Muhandislik grafikasi fanlarida axborot-ta’lim muhitining tuzilishi va bugungi kundagi mavjud holati

CC BY f
31
17
Поделиться
Хасанова, М. (2023). Muhandislik grafikasi fanlarida axborot-ta’lim muhitining tuzilishi va bugungi kundagi mavjud holati. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp200-203
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Arxitektor va muhandislar ijodiy fikrlarini faqat chizmalar yordamida to‘liq bayon eta oladilar. Chizmalar asosida barcha muhandislik inshootlari quriladi, mashinalar, mashina qismlari, tibbiyot asboblari va hokazolar ishlab chiqariladi. Biz sizlarga taqdim etayotgan maqolada Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda zamonaviy axborot ta’lim muhitini tashkil etuvchi metodik ta’minoti haqida, o‘qituvchilarning fanga oid masalalarni yechishda, grafik savodxonligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalari va o‘qituvchilarimizning ya’nada chuqur bilimga ega bo‘lishlari borasida tahlil qilinadi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

200

Annotatsiya

-

chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo

lmaydi.

Arxitektor va muhandislar ijodiy fikrlarini faqat chizmalar yordamida to

liq bayon eta

oladilar. Chizmalar asosida barcha muhandislik inshootlari quriladi, mashinalar, mashina
qismlari, tibbiyot asboblari va hokazolar ishlab chiqariladi. Biz sizlarga taqdim etayotgan
maqolada Muhandislik grafikasi fanlarini o

qitishda zamonaviy axborot ta’lim muhitini

tashkil etuvchi metodik ta’minoti haqida, o‘qituvchilarning fanga oid masalalarni yechishda,
grafik savodxonligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha
malaka va ko‘nikmalari va o

qituvchilarimizning ya’nada chuqur bilimga ega bo

lishlari

borasida tahlil qilinadi.

Kalit so

zlar:

muhandislik grafikasi, chizmachilik, chizma geometriya, topografiya,

axborot-texnologiyalar, ta’lim, metod turlari, didaktika, elektron ta’lim muhiti, IT raqamli
texnologiyalar, pedagog, dastur, ko

nikma, malaka.

Jahonda xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlar tomonidan qabul qilingan

2030-yilgacha yangi ta’lim konsepsiyasida “Ta’lim – taraqqiyotning asosiy
harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlarga yetkazuvchi muhim
faoliyat”, deb e’tirof qilingan

1

. Sifatli ta’lim berish, o‘rganuvchi va talabalarning

malaka hamda qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish, zamonaviy axborot
texnologiyalarini rivojlantirish, elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish, ta’lim
jarayonini modellashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashda zamonaviy
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilmoqda.

Dunyo ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib,

fanlarning metodik ta’minotini takomillashtirish, talabalarning kasbiy bilimalarini
shakllantirish va rivojlantirish, mashg‘ulotlarda multimedia, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan keng ko‘lamda va ommaviy foydalanish masalalari tadqiq
qilinmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, iqtisodiyotni axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yordamida rivojlantirish, IT raqamli texnologiyalardan
foydalanish, boshqaruv jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish, faoliyat
sohalari bo‘yicha talabalarga innovatsion bilim berish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni
doimiy takomillashtirib borish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

1

Incheon Declaration / Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for

all. –p.4-5. http://unesdoc.unesco.org/images/0023/002338/233813m.pdf.

XASANOVA M.N.,

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

MUHANDISLIK GRAFIKASI
FANLARIDA AXBOROT-
TA’LIM MUHITINING
TUZILISHI VA BUGUNGI
KUNDAGI MAVJUD HOLATI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp200-203


background image

STARS International University

201

Respublikamizda ta’lim jarayonini rivojlantirish maqsadida rivojlangan

davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallari, qo‘shma fakultetlar, qo‘shma
ta’lim markazlari tashkil qilinmoqda, ularning moddiy-texnik bazasi yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy
ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash siyosatini davom ettirish”
ustuvor vazifa sifatida belgilangan

1

. Bu borada talabalarning kasbiy kompetentligini

oshirish, kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishi mamlakatimizda
ta’limning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashga zamin yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-4947-son Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarori, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda
maqolam muayyan darajada xizmat qiladi degan umiddaman.

Muhandislik grafikasi fanlarida axborot-ta’lim muhitining tuzilishiga hissa

qo‘shgan olimlar S.S.Saydaliyev, A.K.Xamraqulov, E.I.Ro‘ziyev, Sh.D.Dilshodbekov,
A.B.Tajibayev, B.M.Surobov va boshqalarning tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan.

Hozirgi kunda hayotimizning har qaysi jabhalarida zamonaviy axborot

texnologiyalarni ko‘rishimiz mumkin. Aynan shu axborot texnologiyalari zamonaviy
talim rivojiga juda katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Insonlar komputerlardan Internet tarmog‘ida ishlashda, ta’lim olish jarayonida,

ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, korxona ishlarini avtomatlashtirishda,
multimedia ilovalarini yaratishda va hokazolarda foydalanadilar. Izlanishlarim shuni
ko‘rsatdiki, muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda ham bir qancha muammolarga
hali hanuz to‘liq yechim topilgani yo‘q. Masalan:

1. Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda zamonaviy axborot ta’lim muhitini

tashkil etuvchi metodik ta’minotning mavjud emasligi, o‘qituvchilarning fanga
oid masalalarni yechishda, grafik savodxonligini oshirishda zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarining yetarli
emasligini ko‘rishimiz mumkin.

2. Bundan tashqari muhandislik grafikasi fani o‘qituvchisida zamonaviy axborot

texnologiyalarga oid bilimlarning kamligi, ularni dars jarayonida mohirona qo‘llay
olish yetarli darajada emasligi, talabalarga muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitish
uchun metodik ta’minotning, xususan, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar,
adabiyotlarning yetarli emasligi va mavjud adabiyotlarning zamon talabi darajasida
emasligini ko‘rishimiz mumkin.

Umuman olganda, fanimizga oid elektron kutubxona tashkil qilsak yomon

bo‘lmasdi yoki mavjud elektron kutubxonani yanada boyitishimiz zarurdir. Bu
nafaqat kelajak avlodga, balki yosh kadrlarning foydallanishlari uchun ham qulay
hisoblanadi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish

bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. – “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”,
2017-y., 6-son, 70-modda.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

202

Zamonaviy axborot ta’lim muhiti o‘qituvchi uchun yangi qirralarni kashf etadi.

Ushbu muhit oliy ta’lim tizimi o‘qituvchisidan zamonaviy axborot texnologiyalari
vositalaridan yuqori darajada foydalanishni talab etadi. Shuning uchun “Muhandislik
grafikasi” fani o‘qituvchisi o‘z malakasini uzluksiz oshirib borishi, kasbiy tayyorlanishi,
uni axborot-ta’lim muhitida ishlashi uchun zaruriy shartlaridan biri bo‘lib xizmat
qilsa ajab emas.

Yuqorida fanga oid muammolarni ko‘rib chiqdik, endi bunga yangicha yechim

topishimiz mumkin.

Respublikamiz ta’lim tizimiga yangi o‘qitish texnologiyalarining kirib kelishi

o‘qituvchi zimmasiga katta mas’uliyat yuklab, ulardan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalarni puxta o‘zlashtirishni talab etmoqda.

Hozirgi vaqtda o‘quv jarayonida komputer va axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ayniqsa, komputerda ishlash bilan bog‘liq
amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari jarayonida multimedia vositalari, zamonaviy
komputer imkoniyatlari va Internetdan foydalanish, interfaol mashqlar, virtual
laboratoriya, topshiriqlar omboriga ega bo‘lgan pedagogik dasturiy ta’minotni
yaratish texnologiyasini va undan o‘quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab
chiqish hamda amaliyotga tatbiq etishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish va undan ta’lim jarayonida foydalanishning

maqsadiga quyidagilar kiradi:

• o‘quv materiallarini namunali va ko‘rgazmali taqdim etish;

umumlashtirish va tizimlashtirish;

• doimiy va tezkorlik bilan o‘quv axborotlarini yangilab borish;
• turli ko‘rinishdagi ko‘nikma va malakalarni qayta ishlash va mustahkamlash;
• o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish, tekshirish;
• talabalarning fazoviy tasavvurlarini ya’nada rivojlantirish;
• talabalarning grafik savodxonligini oshirish.

1-shakl. Pedagogik

dasturiy vositani tashkil etuvchilari.


background image

STARS International University

203

Muhandislik grafikasi fanlarida amaliy dasturiy vositalardan foydalanib, pedagogik

dasturiy vositalar yaratish, ular yordamida elektron ta’lim muhiti hosil qilinadi.

Buning natijasida muhandislik grafikasi fanlari o

qituvchilarining ish faolliyatiga

bir muncha yengillik yaratadi va dars jarayoni ya’nada sifatli ko

rsatkichga oshadi.

Foydallanilgan adabiyotlar

1.

Incheon Declaration / Education 2030: Towards inclusive and equitable

quality education and lifelong learning for all. –p.4-5. http://unesdoc.unesco.org/
images/0023/002338/233813m.pdf.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-4947-son Farmoni. – “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2017
y., 6-son, 70-modda.

3. Surobov.B.M. “Elektron ta’lim muhitida axborot kommunikatsiya

texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini” ilmiy tadqiqot ishi, Toshkent
2019 y.

4. Saydaliyev S.S. “Chizmachilik” o‘quv metodik qo‘llanman, Toshkent Sano-

standarst bosmaxonasi 2013 y.

5. Ramazonova G.S. Organization of an Effective Lesson on Topographic

Drawing According to the 3D Max Program https://miastoprzyszlosci.com.pl/
index.php/mp/article/download/235/222

Библиографические ссылки

Incheon Declaration / Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all. –p.4-5. http://unesdoc.unesco.org/images/0023/002338/233813m.pdf.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. – “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2017 y., 6-son, 70-modda.

Surobov.B.M. “Elektron ta’lim muhitida axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini” ilmiy tadqiqot ishi, Toshkent 2019 y.

Saydaliyev S.S. “Chizmachilik” o‘quv metodik qo‘llanman, Toshkent Sano-standarst bosmaxonasi 2013 y.

Ramazonova G.S. Organization of an Effective Lesson on Topographic Drawing According to the 3D Max Program https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/download/235/222

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов