
108
BOLALARDA OG’IZ SHILLIQ QAVATIDAGI PAPILLOMANICO
2
LAZER BILAN OLIB
TASHLASHNING SAMARADORLIGI
Yusupova Sh.A., Yo’ldasheva S.A., Raximbayeva S.B.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
Kirish. Bolalarda papilloma eng keng tarqalgan joy og’iz shilliq qavatining
yumshoq tanglay, bodomsimon bezlarda, tilning yon yuzalari, labning ichki
qismilarida joylashishi bilan kattalar papillomasidan farq qiladi. Bolalarga bu
virusning yuqishining asosiy yo’li tug’ruq paytida papilloma virusi bilan
zararlangan onadan bolaga o’tadi. Bemorlarning ota
-
onalari tekshirib ko’rilgan
da
ulardan qariyb 80% ida papilloma borligi aniqlandi. Ona homiladorlik vaqtida
davolanmaganligi sababli katta ehtimol bilan onadan bolaga yuqishi uchun
moyillik yaratadi. Bolalarda immunitet to’liq shakllanmaganligi sababli tez
yuzaga keladi, asosan og’i
z shilliq qavatida rivojlanadi. Papilloma dastlab paydo
bo’lgan vaqtida hech qanday belgisi sezilmaydi, lekin vaqt o’tishi bilan kattalashib
boradi va agar papilloma halqum sohasida joylashgan bo’lsa bora
-bora bolaning
nafas olishi qiyinlashadi. Lunj, tilning yon yuzalarida
joylashsa bola dag’al
ovqatlar bilan ovqatlanishga o’tganidan keyin u qonashi mumkin. Bu holat esa
bola ovqatlanishdan bosh tortishiga, ovqat yemay qo’yishiga sabab bo’ladi.
Xavfsiz bo’lishiga qaramasdan buni e’tiborsiz qoldirib bo’lmay
di, papilloma
kattalashadi va 40% holatlarda malignizatsiyaga uchrashi mumkin. Papillomani
erta vaqtlarda aniqlab, uni olib tashlash virusga qarshi dorilar bilan birgalikda
bola immunitetini ham ko’tarish, bu kasallikni qaytalanish xavfini kamaytiradi.
Material va uslublar
Papillomani elektrokoagulyatsiya, jarrohlik, suyuq azot, CO
2
lazer
yordamida olib tashlash mumkin. CO
2
lazer va jarrohlik usuli orqali olib
tashlangandan keyin natijani ko’rish maqsadida papilloma bilan zararlargan turli
xil yoshdagi 2 guruh jami 50 ta bolada olib tashlab, ularda yana qaytalanishini
tekshirildi. 1-guruhdagi 25 ta boladagi papillomani jarrohlik usuli orqali olib
tashlandi va bir usulda davolandi. Ikkala guruhdagi bolalar 2 yil nazorat ostida
kuzatib borildi. Bu guruhdagi 13 nafar bolada qaytalanish holatlari kuzatildi.
Jarrohlik amaliyoti yordamida olish uchun bolaga umumiy og’riqsizlantirish
qilinishi, kesilgan jarohatdan ko’p qon ketishi, papillomani to’liqligicha olinmay
qolishi va operatsiyadan keyin og’riq bo’lishi, ikkilamchi infeksiya rivojlanishi,
yaraning o’rnida chandiq paydo bo’lishi mumkin. 2
-guruh bolalardagi
papillomani CO
2
lazer yordamida olib tashlandi. 1-guruhdan farqli ravishda bu
guruhdagi bolalarda 4 tasida yana papilloma qaytalandi. CO
2
lazer yordamida
olishning afzalligi qon ketishini nazorat qila olish, og’iz shilliq qavatiga kam zarar
yetkazadi va u 1-2hafta davomida chandiqsiz tez tuzalib ketadi.
Natijalar va muhokama
1-guruh jarrohlik usuli yordamida olib tashlangan bolalarda 52% holatda
qaytalandi. Ularning 2 tasida 10 oydan keyin, 7 tasida 14 oydan keyin, 4 ta bolada
esa 1 yil 9 oydan keyin qaytalandi. Jarrohlik amaliyoti o’tkazilgan sohada 2 ta
bolada ikkilamchi infeksiya rivojlandi. 3 nafar bolada esa papilloma to’liq olib

109
tashlanmaganligi sababli shu sohada yana qaytalandi. Bolalarda operatsiyadan
keyin ruhiy travma va stress holatlari ham kuzatiladi.
2-guruh bolalarda esa CO
2
lazer yordamida olinganidan keyin 16% holatda
2 yil oralig’ida qayta takrorlandi. Bolalarda papilloma olib tas
hlangandan bir kun
davomida achishish va og’riq bo’ladi. 5
-
7 kun ichida papilloma o’rnida
epitelizatsiyalanib tez bitib ketadi.
Xulosa
Bolalar og’iz shilliq qavati papillomasini jarrohlik usulida olib tashlashdan
ko’ra CO
2
lazer yordamida olib tashlash usuli ancha samarali usulligi va uning
nojo’ya ta’sirining kamligi hozirgi zamonaviy tibbiyotda qo’llash uchun yanada
afzallik yaratadi. Natijaga asoslangan holda zamonaviy usul CO
2
lazer yordamida
olib tashlash samaraliroq bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotla
r ro‘yxati
1.
Хасанова, Л.,
and
М. Юнусходжаева. "О ИЗУЧЕНИИ СОСТОЯНИЯ
ПРОТЕОЛИТИЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ И АНТИПРОТЕАЗНОГО ПОТЕНЦИАЛА
РОТОВОЙ ЖИДКОСТИ У БОЛЬНЫХ С БЫСТРОПРОГРЕССИРУЮЩИМ
ПАРОДОНТИТОМ." Медицина и инновации 1.4 (2021): 509
-512
2.
Исаходжаева, Х.,
et al
. "Современный взгляд на этиопатогенез
аномалий прорезывания зубов." Медицина и инновации 1.2 (2021): 69
-73.
3.
Даминова S., и Маткулиева S. «Clinical Course of Chronic Viral Hepatitis
C in Children». in Library, т. 20, вып. 3, октябрь 2020 г., сс. 1
-6,
https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/14502
4.
Ризаев, Ж.,
and
М. Юнусходжаева. "ОСОБЕННОСТИ ТЕЧЕНИЯ
АГРЕССИВНЫХ ФОРМ ПАРОДОНТИТОВ."
Stomatologiya 1.2 (75) (2019): 24-
26.