Advokatlar malaka oshirishining shakllari

Аннотация

Ma’lumki, mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka asosan, advokatga doimiy ravishda o'z kasbiy malakasini oshirishi short qilib belgilangan. Malaka oshirish shaklini mustaqil tanlay olish ko'zlangan natijaga erishishdagi muhim qadamdir. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada advokatlar malaka oshirishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi. Shu bilan birgalikda, malaka oshirishning turli shakllari ko'rib chiqiladi. Maqolada, birqator rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi advokatlar malaka oshirishga qo'yilgan talablar va mavjud shakllari yoritib beriladi. Shuningdek, qiyosiy tahlil qilingan holda bir qator taklifva xulosalar ilgari suriladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2025
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
170-172
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Туйчиева M. (2025). Advokatlar malaka oshirishining shakllari . Междисциплинарный диалог науки и общества в эпоху экологических перемен, 1(1), 170–172. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dialogue-science/article/view/124720
Малика Туйчиева , Ташкентский государственный юридический университет
Старший докторант, преподаватель кафедры суда, правоохранительных органов и адвокатуры
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ma’lumki, mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka asosan, advokatga doimiy ravishda o'z kasbiy malakasini oshirishi short qilib belgilangan. Malaka oshirish shaklini mustaqil tanlay olish ko'zlangan natijaga erishishdagi muhim qadamdir. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada advokatlar malaka oshirishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi. Shu bilan birgalikda, malaka oshirishning turli shakllari ko'rib chiqiladi. Maqolada, birqator rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi advokatlar malaka oshirishga qo'yilgan talablar va mavjud shakllari yoritib beriladi. Shuningdek, qiyosiy tahlil qilingan holda bir qator taklifva xulosalar ilgari suriladi.


background image

«Междисциплинарный диалог науки и общества

в эпоху экологических перемен»

170

ADVOKATLAR MALAKA OSHIRISHINING SHAKLLARI

To‘ychiyeva Malika Botir qizi

Tayanch doktorant, o‘qituvchi, Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va

advokatura kafedrasi, Toshkent davlat yuridik universiteti

malikatuychiyeva97@gmail.com

Toshkent, O‘zbekiston

Annotatsiya.

Ma’lumki, mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka asosan,

advokatga doimiy ravishda o‘z kasbiy malakasini

oshirishi shart qilib belgilangan.

Malaka oshirish shaklini mustaqil tanlay olish ko‘zlangan natijaga erishishdagi

muhim qadamdir. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada advokatlar

malaka oshirishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi. Shu bilan

birgalikda, malaka oshirishning turli shakllari ko‘rib chiqiladi. Maqolada, bir qator

rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi advokatlar malaka oshirishga qo‘yilgan

talablar va mavjud shakllari yoritib beriladi. Shuningdek, qiyosiy tahlil qilingan

holda bir qator taklif va xulosalar ilgari suriladi.

Kalit so‘zlar:

advokat, advokatura, malaka oshirish, advokat mustaqilligi.

O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash

davlatning o‘z oldiga qo‘ygan muhim vazifalardan biridir. Mazkur vazifani

ta’minlashda davlat va jamiyat hayotida advokatlarning tutgan o‘rni beqiyosdir.

Shuning uchun, yuksak bilim va tajribaga ega, jamiyat uchun har tomonlama

o‘rnak bo‘la oladigan advokatlarni tayyorlash va bunga mos ravishda ularning

malakasini oshirish tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbari ham bunga alohida e’tibor qaratib, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston

-

2030”

strategiyasi to‘g‘risidagi

Farmonida ham advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish,

shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish

maqsadida advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy va xalqaro

standartlarga mos keluvchi va muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy
etish vazifasi belgilandi [1].

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, advokat o‘z bilimlarini doimiy ravishda

takomillashtirib borishi, Advokatlar palatasi tomonidan belgilangan tartibda uch

yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shart [2].

Ammo, malaka oshirishning bir qancha shakllari bo‘lib, qonunchilikda

advokatlar malakasini oshirish aynan qanday ko‘rinishda bo‘lishi va uning

davomiyligi aniqlashtirilmagan.

Bugungi kunda advokatlar malakasini oshirish Yuridik kadrlarni qayta

tayyorlash va malakasini oshirish institutida amalga oshirilmoqda. Vazirlar


background image

«Междисциплинарный диалог науки и общества

в эпоху экологических перемен»

171

Mahkamasi qaroriga asosan, mazkur institutda advokatlar uchun 72 soat bo‘lgan

malaka oshirish kurslari tashkil etilgan bo‘lib, o‘qitish kredit

-modul tizimiga

asoslangan. O‘qitishning davomiyligi 1

-

4 haftani tashkil etadi hamda ma’ruza va

seminar mashg‘ulotlarini o‘z ichiga qamrab olgan

[3].

Malaka oshirishning mazkur ko‘rinishi bir qator afzalliklarga ega bo‘lib,

kasbiy huquqiy ongni yanada rivojlantirish, undagi mavjud kamchiliklarni

bartaraf etishda o‘zini oqlaydigan o‘qitish shakldir. Bu advokatlarga kundalik ish

faoliyatidan biroz chetlanib, yuridik fan olimlarining nazariy va amaliy

ma’ruzalarini tinglash orqali bilimlarini boyitishga imkon yara

tadi. Shuningdek,

seminar va amaliy mashg‘ulotlarda to‘plangan tajriba almashish, qiziqtirgan
masalalar bo‘yicha malakali maslahat olish imkonini beradi. Bularning barchasi

tinglovchilarning keyingi ish faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ish

samaradorli

gini oshiradi va ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish yo‘lida o‘z

ustida ishlashlari uchun zamin yaratadi.

Mamlakatimizda mavjud qonunchilikka ko‘ra, advokatura —

huquqiy

institut bo‘lib, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xu

susiy

advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli,

kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, advokatura o‘z faoliyatini

qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga

oshiradi [2]. Bizning fikrimizcha, advokat mustaqilligi asosiy tamoyil sifatida

ko‘rsatilgan ekan, bu mustaqillik malaka oshirish shakllarini tanlashda ham joriy
etilishi kerak. Chunki, advokat qaysi yo‘nalishda ko‘proq bilimlarini oshirishi

zarurligi to‘g‘risida faqat o‘zi aniq tasavvurga ega bo‘la oladi va bu ehtiyoj barcha

advokatlarda turlichadir. Ba’zi advokatlarda malaka oshirish huquqiy bilimlarini

takomillashtirish uchun zarur bo‘lsa, boshqasi esa, nutqni ta’sirli yetkazish

bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni egalla

shga ehtiyoj sezishi mumkin. Hatto, bilimlarini

oshirish zarur bo‘lgan huquq sohasi(fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy, ma’muriy) ham

hammada turlicha bo‘lishi mumkin.

Xorijiy davlatlar tajribasiga yuzlanadigan bo‘lsak, ko‘plab mamlakatlarda

malaka oshirish ma

jburiy hisoblanadi, ammo uning qanday shaklda bo‘lishi

ixtiyoriy va aniq davomiyligi ko‘rsatilgan. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak,

Avstriyada barcha advokatlar uchun doimiy ravishda malaka oshirish majburiy
hisoblanadi. Biroq, bu borada belgilangan yagona tizimi mavjud emas. Qonunga

ko‘ra, har bir advokat malaka oshirish bo‘yicha o‘z majburiyatini qanday

bajarishini mustaqil ravishda belgilaydi. Masalan, turli huquq sohalaridagi

yangiliklarga bag‘ishlangan seminarlar orqali o‘z bilimini yangilab borishi

mumkin. Hatto, ushbu majburiyatni huquqiy jurnallar va byulletenlarni o‘qish,

maqolalar yozish yoki huquqiy yangiliklar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish orqali ham

bajarish mumkin.

E-

learning (masofaviy ta’lim) ham uzluksiz huquqiy malaka oshirish shakli

sifatida qabul qilinadi.


background image

«Междисциплинарный диалог науки и общества

в эпоху экологических перемен»

172

Bolgariyada ham barcha advokatlar uchun doimiy ravishda o‘z malakasini

oshirish majburiy hisoblanadi. Advokatlar yiliga har bir akademik soat 90

daqiqaga teng bo‘lgan kamida to‘rtta akademik soatlik ta’limdan o‘tishi kerak.

Mazkur davl

atda advokatlar uchun uzluksiz ta’lim bo‘yicha akkreditatsiya

tizimi mavjud emas. Advokatlar ta’lim shakli va mavzusini erkin tanlash huquqiga

ega. Malaka oshirish majburiyatini Yevropa Ittifoqining boshqa a’zo davlatlarida

o‘tkaziladigan ta’lim tadbirlari

da ishtirok etish orqali ham bajarish mumkin.

Daniyada ham barcha advokatlar uchun malaka oshirish majburiy

hisoblanadi. Uch yil davomida kamida 54 ta dars (har biri 45 daqiqalik) o‘tilishi

talab etiladi. Kurslar, til kurslari, dars mashg‘ulotlari olib bor

ish, maqola yozish

hamda nashr etish va boshqa ta’lim faoliyatlari, shuningdek, xorijdagi malaka

oshirish tadbirlari ham tan olinadi. E-

learning (masofaviy ta’lim) orqali olingan

malaka oshirish ballari ham qabul qilinadi; har 45 daqiqa bitta dars sifatida

hisoblanadi [4].

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xorijiy mamlakatlar tajribasida malaka

oshirishning turli shakllari mavjud bo‘lib, mamlakatimizda ham buni mustaqil

tanlash imkonini berish advokat mustaqilligini ta’minlashdagi muhim qadam

bo‘la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2025

-y., 06/25/56/0274-

son. Available at: https://lex.uz/ru/docs/-6600413

2. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni.

27.12.1996 yildagi 349-I-

son. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.

07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Available at: https://lex.uz/uz/docs/-

54503

3. “Yuridik kadrlarni

qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida

mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi

to‘g‘risida”gi Nizom. Vazirlar Mahkamasining 2025

-yil 19-martdagi 171-son

qaroriga 2-ilova. Available at: https://www.lex.uz/uz/docs/-7437170

4.https://www.era.int/cgi-bin/cms?_SID=84a9b6e627031172986690

c4a1a9075a0b7bf87c01126141409928&_sprache=en&_bereich=artik
el&_aktion=detail&_persistant_variant=%2FAbout%20ERA%2FTarget

%20groups%2FLawyers%20in%20private%20practice%2FContinuing%20Pro

fessional%20Development&_template_variant3=Continuing%20Profession

al%20Development&idartikel=127523

Библиографические ссылки

Qonunchuik ma lumotlan muliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son. Available at: https://lex.uz/ru/docs/-6600413

O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida"gi Qonuni. 27.12.1996 yildagi 349-I-son. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Available at: https://lex.uz/uz/docs/-54503

"Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi to‘g'risida"gi Nizom. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qaroriga 2-ilova. Available at: https://www.lex.uz/uz/docs/-7437170

https://www.era.int/cgi-bin/cms?_SID=84a9b6e627031172986690 c4ala9075a0b7bf87c01126141409928&_sprache=en&_bereich=artik el&_aktion=detail&_persistant_variant=%2FAbout%20ERA%2FTarget %20groups%2FLawyers%20in%20private%20practice%2FContinuing%20Pro fessional%20Development&_template_variant3=Continuing%20Profession al%20Development&idartikel=127523