Важность использования дидактических игр в начальных классах

CC BY f
377-379
1
0
Поделиться
Худайкулова, Ф. (2023). Важность использования дидактических игр в начальных классах. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 377–379. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25769
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bu maqolada didaktik oʻyinlar haqida maʼlumot va boshlang‘ich sinf darslarini samarali tashkil etish usullari, afzalliklari yoritilgan. Matematika, ona tili va oʻqish savodxonligi fanlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan didaktik o‘yinlardan namunalar keltirilib, ularning ta’riflari va qo‘llash usullari bayon qilinadi.


background image

377

BOSHLANGʻICH SINFLARDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Xudayqulova Fazilat Boʻriyevna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

fazilatxudayqulova@gmail.com


Annotatsiya

: Bu maqolada didaktik oʻyinlar haqida maʼlumot va boshlang‘ich

sinf darslarini samarali tashkil etish usullari, afzalliklari yoritilgan. Matematika, ona
tili va oʻqish savodxonligi fanlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan didaktik o‘yinlardan
namunalar keltirilib, ularning ta’riflari va qo‘llash usullari bayon qilinadi.

Kalit so‘zlar

: Matematika, aqliy rivojlanish, metod, uslub, ta’lim, islohot,

didaktik o‘yin, pedagogik texnologiya.


Bugungi kun ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan keng

foydalanish, uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, ta’lim
berishning ilg’or pedagogik texnologiyalari va zamonaviy o’quv - uslubiy
majmualarning yaratilishi, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini
takomillashtirishda o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga asos
bo’lmoqda.

Bu o’z navbatida pedagoglarning jahon miqyosdagi yutuqlarni, ilmiy asoslangan

innovatsiyalarni tadbiq etgan holda pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish
va boshqarish, shuningdek, pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta’minlashga
xizmat qiluvchi didaktik o’yinlardan foydalanish ahamiyatini oshishiga sabab
bo‘lmoqda.

Didaktik o’yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda

aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtirokchilarda aqliy - jismoniy, axloqiy,
psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko’nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi.

Didaktik oʻyinlar

- muayyan taʼlimiy maqsadlarga erishishga, mavzularni

yanada mustahkamlashga, chuqurlashtirishga qaratilgan boʻladi. Har bir didaktik
oʻyinni oʻtkazishda biror bir vazifa maqsad qilib olinadi. Didaktik oʻyinlar yordamida
oʻquvchilar mavzuga yanada koʻproq tushunadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun didaktik o‘yinlar bilim olishning

faollashtiruvchi turlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil tafakkur, og‘zaki va
yozma nutq, jamoa boʻlib ishlash, doʻstlik ko‘nikmalarini shakllantiradi.

O‘yinning maqsadi- ta’lim olishga, fanga, kitobga qiziqish uyg‘otish va

diqqatini ta`lim jarayoniga qaratishdir. Didaktik o‘yin bolalarda bilish jarayoniga jonli
qiziqish uyg‘otadi va yangi ma’lumotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu kabi
o‘yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirilishiga,
chuqurlashtirilishiga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlanishiga
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. O‘z navbatida o‘quvchilarda go‘zal va boy ona
tilimizdan g‘ururlanish, axloqiy qadriyatlarimizni e’zozlash kabi sifatlarni
shakllantiradi.


background image

378

Didaktik o’yinlarni tanlashda o’quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi

tartib qoidalariga rioya qilinadi:

Didaktik o’yinlar tanlash va ulardan foydalanishda o’quvchilarning yosh

xususiyatlari hisobga olinadi;

Tanlangan har bir o’yin o’quvchilarga sistemali bilim berish, malaka va

ko’nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol shaxs bo’lib yetishishiga ruhan
tayyorlaydi;

Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlar quyidagilardan iborat:
- ishtirokchilar tarkibiga ko`ra;
- ishtirokchilar soniga ko`ra;
- o’yin jarayoniga ko`ra;
- vaqt meyorlariga ko`ra;
Dars jarayonida o‘yinlarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazishda vazifalar, qoidalar

va ularning natijalarini tahlil qilish bosqichlarini aniq belgilab olish lozim. Quyida ona
tili, matematika, oʻqish darslarida qo‘llanilayotgan bir necha didaktik o‘yinlardan
namunalar keltiramiz.

“XARIDOR” o`yini. Kerakli jigozlar: A 4 formadagi qog`ozga mahsulotlar

nomi va qiymati yoziladi (bir nechta). Kichik kartochkalarga savollar yoziladi. Savollar
shu mahsulotlarni sotib olish ma`nosa keltiriladi.

Mahsulotlar yozilgan A 4 formatdagi qog`oz doskaga ilinadi va o`quvchilar

kartoshkani tortib savollarga javobni doskaga yozib ,bajaradilar. Didaktik o`yin shu
shaklda davom etadi.

“Quruvchi”

. Bu o‘yindan o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, o‘tgan mavzuni yoki

yangi mavzuni mustahkamlash qismida yoki darsdan tashqari mashg`ulotlarda
foydalanish mumkin. O‘qituvchi dastlab darsga tayyorgarlik ko‘rib, qog`ozdan yoki
penoplast bo‘lakchalaridan «g`isht»chalar yasaydi va bu «g`isht»chalarga savol
yozilgan qog`ozchalarni yopishtirib chiqadi. «G`isht»chalar soni o‘quvchilar soniga
teng yoki ko‘p bo‘lishi kerak. Guruhlarga «minora» yoki «devor» qurish uchun joy
ajratiladi. har bir guruxdan bittadan bola chiqadi va «g`isht»chani olib savolni o‘qiydi.
Agar savolga to‘g`ri javob topsa o‘zlarining «maydon»chalariga teradilar. Agar
noto‘g`ri javob bersalar o‘qituvchi «g`isht»chani olib qo‘yadi.
O‘yin shu taxlitda barcha o‘quvchilar savollarga javob berib bo‘lgunlariga qadar
davom etadi. «Qurilish maydonchasi»da eng ko‘p gisht tergan o‘quvchilar guruhi
gʻolib sanaladi. Boshlang`ich sinf o‘quvchilarini kreativ fikrlashga o‘rgatish
jarayonida qo‘llaniladigan ta'limiy o‘yinlarni boshlang`ich sinf ona tili dasturi bo‘yicha
tahlil qilamiz

Boshlang’ich ta’lim davrida o’quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil

qilishda didaktik o’yinlar alohida o’rin tutadi. Matematika darslarida didaktik
o’yinlardan foydalanish o’quvchilar zehnini o’stirish, tez hisoblash ko’nikmalarini
oshirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlar jarayonida o’quvchilar o’yin
qoidalariga rioya qilishga, inoqlik hissi, dunyoqarashi shakillanib boradi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bugungi dunyo miqiyosida axborot

kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa
sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib keldi. Darslarni yanada sifatli tashkil
etishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi ehtiyojidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki,


background image

379

boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi texnika va texnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila
olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishi juda muhim.
Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida barcha o‘quvchilarga tushunarli, oson,
qiziq bo‘lgan usullarni tanlashi va qo‘llay olishi, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi,
yangi ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tadbiq qilishi, ta'lim oluvchilarni ijodiy,
mustaqil ishlashga undashi, didaktik o‘yinlardan to‘g‘ri va unumli foydalanishi
maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Xodjamkulov, U. N.; Xudayqulova, F. B. (2021). Kelajak o’qituvchisi

konsepsiyasi. O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar, 2(3), 130-
135.

2.

Xudayqulova, F. B. (2022). Ta'lim tizimini boshqarish. O'qituvchi ilmiy

uslubiy metodik va badiiy jurnali, 3(9), 69-72.

3.

Худайкулова, Ф. Б. (2022). ЛАБОРАТОРИЯ ФОРМИРОВАНИЯ

ЛИЧНОСТИ В ОБРАЗОВАНИИ.

European Journal of Interdisciplinary Research

and Development

,

10

, 48-53.

4.

Xudayqulova, F. B. (2021). Boʼlajak pedagoglarda kasbiy kompetentlikni

shakllantirishning oʼziga xos xususiyatlari.

Academic research in educational

sciences

,

2

(CSPI conference 1), 1668-1671.

5.

Темиров, Б. Б., & Худойкулова, Ф. Б. (2021). ХАРАКТЕРИСТИКИ

ЛИЧНОСТИ УЧИТЕЛЯ СВЯЗАННЫЕ ОБМЕНОМ ИДЕЯМИ.

Экономика и

социум

, (1-2), 496-499.

6.

Худойкулова, Ф. Х. (2019). Узлуксиз таълим тизимида укувчиларда

лингвистик компетенцияни шакллантиришда назарий билимлар бериш
муаммолари.

Таълимдаги инновациялар ва ислохотлар контекстида замонавий

кластер тизими

,

1

(6), 117-120.

7.

Atayeva N.,Salayeva M., Hasanov S.Umumiy pedagogika. T., 2013 y.

8.

Zunnunov A., Maxkamov U., Didaktika (Ta’lim nazariyasi). O.O’Yu uchun

qo’llanma.T., Sharq, 2006y

9.

N.U.Bikboyeva, E.Ya.Yangiboyeva va boshqalar, “Boshlang’ich sinflarda

matematika o’qitish metodikasi”, T.: “O’qituvchi”, 2005

10.

Mahmudov A.X. Uzluksiz ta’lim jarayoniga kompetentlik yondoshuvini

joriy qilishning didaktik asoslari // Uzluksiz ta’lim. 2012y. №4 . 8-12 betlar
11. Tolipov O’.No’monova N.Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiyalar. G’G’ Xalq ta’limi.-Toshkent, 2002.-N 3.

12.

Xudayqulova, F. B. (2020). Pedagogik mahoratning zamonaviy

korinishi.

Umumtalim fanlarini oqitishda innovatsion metodikalar

,

4

(1), 452-455.





Библиографические ссылки

Xodjamkulov, U. N.; Xudayqulova, F. B. (2021). Kelajak o’qituvchisi konsepsiyasi. O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar, 2(3), 130-135.

Xudayqulova, F. B. (2022). Ta'lim tizimini boshqarish. O'qituvchi ilmiy uslubiy metodik va badiiy jurnali, 3(9), 69-72.

Худайкулова, Ф. Б. (2022). ЛАБОРАТОРИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ЛИЧНОСТИ В ОБРАЗОВАНИИ. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 10, 48-53.

Xudayqulova, F. B. (2021). Boʼlajak pedagoglarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning oʼziga xos xususiyatlari. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 1), 1668-1671.

Темиров, Б. Б., & Худойкулова, Ф. Б. (2021). ХАРАКТЕРИСТИКИ ЛИЧНОСТИ УЧИТЕЛЯ СВЯЗАННЫЕ ОБМЕНОМ ИДЕЯМИ. Экономика и социум, (1-2), 496-499.

Худойкулова, Ф. Х. (2019). Узлуксиз таълим тизимида укувчиларда лингвистик компетенцияни шакллантиришда назарий билимлар бериш муаммолари. Таълимдаги инновациялар ва ислохотлар контекстида замонавий кластер тизими, 1(6), 117-120.

Atayeva N.,Salayeva M., Hasanov S.Umumiy pedagogika. T., 2013 y.

Zunnunov A., Maxkamov U., Didaktika (Ta’lim nazariyasi). O.O’Yu uchun qo’llanma.T., Sharq, 2006y

N.U.Bikboyeva, E.Ya.Yangiboyeva va boshqalar, “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”, T.: “O’qituvchi”, 2005

Mahmudov A.X. Uzluksiz ta’lim jarayoniga kompetentlik yondoshuvini joriy qilishning didaktik asoslari // Uzluksiz ta’lim. 2012y. №4 . 8-12 betlar

Tolipov O’.No’monova N.Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar. G’G’ Xalq ta’limi.-Toshkent, 2002.-N 3.

Xudayqulova, F. B. (2020). Pedagogik mahoratning zamonaviy korinishi. Umumtalim fanlarini oqitishda innovatsion metodikalar, 4(1), 452-455.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов