271
5-SHOʻBA
PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKADA ZAMONAVIY
METODLAR VA TEXNOLOGIYALAR
GLOBALLASHGAN JAMIYATDA AXBORIY TAHDIDLARDAN
SHAXSNING O‘Z-O‘ZINI PSIXOLOGIK HIMOYALASH MUAMMOLARI
p.f.d., prof. Umarov Baxriddin Mengboyevich
Alfraganus nodavlat universiteti, O‘zbekiston
Annotatsiya:
Maqolada globallashuv jarayonida shaxsning o‘z-o‘zini psixologik
himoyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, axboriy
tahdidlardan psixologik himoyalanish yo‘l va usullari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Globallashuv, shaxs, axborot, psixologik himoya, ommaviy
axborot vositalari, axboriy tahdid, mustaqil fikr, axborot kommunikatsiya tizimi, xulq-
atvor, egotsentrizm.
Erkin shaxs va ozod kishilik jamoasi bo‘lgan fuqarolik jamiyati sharoitida
axborot-psixologik xavfsizlikning o‘ziga xos tizimlari shakllanmog‘i lozim. Bu
bevosita OAV faoliyati va unga xizmat qiladigan axborot oluvchi, saqlovchi va
tarqatuvchi xodimlarning siyosiy saviyasiga, kasb mahoratiga, eng muhimi fuqarolik
pozitsiyasiga, jamiyat ishiga dahldorlik tuyg‘usiga bog‘liq. Zotan, axborot-psixologik
xavfsiz-likni ta’minlashning bosh mezoni va asosiy tayanchi – millatparvarlik,
vatanparvarlik, fidokorlik tuyg‘usi hisoblanadi.
Hozirgi dunyo taraqqiyotining qonuniyatlari va globallashuv jarayon-larining
tahlili dunyo shaxsiy va ijtimoiy hayotining barcha sohalarida tub o‘zgarishlar
bo‘lishidan darak beruvchi «global axborot jamiyati» ostonasida turganligini
ko‘rsatmoqda. Bu axborot makonidan va OAVlaridan turli kuchlarning siyosiy va
nosiyosiy vazifalarni hal qilish uchun odatda tushuniladigan «kuch ishlatish» yo‘li
bilan emas, balki boshqacha yo‘l bilan foydalanishga imkon beradi.
Globallashuv sharoitida yoshlarimizning yot g‘oyalarga ergashib ketishi, ulraga
qing‘ir ishlarning jiddiy oqibatlari, javobgarligi va huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy,
psixologik asoslari haqida mukammal tushunchalar berish, bu borada targ‘ibot ishlarini
yanada kengroq olib borishimiz lozim bo‘ladi.
Hozirgi kunda xorijning madaniy qadriyatlaridan foydalinishga ancha jiddiy va
tanlab yondashish ehtiyoji kuchayib bormoqda. Lekin ommaviy axborot vositalari
orqali tinimsiz ma’lumotlar quyulib kelayotgan sharoitda shaxsga axborot tahdidi ham,
ataylab uyushtirilayotgan mafkuraviy tajovuzlar ham bor.
O‘z o‘rnida savol tug‘iladi axborot kommunikatsiya tizimida shaxsning axborot
tahdidlarini baholash va xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatlari nimalarda aks etadi yoki
shaxs turli axborot tahdidlardan qanday yo‘llar bilan saqlanishi mumkin?
Ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun avvalo egotsentrizm kabi tushunchalarga
izoh berish darkor. Egotsentrizm so‘zining ma’nosi - o‘z fikr- o‘ylari, manfaatlari
272
doirasida qotib qolgan insonning atrof-muhit va odamlarga oid o‘z bilimlari va
o‘zgalarga munosabatini o‘zgartira olmasligini bildiradi.
Oxirgisi - boshqalarga biror xil ma’lumot berish jarayonida ularning fikri bilan
hisoblashmaslik, ularni mensimaslikda namoyon bo‘ladi. Zamonaviy informatsion
xurujlarning mualliflarida aynan shu kabi egotsentrizm kuzatiladi va ular o‘zlariga
o‘xshash faqat o‘z manfaatinigina ko‘zlaydigan shaxs ongini qamrab olishga harakat
qiladi. Shuning uchun ham shaxsga psixologik himoya zarur. Psixologik himoya
bo‘lishi uchun shaxsda mustaqil fikr bo‘lishi lozim.
Axborotlar tahdidi sharoitida shaxsni to‘g‘ri yashashga, vatanparvar va
insonparvar bo‘lishga, erkin fikrli bo‘lishga o‘rgatish orqali ularda mafkuraviy
immunitetni tarbiyalash eng dolzarb vazifalardir. Zero, o‘rgatish bir tomonlama
jarayon bo‘lmay, u «pedagog-tarbiyalanuvchi» muloqoti tizimida ko‘proq
tarbiyalanuvchining fazilatlariga bog‘liq [1]. Bunday murakkab ishni tashkil etishda
har bir ijtimoiy toifa yoki shaxsning individual psixologik hususiyatlarini inobat olish
zarurati sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyada isbotlangan. Masalan, agar turli xil
shaxslardan iborat kichik bir guruxni yaxlit guruh deb oladigan bo‘lsak, ularning
barchasi bilan bir vaqtda, bir xil effekt bilan ishlash va shu orqali ularning mustaqil
tafakkurini o‘stirish, sog‘lom e’tiqodini tarbiyalashning ilojisi yo‘q. Ikkinchidan, bir
guruh uchun maqbul va samarali deb hisoblangan uslubni boshqasida ham aynan joriy
etishga urinish bunday sharoitlarda teskari samara berishi mumkin.
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, bugun o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lmagan
shaxslar bilan ishlashda quyidagilarga e’tiborni qaratish darkor.
Birinchidan, xulq-atvordagi xatoliklar eng avvalo fikrlash tarzidagi
xatoliklarning oqibati bo‘lgani uchun shaxsning negativ fikrlash tarzining sxemasini
o‘zgartirish lozim.
Ikkinchidan, fikrlash tarziga ta’sir ko‘rsatish uchun tushuntirish uslublarini,
tarbiya metodlarini o‘zgartirishlari lozim. Ya’ni, ilgari, yuqori tonlarda, direktiv
ohangda, biron-bir shaxsga nisbatan, o‘zini ustunroq olib, “katta roli” bilan muloqot
qilingan bo‘lsa, endi “tengma- teng”, demokratik ohangda, bosqichma-bosqich xatti-
harakatlarni birgalikda tahlil etishga o‘tishlari lozim.
Uchinchidan, shaxsning o‘z-o‘zini idrok qilishini, o‘ziga bo‘lgan bahosini
o‘zgartirish, ya’ni, shaxsni ijobiy ishlarga yo‘naltirish orqali o‘ziga bo‘lgan ishonchini
o‘zgartirishga erishish kerak.
Nihoyat, shunday vaziyat yaratish lozimki, shaxs ijobiy tajriba orttirsin, ya’ni,
o‘ziga, oilasiga yoki do‘stlariga, o‘zi taaluqli bo‘lgan tashkilotga (ish xonaga, o‘quv
yurtiga) manfaatli ish qilib, olqish olsin, ya’ni, ularni jamoat ishlariga keng jalb etish
amaliyotini kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim.
Shu bilan birga, ta’lim va tarbiya jarayonida ham har bir pedagog yoshlarning
mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratishi lozim, aks xolda uning ongi tayyor
shablonlar, stereotiplarga shu qadar o‘rnashadiki, ular oxir-oqibat har qanday yot
g‘oyalarga ergashib ketaveradigan bo‘lib qoladi. Ya’ni, darsni tashkil etishning
noan’anaviy usullariga keng yo‘l ochish, darslarda o‘quvchilar bilan interaktiv
muloqotini tashkil etish, ular miyasining yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil
fikrlashiga yordam beradi.
273
Psixologik manbalardan yana shu narsa ma’lumki, shaxsning mustaqil fikrlashi
unga berilgan ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim jarayonida joriy etilgan
tartiblarda byurokratiyaning minimallashtirilishi kerak. Chunki eski ta’lim tizimi
o‘qituvchining aytganini, u yozgan maruza matnini aynan ko‘chirib yozib kelish, aytib
berishni talab qilardi. Bu xolat miyani avtomatik ishlashga, zombi kabi yodlangan bir
xil qolipda bo‘lishga o‘rgatadi, bunday miyada albatta o‘ziga xos vakuum xosil
bo‘ladiki, bu vakuumga keyinchalik boshqa yot g‘oya va tushunchalar juda tez singadi,
chunki miya deyarli tormozlangan, har qanday boshqacha xabar uning miyasiga oson
kirib oladi. Davr pedagoglardan, rahbarlardan o‘z ish uslublarini o‘zgartirish, muloqot
qobiliyatlarni takomillashtirish talab qilmoqda. Bu uning ta’sir ko‘rsata olish
xislatining samarali bo‘lishini talab etadi. Bu esa bevosita shaxsda mustaqil, erkin
tafakkurning rivojlanishi uchun real zamin bo‘ladi[4].
Psixologlar himoya mexanizmlariga odatda quyidagilarni kiritishadi
:
- ochiq his-kechinmalarni bosish, ko‘rsatmaslikka urinish;
- rad etish, ya’ni noma’qul ma’lumotni ochiq rad etish, qo‘shilmaslik;
- proeksiya - o‘zidagi hissiyot va kechinmalarni tashqi ob’ektlarga ko‘chirish
orqali paydo bo‘lgan xolatning sabablarini tashqaridan qidirishga moyillik;
- identifikatsiya - o‘zini axborot egasiga o‘xshatish, uning o‘rniga o‘zini qo‘yish
orqali qadriyatlarni rad etish yoki tanqidsiz o‘zlashtirish;
- regressiya - ilgari hayotida, masalan, yoshligida bo‘lib o‘tgan qaysidir voqelarga
qaytish, ularning yaxshi va ma’qullarini yana xotirada tiklash va xulqda qaytarish
orqali o‘zida psixologik himoya yoki oqlovni tashkil etish;
- yolg‘izlanish-jamiyatdan o‘zini olib qochish, o‘zidagi o‘zgarishlarni
boshqalarga bildirmaslikka intilish, bunda shaxsning faoliyati passiv tus oladi;
- ratsionalizatsiya - mulohaza va fikr yuritish orqali o‘zida himoya instinktlarini
paydo etish;
- konversiya- muloqotdagi qandaydir to‘siqlar yoki barerlarni olib tashlash uchun
kutilmagan usullarni qo‘llash, masalan, xavotirli informatsiyani yumoristik bilan
almashtirish yo‘li [2].
Axborot xurujlari vaziyatida shaxsning o‘zini o‘zi himoya qilishini boshqarishda
ayrim jihatlarga alohida e’tibor berish lozim. Avvalo, har bir inson uchun mustaqil fikr
zarurligi yuqorida ta’kidlab o‘tildi. Mustaqil fikrga ega bo‘lgan insongina o‘ziga
nisbatan qaratilgan yaxshi yoki yomon ma’lumotning mohiyatiga еtishi va unga
nisbatan adekvat reaksiya ko‘rsatishi, himoya mexanizmlarini ishga solishi mumkin.
Ikkinchidan, shaxs turli xil yot axborot xurujlariga berilmasligi uchun biz ularda
milliy g‘ururni tinimsiz tarbiyalashimiz va bunda har bir fan predmeti va tarbiyaviy
muloqotlardan oqilona foydalanishimiz zarur. Masalan, xar yili nishonlanadigan qator
tantanalar ma’lum ma’noda shaxsda milliy g‘ururni uyg‘otadi.
Axborotlar tahdidi sharoitida shaxsni to‘g‘ri yashashga, vatanparvar va
insonparvar bo‘lishga, erkin fikrli bo‘lishga o‘rgatish orqali ularda mafkuraviy
immunitetni tarbiyalash eng dolzarb vazifalardir. Zero, o‘rgatish bir tomonlama
jarayon bo‘lmay, u «pedagog-tarbiyalanuvchi» muloqoti tizimida ko‘proq
tarbiyalanuvchining fazilatlariga bog‘liq. Bunday murakkab ishni tashkil etishda har
bir ijtimoiy toifa yoki shaxsning individual psixologik hususiyatlarini inobat olish
zarurati ijtimoiy psixologiyada isbotlangan.
274
Shaxs axborot xurujlariga qarshi turishning psixologik yo‘llarini har bir insonga
еtkazish maqsadga muvofiq bo‘lib, buning uchun quyidagilarni yodda tutish lozim:
a) aslida ataylab ta’sir etishga mo‘ljallangan xabarni shaxs darrov qabul
qilmaydi. Chunki, birinchidan, unda ilgaridan psixologik himoya mavjud va
ikkinchidan, har qanday yangi narsaning singib ketishida muayyan axborot to‘siqlari
ham bo‘ladi;
b) bunday sharoitlarda “uchinchi shaxs ta’siri” effekti ro‘y beradi (effekt tretego
litsa). Uning ma’nosi - shaxs “bu xabarga hamma ishonaversin, menga ta’sir qilmaydi”
deb o‘ylaydi, lekin ma’lum ma’noda shu fikr ta’sirida u axborot ta’siriga tushib bo‘lgan
bo‘ladi va bu fikrni o‘z miyasida hayolidan o‘tkazadi;
v) shaxsning ishonchtiruvchi chaqiriqlarga moyilligi yuqori bo‘ladi, masalan,
reklama orqali еtkazilayotgan xabarlarga inson ko‘proq o‘ch bo‘ladi. 90% onalar aynan
reklama qilingan tovarlarni bolalariga xarid qilib olib
beradi;
g) shaxs ba’zi bir xabarlarning asl maqsadi aslida ma’lumot berish emas, balki
ishontirish ekanligini tushunish kerak.
Yozuvchi A.Kahhor таъкидлаганидек,“Biror bir asar o‘quvchida qanday ta’sir
qoldirsa, uni qaysi yo‘lga boshlasa, g‘oyasi o‘shanda” degan fikrni bildirgan.
Darhaqiqat, hozirgi kunda yoshlarni turli yot g‘oyalarga berilib ketmasliklari uchun
ularni ezgu g‘oyalariga undash kerak va bu g‘oyalar ularning maslagiga aylanishiga
erishmoq lozim. Shundagina insonlarni turli buzg‘unchi g‘oyalardan saqlay olamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Грачев Г.В. Информатсионно-психологическая безопасност личности:
состояние и возможности психологической защиты - М 2002
2. Романова Е.С., Гребенников Л.Р. Механизмы психологической зашиты.
Генезис. Функционирование. Диагностика. - Мытиши, 1996.с 28.
3. Umarov B.M. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik.
Darslik, T.: “Tafakkur Bo‘stoni” nashriyoti, 2020. 336 b.
4. Umarova N.Globallashuv sharoitida axborot xurujlariga qarshi kurash.
Toshkent: Akademiya, 2005. 156 b.
РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В
ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКЕ БУДУЩЕГО ПЕДАГОГА
Бердибекова Кулийпа Турдибековна
Ошский госудаственный педагогический университет, Кыргызстан
к.п.н., доц. Карагозуева Гулзада Жеңишбековна
РИПК и ППР при МОиНКР, Кыргызстан
Бекмурзаева Буажар Абдусаттаровна
РИПК и ППР при МОиНКР, Кыргызстан
Аннотация:
В статье разработано место информационных технологий в
системе образования, ряд постановлений и программ правительства Кыргызской