371
TIBBIYOT SOHASIDA TABIIY DORIVOR O’SIMLIKLARNING
AHAMIYATI VA ROLI
Bo‘riboyeva Hulkaroy, 111-guruh, Tibbiy pedagogika va davolash
fakulteti
Ilmiy rahbar: Akbarxodjayeva F.A.
ToshPTI, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
Mavzuning dolzarbligi
. Qadimdan ma’lumki, tabiiy dorivor o‘simliklarning hayotimizdagi
ahamiyati katta. Bunga yaqqol misol qilib tibbiyot allomasi bo‘lmish Abu Ali ibn Sinoning “Tib
qonunlari” asarini keltirishimiz mumkin. Ushbu kitobning 2-qismida 800 dan ortiq tabiiy dorivor
o’simlik turlari, ularning da’voli xususiyatlari va qo’llanish usullari bayon etilgan. Ayniqsa, hozirgi
pandemiya sharoitida tabiiy dorivor o‘simliklarga bo’lgan talab oshib bormoqda.
Mavzuning maqsadi
. Dorivor o‘simliklarning shifobaxshligi - ular tarkibida alkaloidlar,
flavonoidlar, glikozinlar, vitaminlar, oshlovchi moddalar va boshqalar borligidadir. Ko‘pgina
shifobaxsh o‘simliklar tibbiyotda qo‘llaniladi. Misol tariqasida keltiradigan bo‘lsak, dorivor
marmarak - ushbu giyoh antiseptik va yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, tarkibi efir moyi,
kamforaga mo‘lligi tufayli nafas yo‘llari, milk, oshqozon-ichak kasalliklari, asab tizimi hamda qon
tomirlar devorlarini mustahkamlashda samarali tabiiy vosita hisoblanadi. Bu damlamani ayollar
klimaks davrida, shamollash dardini olish bilan birga yoshartirish xususiyatiga ega. Shuningdek,
kariyes, bezgak, darmonsizlik, buyrak kasalliklarida qo‘llanilib kelinmoqda.
“Mushuk panjasi” - bu dorivor o‘simlik viruslar bilan kurashishga yordam berib, immun
tizimini rag‘batlantiruvchi kimyoviy moddalarni o‘zida mujassam qiladi. Shu bilan birga qon
bosimini pasaytiradi, siydik haydovchi sifatida organizmga ortiqcha suyuqlikdan halos bo‘lishga
yordam beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bu o‘simlik hattoki saraton hujayralarini o‘ldirishga qodir. Bu
dorivor giyoh og‘riqlarni bartaraf etishga, ayniqsa osteoartrit va revmatoiddan halos bo‘lishda eng
yaxshi yordamchidir.
"Uy uchun antiseptik" nomini olgan, mikrob, bakteriya va xavfli viruslarni shavqatsiz ravishda
yo'q qiluvchi shifobaxsh o'simliklardan biri - arpabodiyondir. Uning tarkibida saratonga qarshi
vosita-anetol, S vitamini, qondagi xolesterinni kamaytiradigan kuchli moddalar mavjud.
Yana bir universal tabiiy dori vositasi - zanjabildir. ”Tib qonunlari” asarida keltirilishicha
ko‘plab xastaliklarni davolashda qo‘llaniladigan malhamlarni tayyorlashda ular tarkibiga zanjabil
qo‘shish lozim, deb yozilgan. Zanjabil ziravor sifatida keng foydalanish bilan birga, virusli
kasalliklarni davolashda, qadimda o‘latning oldini olishda asosiy dori vositasi hisoblangan. U
immunitetni oshirishi, mikroblarga qarshi kurashishi, sarimsoqga o‘xshab ketadi, aterosklerozda,
yog‘lar va xolesterin almashinuvi buzilganda qon tomirlar holatini me’yorga soladi.
Mamlakatimizda yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar ham ko‘p. O‘rmonlarda
o‘sadigan marvaridguldan yurak kasalligi dorisi tayyorlanadi, o‘rmon etagi va nam o‘tloq yerlarda
o‘sadigan valeriana o‘simligidan tinchlantiruvchi dori, shu bilan birgalikda, qon-tomir va asab tizimi
kasaliklarida ham foydalaniladi.
Alloma Ibn Sino piyoz va mingdevona urug‘larini aralashtirib dudlatish yo‘li bilan kariyesni
davolashni eng afzal vosita deb bilgan.
Xulosa
. Hozirgi kunda tibbiyot hodimlari ham tabiiy vositalardan foydalanishni maslahat
bermoqdalar. Chunki kimyoviy yo‘l bilan tayyorlangan dorilar inson organizmining ma’lum a’zosiga
da’vo qilish barobarida boshqasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tabiat bizga juda ko‘p tabiiy
boyliklar in’om etganki, biz ulardan kundalik turmushimizda samarali foydalanishimiz lozim. Ammo
barcha dorivor giyohlarni uzoq va ortiqcha miqdorda qabul qilish yaramaydi. Ularni, albatta, shifokor
maslahati hamda nazorati ostida qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
А
dabiyotlar ro'yxati:
1.
Файзиев
,
Отабек Якупджанович
, et al. "
Совершенствование комбинированной
372
мультимодальной анестезии при абдоминальных хирургических вмешательствах у
детей
."
Российский педиатрический журнал
21.6 (2018): 362-365.
2.
Сатвалдиева
,
Э
.
А
.,
Файзиев
,
О
.
Я
.,
Ашурова
,
Г
.
З
.,
Шакарова
,
М
.
У
., &
Исмаилова
,
М
.
У
.
(2022).
Критерии выбора антибиотикотерапии при хирургическом сепсисе у
детей
.
Российский вестник детской хирургии
,
анестезиологии и реаниматологии
, 12(2),
144-155.
3.
Куралов
,
Э
.
Т
.,
Юсупов
,
А
.
С
., &
Нурмухамедов
,
Х
.
К
. (2016).
Влияние пропофола на
гемодинамику при антиглаукоматозних операциях у детей
.
Научная дискуссия
:
вопросы
медицины
, (5), 60-66.