378
NORMADA VA SURUNKALI NURLANISH KASALLIGIDA
KALAMUSHLARNING INGICHKA ICHAK LIMFA
TUZILMALARIDAGI MIKROSKOPIK FARQLAR.
Zokirov Azizbek, 202-guruh davolash fakulteti
Ilmiy rahbar: Phd Hasanova.D.A
BuxDTI, anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi
Muammoning dolzarbligi
. Oshqozon-ichakning shilliq qavati organizm
immunitetining bir qismidir. Uning asosiy vazifasi tashqi muhit va organizm o'rtasida, asosan turli
ekzogen agentlarning ta'siri ostida samarali himoya to'siq (baryer)ni yaratishdir. Organizm immunitet
hujayralarining aksariyati ichak shilliq qavatida joylashganligi tasdiqlangan, bu esa ichak limfa
tuzilmasini mikroskopik o‘rganish, har qachongidanda dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini
anglatadi.
Tadqiqotning maqsadi
. Surunkali nurlanishning ayrim omillarini modellashtirish
davomida va nurlantirishdan keyingi turli davrlarda kalamushlarda ingichka ichak umumiy limfa
tugunchalarining struktur tuzilishini va morfologik xususiyatlarini o'rganish.
Materiallar va usullar.
Tadqiqot obyekti - 20-25 g og'irlikdagi kalamush yonbosh
ichagining umumiy limfa tuzilmalari. Surunkali nurlanish va kimyoviy moddalar aralashmasining
uzoq muddatli ta'sirini modellashtirish amalga oshirildi. Ta'sir tugagandan so'ng, periferik immunitet
shakllanishi 15, 30, 60 va 90 kunlik tiklanish davrida o'rganildi. Yonbosh ichak limfa tuzilmalari
joylashuvi vizual aniqlangandan so'ng, gistologik kesmalar gematoksilin-eozin va Van Gizon
bo‘yoqlari bilan bo'yaldi.
Natijalar.
Nurlanishning izchil ta'siri natijasida, limfa tuzilmalarining hujayra
tarkibidagi o'zgarishlar hujayralararo birlashmalar, limfoblastlarning yo‘qolishi, limfotsitlar sonining
kamayishi bilan kechadi. Degenerativ o'zgargan hujayralar foizining ortishi kuzatiladi. 20 kun
davomida, har kuni 0,2 grdan (umumiy doza 4 gr) olib borilgan surunkali nurlanish jarayonidan
so‘ng, 90-kundan boshlabgina, limfa tugunchalari hajmi va tuzilishi, ularning tarkibidagi limfatik
hujayralar qatorining miqdori va tarkibi nazoratdagi o‘lchamlarga yaqinlashgandagina, limfa
tugunchalari tuzilmasining qayta tiklanish tendensiyasi boshlandi. Shunga qaramay, ushbu davr
mobaynida limfa tugunchalarining qayta to‘liq tiklanishi kuzatilmadi.
Xulosa.
Yonbosh ichak limfa tuzilmalari uzoq muddatli surunkali nurlanishga,
hujayralararo birlashmalar va limfoblastlarning yo‘qolishi, hamda limfotik hujayralar qatorining
miqdoriy va tarkibiy o‘zgarishi bilan kechadigan yuqori sezuvchanlik xususiyati orqali javob
qaytarishi aniqlandi. Surunkali nurlanish jarayonidan so‘ng, 90-kundan boshlabgina, limfa
tugunchalari hajmi va tuzilishi, ularning tarkibidagi limfatik hujayralar qatorining miqdori va tarkibi
nazoratdagi o‘lchamlarga yaqinlashgandagina, limfa tugunchalari tuzilmasining qayta tiklanish
tendensiyasi boshlanishi belgilandi.
А
dabiyotlar ro'yxati:
1.
Камчатнов
,
Павел Рудольфович
, and
Александр Вильмирович Чугунов
. "
Хронические
цереброваскулярные заболевания
."
Доктор
.
Ру
1 (130) (2017): 11-15.
2. Nazarova, Gulchexra. "
Назарова ГУ ВОЗМОЖНОСТИ ЛУЧЕВОГО ИССЛЕДОВАНИЯ
ТАЗОБЕДРЕННЫХ СУСТАВОВ У ДЕТЕЙ ПЕРВОГО ПОЛУГОДИЯ ЖИЗНИ
."
Архив
исследований
(2020): 6-6.