Значение LAT-технологий в повышении профессионального мастерства студентов

CC BY f
380-383
0
0
Поделиться
Джураева, Л. (2023). Значение LAT-технологий в повышении профессионального мастерства студентов. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 380–383. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25770
Лола Джураева, Бухарский государственный педагогический институт

tayanch doktoranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada talabalarda tanqidiy fiklashni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiya LAT – loyihaga asoslangan ta’lim, uning afzalliklari va qiyinchiliklari haqida umumiy ma’lumot berilgan bo‘lib, loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasi orqali kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirish usullari keng yoritilgan.


background image

380

TALABALARDA KASBIY KO‘NIKMALARNI

TAKOMILLASHTIRISHDA LAT TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI

Djurayeva Lola Rustamovna

Buxoro davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

lolarustamovna8080@gmail.com

Annotatsiya

: Ushbu maqolada talabalarda tanqidiy fiklashni rivojlantirishga

qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiya LAT – loyihaga asoslangan ta’lim, uning
afzalliklari va qiyinchiliklari haqida umumiy ma’lumot berilgan bo‘lib, loyihaga
asoslangan ta’lim texnologiyasi orqali kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirish usullari
keng yoritilgan.

Tayanch iboralar:

LAT – Loyihaga asoslangan ta’lim, loyiha, muloqot,

tanqidiy fikrlash, doimiy tadqiqot, refleksiya, real hayot, jamoa mahsuloti.


Zamonaviy sharoitda o‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida

tashkillashtirish ta’lim sifati va samaradorlini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur
maqolada XXI asrning eng samarali ta’lim texnologiyalaridan biri LAT-Loyihaga
asoslangan ta’lim haqida so‘z yuritamiz.

Loyihaga asoslangan ta’lim (LAT) - bu talabalarga real hayotda duch kelishi

mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va muammolar atrofidagi loyihalarni tashkil qilish va
unda faol ishtirok etish orqali bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini
berishga mo‘ljallangan o‘quv yondashuvidir.

Loyihaga asoslangan ta’lim asosida o‘quv jarayonini tashkillashtirishning eng

muhim jihati shundaki, LAT orqali o‘quvchi-talaba mustaqil ishlash jarayonida o‘z
imkoniyatlarini ko‘rsata olishi mumkin. Bu ta’lim oluvchining ma’lumotlarni saralash,
tadqiqot qilish kabi kerakli ko‘nikmalarni qo‘llash qobiliyatini rivojlantiradi.
Shuningdek tengdoshlari bilan ishlash, muloqot qilish, fikr bildirish, qaror qabul qilish
qobiliyatinitakomillashtiradi, muammoni jamoada va guruhda muhokama qilib,
yechimini topish hamda tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Ko‘p yillik adabiyotlar tahlili va ta’lim sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar

asosida Bak Ta’lim Instituti PBL–Loyihaga asoslangan ta’limning ettita muhim
elementni aniqladi. Birgalikda bu elementlar Loyihaga asoslangan ta’lim “Oltin
Standarti”deb ataladi. Ushbu standartlarga ko‘ra, loyihani loyihalashning asosiy
elementlari quyidagilardan iborat:

• Murakkab muammo yoki savol
• Doimiy tadqiqot
• Haqiqiylik
• Talaba ovozi (nuqtai nazari) va tanlovi
• Reflektsiya
• Tanqid va qayta ko‘rib chiqish
• Jamoat mahsuloti

Ushbu elementlarning barchasi yaxlit holda qo‘llanilsa, ta’lim oluvchilarning

muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni
shunchaki odatiy yodlash usuli bilan emas, balki tushunib o‘rganishlariga imkon


background image

381

beradi.Loyihaga asoslangan ta’limning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki,
bunday turdagi ta’lim o‘quvchi–talabaga ma’lum bir muddatgacha bajarishi kerak
bo‘lgan vazifaga nisbatan hamjihatlikda mas’uliyat bilan yondashishga o‘rgatadi.

LAT yondashuvi tanqidiy fikrlash, shuningdek, muammolarni hal qilish,

shaxslararo muloqot, axborot va media savodxonligi, hamkorlik, yetakchilik va
jamoaviy ish, innovatsiyalar va ijodkorlikni rivojlantirish orqali 21-asr qobiliyatlarini
rivojlantirishning samarali usulidirю (Häkkinen va boshq., 2017).

Loyihaga asoslangan ta’limni o‘quv jarayoniga joriy qilishda quyidagi ketma–

ketlikni qo‘llash samarali natija beradi.Bunda avval o‘qituvchi tomonidan muhim
savol beriladi. Muhim savol bu o‘quvchilarga hal qilish uchun qo‘yiladigan muammo
yoki masala bo‘lishi mumkin. So‘ngra qo‘yilgan muammo yoki masalaning yechimini
topish uchun loyiha tuziladi. Bunda albatta o‘qituvchi talabalarga tanlash imkoniyatini
berishi lozim. Jadval tuziladi va natijalar baholanadi. LATni kengroq auditoriyada
tashkillashtirish ayni muddaodir.

Loyihani o‘rganish hamkorlik va samarali muloqot ko‘nikmalarini

rivojlantiradigan muhitni yaratadi. Talabalar jamoa bo‘lib ishlaydi, o‘z fikrlarini
bildirishni, faol tinglashni va turli nuqtai nazarlarni baham ko‘rishni o‘rganadi. Loyiha
asosidagi hamkorlikdagi munozaralar umumiy muloqot tuyg‘usini uyg‘otadi va
o‘quvchilarni jamoaviy mehnatni qadrlashga undaydi. Ushbu tajribalar ularni
hamkorlik va samarali muloqot juda talab qilinadigan fazilatlar bo‘lgan professional
dunyoda muhim bo‘lgan muhim shaxslararo ko‘nikmalar bilan jihozlaydi. Loyihaga
asoslangan ta’limning qator afzalliklari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:

Real hayot bilan aloqadorligi.

Loyihaga asoslangan ta’lim ko‘pchilik

talabalarda o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan savolga bevosita javob beradi: “Bu
hayotda qanday foydali bo‘ladi?” Abstrakt bilimlar o‘rniga talabalar aniq masalalarni
yechish tajribasiga ega bo‘ladilar.

Kompleks yondashuv.

Loyiha ustida ishlash jarayonida talabalar tadqiqot

o‘tkazadilar, turli manbalardan ma’lumot to‘playdilar va allaqachon ega bo‘lgan bilim
va ko‘nikmalarga tayanadilar.

Fikrlashni rivojlantirish.

Loyiha rejasini ishlab chiqish orqali talabalar mantiqni,

tanqidiy fikrlash va o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish qobiliyatini rivojlantiradilar.

Talabalarga yo‘naltirish.

Loyihaga asoslangan ta’limning maqsadi talabani

o‘qituvchilar tekshirishi uchun qulay bo‘lgan muammolarni hal qilishga o‘rgatish
emas, balki o‘rganilayotgan mavzuga qiziqtirish, tanqidiy fikrlashga undash iborat,
shunda u o‘zi muammo ustiga izlanishni xohlaydi.

Motivatsiya.

Loyihaga asoslangan ta’lim talabaning o‘zini ifoda etishga bo‘lgan

tabiiy istagini uyg‘otadi. Talabalar biror narsani «haqiqiy» qilish imkoniyatiga ega
bo‘lganda, ular buni oxirigacha ko‘rishga va boshqalarga qaraganda yaxshiroq qilishga
qiziqishadi.

O‘z-o‘zini ifodalash.

Loyiha ishi talabani yechim tanlashdan cheklamaydi,

to‘g‘ri javoblar ham yo‘q, asosiysi natija maqsadga mos keladi. Shunday qilib, loyiha
ijodkorlik uchun juda ko‘p joy qoldiradi. Bu esa albatta, nafaqat yaxshi, balki o‘ziga
xos, nafis va samarali bajarilgan ish alohida e’tiborga loyiqdir. Bu bolalarni o‘z
tasavvurlarini ishga solishga va innovatsion yechimlarni topishga undaydi.


background image

382

Ko‘p subyektivlik.

Loyiha ustida ishlash turli ilmiy fanlar integratsiyasini o‘z

ichiga oladi.

Samaradorlik.

Loyiha asosida o‘qitish talabalarga nafaqat qimmatli

ko‘nikmalarga ega bo‘lish, balki foydali narsalarni yaratish imkoniyatini beradi. Misol
uchun, bolalar maktab uchun broshyurani loyihalashlari, OTM veb-sayti uchun dizayn
yaratishlari yoki kursilarni yasashlari mumkin, asosiysi, natija aniq va mahsuldor
bo‘ladi.

Muloqot.

Loyiha bo‘yicha birgalikda ishlash jamoani birlashtirishga yordam

beradi, yoshlarni jamoada ishlashga, mas’uliyatni taqsimlashga, yetakchi va ijrochilar
rolini o‘ynashga va bir-birini tinglashga o‘rgatadi.

Qiziqish.

Loyiha asosida o‘qitish foydali va qiziqarli bo‘lishi kerak, bu esa

uning samaradorligi sirlaridan biridir.

Loyihaviy ta’lim – amaliy topshiriqlar orqali bilimlarni egallashning eng

samarali yo‘llaridan biri sanaladi. Loyihani amalga oshirish uchun talabalarga quyidagi
amallarni bajarishlari kerak bo‘ladi:

-

harakatlar rejasini ishlab chiqish;

-

guruhdagi rollarni taqsimlash – kim qaysi vazifani bajaradi;

-

narsa va hodisaning turli dizaynlarini o‘rganish va to‘g‘ri tanlash;

-

nusxa yaratish;

-

xom ashyolarni tanlashni aniqlash va ularning miqdorini hisoblash;

-

belgilangan vositani tayyorlash, yasash, qurish va hokazo;

-

sinovlarni o‘tkazish va kerak bo‘lganda dizaynga tuzatishlar kiritish;

-

loyihani jamoatchilikka taqdim etish va uning afzalliklari haqida gapirish.

Har bir bosqichda talabalar muammolarga duch kelishlari kerak, ularni hal

qilishda ular ma’lumot izlaydilar, mantiqiy, tanqidiy va dizayn fikrlashni, tasavvurni
qo‘llaydilar, rasm chizishadi, hisoblashadi, qo‘llar bilan ishlashadi, sabr-toqat va
matonat ko‘rsatishadi, yakuniy bosqichda ham notiqlik fazilatlaridan foydalanishadi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Loyihaga asoslangan ta’lim talabalarni

“haqiqiy hayot”ga tayyorlashga yordam beradi, chunki ular bu yerda tabiiy ravishda
nazariy bilimlarini amalda qo‘llashga o‘rganadilar.

Talabalar, o‘qituvchilar va yetakchilarni loyihaga asoslangan dunyoga

tayyorlashda, LAT jamiyatdan ajralib qolgan, odamovi o‘quvchilarni ruhlantirishda,
faollashtirishda, qo‘llab-quvvatlashda eng maqbul yondashuv sifatida tan olinadi. O‘z
navbatida, LAT mazmunli, haqiqiy va ko‘pincha real dunyoda o‘rganishga ishtiyoqli,
akademik va kasbiy muvaffaqiyatiga olib boradigan chuqurroq o‘rganish bilan
shug‘ullanuvchi va targ‘ib qiluvchi talabalar (va o‘qituvchilar va etakchilar) avlodini
yaratishda xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Buck Institute for Education. (n.d.). Gold standard PBL: Essential project

design

elements.

PBLWorks.https://www.pblworks.org/blog/gold-standard-pbl-

essential-project-design-elements


background image

383

2.

Jääskelä, P., Häkkinen, P., & Rasku-Puttonen, H. (2017). Teacher Beliefs

Regarding Learning, Pedagogy, and the Use of Technology in Higher Education.
Journal of Research on Technology in Education, 49, 198 - 211.

3.

Valeriyevna, Izbullayeva. (2023). MUTAXASSISLIKKA KIRISH 1-qism.

4.

Botirovna, O. S. (2022). THE IMPORTANCE OF CRITICAL READING

FOR ACADEMIC PURPOSE OF THE LANGUAGE WITH ANALYZING PISA
TESTS.

Galaxy International Interdisciplinary Research Journal

,

10

(11), 14-18.

5.

Faxriddinovna, J. F. (2023). BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARDA

HUQUQIY ONGNI SHAKLLANTIRISHDA OQUV LOYIHA METODIDAN
FOYDALANISHNING

AHAMIYATI

VA

DOLZARBLIGI.

PEDAGOGS

jurnali

,

1

(1), 184-184.


SHAXSNI O‘ZINI-O‘ZI ANGLASHDA PSIXOLOGIK JARAYONLAR VA

KO‘NIKMALARNING O‘RNI

Erkinboyeva Xolida Shavkat qizi

O‘zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali magistranti

Otamurodov Rustam Uktamovich

O‘zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali

xolidaerkinboyeva4@gmail.com

Annotatsiya:

Insoniyat paydo bo‘lganidan buyon to hozirgi kungacha insonni

o‘zi haqidagi masalalar qiziqtirib kelgan. Inson aslida kim ekanligi, qanday paydo
bo‘ganligi, qay tariqa yashaganligi va qay tartibda yashashlari kerak ekanligi va boshqa
mavzular haqida turli xil tortishuvlar va savollar paydo bo‘lgan. Ushbu maqolada
o‘zlikni anglash bo‘yicha ma’lumot batafsil yoritib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

real, ideal Men, dinamik Men, xayoliy Men,

o‘zini anglash,

«Men-konsepsiyasi».


Ijtimoiy munosabatlar tizimida odamlar bilan o‘zaro muloqotga kirishgandan

so‘ng inson o‘zini atrofdagi muhitdan ajratadi, o‘zidagi jismoniy va ruhiy holatlar,
harakatlar va jarayonlarning sub’ekti sifatida his etadi, shaxsan o‘zi
uchun «boshqalar» qarshisida turgan, shu bilan birga, ularga bevosita bog‘liq bo‘lgan
«Men» sifatida namoyon bo‘ladi. Merriyam-Vebster lug‘atiga binoan, o‘z o‘zini
anglash tushunchasi – «o‘ziga tegishli bo‘lgan va undan kelib chiqadigan harakatlar
yoki holatlarni anglash» deb ta’riflanadi. O‘z–o‘zini anglashning psixologik
xususiyatatlari ijtimoiy psixologiya fanida o‘z – o‘zini anglash, ahloqiy o‘z–o‘zini
anglash ijtimoiy-ruhiy hodisa, jarayon sifatida alohida ilmiy nuqtai nazardan to‘liq
o‘rganilmaganligi tufayli uni tahlil qilish ahloq, milliy xarakter, milliy ma’naviyat va
qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog‘liq ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu
kategoriyalarni o‘ziga xos tarzda yoritish psixologiya fanining asosiy tushunchasi
hisoblanmish shaxsni yaqqol anglash, uning guruh (jamoa)dagi roli, shaxslararo
munosabatdagi ahamiyatini o‘rganish imkoniyatini yaratadi. XX va XXI asr
psixologiya fanida ushbu masalaning ijtimoiy – psixologik tabiatini tushuntirishda ikki

Библиографические ссылки

Buck Institute for Education. (n.d.). Gold standard PBL: Essential project design elements. PBLWorks.https://www.pblworks.org/blog/gold-standard-pbl-essential-project-design-elements

Jääskelä, P., Häkkinen, P., & Rasku-Puttonen, H. (2017). Teacher Beliefs Regarding Learning, Pedagogy, and the Use of Technology in Higher Education. Journal of Research on Technology in Education, 49, 198 - 211.

Valeriyevna, Izbullayeva. (2023). MUTAXASSISLIKKA KIRISH 1-qism.

Botirovna, O. S. (2022). THE IMPORTANCE OF CRITICAL READING FOR ACADEMIC PURPOSE OF THE LANGUAGE WITH ANALYZING PISA TESTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 14-18.

Faxriddinovna, J. F. (2023). BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARDA HUQUQIY ONGNI SHAKLLANTIRISHDA OQUV LOYIHA METODIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 184-184.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов