«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
170
ADVOKATLAR MALAKA OSHIRISHINING SHAKLLARI
To‘ychiyeva Malika Botir qizi
Tayanch doktorant, o‘qituvchi, Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va
advokatura kafedrasi, Toshkent davlat yuridik universiteti
malikatuychiyeva97@gmail.com
Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya.
Ma’lumki, mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka asosan,
advokatga doimiy ravishda o‘z kasbiy malakasini
oshirishi shart qilib belgilangan.
Malaka oshirish shaklini mustaqil tanlay olish ko‘zlangan natijaga erishishdagi
muhim qadamdir. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada advokatlar
malaka oshirishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi. Shu bilan
birgalikda, malaka oshirishning turli shakllari ko‘rib chiqiladi. Maqolada, bir qator
rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi advokatlar malaka oshirishga qo‘yilgan
talablar va mavjud shakllari yoritib beriladi. Shuningdek, qiyosiy tahlil qilingan
holda bir qator taklif va xulosalar ilgari suriladi.
Kalit so‘zlar:
advokat, advokatura, malaka oshirish, advokat mustaqilligi.
O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash
davlatning o‘z oldiga qo‘ygan muhim vazifalardan biridir. Mazkur vazifani
ta’minlashda davlat va jamiyat hayotida advokatlarning tutgan o‘rni beqiyosdir.
Shuning uchun, yuksak bilim va tajribaga ega, jamiyat uchun har tomonlama
o‘rnak bo‘la oladigan advokatlarni tayyorlash va bunga mos ravishda ularning
malakasini oshirish tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari ham bunga alohida e’tibor qaratib, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
-
2030”
strategiyasi to‘g‘risidagi
Farmonida ham advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish,
shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish
maqsadida advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy va xalqaro
standartlarga mos keluvchi va muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy
etish vazifasi belgilandi [1].
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, advokat o‘z bilimlarini doimiy ravishda
takomillashtirib borishi, Advokatlar palatasi tomonidan belgilangan tartibda uch
yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shart [2].
Ammo, malaka oshirishning bir qancha shakllari bo‘lib, qonunchilikda
advokatlar malakasini oshirish aynan qanday ko‘rinishda bo‘lishi va uning
davomiyligi aniqlashtirilmagan.
Bugungi kunda advokatlar malakasini oshirish Yuridik kadrlarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish institutida amalga oshirilmoqda. Vazirlar
«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
171
Mahkamasi qaroriga asosan, mazkur institutda advokatlar uchun 72 soat bo‘lgan
malaka oshirish kurslari tashkil etilgan bo‘lib, o‘qitish kredit
-modul tizimiga
asoslangan. O‘qitishning davomiyligi 1
-
4 haftani tashkil etadi hamda ma’ruza va
seminar mashg‘ulotlarini o‘z ichiga qamrab olgan
[3].
Malaka oshirishning mazkur ko‘rinishi bir qator afzalliklarga ega bo‘lib,
kasbiy huquqiy ongni yanada rivojlantirish, undagi mavjud kamchiliklarni
bartaraf etishda o‘zini oqlaydigan o‘qitish shakldir. Bu advokatlarga kundalik ish
faoliyatidan biroz chetlanib, yuridik fan olimlarining nazariy va amaliy
ma’ruzalarini tinglash orqali bilimlarini boyitishga imkon yara
tadi. Shuningdek,
seminar va amaliy mashg‘ulotlarda to‘plangan tajriba almashish, qiziqtirgan
masalalar bo‘yicha malakali maslahat olish imkonini beradi. Bularning barchasi
tinglovchilarning keyingi ish faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ish
samaradorli
gini oshiradi va ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish yo‘lida o‘z
ustida ishlashlari uchun zamin yaratadi.
Mamlakatimizda mavjud qonunchilikka ko‘ra, advokatura —
huquqiy
institut bo‘lib, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xu
susiy
advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli,
kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, advokatura o‘z faoliyatini
qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga
oshiradi [2]. Bizning fikrimizcha, advokat mustaqilligi asosiy tamoyil sifatida
ko‘rsatilgan ekan, bu mustaqillik malaka oshirish shakllarini tanlashda ham joriy
etilishi kerak. Chunki, advokat qaysi yo‘nalishda ko‘proq bilimlarini oshirishi
zarurligi to‘g‘risida faqat o‘zi aniq tasavvurga ega bo‘la oladi va bu ehtiyoj barcha
advokatlarda turlichadir. Ba’zi advokatlarda malaka oshirish huquqiy bilimlarini
takomillashtirish uchun zarur bo‘lsa, boshqasi esa, nutqni ta’sirli yetkazish
bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni egalla
shga ehtiyoj sezishi mumkin. Hatto, bilimlarini
oshirish zarur bo‘lgan huquq sohasi(fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy, ma’muriy) ham
hammada turlicha bo‘lishi mumkin.
Xorijiy davlatlar tajribasiga yuzlanadigan bo‘lsak, ko‘plab mamlakatlarda
malaka oshirish ma
jburiy hisoblanadi, ammo uning qanday shaklda bo‘lishi
ixtiyoriy va aniq davomiyligi ko‘rsatilgan. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak,
Avstriyada barcha advokatlar uchun doimiy ravishda malaka oshirish majburiy
hisoblanadi. Biroq, bu borada belgilangan yagona tizimi mavjud emas. Qonunga
ko‘ra, har bir advokat malaka oshirish bo‘yicha o‘z majburiyatini qanday
bajarishini mustaqil ravishda belgilaydi. Masalan, turli huquq sohalaridagi
yangiliklarga bag‘ishlangan seminarlar orqali o‘z bilimini yangilab borishi
mumkin. Hatto, ushbu majburiyatni huquqiy jurnallar va byulletenlarni o‘qish,
maqolalar yozish yoki huquqiy yangiliklar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish orqali ham
bajarish mumkin.
E-
learning (masofaviy ta’lim) ham uzluksiz huquqiy malaka oshirish shakli
sifatida qabul qilinadi.
«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
172
Bolgariyada ham barcha advokatlar uchun doimiy ravishda o‘z malakasini
oshirish majburiy hisoblanadi. Advokatlar yiliga har bir akademik soat 90
daqiqaga teng bo‘lgan kamida to‘rtta akademik soatlik ta’limdan o‘tishi kerak.
Mazkur davl
atda advokatlar uchun uzluksiz ta’lim bo‘yicha akkreditatsiya
tizimi mavjud emas. Advokatlar ta’lim shakli va mavzusini erkin tanlash huquqiga
ega. Malaka oshirish majburiyatini Yevropa Ittifoqining boshqa a’zo davlatlarida
o‘tkaziladigan ta’lim tadbirlari
da ishtirok etish orqali ham bajarish mumkin.
Daniyada ham barcha advokatlar uchun malaka oshirish majburiy
hisoblanadi. Uch yil davomida kamida 54 ta dars (har biri 45 daqiqalik) o‘tilishi
talab etiladi. Kurslar, til kurslari, dars mashg‘ulotlari olib bor
ish, maqola yozish
hamda nashr etish va boshqa ta’lim faoliyatlari, shuningdek, xorijdagi malaka
oshirish tadbirlari ham tan olinadi. E-
learning (masofaviy ta’lim) orqali olingan
malaka oshirish ballari ham qabul qilinadi; har 45 daqiqa bitta dars sifatida
hisoblanadi [4].
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xorijiy mamlakatlar tajribasida malaka
oshirishning turli shakllari mavjud bo‘lib, mamlakatimizda ham buni mustaqil
tanlash imkonini berish advokat mustaqilligini ta’minlashdagi muhim qadam
bo‘la oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2025
-y., 06/25/56/0274-
son. Available at: https://lex.uz/ru/docs/-6600413
2. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni.
27.12.1996 yildagi 349-I-
son. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Available at: https://lex.uz/uz/docs/-
54503
3. “Yuridik kadrlarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida
mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi
to‘g‘risida”gi Nizom. Vazirlar Mahkamasining 2025
-yil 19-martdagi 171-son
qaroriga 2-ilova. Available at: https://www.lex.uz/uz/docs/-7437170
4.https://www.era.int/cgi-bin/cms?_SID=84a9b6e627031172986690
c4a1a9075a0b7bf87c01126141409928&_sprache=en&_bereich=artik
el&_aktion=detail&_persistant_variant=%2FAbout%20ERA%2FTarget
%20groups%2FLawyers%20in%20private%20practice%2FContinuing%20Pro
fessional%20Development&_template_variant3=Continuing%20Profession
al%20Development&idartikel=127523
