Влияние микронутриентов на физиологические особенности овец

CC BY f
381-383
44
38
Поделиться
П Очилова, Sh. Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti

magistr

М Абдувахобова, Sh. Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti

bakalavr

А Раджабов, Sh. Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti

ilmiy rahbar

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Овцеводство – развивающаяся отрасль животноводства. В данной статье при добавлении микроэлементов J (йода) в комбикорма для овец выявлено их комплексное влияние на функции сердечно-сосудистой, пищеварительной и нервной систем, желез внутренней секреции и обменные процессы в организме, для повышения продуктивности приведены результаты исследования.

Похожие статьи


background image

381

QO‘YLARNING FIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA

MIKROELEMENTLARNING TA’SIRI

1

Ochilova P.,

2

Abduvaxobova M.

3

Rajabov A.I.

1

magistr,

2

bakalavr,

3

ilmiy rahbar Sh. Rashidov nomidagi Samarqand Davlat

universiteti, Samarqand sh.

Annotasiya: Qo‘ychilik chorvachilikning rivojlanib borayotgan sohasidir.

Ushbu maqolada qo‘ylar ozuqasi tarkibida J (yod) mikroelementlarini qo‘shish orqali,
ularning yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish va asab tizimlarining funksiyalariga, ichki
sekretsiya bezlari va organizmdagi metabolik jarayonlarga har tomonlama ta’siri
aniqlandi, mahsuldorligini oshirishi bo‘yicha tadqiqot natijalari bayon etildi.

Kalit so‘zlar: mikroelement, gemoglobin, leykosit, gormon, ferment, vitamin.

Annotation:
Sheep breeding is a growing branch of animal husbandry. In this

article, by adding J (iodine) micronutrients to the diet of sheep, their comprehensive
effect on the functions of the cardiovascular, digestive and nervous systems, endocrine
glands and metabolic processes in the div was determined. The results of the study
on increasing productivity were presented.


Аннотация:
Овцеводство – развивающаяся отрасль животноводства. В

данной статье при добавлении микроэлементов J (йода) в комбикорма для овец
выявлено их комплексное влияние на функции сердечно-сосудистой,
пищеварительной и нервной систем, желез внутренней секреции и обменные
процессы в организме, для повышения продуктивности приведены результаты
исследования.


Kirish.

Chorva mollarini sog`lomlashtirish yo‘li bilan tuyoq sonini saqlash va

uni oshirish, aholini go`sht, sifatli teri, jun mahsulotlari bilan ta’minlash, kiyim-
kechak, poyafzal ishlab chiqarish uchun esa mahsulotlarini ko`paytirish kabi
masalalami hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Qo`ychilikni rivojlantirish
istiqbollari qatoriga ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, qo`ylarni ilmiy
jihatdan asoslangan uslubda oziqlantirish, ularni har xil kasalliklardan muhofaza qilish
kiradi. Qo‘ychilikni rivojlantirishda mikroelementlarning faol roli ham kattadir. Ular
gormonlar, fermentlar va ba’zi vitaminlarning bir qismi bo‘lgan yoki ularni
faollashtiradigan biologik katalizatorlar sifatida ishlaydi. Mikroelementlar hayvonning
o‘sishiga, rivojlanishiga, mahsuldorligiga, uning ko‘payish qobiliyatiga va
chidamliligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori biologik faollikka ega
mikroelementlardan biri yoddir. U ferment hosil bo‘lish jarayonlarida ishtirok etadi,
tananing mudofaa reaksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, yangi hujayralar shakllanishini
tezlashtiradi, urug‘lantirish va homilalik rivojlanish jarayonlariga ijobiy ta’sir qiladi va
hayvonlarning o‘sishini tezlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasining “ 2017-yil
16-martdagi PQ-2841-son “Chorvachilikda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi va 2018-yil 3-martdagi “Charm-
poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni


background image

382

yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3693 sonli qarorlari hamda
mazkur faoliyatga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni
amalga oshirishda ushbu maqoladagi ma’lumotlar ma’lum darajada xizmat qiladi.

Tadqiqot natijalari.

Qo‘ylar ozuqasiga KJ qo‘shib berish orqali qoni tarkibida

leykositlar miqdorining ortishiga sabab bo‘ldi. Qo‘ylar qoni tarkibidagi leykositlar
miqdori Goryayev sanoq turida tahlil qilindi va quyidagi natijalar olindi:

1-jadval

Qo‘ylar qonining morfologik parametrlari ( X ± S x ; n = 5)

Ko‘

rs

atki

chlar

GURUHLAR

I (Nazorat)

II KJ

III KJ

IV KJ

T

ajr

ibaning

bos

hlanis

hi

T

ajr

ibaning

oxi

ri

(30

kun)

T

ajr

ibaning

bos

hlanis

hi

T

ajr

ibaning

oxi

ri

(30

kun)

T

ajr

ibaning

bos

hlanis

hi

T

ajr

ibaning

oxi

ri

(30

kun)

T

ajr

ibaning

bos

hlanis

hi

T

ajr

ibaning

oxi

ri

(30

kun)

Leykositlar
(х 10

9

/l)

6,3±
0,10

6,49±
0,09

6,20±
0,10

6,76±
0,06

6,34±
0,13

6,81±
0,10

6,44±
0,15

6,82±
0,08

Izoh: * –R <0.05; ** – P <0.01

1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, nazorat guruhida leykositlar soni

faqat 0,19 ming; 3 % ga oshgan bo‘lsa, ratsioni tarkibida KJ tuzi bo‘lgan II, III va IV
guruh tajriba qo‘ylarda bu ko‘rsatkichdan ancha yuqoriroq, ya’ni o‘zaro mos holda: II
guruhda 0,56 ming; 9 % ga oshgan bo‘lsa, III guruhda, 0,47 ming; 7,4 % ga va IV
guruh quyonlarda esa bu ko‘rsatkichlar 0,38 ming; 5,9 % ga ortgani ma’lum bo‘ldi.
Tajribaning II guruhida ko‘rinib turibdiki, KJ

qo‘shib berilganda leykositlar miqdori

ortib bordi. Leykositlar o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichi tajriba guruhlarida 0,47 ming;
7,4% ga ega bo‘ldi.

Xulosa.

Organizmning har bir holati ma’lum belgilar bilan birga keladi. Shu

munosabat bilan hayvonlarning umumiy fiziologik holatini o‘rganish tananing eng
muhim funksiyalarini o‘rganish umumiy tizimidagi birinchi va zaruriy bo‘g‘in
hisoblanadi Organizmning fiziologik funksiyalarning o‘zgarishi doimiy ravishda
mikroelementlar miqdoriga ham bog‘liq bo‘ladi.

Qo‘ylar KJ

qo‘shib berilganda leykositlar miqdori ortib bordi. Leykositlar

o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichi tajriba guruhlarida 0,47 ming; 7,4% ga ega bo‘ldi.

Xulosa qilib aytilganida hayvonlarga yod bilan boyitilgan mahsulotlardan berish

fiziologik jarayonlarga ta’siri ko‘p qirrali ekanligini ko‘rsatdi: qisqasi, qon

leykositlar

i

ishlab chiqarish funksiyasini oshiradi.


background image

383

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Воробьев В.И. Поиски научно-обоснованных критериев дефицита

микроэлементов в

организме животных / В.И. Воробьев, Д.В. Воробьев // Естественные

науки. Астрахань. №3

(48). – 2014 – С. 80-85.
2. Вершинина И.M.

Mакро и микроэлементы в рационе домашних

животных.

2019.

3. Ковалев С.П. Микроэлементозы сельскохозяйственных животных :

учебное пособие / С.П. Ковалев, А.П. Курдеко, Г.Г. Щербаков [и др.];

Под ред. С.П. Ковалева. – Санкт-Петербург: Издательство ФГБОУ ВО

«СПбГАВМ», 2013. – 132 с.

4. lex.uz

Библиографические ссылки

Воробьев В.И. Поиски научно-обоснованных критериев дефицита микроэлементов в

организме животных / В.И. Воробьев, Д.В. Воробьев // Естественные науки. Астрахань. №3 (48).-2014-С. 80-85.

Вершинина И.М. Макро и микроэлементы в рационе домашних животных. 2019.

Ковалев С.П. Микроэлсмснтозы сельскохозяйственных животных : учебное пособие / С.П. Ковалев, А.П. Курдеко, Г.Г. Щербаков [и др.];

Под ред. С.П. Ковалева. - Санкт-Петербург: Издательство ФГБОУ ВО «СПбГАВМ», 2013. - 132 с.

lex.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов