Методика развития речевой компетентности у студентов профессионально-технических учебных заведений

CC BY f
417-420
0
1
Поделиться
Маманова, С. (2023). Методика развития речевой компетентности у студентов профессионально-технических учебных заведений. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 417–420. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25785
Сайёра Маманова, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека Джизакский филиал

stajyor-tadqiqotchisi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada nutq kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik aspektlari, filologik darslarda nutq kompetesiyasini takomillashtirish ahamiyati tushuntirilgan. Maqolada kasb hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining nutqiy imkoniyatlarini oshirishning ahamiyati hamda nutq kompetensiyasini takomillashtirishning samarali usullari ko‘rsatilgan.

Похожие статьи


background image

417

9. Obid o‘g A. S. J., Kamalidin o'g A. A. M., Kamoliddin o‘g A. N. N. Numpy

Library Sapabilities. Vestorized Salsulation In Numpy Va Type Of Information
//Eurasian Research Bulletin. – 2022. – T. 15. – S. 132-137.

10. Qarshiev A. MAKTAB YuQORI SINF O‘QUVChISINIG AXBOROT

KOMPETENTLIGI TUZILMASI //Jurnal matematiki i informatiki. – 2020. – T. 1. –
№. 1.

KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI O‘QUVCHILARIDA NUTQIY

KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Mamanova Sayyora Faxriddinovna

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali stajyor-tadqiqotchisi

sayyoramamanova94@mail.com

Annotatsiya

: Ushbu maqolada nutq kompetensiyasini takomillashtirishning

pedagogik aspektlari, filologik darslarda nutq kompetesiyasini takomillashtirish
ahamiyati tushuntirilgan. Maqolada kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining
nutqiy imkoniyatlarini oshirishning ahamiyati hamda nutq kompetensiyasini
takomillashtirishning samarali usullari ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar

: kompetensiya, nutqiy kompetensiya, interfaol ta’lim

texnologiyalari, tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish, gapirish.

Mamlakatimizda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarga innovatsion,

ilg‘or usullar va metodlarni qo‘llab, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanib taʼlim berish hamda o‘quvchilarning taʼlimdagi sifat samaradorligini
oshirish, yoshlarni raqobatbardosh qilib tarbiyalash taʼlim tizimi oldida turgan asosiy
vazifa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrdagi
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining

2017-yil

7-fevraldagi

“O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947- sonli, Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb- hunar
taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187- sonli qarori,
2019- yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmonlarida
belgilangan qator vazifalar o‘quvchilarning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarini
rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Shu bois ilm berishda sharq allomalari mustaqil
fikrlash, fikrni bayon qilish, nutq tuzish jarayonidagi muhim jihatlarni qamrab oluvchi
ilmiy qarashlarini qayd qilganlar va shu bilan bir qatorda, nutqning ilmiy- nazariy
tomoni lugʼatlarda, darslik va o‘quv va metodik qo‘llanmalarda izoh berilib, atroflicha
yoritilgan.

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar tufayli yangi pedagogik

texnologiyalarga talab ham oshib bormoqda.

Buyuk bobomiz Farobiyning fikricha, qanday qilib taʼlim berish va taʼlim olish,

fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish
(masalasi)ga kelganda, bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, yaʼni


background image

418

substantsiya va aktsidentsiyalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir. Ikkinchi ilm
grammatikadir. U jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda
substantsiya va aktsidentsiyaning joylashishiga va undan chiqadigan natijalarni
ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi. Uchinchi ilm
mantiqdir. U maʼlum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan
qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz
bilmagan narsalarni bilib olamiz, hamda nima to‘g‘ri va nima yolg‘on ekanligi haqida
hukm chiqaramiz”. Shu nuqtayi nazardan ham kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari nutqida
mantiq ilmiga asoslanib fikr-mulohaza bildirish maqsadga muvofiq. Shu bois ular
xotirasidagi so‘z zahirasini o‘z nutqi orqali harakatga keltiradi. Ta’lim jarayonida nutq
o‘stirish o‘qituvchi va o‘quvchining nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va
o‘stirishga qaratilgan hamkorlikdagi amaliy faoliyatdir. Kasb-hunar ta’limi
o‘quvchilar nutqini o‘stirish hamisha pedagogik rahbarlikni talab etadi.

Kasb-hunar maktablarida filologik fanlarni o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida

“o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda
yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani
shakllantirish, o‘quvchida grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika,
leksikologiya, yozuv, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va
imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish,
tilimizning keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon
eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan
iborat” ekanligi belgilangan. Kompetensiyalarni shakllantirishga yoʼnaltirilgan taʼlim
– oʼquvchilarning egallangan bilim, koʼnikma va malakalarini oʼz shaxsiy, kasbiy va
ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʼllay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy
yondashuvga asoslangan taʼlim oʼquvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga
ega boʼlish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot- kommunikatsiya
texnologiyalaridan oʼz faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar
tanlash, sogʼlom raqobat hamda umummadaniy koʼnikmalarini shakllantirdi. Kasb-
hunar maktablarida filologik darslarning sifat va samaradorligini oshirishda nutqiy
kompetensiyalarning o‘ziga xos o‘rni muhim sanaladi. . Kasb-hunar maktablarida
filologik darslarda o’quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish
metodikasini

takomillashtirish

innovatsion

metodlar

asosida

amalga

oshirildi. Jumladan, Kasb-hunar maktablarida filologik darslarda innovatsion, interfaol
ta’lim texnologiyalar (“Emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlar ustida ishlash”
metodi, “Onlayn topshiriq berish” metodi, “Savodxon” metodi, Grammatik-assotsiativ
metod, va “Qiziqarli taqdimot”, “Zukkolik”, “Sub’ektiv munosabat”, “Ma’nosiga
izoh”, “Bahs-munozara” o‘yinlari) tushunib so‘zlash, ifodali o‘qish, adabiy til
me’yorlariga amal qilib yozma nutqini o‘stirish uchun samarali natijalar beradi.

Shuningdek kasb-hunar maktablarida filologik darslarda:

“Savodxon” metodi yordamida imloviy me’yorlarni aniqlashtirish;

“Grammatik-assotsiativ metod” metodidan foydalanib o‘quvchilarni mavzu

doirasida tilshunoslik asoslari bo’yicha grammatik qoidalar negizida matn turlarini
tuzish va yozish;

“Onlayn topshiriq berish” metodi vositasida masofaviy ta’limda lingvistik

kompetensiyalar negizida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish;


background image

419

“Qiziqarli taqdimot” metodi o‘tkazish orqali rasmiy matnning rekvizitlariga

rioya qilib tuzish; bahs-munozara asosida davra suhbatini tashkil etish;

“Ma’nosiga izoh” metodi yordamida o‘quvchilarning olib borilayotgan dars

mashg‘ulot doirasida so‘zlarning ko‘chma ma’nolarini og‘zaki va yozma nutqida
foydalanishi mumkin.

Kasb-hunar

maktablari

o‘quvchilarning

nutqiy

kompetensiyalarni

rivojlantirishda o‘qituvchining darsga jiddiy yondashishi zarur. O‘qish texnikasini
egallashda takror o‘qish samara beruvchi nutqiy faoliyatdir. Bir marta o‘qilgan matn o
‘quvchida yetarlicha tushuncha va bilim hosil qilmasligi mumkin. O‘qish faoliyatining
qiziqarli tashkil qilinishi ularning chuqur bilim egallashga yo ‘naltiradi.Muntazam
kitob o ‘qish, ilmiy, badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish muayyan motivlarni o’zida
tarkib toptiradi. Binobarin, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda
yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib quyidagi omillarni keltirish mumkin: o‘quv
dasturida berilgan mavzular bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;
o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish; mashq va topshiriqlarni
bajartirish orqali nazariy bilimlarini mustahkamlash va nutqini o‘stirish; darslikda
berilgan matn va lug‘at ustida ishlashni muntazam olib borish; mashg‘ulotlarda ilg’or
texnologiyalar va zamonaviy metodlar asosida bog’lanishli matn tuzish va yozish
malakalariga e’tibor qaratish; ilmiy qarashlarga va badiiy ifodalarni izohlab, ularga
subyektiv munosabat bildirish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish. Kasb-
hunar maktablarida ta’lim olayotgan har bir o‘quvchi uchun yuqorida keltirib o‘tilgan
bu motivlar ularni kelajak hayotlarida eng kerakli dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, kasb-hunar maktablarida filologik

fanlarni o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda turli vaziyatlarda o‘z fikrini og‘zaki
va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, og‘zaki va yozma savodxonlik
malakalariga ega bo‘lgan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy
fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati
rivojlangan shaxsni kamol toptirish ekanligi ta’kidlanmoqda. Kasb-hunar maktablarida
filologik fanlarni o‘qitishning asosiy vazifasi esa, kasb-hunar maktablari o‘quvchilarini
fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli
bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish; o‘quvchilarda
grammatikaga oid o‘zlashtirilgan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, yozuv, talaffuz
va imlo me’yorlariga oid tushunchalarni) rivojlantirish; tilning keng imkoniyatlaridan
unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan
lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida” farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjati. – T.: 2017 yil, 6-son,
70-modda.

2.

Abdullayeva Q. Nutq o’stirish. – T.:O’qituvchi, 1980.66-bet

3.

Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboyeva R.N. Mustaqil fikrlash. –

T.:Sharq, 2000. 110-bet


background image

420

4.

Muhiddinov A.G’. O’quv jarayonida nutq faoliyati. – T.: O’qituvchi, 1995.

78-bet

5.

Tilakova M.A., Qoraev S.B. O‘quvchilarda kreativlik qobiliyatlarini

rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar. Academic research in educational sciences, 4(2).


OʻQITUVCHINING KASBIY FAOLIYATIDA PEDAGOGIK

QOBILIYATLARNING O‘RNI

Komilova Aziza Sunatullayevna

Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Annotatsiya:

Ushbu maqolada pedagogik faoliyatda psixologiyaning o`rni,

pedagogning o`z faoliyatida muvaffaqiyatni ta`minlovchi umumiy va mahsus
qobiliyatlari haqida ma`lumotlar yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

pedagogika, psixologiya, tarbiya, ta`lim, faoliyat, pedagogik

faoliyat, o`qituvchi, ilmiy faoliyat, qobiliyat, umumiy va maxsus qobiliyat.

O‘qituvchilik — inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu

bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq deb
hisoblanib, e’zozlab kelingan kasbdir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev yoshlar bilan olib boriladigan ma’naviy-

ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi haqida shunday yozadi: “Albatta,
biz mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustaqil
hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha katta ishlarni amalga
oshirmoqdamiz. Ammo xolisona tan olib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda butun
dunyoda aholining, birinchi navbatda, yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun
qanday keskin kurash borayotganini, diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik,
“ommaviy madaniyat” kabi tahdidlar kuchayayotganini hisobga oladigan bo‘lsak,
farzandlarimiz tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarimizni bir zum
susaytirmasdan, aksincha, ularni yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur”.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2019 yildagi 472-

sonli qarorida ko‘rsatilganidek: “So‘nggi yillarda mamlakatda psixologiya sohasida
pedagog kadrlarni tayyorlash hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashga oid bir qator ishlar amalga oshirildi.

Ma’lumki, pedagogika va psixologiya fani tarbiya va ta’limning inson rivoji,

shaxs kamoloti va mutaxassis sifatida shakllanshida ta’lim tizimi uning ruxiy xolatini
o`z ichiga olmaydigan etnik antropologik, genetik tarixiylik, mustakillik, tabiiy-
ekologik intuitiv, ruxiy-xissiy bilish, rivojlanish, komillik omillariga xam suyanadi.
Bundan tashqari pedagogika va psixologiya fani oldiga yangicha fikrlash, yangicha
tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakltantirish vazifalari
qo`yildi.

Hozirgi jamiyatimizda o‘qituvchining mustaqil ravishda bilimlarni egallab, o‘z

malakasini oshirib borishi bir tomondan o‘qituvchilik faoliyatining borgan sari
naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjati. – T.: 2017 yil, 6-son, 70-modda.

Abdullayeva Q. Nutq o’stirish. – T.:O’qituvchi, 1980.66-bet

Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboyeva R.N. Mustaqil fikrlash. – T.:Sharq, 2000. 110-bet

Muhiddinov A.G’. O’quv jarayonida nutq faoliyati. – T.: O’qituvchi, 1995. 78-bet

Tilakova M.A., Qoraev S.B. O‘quvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar. Academic research in educational sciences, 4(2).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов