Texnologiya fani darslarida xalq hunarmandchiligini o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari

CC BY f
21
10
Поделиться
Саидазимов, Д., Намиджонова, Д., & Раджабова, Д. (2023). Texnologiya fani darslarida xalq hunarmandchiligini o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp50-52
Дониерходжа Саидазимов, Педагогический Университет имени Низами

студент

Диера Намиджонова, Педагогический Университет имени Низами

студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning xalq hunar-mandchiligini o‘rganishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini va amaliy bilimlarini shakllantirish yoritilgan

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

50

Annotatsiya:

Mazkur maqolada texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning xalq hunar-

mandchiligini o‘rganishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini va amaliy bilimlarini shakllantirish
yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

vosita, texnologiya, ijodkorlik faoliyati ,innovatsiya, bilim, hunarmandchilik,

xalq, ta’lim, tizim, meros, qobiliyatlar.

Xalqaro miqyosida bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion xarakterga ega bo‘lgan

ta’lim texnologiyalari asosida tayyorlash, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va
zamonaviy ta’limni amalga oshirish bo‘yicha dunyoning yetakchi ta’lim muassasal-
ari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo‘lajak mutax-
assislarning kasbiy mahorati mezonlari, ularni kasb-hunarga yo‘naltirishga kreativ
yondashish,innovatsion ta’lim muhitini yaratish muammolari,xalqaro ta’lim stand-
artlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Texnologiya ta’limi mazmuni, mohiyati va vazifalariga ko‘ra ko‘pgina ilmiy, tabiiy,

ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni umumlashtirib, uyg‘unlashtirib, mujassamlashgan holda
amaliyotga tatbiq etishni ko‘zda tutadi. Shu jihatdan olib qaraganda, texnologiya
ta’limi maktab tizimi umumta’lim fanlarida o‘rganiladigan nazariy bilimlarni amali-
yot, ishlab chiqarish bilan bog‘laydigan quvvatli didaktik vositadir.Umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida texnologiya ta’limining maqsad va vazifalarini belgilab olish
nazarda tutiladi: maktabgacha ta’lim-tarbiya bosqichida bolalarning yosh, ruhiy va
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnat dunyosi, jarayoni, kishilari,
buyumlari to‘g‘risidagi dastlabki tushuncha va tasavvurlar uyg‘otish, maqsadli ish-
harakat usullari ko‘proq o‘yinlar tarzida o‘rgatib boriladi. Boshlang‘ich sinflarda (I-IV
sinflar) texnologiya darslarini olib borish o‘quvchilarni mehnat va hunarmandchilik
dunyosi, o‘simliklarni parvarish qilish, turli materiallar bilan tanishtirish, oddiy ishlov
berish, oddiy mehnat va hunarmandchilik asboblari va mehnat, ish-harakat usullari
to‘g‘risida sodda tasavvurlar hosil qilishni ko‘zda tutadi.Bu davrda o‘quvchilar tex-
nologiya ta’limidan o‘zlashtirgan bilimlar ko‘lamini o‘zlarining hayotiy tajribalarida
va oiladagi mehnat jarayonida mustahkamlaydilar va kengaytirib boradilar. Tayanch
maktablarda (V-IX sinflar) o‘quvchilar umummehnat ko‘nikma va malakalari shak-
llantiriladi, qiziqish va moyilliklariga ko‘ra, o‘z-o‘zini kasbiy jihatdan aniqlashlari,

Saidazimov Donyorxo‘ja Baxtiyor o‘g‘li,

Nizomiy nomidagi TDPU talabasi

Hamidjonova Diyora Olim qizi,

Nizomiy nomidagi TDPU talabasi

Rajabova Dilfuza Abdumajitovna,

Nizomiy nomidagi TDPU o‘qituvchisi

TEXNOLOGIYA FANI
DARSLARIDA XALQ
HUNARMANDCHILIGINI
O‘RGANISHNING O‘ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp 50-52


background image

STARS International University

51

kasb-hunar turlarini tanlashlari ta’minlanadi, qiziqish va moyilliklari rivojlantirila-
di, umummehnat madaniyati shakllantiriladi va rivojlantiriladi, xalq xo‘jaligi va hu-
narmandchilikning sohalari, ularda ishlatiladigan asbob-uskunalar, texnika va tex-
nologiyalar bilan tanishtiriladi, mehnat faoliyatining turli qirralarida ishtirok etish-
lari ta’minlanadi.Yuqori sinflarda texnologiya ta’limi va kasblarga yo‘naltirish kursi
ishchi va mutaxassislarning amaliyotida qo‘llanadigan turli xil qo‘l asbob-uskunalar,
jihozlar, moslamalarini o‘rgatishni, mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan
vositalar bilan ishlashni, mehnat qonunchiligi xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoida-
lari va yo‘l-yo‘riqlari asoslarini o‘rgatishni ta’minlaydi. Shuningdek, bu davrda o‘qu-
vchilarda xalq xo‘jaligining va hunarmandchilikning asosiy sohalari bo‘yicha max-
sus kurslarni o‘qitish tashkil etilib, turli xil kasbiy bilimlar berish, amaliy ko‘nikma va
malakalarni hosil qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Ushbu kurslarda o‘quvchilar kasbiy
mahoratlarini takomillashtira borib, tanlagan kasblari bo‘yicha tegishli hujjatlarni
olib, bevosita unumli mehnat jarayonida qatnashish imkoniyatiga va huquqiga ega
bo‘ladilar.

Texnologiya ta’limining yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlariga erishis uchun quy-

idagi vazifalarni hal etish taqozo etiladi:

– turli sohalardagi ishlab chiqarish mazmuniga ega vazifalarni yechish, tajribalar

o‘tkazish, o‘lchov-tekshiruv asboblaridan, ma’lumotlardan foydalana olish, mehnat
operatsiyalarini bajarish, olingan natijalarni talab etilgani bilan taqqoslash yo‘li bi-
lan xulosa chiqarishga o‘rgatish;

– o‘quvchilarda bilim va mehnatga muhabbat, mehnat ahllariga hurmat hissini

singdirish, ularni jamoatchilik, vatanga sadoqat, do‘stlik, o‘zaro hurmat ruhida tar-
biyalash;

– o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, xaridorgir

iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirishga odatlantirish, o‘zlari yetishtir-
gan mahsulotlarni o‘zlari iste’molchiga yetkazishlariga o‘rgatish, ish boshqaruvchilik
(menejerlik), homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini singdirib borish va rivojlantirish.
Texnologiya ta’limini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar xalqimiz ruhiyatini, yashash
tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish maqsadida milliy hunarmandchilik ning
kiritilishi milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining ko‘p qirralari boy
merosini o‘rganish, o‘zlashtirish va amaliy faoliyatlariga qo‘llash vazifasini hal eta-
dilar. Texnologiya ta’limining amaliy va ishlab chiqarish mazmunidagi an’anaviy
sinf-dars mashg‘ulotlariga nisbatan shogird-ustoz tizimi tarbiyaviy mahsuldorligi,
samaradorligi, bo‘lg‘usi hunarmandning shaxsiy xislatlarining shakllanishiga, ularn-
ing oilalarining moddiy ta’minlanishiga hamda tarixiy qadriyatlarning yanada bo-
yishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Ustoz-shogird” tizimi mashg‘ulotlarini tashkil etish-
ni oliy o‘quv yurtlaridagi musiqa ta’limida talabalar bilan o‘qituvchilarning yakka

tartibdagi mashg‘ulotlar o‘tkazilishi bilan taqqoslash mumkin.

Texnologiya ta’limida elektron hisoblash texnikasi, mexanizatsiyalashtirilgan va

elektrlashtirilgan qurilmalar, avtomatikaning qo‘llanilishini o‘rganish, o‘quvchilarn-
ing hozirgi zamon ishlab chiqarishidagi avtomatik va dasturli boshqarish tizimlari,
robot texnika va ishlab chiqarish texnikasini, texnologiyasini ta’limning davr talab-
lari darajasi va jahon andozasiga mos holda o‘rganilishini ta’minlaydi. Keyingi va-
qtlarda kam e’tibor berilayotgan, hatto yo‘qolib borayotgan turli xildagi ta’limi-tar-
biyaviy tadbirlar: o‘quvchilar ishlab chiqarish jamoalari, maktablararo o‘quv ish-
lab chiqarish markazlari, o‘quvchilar mehnat jamoalari va boshqalar mazmunan va


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

52

shaklan qayta ko‘rib chiqilib, qayta ishlab, zamon ruhiga moslashtirilishi va ta’lim
tizimi amaliyotiga qo‘llanilishi, mehnat ta’limining maqsad, vazifalarini amalga os-
hirishda asosiy shart-sharoitlardan hisoblanadi.

Texnologiya ta’limini amalga oshirishda maktablar, maktabdan tashqari tarbi-

yaviy muassasalar, oila, jamoatchilik, ishlab chiqarish korxonalari, xalq hunarmand-
larining tajribalari hamda o‘zaro hamkorlikdagi munosabatlari tiklanib, o‘quv ja-
rayonida foydali mahsulot–tovar moddiy ne’matlar yetishtirilib, ta’lim muassasala-
rining bozor iqtisodiyotini amalga oshirishda qatnashishida erishish ham dolzarb
muammolardan hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Ахлиддинов Р. Умумий ўрта таълимни такомиллаштиришнинг ташкилий

педагогик асослари: Дисс. пед. фан. номзоди 1998 й.

2. Avazboyev O.I., Isyanov R.G., Odilboyev X. Mehnat ta’limi uslubiyotidan amaliy

va laboratoriya mashg‘ulotlari. Toshkent, 1993.

3. Ahmadaliyev S.Y. Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy pe

da-

go

gik faoliyatga moslashishining ilmiy-metodik asoslari: Dis. ... ped. fan.

nom. – T.: TDPU. 2008. – 187 b.

4. Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H.,

Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015.

Rajabova D.A Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim

o‘qituvchilarini maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish. Международный совре-
менный научно-практический журнал.Новости образования: Исследование в
XXI веке № 3 (100), часть 1

Библиографические ссылки

Ахлиддинов Р. Умумий ўрта таълимни такомиллаштиришнинг ташкилий педагогик асослари: Дисс. пед. фан. номзоди 1998 й.

Avazboyev O.I., Isyanov R.G., Odilboyev X. Mehnat ta’limi uslubiyotidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari. Toshkent, 1993.

Ahmadaliyev S.Y. Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga moslashishining ilmiy-metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. nom. – T.: TDPU. 2008. – 187 b.

Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. Rajabova D.A Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish. Международный современный научно-практический журнал.Новости образования: Исследование в XXI веке № 3 (100), часть 1

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов