387
ASALNING TIBBIYOTDAGI O’RNI
Maxkamtoshova Guljamila, 106-guruh Tibbiy pedagogika va davolash
fakulteti
Ilmiy rahbar: Xamroqulova M.R.
ToshPTI, O’zbek tili va adabiyoti, rus va lotin tillari kafedrasi
Mavzuning dolzarbligi:
Asaldan tibbiyotda qadimdan dori-darmon sifatida foydalanilgan.
Hozirgi farmasevtika sanoatida turli dori-darmonlar ishlab chiqariladi.Asalning o’zi turli
kasalliklarga parhez va davo vositasi tarzida beriladi. XX asrning 60 -yillaridan boshlab tibbiyotda
asal bilan davolash usullari - apiterapia shakllandi. Asalning tarkibida juda ko’p vitaminlar va
mikroelementlar bor. Asal tarkibida vitamin va mikroelementlarning borligi asalning sifatini,
shifobaxshlik xususiyatini boyitadi. Asal kishi organizmiga beqiyos foydali bo’lganligidan hamma
kasalliklarga davo hisoblanadi. Ibn Sino asalning shifobaxshligini o’rganib, turli xil kasalliklarni
davolagan hamda bu borada o’zining qimmatli tavsiyalarini ham ishlab chiqqan.
O’tmishning mashhur yunon faylasufi Pifagorning aytishicha, uning uzoq umr ko’rishiga
muttasil asal iste’mol qilishi asosiy sabablardan bo’lgan ekan. Yana bir donishmand Demokrit esa
bir asrdan ortiq yashagan bo’lib
,
u umrboqiylik sirini muntazam asal yeyish va badanini moy bilan
muolaja qilishda, deb bilgan. Qadimiy Misr, Yunoniston, Bobil, Hindiston va Xitoyda bemorlarni
asal yordamida davolash urf bo’lgan. Hadislarda Payg’ambarimizning qorni og’rigan odamga asal
yeyishni tavsiya qilganlari haqida aytilgan.
Tadqiqotning maqsadi:
Asalning tibbiyotdagi o’rnini o’rganishdan asosiy maqsad inson
organizmida kechadigan turli kasalliklarda asalning foydasini bilish. Asal qadim zamonlardan inson
tanasi uchun eng foydali mahsulotlardan biri hisoblangan. Tarkibida zaruriy fermentlarning yuqori
miqdori va tabiiy asalning qarishni sekinlashtirish qobiliyati, shifobaxsh xususiyatlari uni supertaom
sifatida qadrlanishiga asos bo’lgan. Shunday ekan, har kuni iste’mol qilishni kundalik hayotimizga
joriy qila olishimiz kerak. Asal yosh o’smir organizmni o’sish davrida juda muhim oziq
а
hisoblanadi.
Asal iste’mol qilib yurgan o’quvchilar jismoniy kuchli, aql jihatidan yuqori, ijodkorligi yaqqolroq
namoyon bo’ladi. Uyqu oldidan asal iste’mol qilish bilan osuda uyqu ta’minlanadi.
Asaldagi flavonoidlar va antioksidantlar yurak-qon kasalliklarining oldini olishga yordam
beradi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, asal xolesterinning oksidlanish jarayonini sekinlashtiradi, shu
bilan insultga uchrash ehtimolini jiddiy ravishda kamaytiradi. Asal inson immun tizimiga ajoyib
ta’sir ko’rsatishi bilan ham o’ziga xosdir.
Olingan natijalar:
Asal yuqori kaloriyada ega bo’lganligi uchun turli og’ir xastaliklar,
mashg’ulotlar yoki sport musobaqalaridan so’ng organizm kuchini qayta tiklaydi. U immunitetni
oshirib, shamollashni davolashda yordam beradi. Sut bilan qaynatilgan asal yo’tal va tomoq
og’rishiga qarshi ichiladi, shuningdek, tumov va konyunktivitda ham yordam beradi. Asal ajoyib
antiseptik vosita hisoblanadi. Badandagi yara, kesilishlar yoki teri yallig’lanishi muammolariga
qarshi qo’llanadi. Asalning antibakterial va antifungal xususiyatlari mavjud.
Xulosa:
Juda ko’p kimyoviy dori- darmonlar boshqa a’zolarda qandaydir asorat qoldirgani
holda asalari elimi hech qanday zararli ta’s ir ko’rsatmaydi. Chunki antibiotiklardan farqli o’laroq,
asal tabiiy modda bo’lgani uchun unda mikroorganizmlarning moslashuvchanligi hodisasi sodir
bo’lmaydi, asal ularning kuchayib ketishiga, ta’sirini o’tkazishiga yo’l qo’ymaydi. Shunday ekan,
har kuni me’yorida asal iste’mol qilib turish organizmni turli kasalliklardan himoya qiladi.
388
А
dabiyotlar ro'yxati:
1.
Мухитдинова
,
Х
.
Н
.,
Абдусалиева
,
Т
.
М
.,
Сатвалдиева
,
Э
.
А
., &
Холбаева
,
Д
.
С
. (2016).
Ультразвуковые
особенности
структуры
головного
мозга
младенцев
при
желтухе
.
Вестник экстренной медицины
, (4), 31-35.
2.
Шутеева
,
Т
.
В
. "
Современные подходы к вопросам коррекции когнитивных и
эмоциональных расстройств у пациентов с хронической ишемией мозга
."
Российский
медицинский журнал
21 (2017): 1507-1510.
3.
Nazarova, Gulchexra. "
Назарова ГУ ВОЗМОЖНОСТИ ЛУЧЕВОГО ИССЛЕДОВАНИЯ
ТАЗОБЕДРЕННЫХ СУСТАВОВ У ДЕТЕЙ ПЕРВОГО ПОЛУГОДИЯ ЖИЗНИ
."
Архив
исследований
(2020): 6-6.