Эпос Сак-Массагет и его эпическая трансформация

CC BY f
461-463
1
0
Поделиться
Кучкаров, Т. (2023). Эпос Сак-Массагет и его эпическая трансформация. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 461–463. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25797
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ma’lumki, O`rta Osiyoda yashagan qadimgi aholi folklori, xususan, sak-massaget eposi namunalarining qadimgi yunon manbalaridan, xususan, Gerodotning “Tarix” asaridan o`rin olgan. Gerodot skiflar diyori bo`ylab qilgan sayohatlari chog`ida o`zining mahalliy aholining boy og`zaki ijodi, ayniqsa, qahramonlik va jasoratni tasvirlovchi epik asarlari bilan tanishgan. SHuning uchun ham u uz “Tarix”ida skif qabilalari hayoti bilan bog`liq u yoki bu rivoyatni keltirishdan avval so`zni “aytishlaricha”, “menga aytib berishlaricha”, “hikoya qilishlaricha” kabi birikmalar bilan boshlaydi. Bu esa Gerodot asarida keltirilgan skif folklori namunalari bevosita og`zaki an’anaga borib taqalishidan darak beradi. Gerodotning “Tarix” asarida keltirilgan “skif hikoyalari”ning negizi folklorga borib bog`lanishini D.S.Raevskiy va L.A.Lelekovlar ham qayd etishgan.


background image

461

5.

Араб оглы Э. Конец вечности / Библиотека научной фантастики. Т. 9. –

Москва: Молодая гвардия, 1966. – С. 141.

6.

Bostrom N. A Histoty of transhumanist thought // Journal of Evolution and

Technology. – 2005. – № 1. – Vol. 14.


SAK-MASSAGET EPOSI VA UNING EPIK TRANSFORMASIYASI

f.f.d. (DSc), dots. Kuchkarov Tuxtamurod Olimovich

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, O‘zbekiston

Ma’lumki, O`rta Osiyoda yashagan qadimgi aholi folklori, xususan, sak-massaget

eposi namunalarining qadimgi yunon manbalaridan, xususan, Gerodotning “Tarix”
asaridan o`rin olgan. Gerodot skiflar diyori bo`ylab qilgan sayohatlari chog`ida
o`zining mahalliy aholining boy og`zaki ijodi, ayniqsa, qahramonlik va jasoratni
tasvirlovchi epik asarlari bilan tanishgan. SHuning uchun ham u uz “Tarix”ida skif
qabilalari hayoti bilan bog`liq u yoki bu rivoyatni keltirishdan avval so`zni
“aytishlaricha”, “menga aytib berishlaricha”, “hikoya qilishlaricha” kabi birikmalar
bilan boshlaydi. Bu esa Gerodot asarida keltirilgan skif folklori namunalari bevosita
og`zaki an’anaga borib taqalishidan darak beradi. Gerodotning “Tarix” asarida
keltirilgan “skif hikoyalari”ning negizi folklorga borib bog`lanishini D.S.Raevskiy va
L.A.Lelekovlar ham qayd etishgan.

O`zbek xalq ijodidagi epik syujetlar va an’anaviy motivlarning tarixiy asoslarini

aniqlashda qadimgi yozma manbalar orqali saqlanib qolgan arxaik folklor namunalari
yoki ularning qoldiq holidagi ko`rinishlarini qiyosiy tahlil qilish substrat hodisalarning
ham ahamiyati kattadir. Sak-massaget qabilalari eposining reliktlari O`rta Osiyo
hududida istiqomat qilgan ko`pgina xalqlar va elatlarning folklor an’analari rivojiga
kuchli ta’sir ko`rsatganligiga ilmiy adabiyotlarda ko`plab dalillar mavjud. Xususan,
osetin tili va folklorining tadqiqotchisi V.I.Abaev qadimgi skiflar folklorining epik
transformasiyasi haqida fikr yuritar ekan, shunday yozadi: “Osetin xalq qahramonlik
eposining yetakchi personajlaridan biri Satani obrazining genezisini aniqlash
nartshunoslikning asosiy masalalaridan sanaladi. Bunday g`aroyib obraz faqatgina
ijtimoiy hayotda ayollarning roli ustuvorlik qilgan jamiyat og`zaki ijodidagina yuzaga
kelishi mumkin. SHunda beixtiyor skif (sak, massaget) eposida tasvirlangan ayollar
obrazi yodga tushadi: yengilmas Kirga qaqshatgich zarba bergan jasur To`maris
(Gerodot), Amagi (Polien), Zarina (Ktesiy). SHuningdek, qadimgi dunyo muarrixlari
asarlaridagi “ayollar hukmronlik qiladigan” sarmat qabilalari to`g`risidagi
qaydnomalarni ham eslaymiz. Bu kabi boshqa parallelliklar va qiyosiy tahlillar asosida
shuni ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, osetin xalq qahramonlik dostonining tarixiy
asoslari sarmat va skif (sak, massaget) eposiga borib taqaladi, binobarin, osetin epik
kuychilari ana shu qadimgi qavmlarning epik an’analarini izchil davom ettirib
kelishmoqda”.

Bugungi kunda Kavkazda istiqomat qiluvchi osetinlarning qadim ajdodlari – os

va alanlar bir zamonlar O`rta Osiyoda, aniqrog`i, Xorazm vohasi va Amudaryo
bo`ylarida istiqomat qilganligini, Abu Rayhon Beruniyning Amudaryo suvining


background image

462

kamayishi natijasida Uzboy sohillarida yashagan os va alan urug`i vakillari Hazar
(ya’ni Kaspiy) degizi ortiga ko`chib o`tganligi, bu qavmlarnig tili xorazm va bijnoq
(qipchoq) tilining aralashmasidan iborat bo`lganligi to`g`risidagi dalillarga
suyanadigan bo`lsak, osetin qahramonlik eposida qadimgi sak-massagetlar folklori
epik syujetlari va motivlari saqlanib qolganligini tarixiy-vorisiy aloqador mahsuli deb
baholash mumkin bo`ladi.

Ma’lumki, asosan Sirdaryo, Zarafshon va Amudaryo havzasidagi ulkan hududda

istiqomat qilgan sak, massaget qabilalari O`rta Osiyo turkiy xalqlari, xususan, o`zbek
xalqining qadimgi ajdodlari hisoblanadi. Asosan, ko`chmanchi chorvadorlik, yarim
o`troq va o`troq dehqonchilik bilan mashg`ul bo`lgan sak va massaget qabilalari
uyushmasiga kiruvchi aholi o`z ona yurti, oilasi va qadriyatlarini bosqinchi
dushmanlardan mardonavor himoya qilgan. Qadimgi yunon yozma manbalari orqali
saqlanib qolgan ma’lumotlarga qaraganda, saklar juda mard, tanti va jasur bo`lib,
dushmanlariga qarshi otda ham, piyoda ham jang qila olishgan. Ularning og`zaki
ijodida yaratilgan ko`pgina folklor asarlari asosan qahramonlik xarakterida
ekanligining sababi ham ana shunda.

YUqorida keltirilgan iqtibosda O`rta Osiyo xalqlari hayoti bilan bog`liq folklor

asarlarining qadimgi yunon manbalari orqali yetib kelgan relikt, ya’ni qoldiqlarini “sak
xalq eposi namunalari” tarzida talqin qilish o`zini to`la oqlaydi. Ammo bu materiallar
folklorning qaysi janriga mansubligini belgilashda muallif fikrlari biroz bahstalabligi
ham ko`zga tashlanadi. Bu o`rinda To`maris, SHiroq, Amorg va Sparetta to`g`risidagi
folklor namunalarining janri ikki xil tarzda, ya’ni “afsona” va “qissa” deb belgilangan.
Agar afsona xalqning qadimiy e’tiqodlari va mifologiya bilan bevosita bog`liq bo`lib,
voqelikni xayoliy uydirmalar vositasida fantastik talqin asosida ifoda etuvchi folklor
janri ekanligini hisobga olsak, qadimgi yunon mualliflarining To`maris, SHiroq,
Amorg va Sparetta haqidagi hikoyalari janr nuqtai nazaridan rivoyat ekanligi ma’lum
bo`ladi. Qadimgi sak-massagetlar folklorida To`maris va SHiroq kabi xalqparvar,
yurtparvar qahramonlarning jasoratini tarannum etuvchi qahramonlik eposi
namunalari, shuningdek, Amorg va Sparetta, Zariadr va Odatida, Strangey va Zarineya
to`g`risidagi ishqiy-romanik dostonlar yaratilgan va xalq orasida keng tarqalgan
bo`lishi tabiiydir. Agar sak-massaget epik an’anasida bu kabi yirik epos namunalari
mavjud bo`lmaganida bu etnoslar to`g`risida so`z yuritgan antiq davr mualliflari
yuqorida nomlari zikr etilgan epik obrazlar va ularning sarguzashtlari bayon etilgan
rivoyatlarni keltirib o`tmagan bo`lishar edi.

Sak-massagetlar folklorida tarixiy qo`shiq, tarixiy afsona va rivoyat janrlari bildan

bir qatorda qahramonlik dostonlari muhim o`rin tutgan. O`zbek xalq dostonchiligi
an’analarining arxaik davrini tashkil etadigan sak-massaget eposi o`z mohiyati va
xarakteriga ko`ra qahramonlik dostonlaridan iborat bo`lganligini T.Mirzaev va
B.Sarimsoqovlarning “qadimgi massaget va sak qabilalarining eposi qahramonlik
eposi xarakterida bo`lib, ularda vatanparvarlik, mardlik, vafodorlik kabi xislatlar
ulug`langan”, ‒ degan fikri ham tasdiqlaydi. Folklorshunos M.Qo`shmoqov ham
“Gerodot “Tarix”ida ham qahramonlik eposining toji – alp xotun xarakteri balqib
turadi”, ‒ deb yozadi. Darhaqiqat, qadimgi O`rta Osiyoning jo`g`rofiy tuzilishiga nazar
tashlasak, juda sersuv bo`lgan Amudaryo hozirgi Uzboy sho`rxokligi orqali Kaspiy
dengiziga quyilgan paytda uning o`ng sohilidagi hudud Turon, chap qirg`og`idan


background image

463

boshlanadigan yerlar esa Eron deb atalganligini ko`ramiz. YUnon mualliflarining
tarixiy asarlarida ham qadimgi turonliklar, shu jumladan, sak, massaget qabilalarining
bosqinchilik maqsadida qo`shin tortib kelgan Eron shohi Kirga qarshi olib borgan
mardonavor kurashi bayon qilingan lavhalar ko`p keltirilgan. Demak, o`z yurtining
ozodligi va hurligini hamma narsadan ustun qo`ygan sak va massaget qabilalarining
turmush tarzi, orzu-intilishlari, vatanparvar o`g`il-qizlarining mardligi tasvirlangan
epik asarlar ham qahramonlik eposi tarzida kuylangan bo`lishi ehtimoldan xoli emas.

Sak eposi o`zining mohiyati qahramonlik xarakteriga ega bo`lgan, degan ilmiy

farazni ilgari surgan o`zbek folklorshunoslari T.Mirzaev va B.Sarimsoqovlar “ana shu
qahramonlik xarakterining haqqoniyligini tasdiqlovchi bironta epos namunasi bizga
qadar yetib kelganmi?” degan savolga shunday javob berar ekanlar, “Ha, yetib kelgan.
Lekin eposga xos u relikt ham aynan epos shaklida emas, balki mazmunan yetib
kelgan”, deb yozadilar hamda o`zbek folklorida mavjud bo`lgan “Oysuluv” garchi
doston shaklida keyinroq yuzaga kelgan bo`lsa-da, biroq o`zining hayotiy-tarixiy
asoslari bilan To`maris afsonasiga borib taqalishini” qayd etadilar.

Darhaqiqat, sak-massagetlar mifologiyasi va epik an’analarining izlari turkiy

xalqlar, shu jumladan, o`zbek folklorida ham ko`p uchraydi. “Go`ro`g`li” turkumiga
mansub o`zbek xalq dostonlarida qahramon o`zining qirq yigitlarida birortasini u yoki
bu yumush bilan safarga jo`natishdan avval ularga bir kosa may tutadi. SHunda yigitlar
orasidan chiqqan eng botir va jasuri ana shu kosani olib ichadi va safarga jo`naydi. Bu
o`rinda may to`la kosa qahramon tushida yoki ovga borganida ko`rib, oshiq bo`lib
qolgan parini olib kelishga qodir bo`lgan bahodirni aiqlashnig timsoliy vositasi
vazifasini bajaradi. Bu motiving tarixiy asoslari esa bevosita qadimgi sak-massaget
eposiga borib taqaladi.

Gerodotning yozishicha, skiflarda muqaddas qadah bo`lib, unda bir yil davomida

jangda dushmanlarni mahf etgan kishigina may ichish huquqiga ega bo`lgan.
Xulosa qilib aytganda, o`zbek folklori epik syujetlarining arxaik qatlamini qadimda
Tog`li Oltoydan Kavkazortigacha bo`lgan ulkan hududda, shu jumladan,
mamlakatimizning Zarafshon vohasi, hozirgi Toshkent viloyati hamda Farg`ona
vodiysida istiqomat qilgan sak va massaget qabilalari eposi tashkil etadi. Jo`g`rofiy
jihatdan bunday ulkan hududda yashagan sak-massaget qabilalari nomoddiy
madaniyatining umumiy jihati ularning rivojlangan mifologik tasavvurlar tizimi, fanda
“hayvon uslubi” deb nom olgan mifopoetik tasviriy san’at usulini yaratganligi hamda
qahramonlik, mardlik va jasoratni kuylovchi yirik epik asarlarni o`z ichiga olgan
eposlar silsiga ega bo`lganligi bilan belgilanadi.

SOVET HUKUMATI YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA UMUMIY

OVQATLANISH TIZIMI FAOLIYATI: REJALAR VA MUAMMOLAR

t.f.f.d.(PhD), dots. Nasirov Bunyod Uralovich

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Annotatsiya:

maqolada muallif tomonidan O‘zbekistonda sovet davrida

umumiy ovqatlanish tizimi faoliyati, tizimdagi o‘zgarishlar, sovet hukumati davrida

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов