Организация интерактивных занятий на основе инновационных технологий

CC BY f
213-215
0
0
Поделиться
Куйбаков, Х. (2023). Организация интерактивных занятий на основе инновационных технологий. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 213–215. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25667
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqola umumta’lim maktablari va akademik litseylarda fizika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar asosida interfaol usullarni dars mashg’ulotlarida qo’llash masalalariga bag‘ishlangan. Fizika fanining o‘qitish sifatini yaxshilashda innovatsion texnologiyalarni dars jarayonida samarali qo’llashda o‘qituvchining bilim va mahoratiga, eng muhimi o‘quvchining bilim olish motivatsiyasiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

Похожие статьи


background image

213

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Sadullaev, X., Tojiyev, R., & Mamarizaev, I. (2021). Experience of training

bachelor-specialist mechanics. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy
jurnali, 1(5), 116-121.

2. Sadullaev, X., Alimatov, B., & Mamarizaev, I. (2021). Development and

research of a high-efficient extraction plant and prospects for industrial application of
extractors with pneumatic mixing of liquids. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn
ilmiy jurnali, 1(5), 107-115.


INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTERFAOL USULDAGI

DARSLARNI TASHKIL ETISH

Quybakov Xurshid Raxmatullayevich

Samarqand davlat universiteti akademik litseyi

xquybaqov@gmail.com

Annotatsiya:

Maqola umumta’lim maktablari va akademik litseylarda fizika

fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar asosida interfaol usullarni dars
mashg’ulotlarida qo’llash masalalariga bag‘ishlangan. Fizika fanining o‘qitish sifatini
yaxshilashda innovatsion texnologiyalarni dars jarayonida samarali qo’llashda
o‘qituvchining bilim va mahoratiga, eng muhimi o‘quvchining bilim olish
motivatsiyasiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

umumta’lim maktabi, akademik litsey, fizika, zamonaviy

innovatsion texnologiyalar, kasbiy mahorat, motivatsiya.


Hozirgi zamon darsiga juda katta talablar qo‘yilmoqda. Ulardan biri har bir

darsda o‘tiladigan mavzuni ilmiy asoslangan bo‘lishidir, ya’ni darsdan ko‘zlangan
maqsad hamda o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash,
uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o‘rganilgan mavzu bilan bog‘lash,
o‘quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash,
darsda kerak bo‘ladigan jihozlarni belgilash, qo‘shimcha axborot texnologiya
(kompyuter)laridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratish
hisoblanadi.

Ta’limda yuqori samaradorlikka erishish uchun o‘qitishning noan’anaviy

metodlaridan, ya’ni zamonaviy pedagogik texnalogiyaning turli elementlaridan dars
mavzusiga mos ravishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu murakkab va uzoq
muddat davom etadigan jarayon bo‘lib, o‘qituvchining mashaqqatli mehnat bilan
mahorat pillapoyalarini bosqichma-bosqich egallashi, yuksak pedagog darajasiga
ko‘tarilishidir.

Yuqori ko‘rsatkichga erishishni maqsad qilgan o‘qituvchi, avvalo har bir darsga

ijobiy yondashishi, darsni loyihalashda ko‘zda tutilgan barcha bosqichlarni erkin
amalga oshira oladigan mahoratga ega bo‘lishi kerak. Kasbiy mahorat esa o‘qituvchi
shaxsidagi tabiiy imkoniyatlar, pedagogik-psixologik iqtidor, o‘z ishiga mas’uliyat


background image

214

bilan qarash, o’quvchidagi o‘zgarishni o‘z vaqtida sezish, o’quvchi shaxsiga,
o‘quvchilar jamoasiga to‘g‘ri ta’sir eta olishning amaliy namoyon bo‘lishidir.

Zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida darslarni tashkil etishda mahalliy

sharoitlarni hisobga olishga e’tibor qaratish zarur. Hanuzgacha faqat darsliklardagi
bo‘limlargagina tayanib dars berib kelayotgan o‘qituvchilar ko‘p uchraydi. Ba’zan
darsni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etish maqsadida
turli vositalarni qo‘llayman deb asosiy mavzuni nazardan chetda qoldirish hollari ham
kuzatilmoqda.

Zamonaviy innovatsion texnologiya metodlarini qo‘llash va darsning

boshlanishidan oxirigacha qo‘shimcha ma’lumot (tarqatma material, test, masala,
topishmoqlar, savol-javoblar, turli krossvordlar, tajribalar va h.k)lar asosiy mavzuni
qamrab olishi kerak va o‘quvchilar darsning so‘ngida shu mavzu yuzasidan ham
darslik asosida, ham tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalarga bog‘liq holda, ham ilmiy
asosda, ham fan texnika taraqqiyoti sohasidagi o‘rni haqida yetarli bilimlarga,
shuningdek, o‘tmishda yashab o‘tgan qomusiy olimlarning mazkur soha rivojlanishiga
qo‘shgan hissalari haqida ham yetarli ma’lumotga ega bo‘lishlari zarur. Buning uchun
esa har bir darsda o‘tilayotgan mavzuga mos va qulay bo‘lgan shakldan foydalanish
ma’qul.

Quyida ana shunday dars ishlanmalaridan namuna keltiramiz: “Yorug’lik

tabiatini tushuntirishdagi dualizm-yorug’likning to’lqin va kvant xossalari” mavzusini
o‘tganda sud usulidan foydalanish yaxshi samara beradi.

Bizga ma’lumki, yorug’lik to’lqinlarining inson hayoti hamda texnikada foydali

va zararli tomonlari bor. Demak, yorug’likning har ikkala (to’lqin va kvant) tabiatlarini
tushuntirishda ularning foydali va zararli tomonlaridan kelib chiqqan holda sud darsini
tashkil etsa bo‘ladi. Albatta, sudlash ishlarining qonun qoidalariga amal qilish
yuzasidan alohida tushunchalar beriladi.

Darsda yorug’lik to’lqinlari tilga kiradi: himoyachi ularning foydali tomonlarini,

qoralovchi esa zararli tomonlarini bayon etadi. Guvohlar guvohlik beradilar, sudya esa
tomonlar fikrini taqqoslab hukm chiqaradi. Yorug’lik to’lqinlarining foydali
tomonlaridan samarali foydalanishga, zararli tomonlaridan ehtiyot choralarini
ko‘rishga qaror qabul qilib ularni oqlaydi.

Tajriba. Mavzuni to‘g‘ridan to‘g‘ri tushintirmasdan laboratoriya ko‘rinishida

namoyon etib, so‘ng mazmuni va qaysi qonuniyatga asoslangan ekanligini sinfga savol
tarzida tashlash mumkin yoki laboratoriya stoli ustiga asboblarni tartibsiz qo‘yib,
o‘quvchilarga ish uchun kerakli asboblar tartibini o‘zlari tanlashlari topshiriladi. Bu
usulni kichik guruhlarda interfaol metodlardan foydalanib qo‘llash mumkin.

“Jismlarning suzish shartlari” mavzusini o‘tganda bu tajribada (bu tajribani bir

necha usulda bajarish mumkin) ish uchun kerakli asboblarni stol ustiga aralash holda
qo‘yib guruhlarga har bir usul alohida topshiriq qilib berilsa, har bir guruh o‘ziga
berilgan topshiriqning kerakli asbobini tanlab oladi va ishni mustaqil bajaradi.

Ba’zi demonstrasion tajribalarni o‘qituvchi ko‘rsatib berishi shart emas. Uni

o‘quvchilarga uyga vazifa qilib berishi mumkin. Masalan, “Yorug‘likning sinish
qonuni” yoki “Diffuziya”, “Yorug‘lik dispersiyasi” kabi vazifalarni ana shu tarzda
vazifa qilib bersa bo‘ladi.

O‘quvchilarga beriladigan topshiriq.


background image

215

1. Stakanga suv soling va unga biror qalam yoki barmog‘ingizni solib kuzating.

Tajribani uch marta takrorlang. Nimani ko‘rdingiz? Daftaringizga yozing, tahlil qiling,
xulosa chiqaring.

2. Suv solingan idishga rang soling va nimani ko’rsangiz daftaringizga yozing.
3. Uyga borib tovuq patin olib uni ko‘zingizga tutib quyoshga qarang. Nimani

ko‘rdingiz? Daftaringizga yozing.

O‘quvchilarning mustaqil fikirlashlari uchun topshiriq:

Bir kun oldin o‘qib

kelishga berib yuborilgan yoki o‘tilgan mavzuga doir biror tovushsiz tajribani
ko‘rsatib, bu nima edi. Buni tushuntirib bering. Bu kashfiyotni birinchi bo‘lib kim
kashf etgan degan savollari bilan murojaat etish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash
qobilyatlarini rivojlantirishi mumkin.

Biz kursga kelgan o‘qituvchilarga ana shunday usullar asosida ta’lim berdik.

Ular bu yerda olgan bilimlari asosida o‘quvchilarning fizika faniga bo‘lgan
qiziqishlarini yanada oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. U.B.Jurayev, A.M.Umarov, X.R.Qo’yboqov Fizika. Akademik litseylar

uchun 2-qism, -T.: “Muharrir nashriyoti”-2020, 332 bet.

2. Мадумаров Т., Камолдинов М. Инновацион педагогик технология

асослари ва уни таълим-тарбия жараёнида қўллаш.Т.:”Tалқин”.2012.,144б.

3. Авлияқулов Х., Мусаева Н. Педагогик технология (дарслик). -Т., 2012.

TALABALARNING USLUBIY KOʻNIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA

AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING OʻRNI

Pardayev Sherzod Mamasharipovich

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Annotatsiya:

Zamon taraqqiy etgan sari jamiyatda axborotga bo‘lgan talab va

ehtiyoj ham ortib bormoqda, ayniqsa, axborot texnologiyalarining kun sayin rivojlanib
borishi axborotlar hajmining ham ortib borishiga xizmat qilib kelmoqda. Bu kabi
axborotlar ichida ma’lum ma’noda himoyani, maxfiylikni va sir saqlanishini talab
etadiganlari ham bo‘ladi, negaki, bu toifadagi ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi,
o‘g‘irlanishi yoki yo‘q qilinishi kabi holatlar tashkilot uchun katta talofotlarni,
moliyaviy yoki moddiy zararlarni olib kelishi mumkin. Bu kabi holatlarni oldini olish
uchun esa qanday soha bo‘lmasin albatta, axborot xavfsizligini, uning himoyasi va
muhofazasini amalga oshirishi lozim.

Kalit soʻzlar:

Informatika, texnologiya, tarmoq, Virtual reallik, kengaytirilgan

reallik, aralash reallik, kompyuter, klaster, Interfaol, diagramma, displey.

Yurtimizda Istiqlol quyoshi nur socha boshlagan dastlabki kunlardanoq

mamlakatimiz ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilib, uni tubdan qayta isloh qilishga
oid muhim ishlar amalga oshirildi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturda belgilangan vazifalarni

Библиографические ссылки

U.B.Jurayev, A.M.Umarov, X.R.Qo’yboqov Fizika. Akademik litseylar uchun 2-qism, -T.: “Muharrir nashriyoti”-2020, 332 bet.

Мадумаров Т., Камолдинов М. Инновацион педагогик технология асослари ва уни таълим-тарбия жараёнида қўллаш.Т.:”Tалқин”.2012.,144б.

Авлияқулов Х., Мусаева Н. Педагогик технология (дарслик). -Т., 2012.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов