O‘zbek komediyalarida ijtimoiy muhit va shaxs talqini

CC BY f
595-598
5
0
Поделиться
Джураев, М. (2023). O‘zbek komediyalarida ijtimoiy muhit va shaxs talqini . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 595–598. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25685
Муродулла Джураев, Джизакский государственный педагогический университет

(к.ф.н.), доц.

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada ijtimoiy muhit va shaxs talqini Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyasi misolida tahlilga tortilgan.

Похожие статьи


background image

595

6-SHOʻBA

GLOBAL TRANSFORMATSIYALAR SHAROITIDA

IJTIMOIY TADQIQOTLAR VA ZAMONAVIY

FILOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI

O‘ZBEK KOMEDIYALARIDA IJTIMOIY MUHIT VA SHAXS TALQINI

(PhD), dots. Jo‘rayev Murodulla Alishboyevich

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Annotatsiya:

Maqolada ijtimoiy muhit va shaxs talqini Sharof Boshbekovning

“Temir xotin” komediyasi misolida tahlilga tortilgan.

Kalit so‘zlar:

Komediya, ijtimoiy muhit, shaxs, talqin, komik obraz, xarakter,

qahramon.


“Temir xotin” komediyasida XX asrning 60-70-yillaridagi sobiq sho‘rolarning

nopok siyosati natijasida ayanchli holga kelib qolgan o‘zbek xalqi hayoti, o‘zbek
ayollarining achinarli qismati komik tarzda o‘z aksini topgan.

Muallif ta’kidlaganidek: “Qiziq, nega jiddiy, agar u komediya bo‘lsa? Yoki nega

“komediya”, agar u jiddiy bo‘lsa? Umuman, inson fojeasi haqida komediya yozish
shakkoklik emasmikin? O‘ylaymanki, qimmatli o‘quvchi bu savollarga asarning
o‘zidan javob topa oladi.”

Hech shubhasiz aytish mumkinki, Qo‘chqor obrazi-o‘zbek adabiyotida o‘ziga

xos badiiy kashfiyotdir. Qo‘chqor sovet davri adabiyotida zavq bilan qalamga olingan
mehnat qahramonlariga parodiya tariqasida yaratilgan. U-qizil imperiya, totalitar
tuzum tarbiyalab etishtirgan “yangi davr farzandi”, mustabid hokimiyat munofiqona
mafkurasining tirik qurboni.

Sharof Boshbekov ushbu asarida hajviy iboralarni xalq tilidan olib o‘z

personajlarida mohirona qo‘llay olgan. Komediyada muallif ayniqsa, personajlar
nutqini individuallashtirish jarayonida har bir so‘z va iboraning mazmundor, ko‘p
qirrali, xususan, komik mohiyatli bo‘lishiga erishgan. Personajlar nutqining
individualligi ularni aniq shaxs timsolida gavdalantiradi. Misol uchun, asar
qahramonlaridan biri Olimjonning “progress”, “mikrosxema”, “kompleks” kabi
so‘zlarni ishlatishi uning ziyoli shaxs ekanligidan dalolat beradi va bu o‘z navbatida
personajning o‘ziga xosligini ham ta’minlagan. Komediyaning bosh qahramonlaridan
biri Qo‘chqor hisoblanadi. U asar voqealarini harakatga keltirishda etakchi kuch
vazifasini o‘tagan. Asar voqealari bevosita Qo‘chqor bilan bog‘liq tarzda kechadi
hamda o‘sha davr voqeligi uning hayoti bilan chambarchas bog‘langan holda
gavdalantirib berilgan.

Ayniqsa, Qo‘chqorning o‘sha davr qishloq mehnatkashlarida uchrovchi

xususiyatlarni o‘zida umumlashtirib, aniq shaxs timsolida tasivr etilganligi va janr
talabiga muvofiq ozgina bo‘rttirib talqin qilinganligi asarning komikligini yanada
oshirgan.


background image

596

Endi bevosita asar voqealariga murojaat qiladigan bo‘lsak, asar qahramoni

Qo‘chqor oddiy qishloq traktorchisi, ertadan to qora kechgacha tinmay ishlasada, hech
biri ikki bo‘lmaydi. O‘zi azamat paxtakor bo‘lsada na kiyinishi, na ko‘rpa-yostig‘ini
tayini bor, hovli-joyini, turmush tarziniku gapirmasa ham bo‘ladi. Lekin Qo‘chqorning
o‘zi bunday hayot tarzidan hech ham nolimaydi, aksincha, uning o‘zi “Nasibangiz
menday odam bilan qo‘shilgan ekanmi, omadning kelgani shu-da. Qo‘chqor aka,
desangiz, qishloqning etti yoshidan etmish yoshigacha “ho‘-o‘ ana hovlisi” deydi.
Kolxozda obro‘ yomonmas. Suratimiz necha yildan beri “Hurmat taxtasi”dan
tushmaydi. Anavi kuni qarasam, sarg‘ayib ham ketibdi. Kelayotganingizda ko‘zingiz
tushgandir, shundoq idoraning oldida.... . Ha-ya.... Xullas, idoraning oldida. Esimni
tanibmanki, traktor haydayman. Yomon bo‘lganimiz yo‘q, birovdan oldin, birovdan
keyin deganday.... (hijolat bo‘lib). Bir marta, deng, rayondagi bayram namoyishida
minbardayam turganman, kattalar bilan. G‘alati bo‘lar ekan.... Xo‘sh deganingizdan
bilsak, ikki marta Toshkentgayam borganman. Shaharmisan-shaharda lekin! E,
ko‘raman degan odamga dunyo keng ekan, Alomatxon! Ana, bitta kolxozchiga bundan
ortiq yana nima kerak?....” Deb maqtanib ham qo‘yadi. U bundan boshqacha yashashni
orzu qila olmaydi, hatto tasavvuriga ham sig‘dirmaydi. Chunki Qo‘chqor xuddi
shunday ruhda tarbiya topgan, shu tarzda yashashga uni o‘sha tuzum, o‘sha davr
mafkurasi majbur qilar edi.

Komediyadagi yana bir diqqatga sazovor obrazlardan biri bu Alomatxondir.

Alomatxon insonga xos to‘liq xarakter xususiyatlarga ega emas, chunki u temirdan
yasalgan, Olimjonning bir necha yillik mehnatining mahsuli hisoblanadi.

Aynan Alomatxon Qo‘chqorning asl turmush tarzi qay ahvolda ekanligini uning

yuziga aytadi. Va bu bilan muallif o‘zbek xalqining iqtisodiy jihatdan qashshoqligini
ta’kidlashi barobarida, uning ma’naviy qiyofasi, tafakkuri ham zaiflashib
borayotganligini ko‘rsatib berishga harakat qiladi.

Darhaqiqat, o‘sha sobiq sho‘rolarning eng gullagan 60-70-yillarida xalq hayoti

juda yuqori darajada, deb ommaviy axborot vositalarida, turli minbarlarda turib baralla
jar solinsada, lekin aslida mahalliy xalqlarning turmush tarzi o‘sha minbarlarda
maqtaladigan darajada emas edi. Asl haqiqatni aytish uchun esa bir azamat topilmas,
topilsada unga yana o‘sha siyosiy tuzum, mafkura yalovbardorlari hech qachon yo‘l
berishmas edi. Bunday mafkuraning temir qoliplarini yorib chiqish uchun esa inson
tanasi kamida Alomatxonniki kabi temirdan, balki undan ham mustahkamroq bo‘lishi
lozim edi.

Paxta yakka hokimligi shu qadar yuqori darajaga ko‘tarilgan ediki, etti

yashardan to etmish yashargacha, erta bahordan kech kuzgacha paxta dalalarida yurt
farovonligi uchun mehnat qilishar, lekin buning natijasida yurt farovonligi oshishi
o‘rniga xalq turmush tarzi yanada qashshoqlashib borardi. Yuqori hosil uchun paxta
dalalariga me’yoridan ortiq sepilgan turli kimyoviy vositalar, ayniqsa ayollarning
salomatligiga juda katta salbiy ta’sir qilar, oqibatda tug‘ilajak bolalar nogiron yoki
ayollarning umuman bepusht bo‘lib qolishiga sabab bo‘lar edi.

Muallif paxta siyosatining xuddi shu jihatlarini ham g‘oyaviy niyati bilan

chambarchas bog‘lagan holda davr voqeligini aynan tasvirlashga harakat qilgan.
Shunga muvofiq tarzda asar voqealarini rivojlantirib boradi hamda ijtimoiy-siyosiy
hayotdagi turli nohaqliklar va illatlarni ham estetik tanqid ostiga oladi.


background image

597

Alomatxon obrazi muallifning g‘oyaviy maqsadini ro‘yobga chiqarishda asosiy

vositalardan biri bo‘lgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Birinchidan, Alomatxon o‘sha
tuzum fuqarolari ayta olmagan davr nohaqliklarini baralla ayta oladi. Ikkinchidan,
muallif bunday siyosiy tuzumga oddiy odam u yoqda tursin, hatto temir ham dosh bera
olmasligini ko‘rsatib bergan.

Tuzumning adolatsizligi, mafkura yalovbardorlarining berahm, beshafqat

siyosati oqibatida ezilgan mahalliy xalq davr nohaqliklarini ko‘rib dod solish u yoqda
tursin, astagina aytishga ham qurbi etmas, qurbi etadiganiga esa yana o‘sha siyosiy
tuzum yo‘l bermagan. Komediyanavis ijtimoiy-siyosiy hayotdagi bu kabi hodisalarni
quyidagicha tasvir etadi:

“Alomat-Bayram kunlari rayondagi namoyishdan bayroqcha ko‘tarib

o‘tganingizga xursand bo‘lib yuraverasiz! Majlislarda qo‘l ko‘tarish-u, chapak
chalishni bilasiz, boshqa hech baloni hal qilmaysiz! Ko‘pincha o‘sha majlisda nima hal
bo‘layotganini ham tushunmaysiz!

Qo‘chqor-(ta’sirlanib). Gapingiz noto‘g‘ri, Alomatxon.... “Hurmat taxtasi”da

suratimiz turibdi....

Alomat-Hamma gap shunda-da, nolimaysiz! Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga

aylangan og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku, qo‘lingizdan kelmas, hech qursa
ingrab qo‘yishga ham qodir emassiz, Qo‘chqor aka?! Qalbingizning ununtilib ketgan,
o‘zingiz ham bilmaydigan allaqaysi burchaklarida miltillayotgan ushoqqina
norozilikdan qo‘rqasiz, uni sezmaslikka olasiz! To‘g‘ri, qadr-qimmatingiz oshkora
haqoratlanganida o‘sha miltillayotgan cho‘g‘ alanga olganday bo‘ladi va siz uni aroq
bilan o‘chirishga urinasiz. Dunyoga shirakayf ko‘zlar bilan qarab, taskin topasiz, lekin
ertasi kuni kayfingiz tarqab, dunyo yana asl holiga qaytadi!”

Asarda davr fojiasi kulgili yo‘sinda o‘z aksini topgan va shunga muvofiq tarzda

komediya syujeti shakllantirilgan. Muallif g‘oyaviy maqsadiga mos hamda hayotiy
voqelikdan kelib chiqqan holda xarakterlar tanlaydi. Asar garchi komediya janrida
yaratilgan bo‘lsa-da, lekin syujet echimi fojia bilan yakun topgan. Chunki
komediyanavis o‘zining badiiy niyatini yanada to‘kisroq ro‘yobga chiqarish uchun
ham aynan shunday yo‘l tutgan. Komediyaning dramatik janr sifatida voqelikning turli
jabhalarini tasvirlashda shakl vamazmun jihatdan yana bir yangi sifat bilan
boyiganligini xuddi shu “Temir xotin” komediyasi misolida yaqqol ko‘rishimiz
mumkin.

Dramaturg Mashrab Boboev komediyaning shu kabi o‘ziga xos jozibadorlik

xususiyatlariga to‘xtalib, quyidagilarni yozgan edi: “Sharof Boshbekovning ikkinchi
asari – “Temir xotin”. U haqiqatan ham talash bo‘lib ketdi. Pesa na bir tarixiy sana, na
bir muhim mavzuga bag‘ishlangan. Oddiygina, qishloq hayotidan olib yozilgan,
bunday olib qaralganda, uydirmasifat bir komediya.”

Komediyada muallifning asosiy g‘oyaviy niyati Qo‘chqorga, uning xatti-

harakatlariga bo‘lgan munosabatida ifodalanadi. Komediyanavis Qo‘chqorning yangi-
yangi hayotiy xislatlarini tasvirlar ekan, bu orqali o‘sha jamiyatning ijtimoiy-siyosiy
olamini ham ochib berishga intiladi hamda Alomatxon tilidan turmushning ijtimoiy-
siyosiy ziddiyatlarini ochiq-oydin ochib tashlaydi.

Komediya, bizning nazarimizda, yuqorida sanab o‘tilgan yutuqlardan tashqari

ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Jumladan, Qumri va Olimjon obrazlarining


background image

598

xarakter xususiyatlari, ichki dunyosi to‘liqroq ochib berilmagan. Agarda ushbu
obrazlarning ham ichki olami, xarakterlari to‘laqonli tarzda tasvir etib berilganida
komediyaning badiiy qimmati yanada oshgan hamda asarning sahnaviyligi, shuhrati
yana ham yuqori darajaga ko‘tarilgan bo‘lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Boshbekov Sh. Temir xotin. // Yoshlik jurnali. 1989 yil 5-son 21-bet

2.

Boshbekov Sh. Eshik qoqqan kim bo‘ldi? P`esalar.-T: Adabiyot va sanъat.

1989 y. 179-bet

3.

Boboev M. Kamolotning ona zamini. // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1989

yil 17-mart.


MILLIY TА’LIM - TАRBIYA JARAYONIDA YOSHLAR АHLOQIY

FАZILАTLАRNI YUKSАLTIRISH MEZONLАRI

Ortiqov Olim Xamidovich

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

olimortiqov798@gmail.com

Аnnotatsiya

: Maqolada globallashuv sharoitida aholining keng qatlamlarida,

ayniqsa yoshlarda milliy gʼoyaga sodiqlik, vatanparvarlik tuygʼularini, yuksak
maʼnaviy-axloqiy qarashlarni tarbiyalashning, ularda mafkuraviy-maʼnaviy
immunitetni shakllantirishning dolzarbligi ifodalangan.

Kalit soʻzlar

: Fan, yangi texnika - texnologiyalar, madaniyat, avlodlar o’giti,

mafkuraviy-maʼnaviy immunitet, ahloqiy mezonlar, sogʼlom avlod, ilm-maʼrifat,
ahloqiy fazilatlar.


Buyuk faylasuf Aristotel shunday degan: “Ta’limning ildizlari achchiq, lekin

mevasi shirin”. Bugungi achchiq mehnatimiz, albatta, kelajakda o‘zining shirin
mevasini beradi.

Globallashuv davrida jahonda ilm-fan, texnika va texnologiyalar

shiddat bilan rivojlanayotganini aslo e’tibordan qochirmasligimiz lozim. Bu esa o'z
navbatida ta’lim, ilm-fan oldiga yangi talablarni ko'ndalang qo'ymoqda. Ta’lim
tizimini muntazam isloh etish, o'qitishning zamonaviy usul va vositalarini
takomillashtirish, taъlim mazmunini boyitib borish, demak, bugungi kunning ham
dolzarb talabi bo'lib qolaveradi.Davrninig shiddatli jarayonlar kechayotgan, iqtisodiy
va moliyaviy inqiroz davom etayotgan, atrofimizda xavfli mojarolar roʼy berib, “yot
madaniyatlar ekspansiya”si boʼy koʼrsatib turgan bir paytda maʼnaviy va jismoniy
barkamol avlodni voyaga yetkazish, zamonaviy, yetuk kadrlarni tarbiyalash masalalari
umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifa boʼlib qolayotganini yana bir marta
taʼkidlash oʼrinlidir .Bugun maʼnaviyat va yoshlarning ahloqiy tarbiyasi haqida soʼz
borar ekan, bu xaqdagi bilimlarimizni takomillashtirish, dunyoqarashimizni
kengaytirish hamda yoshlarni ana shu yoʼlda birlashtirish, kamol toptirishda milliy
gʼoya xususida toʼxtalish muhimdir. Chunki taraqqiyot va texnika asri deb atalmish
XXI asr yoshlari qalbida maʼnaviy boylik, komil inson darajasiga erishish, yurt-u

Библиографические ссылки

Boshbekov Sh. Temir xotin. // Yoshlik jurnali. 1989 yil 5-son 21-bet

Boshbekov Sh. Eshik qoqqan kim bo‘ldi? P`esalar.-T: Adabiyot va sanъat. 1989 y. 179-bet

Boboev M. Kamolotning ona zamini. // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1989 yil 17-mart.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов