Abdulla Qahhor alangasidagi Chexov uchqunlari

CC BY f
17-19
15
21
Поделиться
Акрамова, С. (2023). Abdulla Qahhor alangasidagi Chexov uchqunlari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 17–19. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp17-19
Севинч Акрамова, Ургутский филиал Самаркандского государственного университета

Студентка 1-го курса

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada qalami o‘tkir nosir, kichik hikoyalar orqali katta xulosalarni bera oladigan adib A. Qahhor ijodi tahlil qilingan. Shuningdek, yozuvchi asarlaridagi o‘ziga xoslik, so‘zga chechanlik asarlardan olingan misollar orqali konkretlashgan. Rus yozuvchisi A.P. Chexov va A.Qahhor ijodidagi o‘xshash jihatlarga ham e’tibor qaratilgan.


background image

STARS International University

17

Annotatsiya:

Ushbu maqolada qalami o‘tkir nosir, kichik hikoyalar orqali katta xulosa-

larni bera oladigan adib A. Qahhor ijodi tahlil qilingan. Shuningdek, yozuvchi asarlaridagi
o‘ziga xoslik, so‘zga chechanlik asarlardan olingan misollar orqali konkretlashgan. Rus yo-
zuvchisi A.P. Chexov va A.Qahhor ijodidagi o‘xshash jihatlarga ham e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

yozuvchining tili va uslubi, qisqalik, hozirjavoblik, Chexov, ta’sirchanlik,

individuallik, o‘ziga xos uslub.

O‘zbek nasrining buyuk hissadori Abdulla Qahhor yoshligidan turli xil joylarda

yashab, hayotning qiyinchiliklarini ko‘rgani sababli ham asarlarida o‘sha davr ha-
yotini yorqin aks ettira olgan. Abdulla Qahhor o‘z hikoyalaridagi oddiygina mayda
detal orqali ham romandan olinadigan xulosalarni bera olgan ijodkordir. Agarda
shu fikrimizga isbot talab qilinayotgan bo‘lsa, unda nosirning “Anor” hikoyasidan
bir parchani keltirsak:

“... – Kishining yuragini qon qilib yuborasan, – dedi anchadan keyin. – Nainki men

asal olsam! Asal otliqqa yo‘q, hali biz piyoda-ku! Xo‘jayinga bir oshnasi sovg‘a qi-
lib kelgan ekan, bildirmasdan... o‘zidan so‘rab ozrog‘ini oldim... O‘zi berdi. Tansiq
narsa, xursand bo‘larmikansan debman. Yo tansiq emasmi? Umringda necha marta
asal yegansan? O‘zim umrimda bir marta yeganman. Shokirxo‘ja qandolatchi asal
qiyom qildirayotganda qozoniga ammamning jo‘jasi tushib ketgandi, shu jo‘jani
yalaganman...” Aynan shu parcha orqali “Anor” hikoyasining to‘liq mazmuni ochib
berilgan. Yozuvchi bu hikoyasida o‘sha davrda qiyinchilik bo‘lgan, odamlar och
qolgan, yeyishga hech vaqo bo‘lmagan, insonlar ham moddiy, ham ma’naviy zarar
ko‘rgan demadi. Shu so‘zlarning o‘rnida Abdulla Qahhor: “Shokirxo‘ja qandolatchi
asal qiyom qildirayotganda qozoniga ammamning jo‘jasi tushib ketgandi, shu jo‘ja-
ni yalaganman...” – deyish orqali adib yuzlab romanlar, minglab asarlar hissiyotini
kitobxonga bergan. Shuning uchun ham, Abdulla Qahhor “kichik hikoyalar ustasi”
deb bejizga aytilmagan. U qisqa so‘zlarga butun borliqni joylashtirgan.

SEVINCH AKRAMOVA

Samarqand davlat universitetining
Urgut filiali 1-bosqich talabasi
jalilovamuhlisa23@gmail.com

ABDULLA
QAHHOR
ALANGASIDAGI
CHEXOV
UCHQUNLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp17-19


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

18

Abdulla Qahhor asarlaridagi har bitta so‘zga juda katta e’tibor bergan va o‘nta

so‘zni bitta so‘z ichida jamlab, kitobxonni shu fikrlarni ancha vaqt o‘ylashga majbur
qiladi, desak, adashmaymiz. Demak, adibning “Dahshat” hikoyasiga qaraydigan
bo‘lsak, bu hikoyada mening fikrim aniq ko‘rsatiladi. Ya’ni adib bu hikoyada “qab-
riston” so‘zining o‘rnida “go‘riston” so‘zini qo‘llaydi. Bu esa hikoyani o‘qish jarayo-
nida kitobxon real tarzda asarda qatnashayotgandek va Unsinning o‘rnida go‘ris-
ton dahshatlarini tuyayotgandek bo‘ladi. Agarda biz Abdulla Qahhorning har bitta
hikoyalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu hikoyalarda shunchaki, oddiy tarzda xulosa
chiqarib keta olmaymiz. Adib xuddiki detektiv yozuvchi sifatida oddiy elementar
narsalarni hikoya davomida bizga taqdim etadi. Biz bu elementar narsalar orqali
asarning to‘liq mazmunini tushuna olishimiz, uning niyati, ya’niki asarning yozilish
maqsadini bilib olishimiz mumkin. Matematikada har bitta narsa teorema orqali
isbotlanganidek, adabiyotda ham har bitta fikrni isbotlash kerak. Biz bu qonundan
chiqmagan holda fikrimizning izohini keltirsak. “... Amin chinchilog‘ini burnining
ikkinchi bo‘g‘inigacha tiqib kuldi...”. Ushbu parchadan ilg‘ashimiz mumkinki, aslida,
xalqning mushkulini oson qilish uchun tayinlangan amaldorlar o‘ta darajada ma-
daniyatsiz va jaholat egalari sifatida qaralgan. Yana tushunishimiz mumkinki, bun-
day razil kimsalar, men o‘ylaymanki, xalqning koriga yaramaydi. Yozuvchi balki: “...
Amin chinchilog‘ini burnining ikkinchi bo‘g‘inigacha tiqib kuldi...” – degan so‘zlari
orqali o‘sha davrdagi amaldorlarning yuzini ochib bergandir. Abdulla Qahhor o‘zi-
ning tashrif qog‘oziga ega yozuvchi hisoblanadi va bugungi kun yozuvchilari, ya’ni
hikoyanavislari, albatta, Abdulla Qahhor maktabida tahsil olishlari lozim, deb ayta
olaman. Adabiyot shunday voqelikki, unda kimnidir dohiy darajasiga ko‘tara ol-
maysiz va kimnidir o‘ta darajada yerga ham ura olmaysiz. Adabiyotda kimdir kim-
dandir ko‘chirmaydi, balki undan ilhom oladi. Ya’niki Abdulla Qahhorni biz qancha
ko‘kka ko‘tarmaylik, baribir ham adibga kimdir ustozlik qilgan va yozuvchi qaysidir
insondan ilhom olgan. Adib ijodida Chexov shamollari kuchli esayotganini ko‘rishi-
miz mumkin. Endi esa A. Qahhor ijodini Chexov ijodi bilan solishtiradigan bo‘lsak,
yozuvchilarning asarlarida ayrim elementlar bir-birini qisman takrorlaydi. Misol uc-
hun Chexovning “Etik” hikoyasidagi ushbu joyi:

“... Semyon, Murkinning nomeriga kirdi-da, etikni tozalab keltirib qo‘yadigan joy-

ga qarab, yelkasini qashidi: etik yo‘q edi...”. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasida
ham shu o‘xshashlikni ko‘rishimiz mumkin:

“... Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi.

O!. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan...”. Bundan kelib chiqadiki, Ab-
dulla Qahhor asosiy hikoya yozish sirlarini Chexovdan o‘rgangan desak bo‘ladi,
chunki, asosan, Chexovning o‘zbek adabiyotiga kirib kelishiga sababchi Qahhor
bo‘lgan, ya’ni Chexov asarlarining ko‘pini o‘zbek tiliga Abdulla Qahhor tarjima qi-
ladi. Men bu nazariyam orqali Chexov zo‘r va Abdulla Qahhor undan ilhomlanib,
ya’ni o‘rganib yozgan demoqchi emasman. Balki adabiyot tarozisi haqida ozgina
tushuncha berdim, xolos. O‘z navbatida, Chexov ham Ernest Xeminguey asarlari-
dan ta’sirlanib hikoyalar va asarlar yozgan. Ya’ni bundan shuni tushunamizki, bu
adiblar tarozini bir xilda ushlay olgan. Ular kimdandir ko‘chirmagan. Balki bos-
hqalarning asarlaridan o‘rganib, o‘zlarining yangi uslublarini kashf qila olganlar,
deya olamiz.

Umuman, xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, biz har bitta yozuvchimi, shoirmi yoki

boshqa kasb egalari bo‘ladimi, albatta, ulardan nimadir olish uchun o‘rganamiz.


background image

STARS International University

19

Men Abdulla Qahhordan uning asarlarini o‘qish jarayonida ijodkordan sinchikovlik
va o‘z ishiga nisbatan hurmat, mas’uliyat bilan yondashishini angladim. Ya’ni har
bir inson bu jamiyatda yashayotgan ekan, albatta, bu xislatlarga ega bo‘lishi kerak.
O‘z ishiga har bir odam mas’uliyat bilan qarar ekan, men o‘ylaymanki, bu jamiyatda
yana buyuk shaxslar yetishib chiqadi.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. A.P. Chexov Tanlangan asarlar 2-jild 91-bet.
2. Abdulla Qahhor “O‘g‘ri” hikoyasi.
3. Abdulla Qahhor “Dahshat” hikoyasi.

Библиографические ссылки

A.P. Chexov Tanlangan asarlar 2-jild 91-bet.

Abdulla Qahhor “O‘g‘ri” hikoyasi.

Abdulla Qahhor “Dahshat” hikoyasi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов