Eksperimental jigar yogʻli gepatozida jigar shikastlanish sindromlarini korreksiyalash

CC BY f
3-6
0
0
Поделиться
Абдуллаева, М., Иноятова, Ф., Зариббаев , У., & Матчанов, О. (2023). Eksperimental jigar yogʻli gepatozida jigar shikastlanish sindromlarini korreksiyalash. Современные аспекты развития фундаментальных наук и вопросы их преподавания, 1(1), 3–6. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/development-fundamental-sciences/article/view/26709
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Noalkogol jigar yogʻli gepatozi eng keng tarqalgan surunkali jigar kasalligi hisoblanadi. Jigar yogʻli gepatoziga II tur qandli diabet, surunkali buyrak kasalligi, yurak-qon tomir kasalliklari, ichak disbiozi kabi boshqa metabolik kasalliklar umumiy xavf omillari boʻlib ta’sir qiladi.


background image

Республиканская научно

-

практическая конференция

с международным участием

«Современные аспекты развития фундаментальных

наук и вопросы их преподавания»

3

EKSPERIMENTAL JIGAR YOGʻLI GEPATOZIDA JIGAR

SHIKASTLANISH SINDROMLARINI KORREKSIYALASH

M.I. Abdullayeva, F.X. Inoyatova, U.Z. Zaribbayev

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent, O

zbekiston Respublikasi

O. Matchanov

Bioorganik kimyo instituti, Toshkent, O

zbekiston Respublikasi

Noalkogol jigar yogʻli gepatozi eng keng

tarqalgan surunkali jigar kasalligi

hisoblanadi. Jigar yogʻli gepatoziga II tur qandli diabet, surunkali buyrak kasalligi,

yurak-qon tomir kasalliklari, ichak disbiozi kabi boshqa metabolik kasalliklar

umumiy xavf omillari boʻlib ta’sir qiladi. Bundan tashqari, noalkogol yogʻli

gepatozning oʻzi ham boshqa metabolik kasalliklar uchun xavf omilidir [1; 2].

NAJYG jigarda triglitseridlarning toʻplanishi bilan tavsiflanadi va oddiy yogʻli

steatoz, steatogepatitdan fibrozgacha va oxir-oqibat jigar sirrozigacha, bu

gepatosellyulyar karsinomaga oʻtishi mumkin. NAJYG tarqalishining keskin

oʻsishi dunyoda semirishning kuchayishi bilan, kasallik patogenezi metabolik

sindrom va insulinrezistentlik bilan chambarchas bogʻliq. NAJYG negizida

semizlikka olib keluvchi insulinrezistentlik yotadi. NAJYG metabolik sindromning

jigar koʻrinishi deb hisoblanadi [3; 4]. Bunda erkin yogʻ kislotalarining jigarga

kirishi koʻpayadi va steatoz rivojlanadi, yalligʻlanish va jigar shikastlanishi

kuzatilmasa, keyingi bosqichga oʻtmaydi, erkin yogʻ kislotalari ta’sirida

yalligʻlanish sitokinlari faollashuvi va oksidlanishli stress kelib chiqadi va NASG

(noalkogol steatogepatit) rivojlanadi, agar u oʻz vaqtida davolanmasa, NASF

(noalkogol steatofibroz) va sirroz bosqichlariga oʻtadi. NAJYG kel

ib chiqishida

ortiqcha ovqatlanish va kam harakatlilik asosiy ahamiyatga ega boʻlsa, kamroq

darajada ayrim dorilarni iste’mol qilish va ichak disbakteriozi oʻrin egallaydi.

Soʻnggi yillarda NAJYGni farmakologik korreksiyalash boʻyicha koʻplab

tadqiqotlar o

lib borilgan boʻlsa

-da, hozirgi vaqtda yagona standart mexanizm

mavjud emas. Ushbu kasallikni davolash uchun samarali terapevtik

strategiyalarni yaratish gepatologlar uchun qiziqish uygʻotmoqda. Shu sababdan,

tabiiy biologik faol moddalar asosida NAJYG ter

apiyasida samarali, salbiy ta’sirga

ega boʻlmagan yangi preparatlarni yaratish dolzarb masalalardan biridir.

Maqsad. Noalkogol yogʻli gepatozda biokimyoviy koʻrsatkichlarga mahalliy

oʻsimliklardan ajratib olingan yangi supramolekulyar komplekslarning ta’si

rini aniqlash.

Material va usullar

Tadqiqotda maqsadga erishish uchun kalamushlarga yuqori yogʻli parhez

va suv oʻrniga glyukoza

-

fruktoza aralashmasi 5 oy mobaynida berildi va yogʻli

gepatoz modellashtirildi. 4 oydan boshlab guruhlarga ajratilib, 4 hafta mobaynida

100 mg/kg miqdorda glitsirrizin kislota hosilalari (GK1, GK2, GK3) va qiyosiy

preparat sifatida karsil yuborildi. Qon zardobida AlT, AsT faolligi, bilirubin,

umumiy oqsil va albumin miqdori aniqlandi.


background image

Республиканская научно

-

практическая конференция

с международным участием

«Современные аспекты развития фундаментальных

наук и вопросы их преподавания»

4

Natijalar va muhokama

Jigar shikastlanishidan dalolat beruvchi patologik jarayonlar: sitoliz,

xolestaz, gepatotsitlarning toksik zararlanishi, gepatotsitlarda sintetik

jarayonlarning yetishmovchiligi, toksik birikmalar inaktivatsiyasining pasayishi

va yalligʻlanish sindromlaridir. Sitoliz sindromining patofiziologik asosi boʻlib

gepatotsitlar plazmatik membranasi va organoidlari butunligining buzilishi

hamda giperfermentemiyaning kelib chiqishi boʻlib hisoblanadi. Oʻtkazilgan

tadqiqotlarimiz natijalari yogʻli gepatozda gepatotsitlar membranasi

butunli

gining buzilishi va jigar fermentlarining qon zardobida ortishini koʻrsatdi.

Maʼlumki, А

LT va

А

ST faolligi jigar kasalliklari tashxisida juda muhim

koʻrsatkichlar hisoblanadi. Transaminazalar faolligi tadqiqotning dastlabki

davridayoq orta boshladi va 5 oyga kelib ishonchli ortdi.

А

lT fermenti faolligi

intakt kalamushlar koʻrsatkichlariga nisbatan mos ravishda muvofiq

muddatlarda 1,21; 1,53; 1,49 va 1,83 marta ortgan boʻlsa, А

sT faolligining ortishi

1,18; 1,62; 1,56 va 1,73 martani tashkil etdi. Karsil va glitsirrizin kislotasi

hosilalari bilan davolagan guruhlarimizda esa fermentlar faolligi intakt guruh

koʻrsatkichlariga yaqinlashdi (1

-rasm).

1-

rasm. Eksperimental jigar yogʻli gepatozida va uning korreksiyasida AlT,

AsT fermentlari faolligining oʻzgar

ishi.

Jigarda metabolizm buzilishi natijasida mitoxondriya va hujayra

membranasini shikastlovchi kislorodning reaktiv shakllari hosil boʻladi.

Bu esa

transaminazalarni qonga chiqishiga va qonda transaminazalar faolligining

ortishiga sabab boʻladi [5].

Pig

ment almashinuvi koʻrsatkichlaridan biri boʻlgan bilirubin miqdorini

qonda aniqlash jigar hujayralari funksional xolati haqida yetarli maʼlumot beradi.

Davolanmagan kalamushlarda umumiy bilirubin miqdori muvofiq muddatlarda

intakt kalamushlar koʻrsatkichla

riga nisbatan 1,2; 1,29; 1,25 va 1,36 marotaba

ortdi. Jigarning yogʻ bosishida qonda umumiy bilirubinning, ayniqsa bevosita

bilirubinning ortishi sitoliz sindromi shakllanishidan va jigarning qondan

bilirubinni ushlab olish qobiliyati pasayganidan dalolat beradi (2-rasm).

0

50

100

150

200

250

intakt 2 oy 3 oy 4 oy 5 oy KarsilGK 1 GK 2 GK 3

AST


background image

Республиканская научно

-

практическая конференция

с международным участием

«Современные аспекты развития фундаментальных

наук и вопросы их преподавания»

5

2-

rasm. Eksperimental jigar yogʻli gepatozida va uning korreksiyasida

bilirubin miqdorining oʻzgarishi.

Davolangan guruhlarning barchasida koʻrsatkichlar intakt guruh

koʻrsatkichlariga yaqinlashdi.

Jigarning yogʻ bosishi natijasida ke

lib chiqadigan oqibatlardan biri

gepatotsitlar tomonidan sintezlanuvchi oqsillarning kamayishi bilan namoyon

boʻluvchi jigarda sintetik jarayonlar yetishmovchiligi sindromidir. Bu
sindromning klassik koʻrsatkichlaridan biri qonda albumin miqdorining

kamayi

shidir. Oqsil almashinuvi koʻrsatkichlarini oʻrganish natijalari yogʻli

gepatoz modellashtirilgan hayvonlarda oqsil almashinuvining sezilarli

buzilishidan darak beradi (3-rasm).

3-

rasm. Eksperimental jigar yogʻli gepatozida va uning korreksiyasida

umum

iy oqsil va albumin koʻrsatkichlarining oʻzgarishi.

Eksperimental jigar yogʻli gepatozida umumiy oqsil va albumin

miqdorining kamayishi va davolangan guruhlarda intakt guruh koʻrsatkichlariga

yaqinlashishi aniqlandi.

0

5

10

15

20

25

intakt

2 oy

3 oy

4 oy

5 oy

Karsil GK 1

GK 2

GK 3

Bil

0

10

20

30

40

50

60

70

80

intakt

2 oy

3 oy

4 oy

5 oy

Karsil GK 1 GK 2 GK 3

Alb

Um.oqsil


background image

Республиканская научно

-

практическая конференция

с международным участием

«Современные аспекты развития фундаментальных

наук и вопросы их преподавания»

6

Shunday qilib, yogʻli gepatozda sitoli

z (transaminazalar faolligining ortishi,

pigment almashinuvining buzilishi), jigarning sintetik funksiyasi (qonda albumin

miqdorining kamayishi) jarayonlari buzilishi kuzatildi. Olingan natijalar jigarni

yogʻ bosishida uning struktur

-funksional imkoniyatlari buzilishidan dalolat

beradi. Davolash natijasida pigment almashinuvi, sitoliz va xolestaz sindromlari

maʼlum darajada pasaydi. Shu bilan birgalikda qon zardobida albumin miqdori

ortishi va jigarning sintetik funksiyalari tiklanishi kuzatildi. Qoʻllanilg

an yangi

moddalarning samarasi yuqori ekanligi maʼlum boʻldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Chalasani N., Younossi Z., Lavine J.E., Charlton M., Cusi K., Rinella M.,

Harrison S.A., Brunt E.M., Sanyal A.J. The diagnosis and management of

nonalcoholic fatty liver disease: Practice guidance from the American association

for the study of liver diseases // Hepatology. -2017.

V.8.-P.681

695.

2.

Haas J.T., Francque S., Staels B. Pathophysiology and mechanisms of

nonalcoholic fatty liver disease// Annu. Rev. Physiol. -2016.-V.78.-P.181

205.

3.

Maryam Hany Fawzi Azab., Abtahal El Demerdash Zaki., Noha Mohamed

Said Abdel Azim., Doaa Mokhtar El Sherbiny. Eugenol ameliorates pathogenic

features in experimental model of nafld in rats // Az. J. Pharm Sci. -2017. -V.56.

P.115-122.

4.

Yki-

Järvinen H. Nutritional modulation of nonalcoholic fatty liver disease

and insulin resistance: human data // Curr Opin Clin Nutr Metab Care. -2010.

V.13.

P.709-714. DOI: 10.1097/MCO.0b013e32833f4b34.

5.

А.П.Трашков., Т.В. Брус., А.Г.Васильев., М.Р. Артеменко, В.А.

Печатникова, М.А. Гуменная. Биохимический профиль крыс с

неалкогольной жировой болезнью печени различной степени тяжести и его

коррекция препаратом ремаксол // Педиатр. –

2017.

Т. 8. –

№ 4. –

С. 78–

85.

doi: 10.17816/PED8478-85.

6.

Икрамова, З. А., Н. Т. Алимходжаева, and С. С. Гулямов. "Ўқитиш

жараёнида «график органайзерлар» ва «суд жараёни» интерфаол

усулларидан фойдаланиш."

Современное образование (Узбекистан)

12

(2016): 56-62.

7.

Юлдашов

,

С

.

И

., et al.

"Активность супероксиддисмутазы

в динамике

экспериментального инфаркта миокарда и на фоне лечения

глицином."

Успехи современного естествознания

9 (2013): 75-76.

8.

Абзалова, Шахноза Рустамовна, and Сурайё Хакимовна Икрамова.

"Морфологические изменения в печени при интоксикации нитритами и

нитратами в эксперименте."

Молодой ученый

16 (2017): 15-17.

9.

Турсунов, Д. Х., et al. "ВЛИЯНИЕ ЭКДИСТЕНА И ПРЕПАРАТОВ

СРАВНЕНИЯ НА СОДЕРЖАНИЕ ФАКТОРА ФОН ВИЛЛЕБРАНДА И

ЭНДОТЕЛИНА

-

1 ПРИ РАЗВИТИИ АЛЛОКСАНОВОГО ДИАБЕТА."

Журнал

теоретической и клинической медицины

2 (2018): 11-15.

Библиографические ссылки

Chalasani N., Younossi Z., Lavine J.E., Charlton M., Cusi K., Rinella M., Harrison S.A., Brunt E.M., Sanyal A.J. The diagnosis and management of nonalcoholic fatty liver disease: Practice guidance from the American association for the study of liver diseases // Hepatology. -2017. -V.8.-P.681-695.

Haas J.T., Francque S., Staels B. Pathophysiology and mechanisms of nonalcoholic fatty liver disease// Annu. Rev. Physiol. -2016.-V.78.-P.181-205.

Maryam Hany Fawzi Azab., Abtahal El Demerdash Zaki., Noha Mohamed Said Abdel Azim., Doaa Mokhtar El Sherbiny. Eugenol ameliorates pathogenic features in experimental model of nafld in rats // Az. J. Pharm Sci. -2017. -V.56. -P.115-122.

Yki-Jarvinen H. Nutritional modulation of nonalcoholic fatty liver disease and insulin resistance: human data // Curr Opin Clin Nutr Metab Care. -2010. -V.13.-P.709-714. DOI: 10.1097/MCO.0b013e32833f4b34.

А.П.Трашков., T.B. Брус., А.Г.Васильев., М.Р. Артеменко, В.А. Печатникова, М.А. Гуменная. Биохимический профиль крыс с неалкогольной жировой болезнью печени различной степени тяжести и его коррекция препаратом ремаксол // Педиатр. - 2017. - Т. 8. - № 4. - С. 78-85. doi: 10.17816/PED8478-85.

Икрамова, 3. А., Н. Т. Алимходжаева, and С. С. Гулямов. "Уцитиш жараёнида «график органайзерлар» ва «суд жараёни» интерфаол усулларидан фойдаланиш." Современное образование (Узбекистан) 12 (2016): 56-62.

Юлдашов, С. И., et al. "Активность супероксиддисмутазы в динамике экспериментального инфаркта миокарда и на фоне лечения глицином." Успехи современного естествознания 9 (2013): 75-76.

Абзалова, Шахноза Рустамовна, and Сурайё Хакимовна Икрамова. "Морфологические изменения в печени при интоксикации нитритами и нитратами в эксперименте." Молодой ученый 16 (2017): 15-17.

Турсунов, Д. X., et al. "ВЛИЯНИЕ ЭКДИСТЕНА И ПРЕПАРАТОВ СРАВНЕНИЯ НА СОДЕРЖАНИЕ ФАКТОРА ФОН ВИЛЛЕБРАНДА И ЭНДОТЕЛИНА-1 ПРИ РАЗВИТИИ АЛЛОКСАНОВОГО ДИАБЕТА." Журнал теоретической и клинической медицины 2 (2018): 11-15.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов