To‘qimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati

CC BY f
164-167
41
22
Поделиться
Муталова, Б., & Муталова, Ю. (2023). To‘qimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 164–167. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp164-167
Буврай Муталова, Джизакский политехнический институт

Студентка

Юлдуз Муталова, Джизакский политехнический институт

Студентка

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Sanoat iqtisodiyotning byudjetni shakllantiruvchi asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Shu bois ham ushbu maqolada O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining rivo jlanishi, shu jumladan, jahon bozorlaridagi mahalliy korxonalarimizda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining hajmini ko‘paytirish va to‘qimachilik sanoatining iqtisodiyotda tutgan o‘rnining ortishida hukumat tomonidan amalga oshirilgan choratadbirlar, jumladan, Prezidentimizning to‘qimachilik sanoatiga doir Farmoni, Eksportni rag‘batlantirish agentligi tarkibida To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tashkil etilishi va uning ahamiyati, shuningdek, Jizzax viloyatida joriy yilning birinchi yarmida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va ba’zi iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

164

TO‘QIMACHILIK
SANOATINING
IQTISODIYOTDAGI
O‘RNI VA
AHAMIYATI

MUTALOVA BUVRAY,
MUTALOVA YULDUZ,

Talaba, Jizzax
Politexnika Instituti
Jizzax, O‘zbekiston
Mutalova51@gmail.com

Annotatsiya:

Sanoat iqtisodiyotning byudjetni shakllantiruvchi asosiy tarmoqlaridan biri

hisoblanadi. Shu bois ham ushbu maqolada O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining rivo-
jlanishi, shu jumladan, jahon bozorlaridagi mahalliy korxonalarimizda ishlab chiqarilayot-
gan to‘qimachilik mahsulotlarining hajmini ko‘paytirish va to‘qimachilik sanoatining iqtiso-
diyotda tutgan o‘rnining ortishida hukumat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar,
jumladan, Prezidentimizning to‘qimachilik sanoatiga doir Farmoni, Eksportni rag‘batlan-
tirish agentligi tarkibida To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tash-
kil etilishi va uning ahamiyati, shuningdek, Jizzax viloyatida joriy yilning birinchi yarmida
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va ba’zi iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar
keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

iqtisodiyot, to‘qimachilik sanoati, mahalliy xomashyo, ishlab chiqarish kor-

xonalari, Prezident Farmoni, eksport.

O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ta’minlash uchun

milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida taraqqiyotga erishish lozim. Jumladan,
respublika milliy iqtisodiyot taraqqiyotida to‘qimachilik sanoati tarmoqlari ham
nihoyatda muhim o‘rin tutadi.

Bu borada mamlakatimizdagi to‘qimachilik sanoati korxonalariga innovatsion

boshqaruv usullarini qo‘llash, innovatsiya va investitsiyalarning boshqarish sama-
radorligini oshirish, mahsulot sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish orqali
xalqimizni sifatli to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini
ta’minlash hamda tarmoqning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan yuqori
texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, ayniqsa, mahalliy xomashyo resurslarini
chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab
chiqarishni jadal rivojlantirish, shu bilan birga, to‘qimachilik sanoati korxonalari-
ning ish faoliyatini bugungi kun darajasida tashkil etish, boshqarish va rejalashti-
rish ham dolzarb masalalardan biridir [1].

To‘qimachilik sanoatining rivojlanishi mamlakat va uning hududlari iqtisodiy

o‘sishining muhim nuqtasiga aylanishi mumkin. Bu borada O‘zbekiston muayyan

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp164-167


background image

STARS International University

165

raqobat ustunligi va salohiyatga ega. Buni tovar va xizmatlar umumiy eksporti-
ning qariyb 17,5 foizi to‘qimachilik sanoatining hissasiga to‘g‘ri kelishi bilan izoh-
lash mumkin.

1-rasm. O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari ham bu bo-

rada o‘zlarining tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ularning fikriga ko‘ra, so‘nggi
yillarda eksportni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muayyan
natijalarga erishilgan. Jumladan, mahalliy resurslarni, ya’ni paxta tolasining 80-90
foizini qayta ishlash hisobidan paxta tolasi eksportining qisqarishi va sanoat tovar-
lari hisoblangan ip-kalava, mato, kiyim eksportining ortishi ta’minlandi. Ayniqsa,
xorijga qariyb 500 turdagi to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishga erishildi.
Va, eng muhimi, jahon bozorining yangi segmentlariga chiqish hisobiga O‘zbe-
kiston jahonning 65 dan ortiq mamlakatiga mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

166

yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi. Mamlakat to‘qimachilik mahsulotlarining taxminan
80 foizi asosiy savdo hamkorlarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Turkiya va Qirg‘i-
ziston mamlakatlariga eksport qilinadi.

Institut tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘qimachilik mahsulot-

larining asosiy eksportchilari Andijon, Namangan, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari
va Toshkent shahri ekanligini ko‘rsatadi. Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo,
Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida esa kalava
ip va mato eksporti muhim yo‘nalish hisoblanadi. Prognozlashtirish va makroiq-
tisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari fikriga ko‘ra, yuqori qo‘shilgan qiymatga
ega tayyor mahsulot ishlab chiqarilgunga qadar ip va matolarni sanoat usulida
davomli qayta ishlashni ta’minlash, eksportning istiqbolli yo‘nalishi sifatida inno-
vatsion to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni o‘zlashtirish
va shu bilan birgalikda, hududning milliy rang-barangligi, mahalliy an’analar, zamo-
naviy dizayn va modani hisobga olgan holda tayyor to‘qimachilik mahsulotlarining
xalqaro mintaqaviy forumlarini o‘tkazish kabi masalalar to‘qimachilik mahsulotlari
eksportini kengaytirish uchun muhimdir [2].

Ahamiyatlisi, Respublikada mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalangan

holda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori
qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularning eksportini
yanada rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida qabul qilingan Pre-
zidentimizning 2022-yil 21-yanvardagi «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korхonala-
rida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»-
gi PF-53-son Farmoni bo‘ldi. Ushbu Farmonga muvofiq, Eksportni rag‘batlantirish
agentligi tarkibida To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ham tas-
hkil etildi.

Ushbu Farmonda ta’kidlanishicha, 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha

belgilangan tartibga muvofiq, Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda bo‘yalgan mato,
aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga
oshirgan tashkilotlarga uskunalar qiymatining 10%i, biroq $500 ming ekvivalenti-
dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jamg‘arma hisobidan subsidiya ajratiladi.

Bundan tashqari, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato

hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida хarid qi-
lingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom
tasdiqlandi. Unda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini
ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini yanada
rag‘batlantirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, “Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni

subsidiyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Bunda hujjat bilan eksport qi-
linadigan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari hajmini oshirish, eksport bilan shug‘ul-
lanuvchi korхonalarni rag‘batlantirish nazarda tutilgan [3].

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Jizzax filiali tomonidan Davlat

statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida Jizzax viloyatida 2022-yilning yanvar-i-
yun oylarida jami 5 153,4 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, ishlab
chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 65 foizi Jizzax shahri (29,3%), G‘al-
laorol (20,4%) va Zafarobod (15,4%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 3,6 mln. so‘mni


background image

STARS International University

167

tashkil etdi. Zafarobod tumani (15,3 mln. so‘m) Jizzax shahri (8,0 mln. so‘m) va
G‘allaorol (5,8 mln. so‘m) tumanida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat
mahsulotlari eng yuqori, Baxmal (0,27 mln. so‘m), Zomin (0,92 mln. so‘m) va Sha-
rof Rashidov (1,1 mln. so‘m) va boshqa tumanlarda eng pastki ko‘rsatkichlarni qayd
etdi. Jami sanoat mahsulotlarining 94,2%i qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri
keladi. Qayta ishlash sanoati tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqa-
rish (32%), avtotransport vositalari, treyerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish
(20%), boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish (15%) va oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish (13%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega. Jami sa-
noat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 4 248 taga yetib, jami fao-
liyat yuritayotgan korxonalarning 18,5% ini tashkil etdi [4].

Muxtasar qilib aytganda, to‘qimachilik sanoati respublikamiz iqtisodiyotining

asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanib, o‘zining qo‘shimcha qiymat yaratishi, aholi
ehtiyojini qondirishdagi o‘rni va yuqori darajaga ega bo‘lgan ishlab chiqarish lo-
komotivi bilan boshqa soha va tarmoqlardan tubdan farq qiladi. To‘qimachilik sa-
noati tarmog‘ining rivojlanishi milliy iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan rivoj-
lanishiga olib keladi. Talab yuqori bo‘lgan ham mahalliy, ham xorijiy iste’molchilar
talabini qondira oladigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va
turlarini kengaytirish, mahalliy va xorijiy bozorlarda raqobatlasha oladigan raqo-
batbardosh, sifatli to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish bu-
gungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.

Аdabiyotlar ro‘yxati

1. S. Yusupov, R. Isayev, S. Yuldashev, O. Davranov. Iqtisodiyot va menejment. –

T.: “Factor books”, 2021, – 611 bet.

2. https://yuz.uz/uz/news/toqimachilik-sanoati-eksportni-oshirish
3. https://lex.uz/uz/docs/-5833998
https://review.uz/uz/post/jizzax-viloyati-sanoat-sohasi

Библиографические ссылки

S. Yusupov, R. Isayev, S. Yuldashev, O. Davranov. Iqtisodiyot va menejment. – T.: “Factor books”, 2021, – 611 bet.

https://yuz.uz/uz/news/toqimachilik-sanoati-eksportni-oshirish

https://lex.uz/uz/docs/-5833998 https://review.uz/uz/post/jizzax-viloyati-sanoat-sohasi

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов