Исследование проблем формирования лидерства зарубежными психологами

CC BY f
410-413
1
8
Поделиться
Бойкулова, М., & Одилова, Г. (2023). Исследование проблем формирования лидерства зарубежными психологами. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 410–413. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25781
Гозал Одилова, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека Джизакский филиал

talaba

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola hozirgi kunda dolzarb bo`lib keladigan rahbarlik, liderlik sfatlarini horij olimlari tomonidan o‘rganilishini yoritib berishga qaratilgan. Shuningdek, muvaffaqiyatli liderning oʼziga xos xususiyatlarini hamda ularning majburiyatlarini tahlil qiladi.

Похожие статьи


background image

410

XORIJ PSIXOLOG OLIMLARI TOMONIDAN LIDERLIKNING

SHAKLLANISHI MASALALARINING TADQIQ ETILISHI

Boyqulova Mohinur Ravshan qizi

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Odilova Go‘zal Odil qizi

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabasi

mohinurravshanovna96@gmail.com

Аnnotatsiya:

Ushbu maqola hozirgi kunda dolzarb bo`lib keladigan rahbarlik,

liderlik sfatlarini horij olimlari tomonidan o‘rganilishini yoritib berishga qaratilgan.
Shuningdek, muvaffaqiyatli liderning oʼziga xos xususiyatlarini hamda ularning
majburiyatlarini tahlil qiladi.

Kalit soʻzlar

: rahbar, lider, yetakchi, optimistik ruh, liderlik psixologiyasi.

Liderlikning kelib chiqishiga shakillanishiga nazar soladigan bo‘lsak,

yetakchilikdek murakkab va muhim ijtimoiy noyob hodisani o‘rganish hamda tahlil
etishning ibtidosi uzoq tarixga borib taqaladi. Qadimgi zamon tarixchilari Gerodot,
Pulutarx, Kanfutsiy, N.Makiavelli va boshqalar o‘z davri yetakchilari sifatidagi ilmiy
merosi

diqqatga

sazovordir.

Ularning

fikricha,

yetakchi-butun

jamiyatni

jipslashtiruvchi, ijtimoiy tartiblarni saqlab qolish va mustahkamlash uchun har qanday
vositalarni qo‘llovchi hukmdordir. Makiavelli tomonidan ishlab chiqilgan ayyorlik va
kuchni mohirona birlashtirishni taqozo etuvchi g‘arbona mentalitet aks etgan amaliy
maslahatlar Kromvel, Napaleon va boshqa ko‘plab yevropalik siyosatchilar tomonidan
yuqori baholangan.

XIX asrga kelib shaxs irodasini jamiyat taraqqiyotining belgilovchi kuchi, deb

hisoblovchi bir qancha nazariyalarpaydo bo‘lgan. Yetakchilik to‘g‘risidagi bu nazariya
vakillari Tomas Karleyl(1795-1881) va Ralf Uoldo Emersonlar(1803-1882) fikricha,
odamlarning ko‘pchiligi barcha munosabatlarda yetakchilarning yo‘naltiruvchi
ta’sirisiz normal hayot kechira olmaydilar. Insoniyatning maqsadi- deb yozadi Fridrix
Nitsshe - uning oliy vakillarida mujassam bo‘ladi…Insoniyat buyuk odamlarni yaratish
uchun tinimsiz mehnat qilishi zarur-uning vazifasi faqat shunda va boshqa hech
narsada emas.
Liderlar, yetakchilar to‘g‘risidagi zamonaviy nazariyalarga Gabriyel Tard
(1843-1904) ijodi sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan. U ijtimoiylashuv to‘g‘risidagi
nazariya asoschilaridan biri bo‘lib, hayotning asosiy qonunlaridan biri-yetakchilarga
ular izdoshlarining taqlid qilishidir degan g‘oyani asoslashga harakat qiladi. Jamiyat
taraqiyyotining asosiy manbalaridan biri Tardning fikricha, tashabbuskor va noyob
shaxslar tomonidan qilingan yangiliklar, kashfiyotlardir.
Mark Tvenning tariflashicha lider atrofdagilarga ta’sir o’tkazish qobiliyatiga ega
bo’lishi kerak. Unda boshqalarni o’z ortidan ergashtirish, to’g’ri yo’lga yetaklash,
safdoshlariga o’z iste’dodini topishda va rivojlantirishda ko’maklashish, yordamini
ayamaslik kabi xususiyatlar jam bo’ladi. Hozir kundan kunga rivoj topib kelayotgan
davrda liderlarga bo’lgan talabning kuchayganligini tan olmasdan ilojimiz yo’q.
Liderlik psixologiyasining zamonaviy va ko’p uchraydigan muammolari safiga


background image

411

muloqotga kirisha olmaslik, javobgarlik va mas’uliyat hissining yetishmasligi,
kelishuv va murosa qila olmaslik, reja qilingan ishda qoniqarli natijaga erisha olmaslik,
rag’batlantirish va jazolashning me’yori kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Demokratik va liberal tamoyillardan unumli hamda to’g’ri foydalana bilish ham
liderlikning ko’p uchraydigan muammolaridan hisoblanadi. Lider ko’p hollarda liberal
tamoyil asosida ish ko’radi, ya’ni barcha rejalari-yu, maqsadlaridan safdoshlarini
xabardor qiladi, ular bilan maslahatlashadi, ularning barchasiga birdek ishonadi va
hech biridan shubhalanmaydi. Bu guruh a’zolarining liderga bo’lgan hurmatini
oshiradi. Lekin shunday vaziyatlar bo’ladi-ki, lider o’z guruhi uchun o’zi qaror qilishi,
hech kimga tayanmasligi talab qilinadi. Demokratik tamoyilda ish olib boradigan lider
esa aksincha, faqat o’ziga tayanadi, hech kimga ishonmaydi va maslahatlashmaydi.
Qarorlar lider tomonidan o’rnatiladi va hammadan ularga bo’ysunish talab qilinadi. Bu
guruh a’zolarining o’ziga bo’lgan ishonchi pasayishiga olib keladi. Lekin ba’zida
boshqalarning fikrini ham tinglay bilish, ular bilan fikr almashish foyda beradi. Bundan
kelib chiqadi-ki, lider demokratik va liberal tamoyillarning har ikkalasidan o’z vaqtida
oqilona foydalana bilishi darkor.

Liderlik tabiatini tushintirishga bo‘lgan intilishlar ko‘pgina nazariyalarni paydo

qildi. Ulardan eng qadimiyrog‘i va ahamiyatini hozirga qadar yo‘qotmagani xislatlar
nazariyasidir. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri E.Bogardus fikricha, a’lo darajali
intelektual iste’dodlar shaxsga ertami-kechmi liderlikka olib keluvchi ko‘zga
ko‘ringan mavqeni beradi.

Liderlik hodisasi to'g'risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari xaqida ham

qisqacha to'xtalib o'tish o'rinlidir. Hozirgi kunga qadar liderlik to'g'risida asosan uchta
nazariya mavjud:

• Xarizmatik nazariya;
• vaziyatga bog'liqlik nazariyasi;
• sintetik nazariya.
1. Xarizmatik nazariya
Birinchisi "liderlik sifatlari nazariyasi"dir yoki xarizmatik nazariya. Uning

mohiyati shuki, hamma ham lider bula olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar
yig'indisi tug'ma mavjud bo'lib, ular uning guruhda lider bo'lishini ta'minlaydi.
Masalan, 1940 yilda amerikalik K. Berd 79 sifatdan iborat bo'lgan liderlik qirralari
ro'yxatini tuzdi. Bu ro'yxatda jumladan tashabbuskorlik muloqotga kirisha olish,
yumor hissi, o'ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul kila olish, tashkilotchilik kabi
sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yuqoridagi
sifatlar qanday qilib namoyon bo'ladi-yu, qanday shakllanishini tushuntirib bera
olmadi, ikkinchidan, so'roqlar mobaynida birorta sifat ham mutlaq ko'p marta qayd
etilmadi.

Vaziyatga bog'liqlik nazariyasi
Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bog'liqligi nazariyasidir. Bu erdagi

asosiy g'oya — lider vaziyatning mahsuli degan g'oyadir. Har bir odamda liderlik
sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning o'zlarini ko'rsatishlari, lider
bo'lishlari uchun qulay hisoblanadi.

Sintetik nazariya


background image

412

Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo'lgan uchinchi

nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderni guruhiy
munosabatlarning bevosita mahsuli deb qaraydi, liderning ruyobga chiqishida
guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.

Psixolog A.N. Leontevning faoliyat kontsepsiyasiga tayangan holda, liderlikni

faoliyat mahsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosabati va guruhda qabul qilingan
normalar va ijtimoiy kutishlarga kim ko'proq javob berishiga qarab liderni aniqlash
mumkin. Ijtimoiy kutishlar nazariyasi hozirda ko'pchilik tomonidan ma'qul
yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda.

R.Stogdill yozishicha, liderlik qandaydir ijtimoiy vaziyatlarda kishilar o‘rtasida

mavjud bo‘ladigan aloqadir, bir vaziyatda yetakchi bo‘lgan kishilar boshqa
vaziyatlarda ham albatta shunday bo‘la olmaydi.

Siyosiy yetakchilik tabiatini, uning subyektiv mehanizmlarini tushintirish va uni

bir xilda izohlash murakkab. Bu jareayonni o‘rganishda psixoanalitika nazariyasi
ancha yutuqlarga erishgan. Ushbu nazariya asoschisi Z.Freyddir. Bu nazariyaga ko‘ra
siyosiy yetakchilik negizida sensual harakterdagi, ya’ni sezgi, hissiyotlarga asoslangan
mayllar yotadi. Sublimatsiya, ya’ni boshqa holatga o‘tish jarayonida u ijodiy
faoliyatga, jumladan siyosiy yetakchilikka ham intilish sifatida namoyon bo‘ladi.
Ko‘pgina kishilarda rahbarlik lavozimlarini egallash subyektiv konpensatorlik
vazifasini bajaradi. Turli kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, nomukammallik, qadrsizlik
hissiyotini yengishga yordam beradi.

Liderlikning xarizmatik turiga M.Veber inqiroz davrida jamiyatni inqilobiy

tarzda yangilashning muhim harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaraydi. Chunki
yetakchilikning bu turi hukmdor-yetakchining qudratiga nisbatan xalqning cheksiz
ishonchiga asoslangandir.

Ijtimoiy psixologiyada boshqaruv sohasida batafsil o'rganilgan muammolardan

biri — turli boshqaruv uslublaridir. Bu sohada nemis olimlari G.Gibsh va M. Forverg,
rus olimlari V.D. Parigin, L.N. Umanskiy, M.Yu. Jukov va boshqalarning ishlari
ayniqsa diqqatga sazovordir. Barcha ilmiy tadqiqotlarni umumlashtirgan holda ijtimoiy
psixologiyada qabul kilingan uch asosiy boshqarish uslublariga harakteristika berib
chiqamiz. Bu uch uslub:

• Avtoritar;
• Demokratik;
• Liberal ish uslublaridir.
Yosh liderlarni aniqlash va rivojlantirishning umumilliy tizimi konsepsiyasi har

bir shaxsning o’z istedodini namoyon etishi va qo’llashi, o’z kasbida muvafaffaqiyat
qozonishi uchun amalga oshirilayotgan imkoniyatlar hayot yo’llarining
yaxshilanishiga ta’sir ko’rsatishini, moddiy o’sish va demokratik institutlar
mustahkamligini taminlashni belgilab beradi. Liderlik sifatlari insonga o’zi va o’zgalar
oldiga ishonch bilan yangi topshiriq va vazifalarni qo’yish, ularni hal qilishning
samarali usullarini belgilash imkonini beradi. O’smirlik yoshi kasbiy va shaxsiy
rivojlanishning asosiy bosqichi bo’lib, shaxsning faol rivojlanishiga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

X.T.Odilqoriyev, D.X.Razzoqov “Siyosatshunoslik” Toshkent 2012


background image

413

2.

Iqtibos manbai: Bogardus E. Leadership.-New York, 1934-P.138

3.

Buribaevich, M. K., Mokhinur, B., & Mehribonu, A. (2022). Psychological

Aspects Of Leader Traits In Boys And Girls In Different Family Settings. Eurasian
Journal of Humanities and Social Sciences, 5, 129-134.

4.

Buribaevich, M. K., Mehribonu, A., & Mokhinur, B. (2022). The Influence of

Parents on The Leadership of Children in The Family-As A Psychological Factor in
Parenting. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 5, 122-128.

5.

Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. -T.: “Akademiya”, 2006.241-b

6.

Umida, K., & Qizi, R. A. Z. (2023). TALABA-YOSHLARNI IJTIMOIY

OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI.

7.

Karakulova, U. A., Nortoyeva, S. Q. Q., & Yangiboyeva, D. U. B. Q. (2023).

OILAVIY MUHITI VA DEVIANT XULQ ATVOR SHAKLLANISHI. Academic
research in educational sciences, 4(TMA Conference), 796-800.

O‘QUVCHILARDA AXBOROT BILAN ISHLASH KOMPETENLIGINI

RIVOJLANTIRISHNING METOD VA USULLARI

Karshiyev Abror Amrullayevich

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

abrorkarshiev@jbnuu.uz

Annotatsiya:

Maqolada

o‘quvchilarning

axborot

kompetentligini

rivojlantirishning metodik jihatlari oʼrganilib, ishchi taʼrif qabul qilingan. Axborot
kompetenligini rivojlantirish jarayonini mustaqil hayotiy faoliyat davomida axborotlar
bilan ishlash kabi yondashuv asosida tashkil etish boʼyicha metodik tavsiyalar ishlab
chiqilgan.

Kalit soʻzlar:

kompetentsiya, kompetentlik, axborot kompitentlik, axborot –

komunikattsiya texnalogiyalari, maktab.

Bugungi kunda intellektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari

asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan, mustaqil ravishda zaruriy
axborotlarni izlab topadigan va ulardan tahlil asosida zaruriylapini ajpatib oladigan,
bapcha bilan muloqotga kipisha oladigan, ta’lim muassasasidan olgan bilimlapini
shaxsiy va ta’limiy ehtiyojlapida qo‘llay oladigan yoshlapni tapbiyalash masalalapiga
katta e’tibop qapatilgan. Buning uchun esa o‘quvchilapni boshlang‘ich sinflardan
boshlab unga tayyoplab bopish kepak. Ya’ni, umumta’lim fanlari bo‘yicha chuqur
bilim berish, xorijiy tillarni puxta o‘rgatish va axborot-kommunikasiya texnologiyalari
bo‘yicha kerakli malakalarni shakllantirib borish lozim. Ma’lumki, biz hozirgi kunda
axborotlar olamida yashayapmiz. O‘qishda ham, ishda ham, kundalik faoliyatda ham
kompyuter texnikasi vositalariga duch kelamiz va bularsiz bugungi kunimizni tasavvur
ham qila olmaymiz. Shunday ekan maktab o‘quvchilarga informatika va axborot
texnologiyalari fanidan chuqur bilim berish, kompyuter va uning boshqa texnik
vositalaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanishga o‘rgatish kerak. O‘quvchilar esa zaruriy

Библиографические ссылки

X.T.Odilqoriyev, D.X.Razzoqov “Siyosatshunoslik” Toshkent 2012

Iqtibos manbai: Bogardus E. Leadership.-New York, 1934-P.138

Buribaevich, M. K., Mokhinur, B., & Mehribonu, A. (2022). Psychological Aspects Of Leader Traits In Boys And Girls In Different Family Settings. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 5, 129-134.

Buribaevich, M. K., Mehribonu, A., & Mokhinur, B. (2022). The Influence of Parents on The Leadership of Children in The Family-As A Psychological Factor in Parenting. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 5, 122-128.

Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. -T.: “Akademiya”, 2006.241-b

Umida, K., & Qizi, R. A. Z. (2023). TALABA-YOSHLARNI IJTIMOIY OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Karakulova, U. A., Nortoyeva, S. Q. Q., & Yangiboyeva, D. U. B. Q. (2023). OILAVIY MUHITI VA DEVIANT XULQ ATVOR SHAKLLANISHI. Academic research in educational sciences, 4(TMA Conference), 796-800.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов