Актуальность повышения педагогических и психологических знаний молодых женщин нашей страны | Информатика и инженерные технологии

Актуальность повышения педагогических и психологических знаний молодых женщин нашей страны

CC BY f
346-348
5
Поделиться
Толлибоев, Д. (2023). Актуальность повышения педагогических и психологических знаний молодых женщин нашей страны. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 346–348. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25728
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Muallif ushbu maqolada bugungi kunda jamiyatda yosh avlodni tarbiyalashda yosh ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlardan xabardor bo’lishining ahamiyati haqida fikr bildirgan.


background image

346

MAMLAKATIMIZDA YOSH XOTIN-QIZLANING PEDAGOGIK VA

PSIXOLOGIK BILIMLARINI OSHIRISHNING DOLZARBLIGI

Tolliboev Dilshod Muxammadievich

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

jizpiarm@mail.ru

Annotatsiya:

Muallif ushbu maqolada bugungi kunda jamiyatda yosh avlodni

tarbiyalashda yosh ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlardan xabardor
bo’lishining ahamiyati haqida fikr bildirgan.

Kalit soʻzlar:

Pedagogik bilim, psixologik bilim, psixologik savodxonlik,

dunyoqarash.


Bugun insoniyat XXI asrda ya’ni axborotlashgan asrda yashamoqda. Axborot

oqimining tezligi shiddat bilan jadallashmoqda. Har narsaning yaxshi va yomon
tomoni bo’lganidek, axborotlashgan asrning ham yaxshi va yomon tomoni mavjud.
Yaxshi tomonlari hammamizga ma’lum, biz bugun maqolamizda axborotlashgan
asrning yoshlar tarbiyasiga ko’rsatayorgan salbiy oqibatlari haqida fikrlashmoqchimiz.
“Qush uyasida ko’rganini qiladi” degan maqol bugun o’z ahamiyatini birozgina
yo’qotayotganday, chunki bugungi kunda oilaviy tarbiya yosh avlodning tarbiyasida
asosiy kuch bo’lsada, farzandlarimiz tarbiyasiga tashqaridan turli xil ta’sirlar ham o’z
kuchini ko’rsatadi. Bunday ta’sirlar qatoriga albatta jangarilikni vahshiylikni aks
ettirgan internet o’yinlari, internetdagi tezkor yangiliklar, jangarilikni, fohishabozlikni
aks ettirgan chet el kinolari, teleseriallar, kliplar kiradi. Bu esa o’z-o’zidan yosh
avlodni tarbiyalashda bir muncha qiyinchiliklar tug’dirishi tabiiy. Shuning uchun,
turmush qurayotgan, bo’lajak ota-onalarni, yosh ota-onalarni pedagogik-psixologik
bilimlarini oshirish bugunning eng ahamiyatli vazifalaridan biri deb hisoblaymiz.
Chunki, bugungi kunning o’spirin yosh yigit-qizlari ertaga ota-ona, bu yosh ota-onalar
farzand tarbiyasi va uni parvarishi haqida bilimlarga ega emasligi esa katta-katta
muammolarga olib kelishi mumkin. Biz bilamizki hozirgi kunda oliy ma’lumotli,
pedagogik psixologik bilimlar bilan qurollangan yosh yoki bo’lajak ota-onalardan,
ma’lumoti o’rta yoki tugallanmagan yosh ota-onalar yoki bo’lajak ota-onalar soni bir
necha baravar ortiqligi sir emas. Shunday ekan mana shunday dastur asosida oila
qurish ostonasida bo’lgan yoshlarni va farzand kutayotgan ota-onalarni qisqa muddatli
o’qishlarga jalb qilish zarur. Yosh va bo’lajak ota-onalarni qanday pedagogik bilimlar
bilan qurollantirish haqida to’xtalib o’tamiz. Yosh ota-onalarning pedagogik
bilimlarini oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:

-

sharq mutafakirlarining yosh avlod tarbiyasi haqidagi fikrlari bilan tanishtirish;

-

tarbiya metodlari haqida tushuncha berish. Ya’ni ijtimoiy ongni

shakllantiruvchi metodlar, odatlantirish va mashq, rag’batlantirish va jazolash
metodlaridan o’z o’rnida, to’g’ri foydalanish haqida ma’lumot berish;

-

tarbiya vositalari haqida ma’lumotlar berish, ya’ni yosh ota-ona tarbiya vositasi

sifatida ertaklar, nasihatlar, hikoyalar, suhbatlardan foydalanishning ijobiy tomonlari,
yoki har xil qo’l telefonlari, kompyuterlar, seriallardan foydalanishning salbiy
tomonlari haqida ma’lumotlar berish;


background image

347

-

yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalash vazifasi turgan

yosh ota-onalarga oilada farzand tarbiyalashda barcha tarbiya turlaridan unumli
foydalanish haqida bilim berish, yani axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, aqliy tarbiya,
mehnat tarbiyasi, ekologik tarbiya, iqtisodiy tarbiya berish yo’llari haqida ma’lumot
berish.

-

Shuning bilan birgalikda bolalarda taqlidchanlik ustun bo’lishini nazardan

qochirmasdan, ota-onalar o’z farzandlariga na’muna ko’rsatishlari lozimligi haqida
tushuncha berish albatta o’z samarasini beradi.

Ota-onalarga mana shunday pedagogik bilimlarning berilishi, o’z amaliyotida

bu bilimlardan oqilona foydalanish yosh avlodning barkamol shaxs bo’lib voyaga
yetishida katta omil bo’lib xizmat qiladi.

Shuningdek pedagogik bilimlar bilan birgalida psixologik bilimlar ham farzand

tarbiyalayotgan yosh ota-onalarga judayam zarurdir. Ota-onalarning psixologik
bilimdonligini oshirishda quyidagi masalalarga e’tibor berish maqsadga muvofiq
bo’lar edi:

-

psixologik jarayonlar, holatlar va individual psixologik xususiyatlar haqida

qisqacha ma’lumot berish;

-

rivojlanish psixologiyasi haqida ma’lumot berish orqali o’z farzandlarining

psixologik tomondan rivojlanish darajalarini o’rganib borishadi;

-

har bir yosh davri haqida ma’lumotga ega bo’lish orqali bolaning rivojlanishi

uchun senzitiv bo’lgan davrlarni befarqlik bilan o’tkazib yubormaslikka erishiladi.

Masalan, bola rivojlanishining eng senzitiv davri bo’lgan ilk bolalik davrini (1-

3 yosh) ko’pgina psixologik bilimlardan xabari yo’q ota-onalar, faqatgina farzandini
qornini to’ydirib, kiyintirsam bo’ldi qabilida ish tutib bemaqsad o’tkazib yuborishlari
mumkin. Shuningdek, bolalikdan kattalikka o’tish davri bo’lgan o’smirlik davrida ham
ba’zi ota-onalar farzandlarini to’g’ri tushunmasdan, ularga yomon munosabatda
bo’lishi natijasida “inqiroz davri”ni o’smirlar qiyinchiliklar bilan o’tkazishi mumkin.

-

Shuningdek, farzandining qobiliyatlarini o’z vaqtida ko’rish uchun ham

psixologik bilimdonlikning ahamiyati katta. Farzandidagi qiziqishlar, layoqatlar
asosida shakllanib boradigan qobiliyatni ham ziyrak ota-ona tezda payqashi ham
farzandining katta yutuqlarga erishishiga yordam beradi.

-

Psixologik bilimlardan xabardorlik natijasida yosh ota-onalar farzandlarining

xarakterida ham ijobiy sifatlarni shakllantirishlari, irodaviy sifatlarni shakllantirib
borishlari mumkin.

Bir so’z bilan aytganda yosh ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlar bilan

qurollantirish bugungi kunning davlat ahamiyatidagi masalalaridan biridir. Farzand
ko’z ochib onasini ko’rar ekan, rivojlanishining ilk yillarini oila davrasida o’tkazar
ekan, demak ota-onalar va oila a’zolarining bu farzand tarbiyasi uchun ma’suliyati
ulkandir. Go’yo Javhariy bobomiz aytganidek, farzand tug’ilganida oq qog’ozdir, unga
ota-onalari va ustozlari nimani yozishni bilishlari zarurdir

.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

I.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. Toshkent-2008 yil.

2.

P.Ivanov, M.Zufarova “Umumiy psixologiya” Toshkent-2016 yil.


background image

348

3.

Z.Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” Toshkent -

2017 yil

4.

J.Hasanboyev va boshqalar “Pedagogika” darslik. Fan- 2016


SHAXSDA KOPING STRATEGIYALAR KO‘NIKMASINI HOSIL QILISH

Sharafitdinov Abdulla XXX,

Yuldasheva Sojida Zoyirovna

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

sojidayuldasheva8483@gmail.com

Annotatsiya:

Koping strategiyalar insonlarning turli o‘zgaruvchan holatlari,

stres va muammolar bilan yuzlashishda o‘zlarini boshqarish va tahlil qilishning kuchli
usullarini o‘rganish va rivojlantirishni ta’kidlaydi. Ushbu maqolada shaxslar
o‘zgaruvchan muhit bilan qanday yuzlashishlari kerakligini o‘rganadilar va amaliy
ko‘nikmalarni o‘rganish orqali boshqarishni o‘rganadilar. Shaxslarning o‘zlarini o‘zini
boshqarish va tahlil qilishda ko‘rsatadigan bosqichlarni yoritadi.

Kalit so‘zlar:

O‘zgaruvchan muhit, stress, muammolar, o‘zlashtirish,

ko‘nikmalar, tahlil qilish, boshqarish.


Koping strategiyalari, odamlarning hayotning turli maqsadlari va muammolari

bilan yuzlashish uchun ishlatiladigan o‘zaro mo‘ljallangan usullar va qo‘llanmalar
to‘plamini ifodalaydi. Bu strategiyalar, insonning stres, muammolar, o‘z-o‘zini
boshqarish talablariga mos keladi. Quyidagi koping strategiyalari haqida batafsilroq
ma'lumot ko‘rib chiqamiz.

Aktiv-harakatli koping: Bu strategiya, muammolarni hal qilish uchun harakat

qilishni o‘z ichiga oladi. Inson muammolari bilan yuzlashish uchun harakat qiladi va
muammolarni o‘zining ta'siri ostida qo‘yadi. Tolerant koping: Bu strategiya,
muammolarni sabr va bag‘rikenglik bilan qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Inson
muammolarini boshqarish uchun sabr qiladi va muddatli yechishni o‘rgatadi. Mavqeli
koping: Bu strategiya, muammolarni chetlab o‘tish, o‘g‘irlash yoki muammoni o‘zidan
uzoq olishni o‘z ichiga oladi. Bu odatda qisqa muddatli yechish va muammolarni
hozirgi paytda boshqarishga yordam beradi.

Izohli koping: Bu strategiya, muammolarni mazmuni, faqat tasvirlash, yozib

olish yoki o‘quvchiga bayon qilish orqali o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. Bu, insonning
o‘zini ifodalash va do‘stlaridan yoki oilasidan yordam so‘raydi.

Jamg‘armalik koping: Bu strategiya, do‘stlar yoki oila a'zolari bilan muammo

yechishni o‘z ichiga oladi. Inson muammolarini boshqalari bilan birga hal qilishga
harakat qiladi. Ma'qullash kopingi: Bu strategiya, muammolar bilan hamkorlik qilishni
o‘z ichiga oladi. Inson muammolarini biror narsaga yoki jamoat tashkilotiga
yondashib, yechishni o‘z ichiga oladi.

Mantiqiy koping: Bu strategiya, muammolarni mantiqiy ravishda tahlil qilish va

yechishni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Inson muammolarni yechish uchun mantiqiy
yondashadi. O‘zini boshqarish ko‘nikmasi: Bu strategiya, stres, qo‘rqinch va

Библиографические ссылки

I.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. Toshkent-2008 yil.

P.Ivanov, M.Zufarova “Umumiy psixologiya” Toshkent-2016 yil.

Z.Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” Toshkent -2017 yil

J.Hasanboyev va boshqalar “Pedagogika” darslik. Fan- 2016

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов