Qayg‘usiz abdolning qayg‘ulari

inLibrary
Google Scholar
doi
 
Выпуск:
CC BY f
605-609
0
2
Поделиться
Сафартошева, Ш. (2023). Qayg‘usiz abdolning qayg‘ulari. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 605–609. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25713
Шалола Сафартошева, Чирчикский государственный педагогический университет

аспирант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek kitobxonlari hali tanishib ulgurmagan Turk tasavvuf adabiyotining yirik vakili Qayg‘usiz Abdolning hayoti va ijodi haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Uning asarlaridagi asosiy mazmun mohiyat to‘g‘risida so‘z ketgan va parchalar keltirilgan.

Похожие статьи


background image

605

7. Raipovna, V. S., Akramovich, N. A., & Shonazarovich, B. S. (2022).

Monopoly organizations, their benefit and harm to society.

Journal of Academic

Research and Trends in Educational Sciences

,

1

(12), 111-114.

8. Raipovna, V. S., Akramovich, N. A., & Durdona, A. (2022). Content and

functioning of the market economy.

Journal of Academic Research and Trends in

Educational Sciences

,

1

(12), 105-110.

9. Ваниева, Э. А., & Велиева, С. Р. (2023). Особенности учета

национальных лингвометодических традиций при организации обучения
иностранных студентов.

International Journal of Contemporary Scientific and

Technical Research

, 435-438.

10. Raipovna, V. S. (2023). Peculiarities of national linguistic and

methodological traditions in education of foreign students.

Horizon: Journal of

Humanity and Artificial Intelligence

,

2

(4), 38-40.

11. Велиева, С. Р. (2022). Приемы оптимизации деятельности

преподавателя в условиях дистанционного обучения.

International Journal of

Contemporary Scientific and Technical Research

, 385-389.

12. Raipovna, V. S. (2022). Specialities of taking linguistic and methodical

traditions into account.

Web of Scholars: Multidimensional Research Journal

,

1

(7),

74-76.

13. Velieva, S. R. (2022). Semantic modules in the language's lexico-semantic

system.

Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture

,

3

(5), 112-117.


QAYG‘USIZ ABDOLNING QAYG‘ULARI

Safartosheva Shalola Aktam qizi

Chirchiq davlat pedogogika unversiteti magistranti

shalolasafartosheva.@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada o‘zbek kitobxonlari hali tanishib ulgurmagan

Turk tasavvuf adabiyotining yirik vakili Qayg‘usiz Abdolning hayoti va ijodi haqida
atroflicha ma’lumot berilgan. Uning asarlaridagi asosiy mazmun-mohiyat to‘g‘risida
so‘z ketgan va parchalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Tasavvuf,

Qayg‘usiz Abdol, Abdol Muso, “abdol” atamasi

haqida, Qayg‘usiz Abdolning nasriy asarlari, nazmiy asarlari, nasr-nazm shaklidagi
asarlari.

Inson va uning o‘zligini tanish masalasi necha zamonlar kechsa ham

muhimliligini yo‘qotmaydi. Buni anglash va o‘rganish yo‘lida esa bir qancha
ta’limotlar yuzaga kelgan. Tasavvuf ham birlik va borliq, yashash anglami, nafsni
tarbiyalash kabi masalalarni qamrab olib, VIII asrninng o‘rtalarida paydo bo‘lgan,
o‘zining tadrijiy taraqqiyotiga, keng maydoniga ega ta’limotdir. Rus adabiyotshunosi
E.Bertels o‘tgan asrning boshidayoq bu haqida qayd etgan edi: ”Tasavvuf adabiyotini
o‘rganmasdan turib, o‘rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga
ega bo‘lish mumkin emas. Bu adabiyotdan xabardor bo‘lmasdan Sharqning o‘zini ham


background image

606

anglash qiyin”. Shunday ekan, tasavvufchi allomalar ijodini o‘rganish, chuqur anglash
ham insonning o‘zligini tanish yo‘lidagi bir odim hisoblanadi. Hali o‘zbek
kitobxonlarining ko‘pchiligi tanib ulgurmagan Qayg‘usiz Abdol ham mana shunday
turk tasavvuf vakillaridan biri. Turk mutasavvufchi olimi Abdurahmon Go‘zal va
boshqa ko‘plab olimlar tomonidan uning hayoti va ijodi batafsil o‘rganilgan, tadqiq
qilingan.

Qayg‘usiz Abdolning (1341-1444) asl ismi Alovuddin G‘aybiy bo‘lib, Abdol

Musoning Janubiy Ozarbayjondan, Xoy shahridan birgalikda kelgan darveshlardan
biri. Otasi Husamiddin Mahmud bo‘lganligi aytiladi. Hayoti haqidagi ma’lumotlar
o‘limidan taxminan bir yarim asrdan so‘ng ba’zi tarixiy hikoyalarda uchraydi. Nasl-
nasabiga ko'ra u bekning o'g'li edi. Lekin u moddiy boyliklarning, hashamatli ko‘rkam
hayotning o‘rniga darveshlikni tanlaydi. Uning ustozi XIV asrda yashagan Ahmad
Yassaviy darveshlaridan biri, turk eranlaridan bo‘lgan Abdol Muso edi. Shu o‘rinda
“abdol” so‘ziga to‘xtalsak, bu tushunchaning tarixi hijriy taqvimiga ko‘ra miloddan
avvalgi III asrga borib taqaladi. Arabchada “badal” va “bedil” bilan, forschada esa
“abdalan” so‘zlari bilan ma’nodosh hisoblanadi. Turk tasavvufida manaviyati jihatdan
old qatorda turgan kishilarni ta’riflash maqsadida ishlatilgan tushunchadir. Bu so‘z
Turk tasavvufidan tashqari, Islomdan avval zamonlaridagi Shomonizm e’tiqodida ham
uchraydi. Oldindan Ko‘k Tangri(Yaratuvchi) bilan aloqa quruvchilarga “qam”
deyilgan. Bu tushuncha o‘rnini zamonlar o‘tgach “abdol” atamasi egallagan. Islom
diniy ta’limotidagi ba’zi mazhablarda “abdol” so‘zi ishlatiladi, ba’zilarida esa yo‘q.
Abdol deya ta’riflangan kimsa, dunyo ishlarini tamoman unutib, bor diqqatini Allohga
yo‘naltirgan bo‘ladi. Bu martabaga erishgan kishilar haqiqatning, to‘g‘rining soyasi
kabi uning izidan qolmaydi. Turk tili lug‘atida ”abdol” so‘zining ba’zi ma’nolari
quyidagicha ochiqlanadi:

-

sayohatchi, darvesh;

-

qiyofati parishon, tilanchi ko‘rinishdagi kishi;

-

saffaviylar davrida Eron chegaralarida yashagan turk urug‘laridan biri;

-

Anado‘lida yashagan ba’zi urug‘larga berilgan nom;

-

tasavvufda manaviy jihatdan eng ust daraja.

Qayg‘usiz Abdolning hayoti va sayohatlari haqida aniq manbalar deyarli yo‘q.

Unga tegishli ma’lumotlar afsonaviy hikoyalarda va o‘zining asarlarida uchryadi.
Asarlarida u ko'p joylarga sayohat qilgani aytiladi. Hayotiga oid maʼlumotlarning
aksariyati Bektoshiylik afsonalariga asoslangan. Bu rivoyatlarning eng mashhuri uning
Abdol Musoga bog‘lanishi haqidagi hikoyadir: Alanya (Antalya) bekining o‘g‘li
G‘aybiy ov paytida otgan o‘qi bilan kiyikni qo‘ltiq qismidan jarohatlaydi. Yaralangan
kiyik qochadi, G‘aybiy uning orqasidan yuguradi. Kiyik Abdol Musoning uyiga kiradi,
uning ortidan kelgan G‘aybiy darveshlardan kiyik haqida so‘raydi. Darveshlar buni
ko'rmaganliklarini aytishadi. Bahs boshlanadi. Abdol Muso voqeaga aralashib, qo‘ltiq
ostidagi qonli o‘qni chiqarib, G‘aybiyga uzatadi. G‘aybiy o‘zining o‘qini taniydi va bu
voqeadan qattiq ta’sirlanib Musoga ixlos qo‘yadi va unga murid bo‘ladi. Haq yo‘liga
chiqqan Qayg‘usiz o‘ziga pir topadi va unga qirq yillar atrofida murshidlik qiladi.

Aruz va barmoq(bo‘g‘inli tizim) vaznida she’rlar bitgan Qayg‘usiz Abdolning

nasrda yozilgan asarlari ham talaygina. Uning aruzda yozilgan she’rlari “Devon”ga
jamlangan. Aksariyat she’rlarida “Qayg‘usiz” taxallusini qo‘llagan shoir ba’zi


background image

607

o‘rinlarda “Saroyiy” va “G‘aybiy” nomlarini ham qo‘llaydi. Qayg‘usiz nomini olgan
boshqa shoirlarning ham borligi uning ayrim asarlari boshqa Qayg‘usizga tegishli
bo‘lishi mumkin degan shubhani ham uyg‘otadi. U o‘z asarlaridan birida 1397-1398-
yillarda tug‘ilganini aytadi. Uning asarlaridan ma'lum bo'lishicha, XIV asrda yashagan
shoir Anado‘lu va Rum elining koʻp joylarini kezib, yaxshi taʼlim olgan. Barmoq
vaznidagi she’rlarida va nasriy asarlarida go‘zal turk tildan foydalangan.

Ijodida tasavvufga oid sheʼrlari bilan bir qatorda satirik va yumoristik ruhdagi

parchalar(turk tilida shathiyalar deb yuritiladi) ham muhim oʻrin tutadi. Yunus Emro
yo‘lidan yurgan shoir ana shunday she’rlarida unga yanada yaqinlashadi.

Quyida “Devon”idan joy olgan she’rlardan biri:
Ishq ila keldim jahona, makoni tog'lar menman
Tark etib o‘zga borliqni, mahrami tavhid menman
Mahv etguncha araf asrorini, mast bo‘lgan ohkor menman
Shunday iqror bo‘ldim, ol dam, Qayg‘usiz Abdol menman

Shoir bu o‘rinda ishq ila jahonga kelganligi, ya’ni Alloh insoniyatni o‘zini

sevdirish uchun, oshiq qilish uchun yaratganligini ta’kidlamoqda. Hayotdan murod esa
o‘sha ishqni anglash, ishqdan sarxush bo‘lish, chinakamiga oshiq maqomiga
erishishdir. Bu yo‘lda o‘tkinchi dunyo hoy-u havaslariga aldanib qolmaslik lozimni
aytib o‘tadi.

Qayg‘usiz Abdolning nazmiy, nasriy va nasr-nazm aralash shakldagi asarlari

mavjud bo‘lib, ularning hammaasi bizgacha yetib kelmagan. Bugungi kunga qadar olib
borilgan izlanishlar natijasida uning bir qancha she’rlari, “Gavharnoma”,
“Minbarnoma” kabi masnaviy shaklida yozilgan asarlari nashr etilgan. Biroq
Qayg‘usiz asarlarining ko‘pi nashr etilmagan. Uning bizga ma’lum asarlari
quyidagilardir:

Nazmiy asarlari:

“Devon”, “Guliston”, “Masnaviy-i Bobo Qayg‘usiz “(Mesnevî -i Baba

Qayg‘usiz ) (I-II-III), “Gavharnoma”, “Minbarnoma”.

Nasriy asarlari:

“Budalanoma”

(Budalanâme),

“Kitob-i

Mig‘lata”(Kitâb-ı

Miğlâte),

“Vujudnoma”, “Risolayi Qayg‘usiz Abdol” (Risâle-i Qayg‘usiz Abdal).

Nasr-nazm shaklidagi asarlari:

“Saroynoma”, “Dilkusho”(Dil-gusha).

“Devon”i tarkibida uch yuz ellikka yaqin she’rlari mavjud bo‘lib ularning

sakson foizini g‘azallar tashkil qiladi . Uning 20-30 bo‘g‘inli she’rlari bor. Bundan
tashqari “Dolabnoma”( Dolâbnâme) nomli qasidasini, ikki tajri’band, ikki tarkibband
va ikki mustazodini ham devonida ko‘rishimiz mumkin. “Devon”dagi aksariyat she’r
va g‘azallar ilohiy bir kayfiyatda yozilgan. Bo'g'inli tizimda yozganlari ko'proq
tasavvufiy-majoziy xarakterida egadir. Bularda biz Qayg‘usiz Abdolning Tangi bilan
samimiy suhbatlashishga urinishini yoki o‘tkinchi dunyo zavqlariga oshufta bo‘lgan
inson ustidan shikoyatini ko‘rishimiz mumkin.

“Guliston” asari esa “Lomakon”(makonsizlik)ni, boqiylikdagi “vahdat-ul

vujud”ni tasvirlashdan boshlanadi. Borliq va Hazrati Odam alayhisalomning yaratilishi
haqida uzoq hikoya qiladi. Qisas-i anbiyo qisqacha bayon qilingandan so'ng, ma'lum


background image

608

bir mavzuga urg'u berilmaydi. Tasavvufning turli mavzulari vaqti-vaqti bilan
nihoyatda hayajonli uslubda ifodalanadi.

“Masnaviy-i Bobo Qayg‘usiz”(Mesnevî -i Baba Qayg‘usiz ) (I-II-III): Ushbu

qoʻlyozmada adibning masnaviy shaklida yozilgan ijod namunalari to‘plangan bo‘lib
“Masnaviy I”, “Masnaviy II”, “Masnaviy III” deya uch qismga ajratilgan. Bulardan
ikkinchisi “Kichik masnaviy” nomi bilan tilga olinadi va boshqalariga nisbatan hajmi
qisqa. Uchala masnaviyda ham o‘ziga xos alohida mavzu belgilanmagan, berilmagan
bo‘lib, ular tasavvufiy jo‘shqinlik va hayajon ila yozilgan. Qayg‘usiz masnaviylarida
lirikaning cho'qqisiga chiqadi. Aytishimiz mumkinki, uning barcha she’rlari ichida eng
yuqori otashin ruh, hayajon masnaviylarida uchraydi.

“Gavharnoma” asari yetmish bir baytdan iborat qisqa masnaviydir. Asar

Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalomni madh etish va ulug‘lash
maqsadida yozilgan. Asar boshida “vahdat-ul vujud” haqidagi qarashlarini dengizdan
uzoqqa otilgan bir “gavhar” parcha deya ifodalaydi. “Gavhar”ning ruhi esa Hazrati
Muhammad s.a.v.dir.

”Minbarnoma” asari ellik sakkiz baytdan iborat kichik masnaviy bo‘lib, unda

nafsni bilish, uni tarbiyalash haqida fikrlar she’riy bayon etilgan.

Nasriy asarlari:
“Budalanoma”da “aql-i maosh”, “aql-i maod”, qalb, nafsni bilish, murshidlik...”

kabi tasavvufiy masalalar haqida so‘z ketadi.

“Kitob-i Mig‘lata”(Kitâb-ı Miğlâte). Bu asar kompozitsiya jihatidan qolgan

asarlaridan ancha farq qiladi. Bu yerda bir darvesh muttasil uyquga ketib, goh
o‘tmishga, goh kelajakka ro‘yosida “sayohat” qiladi. U har safar o‘ziga duch kelgan
o‘z shaytoni bilan jang qiladi va uni mag'lub etadi. Kishi e’tiborini tortuvchi asarda
o‘tmish va kelajakka oid chizgilar va bashoratlar, bugunning tili bilan aytganda, “vaqt
mashinasi”ni eslatadi. Darveshning asarda vaqti-vaqti bilan kuylaydigan she’rlari
jo‘shqin lirika ifodasi bo‘lib asarni bezab turadi.

“Vujudnoma”da inson tanasining turli a’zolari bilan ba’zi diniy, tasavvufiy va

borliqqa oid tushunchalar o‘rtasida o‘xshatish, qiyoslashlar keltirilgan va ular o‘rtasida
aloqa o‘rnatishga harakat qilingan. Masalan: qora qishni shariatga, yozni tariqatga
o'xshatishadi. Bosh davlat tojiga, peshona hidoyat nuriga tashbeh etiladi. Keyin esa
murshidga lozim bo‘lgan ishlar tushuntiriladi. Asarda uning hol tasvirlari ham
uchraydi. Unda shoir oyog‘i yerga tegmasdan, doimo osmonda, bo‘shliqlarda sarson
uchib yurishi, nimanidir izlashi keltirilgan.

“Risolayi Qayg‘usiz Abdol” (Risâle-i Qayg‘usiz Abdal) Istanbul shahar

kutubxonasi, Usmon Ergin boʻlimida saqlanayotgan “Risolayi Qayg‘usiz Abdol” deb
nomlangan ushbu tarjima asar mazmun va shakl jihatdan Qayg‘usizning boshqa
asarlaridan farq qilmaydi. Ma’lumki, ushbu tarjima asarda Qayg‘usiz Abdol Alloh
Taolonig muhabatiga yetib yo‘llari, tasavvufiy jazba, nafs tarbiyasi va kamoloti, sabr-
toqatni lirik va umuman didaktik uslubda o‘rinli misollar va o‘xshatishlar bilan
tasvirlaydi”.

Nasr-nazm shaklidagi asarlari:
“Dilkusho”(Dil-gusha) “Vahdat-ul vujud”ni ta’riflovchi uzun masnaviy bilan

boshlanadi. Asarda forscha uzun boblar bor. Bir darveshning so‘fiyona xatti-


background image

609

harakatlarini, uning o‘zi aytib bergan hikoyasi bilan davom ettiruvchi “Dilkusho”
butunlay so'fiylikka bag'ishlangan asardir.

“Saroynoma” “Jahon-saroy” taqlidi asosida dunyoga kelishdan maqsad Allohga

ibodat qilish va Uni bilish ekani aytiladi. Qayg‘usiz shariat unsurlariga eng ko'p joy
bergan asar “Saraynoma”dir. Bu jihatdan boshqa she’riy asarlar bilan solishtirganda
ustunlikni qo‘lga kiritadi.

Qayg‘usiz Abdol sheʼrlaridan anglash mumkinki, u juda yaxshi taʼlim olgan,

soʻfiylikni har tomonlama oʻrgangan, ayniqsa, islom dini boʻyicha keng bilimga ega
boʻlgan. Uning “Dolabnoma” deb nomlangan to‘plamida “G‘aybiy” taxallusini
qo‘llaydi va tasavvufiy unsurlarni tilga oladi:

Alay G‘aybiy bundan Takka qurmas
Haqning marhamatidir, balki sinovi
Sabr namozning ostiga olmish
Tavakkaldan bog‘lanmish belbog‘i
So‘zini Qayg‘usiz orifga so‘zla
Ne bilsin shukrni ushoq buzog‘i deya ilohiy kayfiyatni ham Haqning marhamati,

ham Uning sinovi bo‘lishi mukinligini, sabr ila namoz, O‘ziga tavakkal bu o‘rinda
yechim bo‘lishini satrga ko‘chiradi.

Yana uning she’rlarida uchraydigan joy nomlari va tilga olingan atoqli otlardan

kelib chiqib, uning hayoti davomida ko‘p joylarga sayohat qilganini, u borgan
joylarning tabiiy joylashuvi va xususiyatlarini, insonlarining urf-odatlarini, kiygan
liboslarini va taomlarini aks ettiruvchi satrlarni ko‘rishimiz mumkin. Bu shundam
dalolat beradiki, Qayg‘usiz Abdol umri davomida ko‘pgina yurtlarda sayohatda
bo‘lgan, kishilar bilan muloqotni sevgan, dunyo kezgan darveshlardan biri bo‘lgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytishni lozim topdikki, hech zamonda insonni butun bu
borliqning bir qismi, bir zarrasi deya qarash, Haqning karomati ila qora tanga kirgan
ruh ahvolidan so‘zlash, uning tilini topishga urinish, o‘zlikni topishga urinish kabi
masalalarni qamrab olgan aziz asarlar va ularning mualliflari muhimligini
yo‘toqmaydi, ahamiyat markazidan tushmaydi. Zero, bu o‘tkinchi dunyo tashvishlari-
yu, hoy-havaslari orasida o‘zimizni yo‘qotmasdan vazifayi amolimizni bajarish har
birimiz uchun ham farz, ham qarzdir. Bu bilan Qayg‘usiz Abdolning o‘zini topish,
ishqqa erishish, oshiq maqmiga ko‘tarilish, ishqqa munosib bo‘lish yo‘lidagi
zahmatlari, qayg‘u-alamlari har mo‘minning qayg‘usi ekanligi anglashiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Prof.Dr. Abdurrahmon Go‘zal, Turk xalq sheʼriyati.

2.

Бертельс Е.Эю Суфизм и суфийская литература. М.: Наука, 1995. C. 54

3.

Najmiddin Komilov, Tasavvuf. T:. “Movaraunnahr – O‘zbekiston”, 2009.

4.

https://en.wikipedia.org/wiki/Kaygusuz_Abdal

5.

https://www.turkedebiyati.org/kaygusuz-abdal/

6.

https://www.turkedebiyati.org/kaygusuz-abdal/

7.

https://aregem.ktb.gov.tr/TR-12787/kaygusuz-abdal-1341--1444-.html

8.

Prof. Abdurrahmon Go‘zal. Alovuddin G‘aybiy Qayg‘usiz Abdal(hayoti va

asarlari), Anqara, 2023

Библиографические ссылки

Prof.Dr. Abdurrahmon Go‘zal, Turk xalq sheʼriyati.

Бертельс Е.Эю Суфизм и суфийская литература. М.: Наука, 1995. C. 54

Najmiddin Komilov, Tasavvuf. T:. “Movaraunnahr – O‘zbekiston”, 2009.

https://en.wikipedia.org/wiki/Kaygusuz_Abdal

https://www.turkedebiyati.org/kaygusuz-abdal/

https://www.turkedebiyati.org/kaygusuz-abdal/

https://aregem.ktb.gov.tr/TR-12787/kaygusuz-abdal-1341--1444-.html

Prof. Abdurrahmon Go‘zal. Alovuddin G‘aybiy Qayg‘usiz Abdal(hayoti va asarlari), Anqara, 2023

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов