Қ., Собирова М.B. PGPR микрооргaнизмлaрдaн биопрепaрaт сифaтидa фойдaлaнишдa иммолизaциянинг истиқболли жиҳaтлaри// “O‘zbekistonda ilm-fanning rivojlanish istiqbollari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. 2022 yil 30 noyabr 534-543 bet.

Собирова М., Муродова С. Технология получения элиситора, эффективно влияющего на биологические свойства Cynara Scolymus L-М.: Научное обозрение. биологические науки, 2022. №1. c. 68-72

https://optolov.ru/uz/remont-v-kvartire/chto-takoe-artishok-opisanie-recepty-prigotovleniya-vkus.html

https://glutenfreemama.ru/uz/

https://uz.healthy-food-near-me.com/artichoke-useful-properties-application-treatment/

https://e-library.namdu.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов